КУРИЛИШ
умуман, эски тузум асоратларини бартараф этиб, барча ижодкорларни маънавий уйгокликка, хаётга янгича назар билан карашга, Ватанимиз ва мехнаткаш халкимиз хакида, унинг шонли тарихи хаёти ва эзгу орзу-интилишлари хакида хикоя килувчи етук асарлар яратишга ундади. Шу асосда юртимизнинг турли гушаларида узида миллий ва умуминсоний кадриятларни акс эттирган, бой маданий меъросимиз ва буюк аждодларимиз тимсолларини гавдалантирган мухташам монументал асарлар бунёд этила бошланди ва бу жараён давом этмокда.
Шахарсозлик мухитида бу каби бог ва паркларнинг пайдо булиш шахар ахолисини шахар билан узаро муносабатини уйгунлашуви, уларнинг фаровон ва мазмунли турмуш кечиришлари, шахарни ободонлаштириш ва шахарсозлик мухити сифатини яхшилашни оптимал ечимидир, жамоат жойларида хайкалтарошлик санъати асарлари инсонлар билан бевосита боглик булиб, уларнинг бевосита визуал маданиятини ва шахар мухитининг сифатини оширишга, бу хайкаллар шахар жойларини безашдан ташкари, кишиларда рухий-хиссий ва аклий образни шакллантириш, миллий ва умуминсоний маданият ва тарихни омма ичига етказиш каби ижобий ва мухим хусусиятларга эга булиб, бу эса шахар мухитида кишиларнинг кизикарли ва сифатли мухитларни яратиш оркали купрок узаро таъсирини келтириб чикаради. Бундай богларни республикамизнинг бошка худудларида хам бунёд этиш, хар бир вилоят ва туман марказларида барпо этилиши нафакат шахар мухитини балки кишиларнинг эстетик ва гоявий жихатларини устиришга ички ва ташки туризмни ривожлантириш учун мухим омиллардан бири булиб хизмат килиши мумкинлиги бугунги куннинг долзарб масаласи сифатига караш учун хизмат килади.
АДАБИЁТЛАР
1. Гармония монументальной скульптуры и архитектуры в современном градостроительстве. Ш.Ш.Турсунов, Д.К.Бегматов -Высшая школа, 2015 - elibrary.ru
2. Иванова И.В. "Скульптура и город" М., 1975 г.
3. "Мустакиллик даври узбек меъморчилик ва монументал хайкалтарошлик санъати" Т., 2011 й.
4. Интерьер деворий суратлари: утмиш, анъана ва замонавийлик Ш.Ш.Турсунов -Научное знание современности, 2019 - elibrary.ru
5. http://dergi.cumhuriyet.edu.tr/ojs/index.php/fenbilimleri © 2015 Faculty of Natural Sciences, Jumhuriyet University. The Role of Urban Sculptures in Improving and Improving the Quality of Urban Space (Example: Fuman County).
6. Турсунов Ш.Ш., Абдухакимов У. Монументаль санъат ва унинг узига хос хусусиятлари. НамДУ, 2019 й.
7. А.Remesar (Ed) Urban Regeneration A Challange for Public Art. 2005 EDITION ISBN 84-475-1737-3. © PUBLICACIONS DE LA UNVIERSITAT DE BARCELONA.
UDK539.3
GRUNTLARNING PLASTIKLIK XUSUSIYATINI HISOBGA OLGAN HOLDA TRANSPORT INSHOOTLARIDAN TEBRANISHLARNI TARQALISHINI O'RGANISH
Yuldashev Sharafitdin Sayfitdinovich NamMQI "Materiallar qarshiligi va mexanika" kafedrasi professori, texnika fanlari doktori,
e-mail: [email protected] tel:97 427 54 38
Vahobov Boburxon Jo'raxon o'g'li NamMQI, doktoranti, e-mail: [email protected] tel:94 351 27 27
L
KYPH^Hffl
Yuldashev Faxriddin Sharafitdin o'g'li NamMQI, doktoranti, e-mail: [email protected] tel:97 250 88 89
Annotatsiya: Dunyo bo'ylab zamonaviy shaharlarni loyihalashda barcha turdagi yuk tashish vositalari hisoblangan avtomobil va temir yo'llar, turli chuqurlikda joylashgan metropoliten sistemalari va boshqa shu transport kommunikatsiyalari rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Har qanday transport turi - bu tebranish manbayi bo'lib, u atrof-muhit orqali magistral yo'llar yaqinida joylashgan inshootlarga uzatiladi va ularning tebranishini keltirib chiqaradi[1]. Bu binolarning texnik holatiga ham, ulardagi odamlarning sanitariya-gigiena sharoitlariga ham ta'sir qiladi[2,4]. Shuning uchun bu to'lqinlarning inshootlarga ta'sirini o'rganish va tebranishlarni sanitariya me'yorlari talablari darajasiga tushirish usullarini ishlab muhim vazifalardan biri hisoblanadi[6,7].
Kalit so'zlar: transport, chekli elementlar usuli, plastik grunt, elastiklik nazariyasi, tebranish, grunt turlari.
Maqsadi. Manbaadan binoga yoki inshootga tebranishlarni uzatuvchi vosita grunt hisoblanadi. Transport vositalari turlicha plastiklik darajasiga ega bo'lgan gruntlarda joylashganligi sababli, tebranish tarqalish darajasini gruntning plastikligini hisobga olgan holda o'rganish muhim vazifa hisoblanadi.
Gruntning plastiklik hususiyati transport vositalari harakati natijasida hosil bo'ladigan tebranishlarni tarqalish darajasiga tasir etadigan omillardan biri hisoblanadi. Gruntning plastikligi bu tashqi yuklar ta'sirida yoriqlarsiz shaklini o'zgartirish va kuch olib tashlanganidan keyin deformatsiyalanishidir. Qurilish uchun ma'lum bir gruntning plastikligi uning namligi bo' yicha hisoblanadi.
Gruntning plastikligi uning plastiklik soni (Ip) bo'yicha o'lchanadi. Plastiklik soni suyuqlik chegarasi va plastik chegara o'rtasidagi farqdir (Ip =Wl-Wp). Yuqori plastiklik soniga ega bo'lgan gruntlar odatda loy, pastroq plastiklik soniga ega bo'lgan gruntlar loyli, plastiklik soni 0 (plastiklik bo'lmagan) bo'lgan gruntlarda esa loy kam yoki umuman bo'lmaydi.
1-rasm. Suyuqlik chegarasi va plastik chegara o'rtasidagi bog'liqlik grafigi
- Suyuqlik chegarasi(WL): bu gilli gruntning plastikligini yo'qotadigan va harakatini suyuqlikka o' zgartiradigan namlik miqdori sifatida aniqlanadi.
- Plastiklik chegarasi (Wp): bu gilli grunt plastiklikka erishadigan namlik miqdori yoki grunt qattiqlashib, birlashishini yo'qotadigan namlik miqdori sifatida aniqlanadi.
Quyidagi jadval plastiklikka asoslangan grunt turini bilishga yordam beradi.
Plastiklik soni - Ip Grunt plastikligi turi Grunt hususiyati
0 <7 plastikligi mavjud emas plastikligi past Qum Loyli-qum
1 КУРИЛИШ 1
7-17 Plastikligi o'rtacha Qumli-loy
>17 Plastikligi yuqori Loy
"Plastiklik soni" atamasi gruntlarni tasniflashda foydalaniladi. Suyuqlik chegarasi va plastik chegara o'rtasidagi farq bo'lgan plastiklik soniga asoslanib, plastiklik jadvali yordamida gruntlarni tasniflashda yordam beradi.
Quyidagi jadval plastiklik soniga qarab loyga ega bo'lgan gruntlarni turlarga ajratadi.
__ 2-jadval
Grunt turi Plastiklik soni - Ip
Loyli-qum 1-7
Yengil qumloq grunt (Лёгкий суглинок) 7-12
Og'ir qumloq grunt (Тяжёлый суглинок) 12-17
Yengil loy (Лёгкая глина) 17-27
Og'ir loy (Тяжёлая глина) 27 dan katta
Quyidagi jadvalda suyuqlik indeksiga qarab qumli-loy, loy va loyli-qum gruntlarning tasnifini topiladi.
__3-jadval
Grunt turi Suyuqlik indeksi (Il)
0,01 dan kichik 0,01-0,25 0,25-0,5 0,5-0,75 0,75-1 1 dan katta
Loylar va qumli-loylar Qattiq Yarim qattiq Qattiq plastik Yumshoq plastik Suyuq plastik Suyuq
Loyli-qumlar Qattiq Plastik Plastik Plastik Plastik Suyuq
Usullari. Transport inshootlari va binolar turlicha xususiyatlarga ega bo'lgan ya'ni plastikligi yuqori, o'rtacha plastik yoki plastik bo'lmagan gruntlarda joylashganligi sababli, tebranish tarqalish darajasini turli xil bo'lishi mumkinligini ko'rib chiqaylik. Buning uchun Plaxis 3D dasturi yordamida plastiklik soni turlicha bo'lgan gruntlarni solishtirish orqali aniqladi.
Masalani yechishda eni 50 m, uzunligi 60 m va chuqurligi 20 m bo'lgan model tanlab olingan. Masalada yer osti suvlarining ta'siri ham hisobga olinadi ya'ni 15 m dan keyin yer osti suvlari bor deb olingan.
Temir yo'lni va ballast qatlamini hosil qilishda temir yo'l qurilishi normalari asosida quyidagi chizmadan foydalanildi[9]. Unga ko'ra grunt ustida 20 sm qum va 30-40 sm zichlangan chaqiqtosh bo'lib, uning ustiga shpal loyihalanadi. Temir yo'lda har bir oyog'ida o'z og'irligi bilan 23 tonna bo'lgan yuk poyezdi harakatlanadi.
L
KYPH^Hffl
2-rasm. Temir yo'l konstruksiyasini loyihalash uchun ballast qismining ko'ndalang qirqimi
Temir yo'l konstruksiyasi uchun foydalanilgan materiallarning fizik-mexanik xususiyatlari quyidagi 4- va 5-jadvallarda o'z aksini topadi.
№ Material xususiyatlari Belgisi va o'lchov birligi Rels Shpal
1 Ko'ndalang kesim yuzasi A - [m2] 7,7x10-3 5.13x10-2
2 Hajmiy og'irligi Y - [kN/m3] 78 25
3 Elastiklik moduli E - [kN/m2] 200x104 36x104
4 X o'qi bo'yicha inertsiya momenti Ix - [m4] 3,055x10-5 2.53x10-2
5 Y o'qi bo'yicha inertsiya momenti Iy - [m4] 5,13x10-4 2.45x10-4
Ballast qatlami xususiyatlari
5- jadval
—---..__Ballast qatlami Qatlam xususiyatlari Chaqiq-tosh Qum
№ 1 2
Qo'llanilgan model turi Mohr-Coulomb Mohr-Coulomb
Quruq holatdagi zichlik - yunsat [kN/m3] 19 14,7
Suvga toyingan holdagi zichlik -Ysat [kN/m3] 17,5 17,0
Ichki ishqalanish burchagi - 9 [°] 25 27
Kengayish burchagi - y [°] 4 1
Yopishqoqligi - cref [kN/m2] 14,0 8,3
Elastiklik muduli - E [kN/m2] 55 50
Puasson koeffitsienti - v 0,3 0,35
Masalani qo'yilishida modelga 2 qavatli, padval qismiga ega, eni 6 m va uzunligi 16 m bo'lgan bino ham kiritilgan. Bino temir yo'l markazidan 15 m uzoqlikda joylashtirib loyihalangan. Masalani yechish uchun chekli elementlar usulidan foydalanamiz.
^ypH^Hrn
Masalani yechish sohasining chekli dinamik modeli 3-rasmda ko'rsatilgan.
3-rasm. Masalani chekli elementlarga ajratilgan modeli
Bu masalada har bir model uchun grunt ikki qatlamli deb olingan (1-qatlam 6 m, 2-qatlam 14 m). Ko'plab enginerlik geolgik xulosalarga asosan, O'zbekistonning ko'p hududlarida grunt ikki qatlamdan iborat bo'lib, ikkinchi qatlam asosan shag'al grunt hisoblanadi. Shuning uchun ham har bir grunt modeli uchun ikkinchi qatlam sha g'al deb qabul qilingan. Birinchi qatlam esa 1-jadvalga asosan plastiklik soniga qarab qum, loyli-qum, qumli-loy va loy grunt deb qabul qilinadi. Gruntlarning xususiyatlari 7 - jadvalda keltirilgan.
7-jadval
\Grunt turi Grunt xususiyatlari Loyli-gruntlar [och jigarrang rangdagi, namligi past, o'rtacha-qattiq plastik konsistensiyaga ega gruntlar] Qumli-gruntlar [och jigarrang qumloq, o'rtacha namlikka ega, qattiq-plastik gruntlar] Loy(glina) [och jigarrang rangli, lyossimon, yirik g'ovakli, o'rtacha-qattiq, nam va namligi past gruntlar] Shag'al-gruntlar [10% dan 20% gacha bo'lgan toshlar, qum aralashmali, o'rtacha zichlikdagi toshlar]
1 2 3 4 5
Qo'llanilgan model turi Mohr-Coulomb Mohr-Coulomb Mohr-Coulomb Mohr-Coulomb
Quruq holatdagi zichlik - Yunsat [kN/m3] 14,9 14,7 16,9 19,5
Suvga toyingan holdagi zichlik - Ysat [kN/m3] 17,5 17,0 18,2 20,5
Deformatsiya moduli- Ed [kN/m2] -tabiiy namlikda -suvga to'yinganda 8,0 4,7 9,0 4,78 7,5 4,5 55 50
Ichki ishqalanish burchagi - 9 [°] 25 27 25 38
Kengayish burchagi - y [°] 4 1 2 14
1 ^ypH^Hm ||
1 2 3 4 5
Yopishqoqligi - cref [kN/m2] 14,0 8,3 12 -
Elastiklik muduli -E [kN/m2] 55 50 200 100
Puasson koeffitsienti - v 0,3 0,35 0,3 0,25
Velocities [v[ (scaled up 20.0 times) (Time 1.005 s)
Maximum value = 0.1065 m/s {Element 138-4 at Node 1560)
4-rasm. Temir yo'l harakati natijasida tugunlardagi to'lqin tezliklari.
5-rasm. Temir yo'l harakati natijasida tarqalayotgan to'lqin tezlanishi.
Modelda qo'llanilgan poyezd tezligi v=20m/s bolib, u 3 sekund davomida harakatlanadi. Gruntdagi ko'chish va to'lqin tezligi grafiklari shu vaqt oralig'i uchun qurilgan.
6-rasm. Temir yo'l markazidan 10 m uzoqlikdagi turli xil plastikka ega gruntlar tugunlarda hosil bo'lgan tezliklar grafigi
0.90 0.300 0.600 0.900 1.20 1.50 1.80 2.10 2.40 2.70 3.00
Dynamictime [s]
7-rasm. Binoning qavatlaridagi tezliklar grafigi
Natijalari. Ko'rilgan masalada yuk poyezdi harakati ta'sirida temir yo'l markazidan 10 m masofadagi tezliklar loy gruntda 2,5 sm/s ga tengligi aniqlandi. Loyli-qum va qumli-loy gruntda bu ko'rsatgich mos ravishda 4,2 sm/s va 3,6 sm/s ni tashkil qildi. Ya'ni loy gruntga nisbatan loyli-qum va qumli-loy gruntda to'lqin tezligi yuqoriroq tarqaladi. 1 - jadvalga asosan loy gruntdagi plastiklik darajasi loyli-qum va qumli-loy gruntga qaraganda ko'p hisoblanadi. Olingan natijalardan shuni aytish mumkinki, temir yo'l poyezdi harakatidan hosil bo'ladigan tebranish tarqalishi plastikligi kam bo'lgan gruntlarda yuqoriroq, aksincha, plastikligi yuqori bo'lgan gruntlarda kamroq bo'ladi.
7 - rasmdagi grafikda binoning qavatlaridagi ya'ni 1-qavat pol sathidagi, 2-qavat pol sathidagi va tomyopmadagi tezliklar ifodalangan. Unga ko'ra tomyopmadagi tezlik 1-qavatnikidan biroz yuqoriroq ekanligini anglash mumkin. Demak temir yo'l poyezdi harakatidan hosil bo'ladigan tebranishning tarqalish tezligi qavatlar bo'yicha deyarli bir xil bo'ladi.
Xulosa. Transport inshootlaridan hosil bo'ladigan tebranishlarni gruntning plastikligini hisobga olgan holda o'rganib chiqildi. Olingan natijalarga ko'ra, temir yo'l poyezdi harakatidan hosil bo'ladigan tebranish tarqalishi plastikligi kam bo'lgan gruntlarda yuqoriroq, aksincha, plastikligi yuqori bo'lgan gruntlarda kamroq bo'lishi aniqlandi.
КУРИЛИШ ADABIYOTLAR
1. Yuldashev Sh.S., Boytemirov M.B., Vahobov B.J. Temir yo'l poyezdlari harakatidan gruntda hosil bo'lgan tebranishlarni tadqiq qilishning real sharoitdagi tajriba usuli // Respublika ilmiy - amaliy konferensiya materiallari to'plami. Namangan - 2021. 215-216 b.
2. Yuldashev Sh.S., Karabayeva M.U., Vahobov B.J. Reduction Of Vibrations Produced By Metro Train Traffic // Journal Of Northeastern University. Volume 25 Issue 04, 2022 ISSN: 1005-3026 https://dbdxxb.cn/ 3414-3426 b.
3. Юлдашев Ш.С., Бойтемиров М.Б. "Влияние уровня расположения железнодорожного полотна на уровень распространения волн от движения поездов", International Scientific Journal. Theoretical & Applied Science. Philadelphia, USA - 2020. - С. 140-143.
4. Yuldashev Sh.S., Boytemirov M.B. "Temir yo'l poyezdlaridan hosil bo'lgan vibratsiyani kamaytirishning bir usuli haqida". Ilmiy-texnika jurnali. FarPI. 2020. Tom 24. № 2. FARG'ONA - 2020, 166-170 b.
5. Юлдашев Ш.С., Маткаримов П.Ж. Распространение вибраций в грунтах от транспортных средств и виброзащитные системы. Тошкент 2014. 187с.
6. Рашидов Т.Р., Юлдашев Ш.С., Карабаева М.У., Бойтемиров М.Б. Состояние вопроса защиты населения, промышленьных и гражданских зданий от транспортных вибраций // Журнал Проблемы механики. - Ташкент, 2019. - №1. - С. 8-11.
7. Баркан Д.Д. Динамика оснований и фундаментов. М., Стройвоен-мориздат, 1948,411 с.
8. Бадалов Ф.Б. "О вариационных принципах и методах в наследственной механике деформируемых тел". Проблемы механики. №4, Т, изд. "Фан", 1997 г, с, 3-7.
9. Ильичев В.А., Юлдашев Ш.С., Саидов С.М. Исследование распространения вибрации при прохождении поездов в зависимости от расположения железнодорожного полотна // Основания, фундаменты и механика грунтов. М.,1999. № 2.
AVTOMOBIL YO'LLARIDAGI LYOSSIMON GRUNTLARNING SUV SHIMGAN HOLIDA DEFORMATSIYALANISHI VA SEYSMIK TO'QINLARNI TARQALISHINI
TAHLIL QILISH.
Abdunazarov Akbarjon Shamsuddin o'g'li NamMQI, doktoranti, e-mail: [email protected], tel:91 186 05 05
Annotatsiya: Ushbu maqolada avtomobillar yo'llaridagi gruntlarning ustivorligini, mustahkamligini oshirish uchun gruntning suv shimuvchanlik xususiyatidan foydalanib gruntning plastiklik xususiyati oshirilgan va tebranishlarni tarqalishini kamaytirish choralari takomilashtirilgan.
Kalit so'zlar: Avtomobil, tebranish, lyossimon grunt, deformatsiya, bino va inshootlar, plaxis 3D seysmik to'lqinlar va izolatsiyalar.
Maqsad. Avtomobil yo'llaridagi o'ta cho'kuvchan lyossimon gruntlarning suv shimuvchanlik xususiyati orqali gruntning mustahkamligini oshirish orqali seysmik to'lqinlarni tarqalishini tahlil qilish.
Gruntlarning deformatsiyalanuvchanligining grunt kuchlanganlik holatiga mos qonuniyatlari gruntlar mexanikasining asosiy masalalaridan biri hisoblanadi. Bu masalaning asosiy vazifasi avtomobil yo'llaridagi gruntlarning birgalikdagi ishini hisobga olgan holda kutiladigan deformatsiyalar miqdorini nazariy tahlil qilish uslublarini ishlab chiqishdan iboratdir [1].