Научная статья на тему 'GRUNT VA UNING FANDA DASTLAB QO‘LLANILISHI'

GRUNT VA UNING FANDA DASTLAB QO‘LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
300
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Grunt / gruntshunoslik / tog' jinsi.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — O‘Ralov Akmal Shakar O‘G‘Li, Maxamadjonov Shuhratjon Shavkat O‘G‘Li, Maxmaisayev Aziz Yodgor O‘G‘Li

Ushbu maqolada grunt so‘zining dastlab fanga kirib kelishi va uning ma’nosi keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GRUNT VA UNING FANDA DASTLAB QO‘LLANILISHI»

GRUNT VA UNING FANDA DASTLAB QO'LLANILISHI

O'ralov Akmal Shakar o'g'li

Toshkent davlat transport universiteti Maxamadjonov Shuhratjon Shavkat o'g'li

Toshkent davlat transport universiteti Maxmaisayev Aziz Yodgor o'g'li

Toshkent davlat transport universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.7589670

Annotatsiya: Ushbu maqolada grunt so'zining dastlab fanga kirib kelishi va uning ma'nosi keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Grunt, gruntshunoslik, tog'jinsi.

Ma'lumki, insonning tabiatga geologik faoliyatining ta'siri ilm-fan va texnikaning rivojlanishi bilan ortmoqda. Natijada atrof-muhit geologiyasini o'rganuvchi fanlar orasida muhandislik - geologiyasining ahamiyati oshib bormoqda. Shu bilan birgalikda, muhandislik - geologiyasining asosiy nazariy bo'limi bo'lgan gruntshunoslikning ham dolzarbligi yaqqol namoyon bo'lmoqda. Insonning muhandislik faoliyati bilan bog'liq bo'lgan hamma tog' jinslari, tuproqlar, cho'kindilar va antropogen yo'li bilan hosil bo'luvchilarni grunt deb nomlash qabul qilinganiga ancha bo'ldi. Ularning hammasi insonning rejalashtirilgan, amalga oshiriladigan va oshirilgan muhandislik faoliyati davomida ko'p komponentli dinamik tizim sifatida o'rganiladi. Insonning ta'siri natijasida, gruntni tashkil qiluvchi komponentlarning nisbati o'zgaradi, bu ularning xossalarining o'zgarishiga olib keladi. Shuning uchun darslikda, birinchi navbatda, gruntlaming qattiq, suyuq va gazsimon komponentlari bilan birgalikda tirik komponentlari xususiyatlari tavsiflangan. Gruntlarni tavsiflashda faqat ularning xossalarini ayrim namunalarda o'rganib qolmasdan, grunt qatlamini bir butinlikda tabiiy massiv holatda o'rganish katta ahamiyatga ega.

Shuning uchun grunt massivini o'rganishga ham alohida e'tibor berilgan bo'lib, darsikning bitta bandi unga bag'ishlangan.

Rus quruvchilarining atamasiga nemis tilidagi «grunt» so'zi Petr I davrida Volga daryosini Baltika dengizi bilan birlashtirilgan vaqtdan boshlab kiritilgan. XIX asrga kelib rus quruvchilari orasida «grunt» atamasi to'g'risida ma'lum fikrlar bo'lgan. Grunt deb qandaydir inshoot uchun asos sifatida foydalaniladigan tog' jinslari tushunishgan. MDHda «Gruntshunoslik» qurilishga bog'liq holda tuproq va grunlarni o'rganish bo'yicha yangi yo'nalish sifatida shakllandi. Uning yuzaga kelishi uchun asosiy kuch tuproqshunoslikda V.V.Dokuchayev ishlab chiqqan genetik yondashuv va P.A.Zemyatchinskiy gillarni o'rganishdagi ishlari, 1923 yili gillarni o'rganishda uni ma'lum tabiiy tarixiy sharoitda shakllangan fizik jism deb qarashi sabab bo'ldi. 1923 yili Sankt-Peterburgda yo'l-ilmiy tadqiqot byurosi tuzilib, N.I.Proxorov, P.A.Zemyatchinskiy va N.N.Ivanov rahbarligida tuproq va cho'kindi (ko'pincha yosh) jinslarning yo'l qurilishi uchun tadqiqotlari tashkil etildi. Yo'l gruntshunosligi paydo bo'ldi, keyinchalik boshqa turdagi muhandislik inshootlari uchun tog' jinslarini o'rganishda genetik yondashish o'z o'rnini topganidan so'ng, «yo'l» atamasi mazmunini yo'qotadi va kengroq «gruntshunoslik» deb atay boshlandi.

Tog' jinslarini grunt sifatida tadqiqot qilishda jinsning mineral qismi (qattiq komponenti) o'rganib qolinmasdan, har qanday tog' jinsi tarkibida (1-rasm) bo'ladigan suv (suyuq komponenti) va havo (gazsimon komponenti) ham majburiy ravishda o'rganilishi kerak [1].

{.») № □ Havo m suv m tfaniq rarra

1-rasm. a - tabiiy holatdagi grunt elementi; b - grunt elementining uchta fazasi.

Grunt (nem. Grand — asos, tuproq) — asosan nurash zonasida joylashgan tog' jinsi (tuproq bilan birgalikda) qatlami. Gruntlar qoyali (granit va b.), metamorfik (gneys) va ba'zi cho'kindi jinsli (ohaktoshlar, qumtoshlar va b.), yarim qoyali (mergel va b.) va yumshoq bo'lishi mumkin. Yumshoq gruntlar yer yuzasida keng tarqalgan. Zarralar o'lchamiga qarab gilli (0,005 mm), changli (0,05—0,005 mm) va qumli (2—0,05 mm) bo'ladi. Qurilish amaliyotida bino va inshootlarning tagzamini bo'lgan yoki tuproqli inshootlarni (damba, ko'tarma, to'g'on) tiklashda qurilish materiallari sifatida ishlatiladigan turli tog' jinslari ham grunt deb ataladi [2].

Gruntlar gruntshunoslik fanida xususiyatlari, genezisiga, keyingi epigenik jarayonlarga bog'liq bo'lgan muayyan tabiiy-tarixiy hosila sifatida, shuningdek, vaqt o'tishi bilan o'zgarib boruvchi ko'p fazali sistema nuqtai nazaridan o'rganiladi [3].

Gruntlar xususiyatlarini tadqiq qilishda, shuningdek, uning tarkibi, ichki tuzilishi va muhitning tabiiy sharoitlari (temperatura, bosim va h.k.) ham o'rganiladi. Tarkibi, strukturasi va teksturasi gruntning sifatini belgilaydi. Gruntlarning quyidagi muhim xususiyatlarini ajratish mumkin: ñzik (hajmi, solishtirma og'irligi, suv va elektr o'tkazuvchanligi, g'ovakligi, egiluvchanligi va b.), fizik-kimyoviy (singdiruvchanligi, tiksotropiya va h. k.) va fizik-mexanik (siljishga qarshiligi, deformatsiyalanishi) [3].

Gruntning eng muxim xususiyatlari tashqi kuchlar ta'siriga chidamliligi va mustahkamligidir. Muzlagan, muzlab eriydigan gruntlar uchun uning issiqlik-fizik xossalari muhim. Gruntning petrografik xususiyatlari lab. va dala sharoitlarida olingan namunalar va butun massivlardan foydalanib o'rganiladi [3].

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Gruntshunoslik. A.D. Kayumov. O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi; Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti. - T.: DK «MRI», 2018.

2. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

3. https: //uz.wikipedia.org/wiki/Grunt (qurilish)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.