Научная статья на тему 'GRADUAL INPARALLELIZM – LISONIY MA’NOLARNI FARQLASH USULI SIFATIDA'

GRADUAL INPARALLELIZM – LISONIY MA’NOLARNI FARQLASH USULI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
11
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
parallelizm / lisoniy paralleizm / inparallelizm / interparallelizm / lisoniy ma’no / lisoniy usul / lisoniy vosita. / parallelizm / linguistic parallelizm / inparallelizm / interparallelizm / language meaning / linguistic method / language means.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shirinova, Nilufar Djabbarovna

Mazkur maqolada ilmiy hodisa bo’lmish lisoniy parallelizmning bir turi – gradual inparallelizm masalasi tadqiq qilingan bo’lib, uning til tizimida lisoniy ma`nolarni farqlash usuli sifatidagi vazifasi o‘zbek va ingliz tillari materillari misolida tahlil etilgan. Shuningdek, ishda til muayyan ma’noni yoki vazifani ifodalashga kirishar ekan, ma’lum bir usul va vositalarni (til maqsadi, sharoiti, imkoniyatlari va vaziyatga ko‘ra) neytrallashtirish evaziga boshqa bir(lar)ini dominantlash yo‘lidan borishi haqida ilmiy xulosalar qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GRADUAL INPARALLELISM AS A METHOD OF DISTINGUISHING LINGUISTIC MEANING

The issue of inparallelism as a type of scientific phenomenon, linguistic parallelism is studied in the article, also the function of discrimination of different linguistic meanings in the Uzbek and English languages are analyzed. Besides, it is concluded that on giving any linguistic meaning (category) the language moves towards dominating certain method/means due to neutralization of other ones.

Текст научной работы на тему «GRADUAL INPARALLELIZM – LISONIY MA’NOLARNI FARQLASH USULI SIFATIDA»

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

GRADUAL INPARALLELIZM - LISONIY MA'NOLARNI FARQLASH

USULI SIFATIDA

Shirinova Nilufar Djabbarovna

O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Tillarni o'rganish kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi, Toshkent, O'zbekiston nilufar.shirinova@mail .ru

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada ilmiy hodisa bo'lmish lisoniy parallelizmning bir turi -gradual inparallelizm masalasi tadqiq qilingan bo'lib, uning til tizimida lisoniy ma^nolarni farqlash usuli sifatidagi vazifasi o'zbek va ingliz tillari materillari misolida tahlil etilgan. Shuningdek, ishda til muayyan ma'noni yoki vazifani ifodalashga kirishar ekan, ma'lum bir usul va vositalarni (til maqsadi, sharoiti, imkoniyatlari va vaziyatga ko'ra) neytrallashtirish evaziga boshqa bir(lar)ini dominantlash yo 'lidan borishi haqida ilmiy xulosalar qilingan.

Kalit so'zlar: parallelizm, lisoniy paralleizm, inparallelizm, interparallelizm, lisoniy ma 'no, lisoniy usul, lisoniy vosita.

В данной статье изучен вопрос градуального инпараллелизма как вид научного явления, параллелизма, а также анализирована его функция разграничения языковых значений в узбекском и английском языках. Кроме того, сделаны выводы о том, что при передачи определенных языковых значений и/или функций, язык идет ходом доминирования одного лингвистического способа/средства за счет нейтрализации других способов/средств.

Ключевые слова: параллелизм, языковой параллелизм, инпараллелизм, интерпараллелизм, языковое значение, языковой способ, языковое средство.

The issue of inparallelism as a type of scientific phenomenon, linguistic parallelism is studied in the article, also the function of discrimination of different linguistic meanings in the Uzbek and English languages are analyzed. Besides, it is concluded that on giving any linguistic meaning (category) the language moves towards dominating certain method/means due to neutralization of other ones.

Key words: parallelizm, linguistic parallelizm, inparallelizm, interparallelizm, language meaning, linguistic method, language means.

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

KIRISH

Lingvistik parallelizm hodisasining turli lisoniy aspektlarda voqelanishi masalasiga bag 'ishlangan qator ishlardagi tahlillarga tayangan holda bu hodisaga oid nafaqat umumiy va farqli xususiyatlarni ajratish imkoniga, balki ekvivalentlik munosabatlari va ekvivalentlik tamoyilini ham o'rganishga erishish mumkin, ya 'ni o'zaro parallel munosabatlarga kirishayotgan istalgan til birligi muayyan kategoriya/ma'no/vazifani reallashtirish uchun o'zaro muqobil/sherik/hamkor/ o'rinbosar mavqeyida bo'ladi: o'zaro parallel qatorda turgan bir lisoniy usul yoki vosita dominantlashsa, ikkinchi yoki keyingi usul/vosita neytrallashishi haqida fikr yuritish mumkin. Bu kabi hamkorlik til iqtisodiyligi, ixchamligi va maqsadliligini ham belgilaydi, chunki har qanday holatda ham (qanchalik boy va rang-barang vosita, resurs va usullarga ega bo 'lishiga qaramay) til o'zining asosiy vazifasi - faol, o'zaro shartlangan va maqsadli interpretatsiyani amalga oshirishga harakat qiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Endi bevosita gradual parallelizm hodisasiga keladigan bo'lsak, unda lingvistik graduonimiyaga xos bo'lgan:

- darajalanish qatorining ochiqligi;

- graduonimik qatorning nisbiyligi (o'zgaruvchan, okkazional, temporal, ba'zan individualligi);

- gradual zanjirda dominanta (neytral birlik)ning mavjudligi;

- darajalanish munosabatlari - bir belgining kuchayishi boshqa bir belgi(xususiyat)ning pasayishi hisobiga tuzilishi (teskari aloqa);

- graduonimik bog'lanishlar nafaqat tilning yuza sath birliklari, balki lisoniy ong

darajasiga, tilning ichki mexanizmiga ham xosligi [2, 5, 6, 7]

singari hamda lisoniy parallelizmga xos bo'lgan:

- bir ma'no/vazifa/maqsadni amalga oshirishda birdan ortiq hamkor lisoniy unsurlarning ishtirok etishi [1, 3, 4, 8, 9];

- mazkur shakl, usul va vositalarning sirasi tugal (cheklangan) xarakterga emas, balki ochiq, cheklanmagan va progressiv xususiyatga egaligi;

- muayyan parallel birlik(lar)ning ustuvorlashishi/faollashishi/farqlanishi/ ajratilishi - boshqa bir (yoki birdan ortiq) vosita/usullarning pasayishi/neytrallashishi/ chekinishi (o'z o'rnini bo 'shatishi) evaziga sodir bo 'lishi;

- lisoniy parallelizm o 'z mohiyatiga ko'ra nafaqat tilning yuza sath birliklarida, balki lisoniy ong uyachalarida mavjud munosabatlarning ifodasi bo'lib, kommunikant maqsadiga ko 'ra va nutq vaziyatiga ko'ra faollashishi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

kabi ko'plab tamoyillarning in'ikosini ko'ramiz. Quyidagi bo'limlarda mana shu in'ikosga daxldor tahlillarni amalga oshirishga harakat qilamiz.

Avvalambor, gradual parallelizmning ichki (inparallel) va tashqi (interparallel) turlarini ajratishni ma'qul topdik. Ularning har birini tadqiq etish -nafaqat lisoniy darajalanish (graduonimiya) hodisasining ilmiy mohiyatini chuqurroq tushunishga, balki ma'lum ma'noda qarindosh/bir tizimli hamda noqarindosh/turli tizimli tillarning ichki va tashqi imkoniyatlarini va umuman shu maqsadda ishtirok etuvchi umumlisoniy, umumlingvistik tamoyillarni ham dalillashga sharoit yaratadi.

MUHOKAMA

Yuqorida aytilganidek, lingvistik gradual parallelizmning bir turi - gradual inparallelizm bo'lib, bir til doirasidagi muayyan lisoniy ma'no va/yoki kategoriyani yuzaga chiqarishda bir necha usul va vositalarning o'zaro, ichki hamkorligini nazarda tutadi. Bunda o'zbek tilida son grammatik kategoriyasini ifodalash uchun birdan ortiq usul va vositalarning o'zaro inparallel tarzda ishlatilishi graduonimik yo'nalishda rivojlanishini ko'rish mumkin. Masalan, son ma'nosini ifodalashda "unumdorlik darajasiga ko'ra farqlanish" kuzatiladi:

unumdorlik darajasining oshishi

kitoblar - ko p kitob - kitob-kitob - kitob-daftar - kito-o-o-b unumdorlik darajasining kamayishi

1-rasm. O'zbek tilida son ma 'nosini ifodalovchi inparallel birliklarning unumdorlik darajasiga ko'ra graduonimik qatori

Bunda o'zbek tilida kitoblar shakli uslublararo (badiiy, so'zlashuv, ilmiy, publitsistik va rasmiy-idoraviy uslublar) eng unumli ishlatiladigan grammatik shakl sifatida gradual parallel qatorning kuchli a'zosi sifatida namoyon bo'lsa, tillarda funksional chegaralanish (vaziyatga ko'ra ishlatilishi, og'zaki nutqda reallashishi)ga, uslubiy va pragmatik jihatdan xoslanganlik (ko'proq so'zlashuvga xosligi)ka ega bo'lgan kito-o-o-b shakli eng kamunum sherik sifatida gavdalanadi. O'zaro parallel birliklarning keyingi tartiblanishi ko'p, ancha, xiyla, to'rtta..., bir necha... singari analitik vositalarning ishlatilishi; tilimizda nafaqat son, balki belgi (sifat) intensifikatori hisoblangan takroriy so 'zlar (kitob-kitob); hamda kitob va shunga o'xshash, aloqador narsa, ashyolarni anglatuvchi kitob-daftar shakli esa, aksincha, ham leksik-semantik, ham uslubiy, ham funksional-pragmatik jihatdan kamunum hamkor vosita sifatida qatorning oxirrog'idan o'rin olmoqda [8].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Bu qatomi bevosita umumlashtirib, ya'ni lisoniy vositalar (shakllar)dan lisoniy usullarga yo'nalishida tahlilni amalga oshiradigan bo'lsak, bunday zanjir quyidagicha ko'rinish oladi:

unumdorlik darajasining oshishi

Affiksatsiya - Analitik - Takror - Juftlash - Fonetik unumdorlik darajasining kamayishi

2-rasm. O'zbek tilida son ma'nosini ifodalovchi usullarning unumdorlik darajasiga ko'ra graduonimik qatori

E'tiborli tomoni shundaki, o'zbek tilida mazkur grammatik kategoriyasini ifodalashdagi parallelizmni unumdorlik darajasiga ko'ra emas, aynan grammatik ma'noni ifodalash shkalasi bo'yicha oladigan bo'lsak, yana bir inparallel zanjirga ega bo'la olamiz:

aniqlik darajasining oshishi

100 ta kitob - kitob-kitob - kitoblar - kitob-daftar - kito-o-o-b aniqlik darajasining kamayishi

3-rasm. O'zbek tilida son ma'nosini ifodalovchi birliklarning aniqlik darajasiga ko'ra graduonimik qatori

Bunda o'zbek tilida 100 ta kitob shakli ko'plikni aniq miqdorda bera olishi bilan (shuningdek, ko'p kitob, bir uy kitob kabi shakllarda belgining kuchayishini ham sezish mumkin) gradual parallel qatorning kuchli a'zosi sifatida namoyon bo'lsa, individual va okkazional xarakterli bo'lgan kito-o-o-b shakli aniqlik darajasi kuchsiz bo'lgan ekvivalent sifatida gavdalanadi.

O'zaro parallel birliklarning keyingi tartiblanish chizig'ida kitob-kitob takroriy ifodasi, va keyinchalik, unumdorlikka ko'ra eng kuchli namoyanda sanalgan kitoblar birligi joy oladi; kitob va shu olamga daxldor predmetlarni anglatuvchi kitob-daftar ko'rinishi esa nisbatan mavhum miqdoriy belgini tashuvchi muqobil sifatida qatorning oxirrog 'idan o'rin olmoqda.

Bu aloqadorlikni bevosita umumlashtirib, ya'ni lisoniy vositalar (shakllar)dan lisoniy usullarga yo'nalishida tahlilni amalga oshiradigan bo'lsak, bunday bog'lanish quyidagicha ko'rinish oladi:

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4(01), Jan., 2024

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7 www.oriens.uz aniqlik darajasining oshishi

Analitik - Reduplikatsiya - Affiksatsiya - Juftlash - Fonetik aniqlik darajasining kamayishi

4-rasm. O'zbek tilida miqdoriy belgini ifodalovchi usullarning aniqlik

darajasiga ko'ra graduonimik qatori

NATIJALAR

Ingradual parallelizm nafaqat biror-bir grammatik ma'noni beruvchi lingvistik usul va vositalar orasida, balki leksik birliklar orasida ham voqelanishi mumkin. Masalan, How+adj...?, aniqrog'i, a) How happy is he/she? b) How unhappy is he/she? ma'nolarini reallashtirishga xizmat qiluvchi so, really, extremely, a little bit, quite, very, absolutely kabi vositalar yordamchi analitik vositalarning ham o'zaro parallelizmini kuzatamiz. Bunday bog'lanishni parallelizm deyishimizga sabab, mazkur vositalar inparallel muqobillar sifatida "the level of happiness" ("baxt(lilik) darajasi") hamda "the level of unhappiness" ("baxtsizlik) darajasi") leksik-semantik hamda grammatik ma'nolarini yuzaga chiqaradi: He/She is so happy/unhappy; He/She is really happy/unhappy; He/She is extremely happy/ unhappy; He/She is a little bit happy/unhappy; He/She is quite happy/unhappy; He/She is very happy/unhappy; He/She is absolutely happy/unhappy.

Bu ekvivalentlarning barchasi grammatik jihatdan analitik vositalar, ularning voqelanishiga sabab bo'layotgan lingvistik imkoniyatlar esa analitik usullar bo'lib, leksik-grammatik inparallizmni namoyon etmoqda. Mazkur inparallel elementlarning nisbiy darajalanishini hisobga oladigan bo'lsak, quyidagi gradual inparallel zanjir hosil bo'ladi:

Intensification of happiness/unhappiness

...a little bit ~ quite ~ really ~ so ~ absolutely ~ extremely...

Neutralization of happiness/unhappiness

5-rasm. How happy/unhappy is he/she? so'rog'iga javob bo'la oluvchi ko'makchi analitik birliklar inparallel gradual qatori

Inparallelizm mikrograduonimik qatordan makrograduonimik qatorga o'sib borishini hisobga oladigan bo'lsak, birdan ortiq inparallel gradual va nogradual bog'lanishlarni ko'ramiz: ingliz tilidagi analitik vositalar parallelizmi o'zaro zidlanish-juftlanish (parallellashish)dan tashqari, bir-biriga kontrast bo'lgan lug'aviy

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ma'nolar - "baxt(lilik)-baxtsizlik" semalarini nogradual hamda gradual ko'rinishlarda joylashtirishga sharoit yaratmoqda (bu tahlillarda "nogradual" tushunchasini yuqoridagi tasniflarni sharhlash maqsadidagina ishlatmoqdamiz, zero lisoniy ongimizda barcha til birliklari faqat (!) gradual munosabatlarda yashashini unutmasligimiz lozim). Shunday ekan, mazkur munosabatlar bir til (ingliz tili) doirasida turli (va hatto zid) ma'nolarni ro'yobga chiqaruvchi graduonimlar inparallelizmi, inparallel graduonimlar munosabati yoxud inparallel graduonimiya sifatida izohlanishi mumkin.

Albatta, har bir graduonimik qatorda bo'lgani kabi gradual inparallel bog'lanishlarda ham aloqadorlikning o'sishi "teskari aloqa" yo'nalishida bo'ladi -birliklarning muayyan sema yoki vazifa asosida qatorlashishi "... ma'noning kuchayishi va aksincha" tamoyili bo 'yicha amalga oshadi: "son ma'nosini ifodalovchi birliklar unumdorlik darajasining oshishi va aksincha"; "son ma'nosini ifodalovchi birliklar unumdorlik darajasining kamayishi va aksincha" kabi. Bunda darajalanish qatorining va umuman, miqdoriy o'zgarishlarning sifatiy o'zgarishlarga o'tishi qonunining in'ikosi kabi ma'noning kuchayishi/oshishi/intensivlashishi unga zid sanalgan ma'no yoki funksiyaning pasayishi/kamayishi/neytrallashishi hisobiga bo'ladi (bu parallel vositalarda unumdorlikning oshishi kamunumdorlik yoki unumsizlikning kamayishi (va aksincha) hisobigadir). Bu esa, darajalanish munosabatlarining, xususan, gradual parallel munosabatlarning yana bir muhim tamoyili - til muayyan ma'noni yoki vazifani ifodalashga kirishar ekan, ma'lum bir usul va vositalarni (til maqsadi, sharoiti, imkoniyatlari va vaziyatga ko'ra) neytrallashtirish evaziga boshqa bir(lar)ini dominantlash yo'lidan borishi -reallashayotganidan dalolat beradi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Джусупов Н.М. Лингвистический параллелизм в англоязычном поэтическом тексте: когнитивно-стилистический потенциал и проблема интерпретации//"Узбекистонда хорижий тиллар" илмий-методик электрон журнали, №4(23). - T., 2018. - С.113-119.

2. Ширинова, Н. Д., & Давлатова, М. Х. МОРФОЛОГИЧЕСКИЙ СПОСОБ РАЗГРАНИЧЕНИЯ ЗНАЧЕНИЙ ПРЕДМЕТНОСТИ И КАЧЕСТВЕННОСТИ В СИСТЕМЕ ЯЗЫКА. Muassis: Buxoro davlat universiteti TAHRIRIYAT: Muharrirlar: MQ Abuzalova MA Bokareva NN Voxidova, 40.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

3. Ширинова Н.Д., Ширинова Н.Д. Лисоний параллелизм масаласига доир//"ОпеП:а1 Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences" scientific journal on January, 2023. - Р. 256-259.

4. Carlson, Katy. Parallelism and Prosody in the Processing of Ellipsis Sentences. Routledge, 2002, pp.4-6. https : //ru.wikipedia.org/wiki ;

https://www.textologia.ru/slovari/lingvisticheskie-terminy/parallelizm/_?q=486

&n=1248

5. Shirinova N.Dj. Predmetnosf i kachestvo: ot sinkretnosti k diskretnosti. Nauchnaya monografiya. LAP (Lambert Academic Publishing): Saarbrucken, Germany, 2013. ISBN-978-3-659-35163-1. - S. 66.

6. Shirinova, N. D. (2022). GRADUAL MORPHOLOGICAL DEMARCATION OF SUBSTANTIVE AND ATTRIBUTIVE MEANINGS IN UZBEK AND ENGLISH LANGUAGES. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 26), 665-668.

7. Shirinova, N. D., & Shirinova, N. D. (2023). LISONIY PARALLELIZM HODISASIGA DOIR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1), 51-56.

8. Shirinova N.D. Lisoniy parallelizm - ilmiy hodisa sifatid^/Jamoat xavfsizligi ilmiy-amaliy jurnali. - №2. - T., 2023. - B. 134-137.

9. Shukurov P.M. Parallel sintaktik butunliklar. - Fargona, 2004. - 157 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.