Научная статья на тему 'GPSNING INTELLEKTUAL TRANSPORT TIZIMLARIDA Q‘LLANILISH AMALIY AHAMIYATI'

GPSNING INTELLEKTUAL TRANSPORT TIZIMLARIDA Q‘LLANILISH AMALIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Intellektual transport tizimlari / GPS / sun`iy yo`ldosh signallari / yonilg`i tejamkorlik / aqlli yuk mashinalari. / Intelligent transport systems / GPS / satellite signals / fuel economy / smart trucks.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Xakimov Sh.K., Odilov D.V.

Maqolada intellektual transport tizimlari, ularning o`rni, yuk va yengil avtomobillaridan foydalanishda GPS tizimlarini qo`llash va shu orqali ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, harakat davomida yuk va yengil avtomobillar sarflayotgan yonilg`i miqdorini monitoring qilish usullari bitta aniq korxona misolida keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRACTICAL IMPORTANCE OF GPS IN USING IN INTELLIGENT TRANSPORT SYSTEMS

The article presents intelligent transport systems, their place, the use of GPS systems in trucks and cars, and thereby increasing the efficiency of their use, the methods of monitoring the amount of fuel consumed by trucks and cars during movement, as an example of one specific enterprise.

Текст научной работы на тему «GPSNING INTELLEKTUAL TRANSPORT TIZIMLARIDA Q‘LLANILISH AMALIY AHAMIYATI»

Xakimov Sh.K. dotsent TDTU Odilov D.V.

PhD student TDTU

GPSNING INTELLEKTUAL TRANSPORT TIZIMLARIDA Q'LLANILISH AMALIY AHAMIYATI

Annotatsiya. Maqolada intellektual transport tizimlari, ularning o^rni, yuk vayengil avtomobillaridan foydalanishda GPS tizimlarini qollash va shu orqali ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, harakat davomida yuk va yengil avtomobillar sarflayotganyonilg^i miqdorini monitoring qilish usullari bitta aniq korxona misolida keltirilgan.

Kalit so^zlar: Intellektual transport tizimlari, GPS, sun^iy yoldosh signallari, yonilg^i tejamkorlik, aqlliyuk mashinalari.

Xakimov Sh.K. associate professor TSTU Odilov D.V.

PhD student TDTU

PRACTICAL IMPORTANCE OF GPS IN USING IN INTELLIGENT

TRANSPORT SYSTEMS

Annotation. The article presents intelligent transport systems, their place, the use of GPS systems in trucks and cars, and thereby increasing the efficiency of their use, the methods of monitoring the amount offuel consumed by trucks and cars during movement, as an example of one specific enterprise.

Keywords: Intelligent transport systems, GPS, satellite signals, fuel economy, smart trucks.

Hozirgi kunda tez-tez GPS degan atamaga duch kelmoqdamiz va bu tushuncha nafaqat geodeziya sohasida, balki mobil telefonlarda ham keng ravishda qo'llanilmoqda. GPS global pozitsion tizim degan ma'noni anglatadi. Bu tizim Yerga doimiy ravishda elektromagnit signallarni yuborib turuvchi sun'iy yo'ldoshlar tizimidan tashkil topgan. Bunday signallarni qabul qilish uchun Yerda ham maxsus qabul qilib oluvchi priyomnik (qabul qilgich) lar va qurilmalar bo'ladi. Bunday qurilmalarning afzalligi shundaki, sun'iy yo'ldoshdan yer yuzidagi obyektgacha bo'lgan masofa yuqori aniqlikda (bir necha 10 km dan bir

necha millimetrgacha) o'lchanadi va natijada bunday aniqlikdagi hisob kitoblardan olingan obyektning koordinatasi yoki joylashgan joyi ham yuqori aniqlikda o'lchanadi. GPS nafaqat yerda, balki dengiz va havo navigatsiyasida ham qo'llaniladi. GPS barcha joylarda qo'llanilishi mumkin, lekin GPS signallar olmaydigan joylar (yerto'la, shaxta, g'orlar)da qo'llab bo'lmaydi. GPSning qo'llanilish sohalari kengdir. Bunday sohalar jumlasiga harakatlanuvchi transport bo'lmish xususiy avtomobil, yuk avtomobillari, kema va samolyotlar navigatsiyasi kiradi.

GPS yo'ldoshining signallari asosida xususiy turgan joyni, harakatlanishning tezligi va yo'nalishini hisoblaydi; - O'xshash yoki raqamli kirishlar orqali tashqi datchiklarni ulaydi; - Ketma - ketligdagi porta yoki yanada ixtisoslashgan CAN interfeysi bo'lgan bort uskunalarida ma'lumotlarni solishtiradi; - Aloqada bo'lgan vaqtda ma'lumotlarning ba'zi hajmini ichki xotirasida saqlaydi; - Olingan ma'lumotlarni, ular ishlanadigan serverga uzatib beradi; Yer yo'ldoshi yordamida monitoring qilishda quyidagilarni nazorat qilish mumkin: - Harakatlanish (siljish) marshruti; - Harakatlanish va marshrut grafiklariga rioya qilinishi; - Ish vaqti hamda haydovchi va operatorlar ish rejimlari va grafiklarga rioya qilish, transport vositalaridan foydalanish samaradorligi; - Yonilg'idan foydalanish sarflash (sarflash); - Transportdan foydalanish, uning o'tgan yo'li va harakatlanish tezligi; - Ishlash zonalari, yani "geo zone" sistemasidan foydalanib, muayyan transport vositasiga harakatlanishga ruxsat berilgan hududni oldindan aniqlash mumkin. Quyidagilarni tahlil qilish mumkin: - Tanlangan vaqt oralig'ida ma'lum transport vositasidan foydalanishning har xil parametrlari va shartlari shunday qilib, ham muayyan transport sistemasidan, ham transport parkining hammasidan samarali foydalnishni tahlil qilish mumkin; - Transport vositalari parkining ishi; -Transport haydovchilari ishining samaradorligi; - Transport harakatlanish marshrutining optimalligi va samaradorligi.

Harakatlanuvchi ob'ektlarni monitoring qilish tizimi GPS/GLONASS trekeri bilan jihozlangan ob'ektning joylashuvini real vaqt rejimida aniqlash, uning harakati haqida ma'lumot olish, yoqilg'i sarfini kuzatish, shuningdek, ishlamay qolish va noto'g'ri foydalanish holatlarini aniqlash imkonini beruvchi zamonaviy yechimdir.

YUK TASHISH VA LOGISTIKA

✓ Harakat ssiklining oshishi, transportning to'xtab qolish muddatini qisqartirish; ✓ Ortiqcha masofani kamaytirish va isroflarning oldini olish orqali avtomobil parki bo'ylab yoqilg'i va yoqilg'i sarfini kamaytirish; ✓ Avtotransport vositalarining xizmat muddatini oshirish; ✓ Haydovchilar va dispetcherlar intizomini oshirish; ✓ Yuk tashish xavfsizligi.

2ГТ1 • • • i i» • • J • •

-rasm._TiZim interfeysi - monitoringi

TIZIM INTERFEYSI - Hisobot tizimi u yoki bu sabablarga ko'ra serverga kechikib kelgan ma'lumotlarni retrospektiv tahlil qilish asosida qurilgan. Bu BARCHA treklarni istisnosiz qayta ishlash imkonini beradi.

3-rasm. Obyektlardan kunlik hisobot olish.

GPS monitoringi tizimi

Haqiqiy vaqt rejimidagi monitoring - bu avtopark samaradorligini oshirishning zamonaviy usuli. O'z ixtiyorida transport aktivlariga ega bo'lgan, ammo monitoring tizimidan foydalanmaydigan kompaniya rahbarlarining aksariyati, qoida tariqasida, transport vositalaridan oqilona foydalanish, yoqilg'ini o'g'irlash va xodimlarning mehnat majburiyatlarini vijdonsiz bajarishi bilan bog'liq bo'lgan ko'plab qiyinchiliklarga duch kelishadi.

GPS bilan transport va mobil xodimlarni onlayn GPS monitoringi nafaqat xarajatlaringizni optimallashtiradi, balki haydovchilar intizomini ham oshiradi. Tizim an'anaviy transportdan tortib uy hayvonlarigacha bo'lgan turli xil ob'ektlarni boshqarish imkonini beradi.

GPS / GLONASS monitoring tizimi bilan haqiqiy vaqt rejimidagi monitoring quyidagilarni o'z ichiga oladi:

• ob'ektlarning joylashishini va ularning xaritadagi harakatlarini kuzatish;

• harakat tezligi, yoqilg'i darajasi, harorat va boshqalar kabi ob'ektlarning ma'lum parametrlaridagi o'zgarishlarni kuzatish;

• ob'ektlarni boshqarish (buyruqlarni bajarish, vazifalarni avtomatik bajarish) va haydovchilar (SMS, qo'ng'iroqlar, uchrashuvlar);

• ob'ekt faoliyati to'g'risida bildirishnomalarni olish;

• berilgan yo'nalish bo'yicha ob'ektning harakatini kuzatish;

• ob'ektdan olingan ma'lumotlarni turli xil hisobotlarda (jadvallar, grafiklar) talqin qilish va boshqalar.

Yuqorida ko'rsatilgan afzalliklaridan tashqari GPS tizimining bazi kamchiliklari ham mavjud. Misol tariqasida GPS tizimining narxini keltirib o'tishimiz mumkin. Hozirgi kunda 1 dona FMB 920 markali GPS qurilmasining narxi o'rtacha 90$ ni tashkil qiladi. 1 dona FMB 125 markali GPS qurilmasining narxi esa o'rtacha 120$ ni tashkil qiladi. Bu ko'pgina korxonalarga o'z

avtomobillarini GPS qurilmasi bilan taminlashda muammolar yuzaga keltiradi. Bundan tashqari, avtomobillar tunellar, yerto lalarda harakatlanganda GPS qurilmasi orqali aniq malumotlar uzatishda muammolar yuzaga kelishi mumkin. Bu esa yuqori samaradorlikka oz tasirini otkazadi.

GPS qurilmasining amaliy ahamiyatini "AVTOGIGANT DANGARA" MChJ misolida ham ko'rishimiz mumkin. Bu korxonada jami 10 ta avtomobil mavjud bo'lib, shulardan 7 tasi yengil(Matiz, Nexia, 3ta Damas, 2 ta Toyota), 2 tasi tirkamali yuk avtomobillari(kamaz va traktor) va 1 ta ISUZI avtobusi hisoblanadi. Bu avtomobillarning barchasiga 2023-yil dekabr oyida FMB 920 markali GPS qurilmasi ornatilgan.

Tahlillar shuni ko'rsatadiki, joriy yilning boshlang'ich 4 oyi davomida "AVTOGIGANT DANGARA" MChJ korxonasidagi yengil avtomobillarga qo'yilgan FMB 920 markali GPS qurilmasi qo'yilishi natijasida transport vositalari o'tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 14744 km masofa kamroq bosib o'tgan. Bu esa deyarli 1356.5 litr(m3) yonilg'idan tejash demakdir. Bu esa korxona budjetiga taxminan 8 139 000 so'm foyda keltirgan.

"AVTOGIGANT DANGARA" MChJ avtoulovlarga 2024-yil 4-oyi mobaynidabenzin, dizel yonilg'isi va Metan gazlar sarflanganligi

TAHLILI

1. Yengil avtomobillar (100 kmga taxminan 9.2 litr benzin, propan yoki metan gazi sarflaydi)

Oylar 2023-yil 2024-yil 2023 y.ga yurgan masofasi farqi ± km. 2023 y. ga nisbatan yonilg'i sarfi farqi ± litr

Bosib o'tgan km. Yonilg'i sarfi litr Bosib o'tgan km. Yonilg'i sarfi litr

Yanvar 51215 4711,78 48008 4416,736 -3207 -295,044

Fevral 48416 4454,272 45905 4223,26 -2511 -231,012

Mart 49901 4590,892 46812 4306,704 -3089 -284,188

Aprel 49920 4592,64 43983 4046,436 -5937 -546,204

Jami 4-oylik 199452 18349,584 184708 16993,136 -14744 1356,448

2. KAMAZ avtoulovi(100 km.ga 29,3 litr dizel yonilg'isi sarflaydi)

Oylar 2023-yil 2024-yil 2023 yga yurgan masofasi farki ± km. 2023 y. ga nisbatan sarfi farki ± litr

Bosib o'tgan km. Sarfi litr Bosib o'tgan km. sarfi litr

Yanvar 9196 313,86 8966 306,01 -230 -8

Fevral 10315 352,05 10103 344,81 -212 -7

Mart 9700 331,06 9467 323,11 -233 -8

Aprel 10190 347,78 10002 341,37 -188 -6

Jami 4-oylik 39401 1345 38538 1315 -863 -29

3. ISUZI AVTOBUS avtoulovi(100 km.ga 18 litr dizel yonilg'isi sarflaydi)

Oylar 2023-yil 2024-yil 2023 yga yurgan masofasi farki ± km. 2023 y. ga nisbatan sarfi farki ± litr

Bosib o'tgan km. Sarfi litr Bosib o'tgan km. sarfi litr

Yanvar 7784 1395 6745 1216 -1039 -179

Fevral 8394 1512 6670 1202 -1724 -310

Mart 6251 1126 6365 1126 114 0

Aprel 7369 1326 6539 1177 -830 -149

Jami 4-oylik 29798 5359 26319 4721 -3479 -638

Bu tahlildan yengil avtomobillarga qo'yilgan FMB 920 markali GPS qurilmasi taxminan 5 oyda o'ziga sarflangan pulni oqlashini ko'rishimiz mumkin. Kamaz avtoulovining tahlili shuni ko'rsatadiki, o'tgan yilning boshlang'ich 4 oyiga nisbatan bu yil 863 km kamroq bosib o'tilgan. Bu esa 29 litr dizel yonilg'isini tejash demakdir. Kamaz avtouloviga qo'yilgan FMB 920 markali GPS qurilmasi taxminan 1 yilda o'ziga sarflangan pulni oqlashini ko'rishimiz mumkin. ISUZI avtobusining tahlili shuni ko'rsatadiki, o'tgan yilning boshlang'ich 4 oyiga nisbatan bu yil 3479 km kamroq bosib o'tilgan. Bu esa 638 litr dizel yonilg'isini tejash demakdir. Kamaz avtouloviga qo'yilgan FMB 920 markali GPS qurilmasi taxminan 2,5 oyda o'ziga sarflangan pulni oqlashini korishimiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Xakimov Sh.K. Intellektual transport vositalarining texnologiyalari: o'quv qo'llanma. - Toshkent, 2022.

2. Yuk avtomobillarini ishlatishda ulardan foydalanish samaradorligini baholash. Z.Xametov, A. Abdubannopov, B.Botirov // SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021 ISSN: 2181-1601

3. T.X.Boltayev, Q.Raxmonov, M.S.Akbarov Geoaxborot tizimining asoslari: o'quv qo'llanma-Toshkent, 2015

4. Bernhardsen T. Geographic Information Systems: An Introduction. John Wiley and Sons. (2002) 435 pages.

5. Bolstadt P. GIS Fundamentals: A First Text on Geographic Information Systems, 4th edition. (2012) 674 pages.

6. Chang, Kang-Tsung. Introduction to Geographic Information System (7th edition). McGraw-Hill Education. (2013) 480 pages.

7. Longley P., Goodchild M., Maguire D., Rhind D. Geographic Information Systems and Science (3rd edition). WileyWilson, J. P. (2011) 539 pages.

8. Michael N. Demers. Fundamentals of Geographic Information Systems. John Wiley and Sons. (2003) 636 pages.

9. https://www.electronicspecifier.com/products/artificial-intelligence/heres-how-tomorrows-intelligent-trucks-work

10. https://toyota-forWifts.eu/solutions/smart-logistics/smart-trucks/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.