GOTIKA USLUBINING ARXITEKTURADAGI AHAMIYATI
T. Axmedov
Farg'ona politexnika instituti, katta o'qituvchi
ANNOTATSIYA
Gotika -o'rta asrlarda rivojlanayotgan G'arbiy, Markaziy va SHarqiy Yevro pani o'z qamroviga olgan, Monumental binokorligining gotika uslubiga va bu uslubda qurilgan binolarga tavsif berilgan. Bu uslubning dunyoga kelishiga sabab bo'lgan diniy ijtimoiy-siyosiy omillar yoritilgan.Davlatlarni o'z rivojlanish yo'lida xalq va cher kovning demokratiya yo'lidagi kurtak otayotgan ziddiyatlari va buni binokorlikda san'atga muxrlanishi yoritilgan. Bundan tashqari shu davrda binokorlikda nafis orna ment bezaklarini, xaykaltaroshlikni, shisha mozaikasini qo'llanilishi va monumental binokorligi qurilishi texnikasini rivojlanganligi darajasini bildiuvchi tarixiy ma'lumotlar berilgan.
Tayanch iboralar; Tosh o'ymakorligi, qobirg'ali nervyur, Amaliy bezak san'ati, Me'morchilik uslubi, Nayzasimon arka, Vitrajli mozaika san'ati, devoriy rangtasvir. Gumbaz to'shamalari.Panjarali minoralar.Uchli vimper, «neogotika»
FEATURES OF THE "GOTHIC" STYLE IN ARCHITECTURE
ABSTRACT
Stone carving, rib nerve, Applied and decorative arts, Architect chilik style, Naizasimon arch, stained glass mosaic, wall paintings, dome floors, Lattice tower structure.
Keywords: Gothic - Western, Central and Eastern Europe, developing in the Middle Ages, is characterized by the Gothic style of monumental architecture and buildings built in this style. The religious, socio-political factors that led to the emergence of this style are highlighted. In addition, there is historical information about the level of development of graceful ornamentation, sculpture, glass mosaics and the technique of monumental construction during this period.
Gotika (italyancha gotiko) - gotlar (german qabilalari) - nomidan olingan, gotika uslubi- G'arbiy, Markaziy va qisman SHarqiy Yevropa mamlakatlarida o'rta asrlar san'atida hukm surgan badiiy uslub. "Gotika." termini Uyg'onish davrida qo'llanila boshlagan. 12-asrda roman uslubi o'rniga yuzaga kelgan. Gotikada yetakchi o'rinni me'morlik egalladi, unda me'morlik haykaltaroshlik va rangtasvir (asosan vitraj)ning uyg'unligi buyuk namunasi bo'lgan ibodatxona alohida o'rin tutadi. Ibodatxona qurishning yangi loyiha tizimi ishlab chiqildi: bosh fasadi uchli ravoqli va gumbazlari
qobirg'ali nervyur, og'irligi arkbutanlar orqali tashqi devor va tayanch ustunlar (kontrfors)ga o'tkazilgan sinchli tuzilma. Gumbaz to'shamalari yengil qatlamlar bilan to'ldirilgan, ustunlar oralaridagi yirik, oynalik vitrajlar bilan bezatilgan, g'arbiy fasadida minora (balandligi 150 m. gacha) qurilgan. Bu yangi loyiha neflar kengligi va bino balandligini birmuncha oshirgan. SHuning hisobiga inshoot yengil, mujassamotiga ko'ra ko'kka cho'zilgan. Ichi va tashqarisi haykallar va nafis tosh o'ymakorlik bezaklari bilan bezatilgan. Mujassamlikda panjarali baland minoralar muhim o'rin tutgan. Gotika me'morligiga uchli vimperglar, deraza va peshtoqlar, doira shaklidagi oynalar, bezak qism fiallar va shu kabi me'moriy shakllar xos bo'lgan.
Gotika 12-asr o'rtalarida SHimoliy Frantsiyada yuzaga keldi. 13-asr 1-yarmida yuksak darajada rivojlandi. SHu yerda Gotikaning tosh ibodatxonalari o'zining mumtoz shakliga ega bo'ldi. Bibi Maryam ibodatxonasi (Notr-dam 1163—1257), SHartr (11941260), Reyms (1211-1311), Amten (1220-1288) va boshqadagi ibodatxonalar Gotikaning yuksak namunasidir. Niderlandiya, SHimoliy Germaniya, Skandinaviya, Ispaniya, Italiya, Polsha, CHexiya, Latviya, Estoniya va boshqa joylarda ham Gotika mahalliy an'analar ta'sirida rivojlandi. Gotikaning ilg'or usullari Uyg'onish davri va barokko me'morchiligiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi.
Gotika tasviriy san'ati diniy va dunyoviy dunyoqarashlardagi uyg'unlikni saqlagan holda rivojlandi, ayni vaqtda voqelikni uning hodisalari bilan birga aks ettirishga xarakat qilindi. Ibodatxonalar bezagida haykal va relteflar (mas. Reyms ibodatxonasida 2300 dan ortiq haykal), vitrajlar (Sen-Deni, SHartr va boshqalarda) keng qo'llanilgan, tasviriy san'at asarlari me'moriy mujassamlikka bo'ysundirilgan. Diniy mavzudagi asarlar bilan bir qatorda maishiy lavhalar, mehnat jarayonlari aks etgan, ba'zan hajviy lavhalar ham uchraydi (Parij, Amten, Strasburg va boshqa joylardagi ibodatxonalar). Amaliy bezak san'ati yuksak darajada rivojlandi: tosh va fil suyagi o'ymakorligi, metall buyumlar, emal va shu kabilar. Rangtasvirda nisbatan kitob miniatyurasi keng taraqqiy etdi, unda tarixiy va maishiy lavhalar haqqoniy aks ettirildi. O'zbekistan hududida 19-asr oxiri -20-asr boshlarida Gotika uslub-belgilari me'morlikda paydo bo'ldi (masalan Toshkent shaxridagi Kirxa binosi.
1-rasm. Kutansdagi gotik sobor. Frantsiya 2-rasm.Notr Dam sobori.
Parij
Gotika (italyancha. gotico ) o'rta asrlarda rivojlanayotgan G'arbiy, Markaziy va SHarqiy Yevropani o'z qamroviga olgan san'at turidir. Gotika uslubini o'rnini bosib kelgan. Gotik tarz asosan me'morchilikda ishlatilish bilan bir qatorda, o'z ichiga haykaltaroshlik, rassomlik, kitob miniaturasini ham olgan.
Gotika XII -asrda Frantsiyaning shimolida kelib chiqqan va XIII- asrda Germaniya, Avstriya, CHexiya, Ispaniya va Angliyaga tarqalgan. Gotika Italiyaga boshqa davlatlarga qaraganda kechroq kirib kelgan. SHarqiy Yevropaga gotika undan ham kechroq kirib kelgan va uzoqroq saqlanib qolgan (XVI -asrgacha) XV-XVI- asrlarda qurilgan gotik binolarga «neogotika» termini ishlatiladi. 1980-yillarda «gotika» termini submadaniyat (gotik submadaniyat) va musiqada (gotik rok) ishlatila boshladi.
Gotika davri arxitekturasi
XII- asrdan boshlab feodalizm formatsiyasi ichida yangi ijtimoiy kuchlarning paydo bo'lishi va rivojlanib borishi klassik O'rta asr an'analarini inqiroziga sabab bo'ldi. Bu yangi kuchlar shaharning keng taraqqiy etishi bilan bog'liq xolda o'z kuchini oshirib bordi. SHaharlarda savdogarlar korporatsiyalari va xunarmandchilik tsexlari rolining ortib borishi ijtimoiy tuzum xarakteriga ta'sir qila boshladi.
Feodal hukumdorlarida ozodlikka, mustaqillikka erishishga intilish ortib bordi. Bu davrda din hamon hukumronlikda, cherkov esa arxitekturaga o'z talabini kuyayotgan bo'lsa ham lekin shahardagi xunarmand va savdogarlarning bilimiga, hayotining yangi qirralarini ochishga intilish orta bordi. Yevropa shaharlarida dastlabki universitetlarining tashkil topishi esa, bu intilish ravnaqiga zamin yarata bordi. Dunyoga tanqidiy munosabatda bo'lish tendentsiyasi ortdi. Xalq ongining ortib borishi esa jamiyat oldida tenglik, birodarlik masalalarining ijobiy xal etilishini talab qila boshladi. Xayotiy mavzudagi asarlar yuzaga kela boshladi. Bu davrlarda tasivriy san'at va me'morchilikda ham jiddiy o'zgarishlar yuz berdi. G'arbiy Yevropa madaniyatidan Vizantiya san'ati an'analari uzil kesil chiqarib tashlandi. Davr ruhini o'zida ifodalovchi realistik shakl va mazmunidagi asarlar, funktsional tomoni orta boshlagan me'morchilik binolari yuzaga kela boshladi.
Evropada feodalizm gullagan XII-XV- asrlar me'morchiligi «GOTIKA» me'morchiligi deb yuritiladi.«GOTIKA» iborasi ham shartli olingan Uning lug'oviy ma'nosi italyancha so'zidan olingan bo'lib, «Gotlarniki» degan mazmunni bildiradi. (Gotlar german qabilalarining biri). Bu ibora uyg'onish davrida kiritilgan bo'lib, san'atda got qabilalari san'atning ta'siri kuchli bo'lganligini bildiradi. Gotika uslubi XII- asrning ikkinchi yarmida Frantsiyada paydo bo'ladi va rivojlanadi. XIII-XIV- asrlarda esa qarbiy Yevropada etakchi me'morlik uslubiga aylandi va ayrim mamlakatlarda bu uslub XV- asrgacha davom etdi.
Gotika uslubi XII- asr o'rtalaridan boshlab XIII- asrda eng gullagan davrini boshidan kechirdi. Bu uslub turli mamlakatlarda o'ziga xos ko'rinishga ega, lekin bu uning ichki
to'zilishi va umumiy tomonini inkor etmaydi. Me'morlik gotika usulbini belgilashda muhim o'rinni egallaydi. Gotika uslubida qurilgan binolari roman uslubida qurilgan binolarga nisbatan ulug'vor, katta va serxashamdir. Ularda ishlatilgan me'morlik shakllari Engil yuqoriga intiluvchan va serjilva. Bu davr soborining funktsional mazmuni ham o'zgaradi. U shaharning ijtimoiy markaziga aylanadi. Bu yerda taot-ibodatdan tashqari shahar majlislari o'tkazilar, munozaralar uyushtirilar hamda universitet lektsiyalari o'qilar edi.
Endilikda sobor binosini qurishda faqat diniy g'oyalarnigina emas, balki ijtimoiy hayot ruhi, katta kollektiv qudrati ham tarqib etiladi. Gotika soborlarining ilgariga intiluvchi shaklida esa davr kishilarining ozodlikka va yorug'likka intilishlari o'z aksini topdi.
Bunday taassurot berishda soborning minoralari muhim o'rinni egallaydi. U soborning yanada baland, engil bo'lib ko'rinishiga xizmat qiladi. SHu bilan birga, bu minoralarda funktsional ahamiyatiga ega bo'lgan, ya'ni ular shaharni kuzatib turish uchun hamda yong'in o'chiruvchilar uchun ham mo'ljallangan. Ba'zi minoralarning shpil qismi xo'roz tasviri bilan tugallanganligi ham shu mazmunni-ziyrak bo'lib turish lozimligini bildirgan.
Me'morchilikda gotika usulubining yaratilishi davr zakovati, texnika tarraqqiyoti yutug'i asosida yuzaga keldi. Buning ahamiyati roman me'morchiligida qo'llanilgan arka va egri ravoqlarning yangicha talqin etilishi va eng muhimi, binoning mustahkam sinchlar (karkaslar) sistemasining nayzasimon ark, ichki ustun va kontroforslar asosida yechilishi edi.
Me'mor mustahkam sinchlar sistemasidan foydalanib, devor va ayniqsa, ravoqlarni og'irligini kamaytirishga xarakat qilgan. SHu maqsadda ravoqlardan tushadigan og'irlik taqsimiga e'tibor bergan. Asosiy nef bir qator to'rtburchaklarga ajratib, ularning har biri bir-biri bilan kesishgan nayzasimion arkalar bilan yopilgan. Bu esa ravoqlardan tushadigan va yon tomonga tortuvchi og'irlik kuchini kamaytirishga uchun mo'ljallangan. Nervyurdan foydalanish esa ravoq og'irligini yanada kamayishini taminlagan. Nervyurali ravoqlarni mustahkam qilib ishlangan ustunlarga o'rnatilgan. Bunday konstruktsiyalarda devorlar o'z funktsiyasini yo'qotadi. Uning vazifasi sinchlar og'irligidagi bo'shliqni to'ldirish bilan chegaralanadi. Bunday ochiq qismlarni deraza darchalar bilan to'ldirish mumkinligi ham bu uslubning imkoniyatlarini ko'rsatadi. Me'morchilikda sodir bo'lgan bu yangiliklar endilikda baland va keng hajmdagi binolarni ham qurish imkoniyatini yaratdi. Devorlarning tayanch funktsiyasini bajarishdan kutilish esa keng miqyosda darcha, deraza, peshtoq, galereya, ayvonlardan foydalanib binoning ichki qismini nurga to'ldirish imkonini beradi. Kurilgan binolarning yengil va nafis bo'lib ko'rinishini ta'minlaydi.
Gotika me'morchiligida nayzasimon arka muhim o'rinni egallaydi. Bu shakl egik deraza, ravoq va galereya, ayvon va peshayvonlarda qaytarilib, gotika me'morligida
o'ziga xos qaytarilmas ruh va engillik kiratadi. Arkalar tortib chiqib ketmoqchidek tuyuladi. Bu xususiyatni gotika me'morligida keng ishlatilgan vertikal to'g'ri chizik (kontrast)lar yanada oshiradi.
Me'morlik konstruktsiyasida sodir bo'lgan bu o'zgarishlar binoning ichki va tashqi tomoni ko'rinishida ham o'z ifodasini topdi. Gotika inter' yerlari keng, baxavo, yorug'. Transept va asosiy nef orasidagi keskin chegara si namoyishi ham bu xususiyatini yanada orttiradi. Soborning old tomoni gavjum, keng maydonga qaratib quriladi.Uning bezatilishiga esa aloxida e'tibor beriladi. Xaykaltaroshlik hamda me'morlikning dekorativ elem yentlari bino old tomonining yanada serjilva va nafis bo'lib ko'rinishiga xizmat qiladi. Gotika inter'erlari devorlarida yaxlit tekis yuzalarning kamligi, monumental devoriy rangtasvirlarning rivojlanishiga sabab bo'ldi. Uning o'rnini vitraj san'ati egalladi. Gotika binolarning katta-katta derazalarini vitraj kompozitsiyalari egalladi.
Bu davrda xaykaltaroshlik hamon etakchi o'rinda bo'lib, insoniylik, oliyjanoblik, hamkorlik ulug'lanib, o'z ifodasini topa bordi.
Donatorlarga atab yodgorliklar o'rnatish, xaykallar qo'yish (masalan, Ekegart va uning kayligi Uta, Germaniya, XIII asr) odati paydo bo'lganligi ham san'atning targ'ibotchilik roli ortib borayotganligini ko'rsatadi. XII-XV- asrlarda gotika uslubini deyarli hamma mamlakatlar o'z boshidan kechirdi. Lekin bu uslub mahalliy xayot tarzi va davr talabidan kelib chiqib o'ziga xos ko'rinishni kashf etdi.
REFERENCES
1. Кильпе Т. Л. Основы архитектуры. М.: Высшая школа, 1989 г.
2. Маклакова Т. Г. Архитектурно-конструктивное проектирование. Функция -конструкция композиция. М.: АСВ. 2002 г.
3. Савченко И.П. Архитектура. М.: Высшая школа, 1982 г.
4. A.P.Kudzis. Reinforced concrete and stone constructions. M., Vysshaya shkola, 1989.Ogli, A. U. A., Ogli, Х. A. M., & Mirzajonovich, Q. G. (2020). Hazrati Imam Architecture The Complex Is A Holiday Of Our People. The American Journal of Engineering and Technology, 2(11), 46-49.
5. Mirzajonovich, Q. G., Ogli, A. U. A., & Ogli, Х. A. M. (2020). Influence Of Hydro Phobizing Additives On Thermophysical Properties And Long-Term Life Of KeramzitObetona In An Aggressive Medium. The American Journal of Engineering and Technology, 2(11), 101-107.
6. Ogli, Х. A. M., Ogli, A. U. A., & Mirzajonovich, Q. G. (2020). Ways Of Implementation Of Environmental Emergency Situations In Engineering Preparation Works In Cities. The American Journal of Engineering and Technology, 2(11), 108112.
7. Djurayevna, T. N. (2020). Influence Of Surface Additives On Strength Indicators Of Cement Systems. The American Journal of Applied sciences, 2(12), 81-85.
8. Djurayevna, T. N. (2020). Building Materials Determined In The Architectural Monuments Of Central Asia. The American Journal of Applied sciences, 2(12), 77-80.
9. Xaydarov Abduxalil Mutalib Ogli, Development of effective cement additives for the production of heat-resistant concrete based on technogenic waste "International Journal of Researchculture Society" India (2019. 12. 12)
10. Mirzaahmedov, A. T. (2020). Accounting For Non-Linear Work Of Reinforced Concrete In The Algorithms Of Calculation And Design Of Structures. The American Journal of Engineering and Technology, 2(11), 54-66.
11. Mirzaahmedov, A. T. (2020). Algorithm For Calculation Of Multi Span Uncut Beams Taking Into Account The Nonlinear Work Of Reinforced Concrete. The American Journal of Applied sciences, 2(12), 26-35.
12. Akhmedov T. (2021). Ancient greek and ancient rome architecture and urban planning. The American Journal
13. Ashurov M., Sadirov B.T., Xaydarov A.M.,Ganiyev A.A.,Sodikhonov S.S., Khaydarova Kh.Q.(2021). Prospects for the use of polymer composite fittings in building structures in the republic of Uzbekistan. The American Journal
14. Gulomiddinov S.G. Qodirov G.M., Sadirov B.T., Xaydarov A.M. (2021). Corrosion state of reinforced concrete structures. The American Journal
15. Nabiev M., Gulomiddinov S.G. Qodirov G.M., Sadirov B.T. (2021). Reception of improving the microclimate in the houses of the fergana valley. The American Journal
16. Gayradjonovich, G. S., Mirzajonovich, Q. G., Tursunalievich, S. B., & Ogli, X. A. M. (2021). Corrosion State Of Reinforced Concrete Structures. The American Journal of Engineering and Technology, 3(06), 88-91.
17. Ogli, X. A. M. (2021). Construction Of Flexible Concrete Elements In Buildings. The American Journal of Engineering and Technology, 3(06), 101-105.
18. Tolqin, A. (2021). Ancient greek and ancient rome architecture and urban planning. The American Journal of Engineering and Technology, 3(06), 82-87.
19. Tolkin, A. (2020). Reconstruction of 5-storey large panel buildings, use of atmospheric precipitation water for technical purposes in the building. The American Journal of Applied sciences, 2(12), 86-89.
20. Makhkamov Y. M., Mirzababaeva S. M. RIGIDITY OF BENT REINFORCED CONCRETE ELEMENTS UNDER THE ACTION OF SHEAR FORCES AND HIGH TEMPERATURES //Scientific-technical journal. - 2021. - Т. 4. - №. 3. - С. 93-97.
21. Махкамов Й. М., Мирзабабаева С. М. Прогибы изгибаемых железобетонных элементов при действии поперечных сил и технологических температур //Проблемы современной науки и образования. - 2019. - №. 12-2 (145).