Научная статья на тему 'QADIMGI DUNYO TARIXIDA RIM DAVLATINING ADABIYOTI'

QADIMGI DUNYO TARIXIDA RIM DAVLATINING ADABIYOTI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
5115
228
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Cicero's activity / Roman literature / style / Lucretius / Catullus / Roman culture / Greek culture / Ovid "Science of love" / Metamorphoses.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sherzod Ulugbek Ogli Narmataliyev

Rim davlatining adabiyoti haqidagi namunalari (miloddan avvalgi 5-4-asrlar) saqlanmagan. Keyingi maʼlumotlarga qaraganda u davrlarda sheʼriyat (ibodat, nikoh qoʻshiqlari, marsiyalar) asosiy oʻrin egallagan. Miloddan avvalgi II-asr oxirlaridan Rim lirikasining ilk asarlari maydonga keldi. Shu davrlarda yaratilgan asarlardan Plavt va Terentiy komediyalari toʻla saqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LITERATURE OF THE ROMAN STATE IN THE HISTORY OF THE ANCIENT WORLD

Samples of the literature of the Roman state (5th-4th centuries BC) have not been preserved. According to later sources, poetry (prayers, wedding songs, laments) played a major role in those days. The first works of Roman lyric poetry appeared in the late second century BC. The comedies of Plautus and Terentius are completely preserved from the works created during this period.

Текст научной работы на тему «QADIMGI DUNYO TARIXIDA RIM DAVLATINING ADABIYOTI»

QADIMGI DUNYO TARIXIDA RIM DAVLATINING ADABIYOTI

Sherzod Ulug'bek o'g'li Narmataliyev

Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Rim davlatining adabiyoti haqidagi namunalari (miloddan avvalgi 5-4-asrlar) saqlanmagan. Keyingi ma'lumotlarga qaraganda u davrlarda she'riyat (ibodat, nikoh qo'shiqlari, marsiyalar) asosiy o'rin egallagan. Miloddan avvalgi Il-asr oxirlaridan Rim lirikasining ilk asarlari maydonga keldi. Shu davrlarda yaratilgan asarlardan Plavt va Terentiy komediyalari to'la saqlangan.

Kalit so'zlar: Sitseron faoliyati, Rim adabiyoti, uslubi, Lukretsiy, Katull, Rim madaniyati, Yunon madaniyati, Ovidiy "Muhabbat ilmi", Metamorfozalar.

LITERATURE OF THE ROMAN STATE IN THE HISTORY OF THE

ANCIENT WORLD

Sherzod Ulugbek ugli Narmataliev

Student of Chirchik State Pedagogical Institute

ABSTRACT

Samples of the literature of the Roman state (5th-4th centuries BC) have not been preserved. According to later sources, poetry (prayers, wedding songs, laments) played a major role in those days. The first works of Roman lyric poetry appeared in the late second century BC. The comedies of Plautus and Terentius are completely preserved from the works created during this period.

Keywords: Cicero's activity, Roman literature, style, Lucretius, Catullus, Roman culture, Greek culture, Ovid "Science of love", Metamorphoses.

KIRISH

Rim davlatining adabiyoti haqidagi namunalari (miloddan avvalgi 5—4-asrlar) saqlanmagan. Keyingi ma'lumotlarga qaraganda u davrlarda she'riyat (ibodat, nikoh qo'shiqlari, marsiyalar) asosiy o'rin egallagan. Miloddan avvalgi Il-asr oxirlaridan Rim lirikasining ilk asarlari maydonga keldi. Shu davrlarda yaratilgan asarlardan Plavt va Terentiy komediyalari to'la saqlangan. Sitseron faoliyati Rim adabiyoti uslubining shakllanishida muhim rol o'ynadi. Lukretsiy, Katull muhabbat va do'stlik mavzularidagi she'rlari bilan tanildilar. Imperiyaning ravnaqi va inqirozi davrida Rim madaniyati Yunon madaniyati bilan parallel, lekin mustaqil rivojlandi. Bu davrda

Ovidiy "Muhabbat ilmi", "Metamorfozalar" kabi o'lmas asarlari bilan Rim adabiyoti rivojiga salmokli hissa qo'shdi. Adabiyot yangi uslublar bilan boyidi. IV-V-asrlarda xristian adabiyoti rivojlandi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Qadimgi Rim — qadimgi davlatlardan biridir. Rivoyatga ko'ra Rim shahriga aka-uka Romul va Rem tomonidan miloddan avvalgi 754-753 yilda asos solingan. Rivoyatlarda VIII-VI -asrlarda hukmronlik qilgan yetti podshoh qayd etilgan. So'nggi podshoh Tarkviniy Takabbur quvilgach, respublika tuzumi o'rnatilgan (miloddan avvalgi 510/509 yil). Miloddan avvalgi III-asr o'rtalariga kelib, butun Italiya hududini tobe etgan Rim yirik davlatga aylangan. U O'rta dengiz havzasida gegemon bo'lishga intilgan, bu Rimni Karfagen bilan to'qnashuviga sabab bo'lgan. Puni urushlaridan so'ng miloddan avvalgi 146 yil Karfagen ustidan g'alaba qozongan. Rim, O'rta dengiz havzasining eng yirik davlatiga aylangan. Yirik yer egaligi va qulchilikning rivojlanishi dehqonlar ommasini xonavayron bo'lishiga, qishloq kambag'allari, qullar qo'zg'olonining avj olishiga (Spartak qo'zg'oloni) sabab bo'lgan. Rim shahri ko'chalarida fuqarolar urushi boshlanib ketish xavfi tug'ilgan. Rimning ijtimoiy-siyosiy hayotida miloddan avvalgi 1-asrda armiya va uning yo'lboshchilari katta rol o'ynay boshlaganlar. Milloddan avvalgi 49—45 yillardagi fuqarolar urushi davrida Sezar davlatning mutlaq hukmdoriga aylangan. Milloddan avvalgi 44-yil respublika tarafdorlarining fitnasi natijasida Sezar o'ldirilgan. Fuqarolar urushining yangi davri Oktavian g'alabasi bilan tugagan. U miloddan avvalgi 27 yil senatdan Avgust unvonini olgan. Avgust hukmronligi davridan boshlab Rim imperiyaga aylangan. Milodiy II-asrda Trayan davrida imperiya sarhadlari o'zining yuqori cho'qqisiga yetgan. Bosib olingan yerlarda mahalliy aholining qo'zg'olonlari, ayni vaqtda varvarlarning mamlakat xududiga bostirib kirishlari bir qancha provinsiyalarni mustaqil bo'lib ajralib chiqishiga va imperiyani 395-yilda Sharqiy va G'arbiy qismlarga bo'linib ketishiga olib kelgan. 476 yil german yollanma askarlari sardori Odoakr G'arbiy Rim imperiyasining so'nggi imperatori Romul Avgustulni taxtdan ag'dargan. Sharqiy Rim imperiyasi Vizantiya nomi bilan yana 1000 yilga yaqin mavjud bo'lgan.

Tarbiya va maorif qadimgi davrlarda bolalar oilada tarbiyalangan. Miloddan avvalgi V-asrda ibtidoiy maktablar vujudga kelgan. Bolalar maktabga 7 yoshdan qabul qilinib, 4—5 yil o'qitilgan. Uyda va maktabda lotin, yunon tillari, yozish, o'qish, hisob o'rganilgan. Bolalar dastlab xonadonlarda o'qituvchi yollab o'qitilgan, keyinchalik maktablarda ta'lim berishning yangi tizimi shakllandi. Miloddan avvalgi II-asrning 60-yillarida grammatika, ritorika maktablari vujudga keldi. Milodiy I-asrda qizlar uchun grammatika maktablari tashkil topdi. Ritorika maktablarida 13—19 yoshdagi bolalar o'qitildi. Bu maktablar, asosan, notiqlik san'atini o'rgatar edi. Maktablarda huquq,

falsafa, tarix, she'riyatdan ta'lim berilar edi. II-asrdan huquqshunoslik guruhlari tashkil topdi. Imperator Mark Avreliy davrida II asrda Afinada oliy maktablar tashkil etildi. Bunday maktablar keyinchalik Rimning g'arbiy viloyatlarida ham vujudga keldi.

Respublika davrida ta'lim xususiy tarzda olib borildi, unga davlat aralashmadi, biroq imperiya davrida u nazorat ostiga olindi. O'qituvchilar davlat xizmatchilari bo'lib, maosh oladigan bo'ldilar. 362 yildan boshlab o'qituvchilarni imperator tasdiqladi. Rim shahari davlatdan yirik O'rta dengiz davlatiga aylanguncha murakkab taraqqiyot bosqichlarini bosib o'tdi. Afina, Iskandariya, Pergam va boshqa yunon ilmiy va madaniy markazlar ham shu davlat tarkibiga kirib, etrusk, yunon, shuningdek, ellinizm davri madaniyatlari ta'sirida boyidi. Rim fuqorolari juda ko'p xudolarga e'tiqod qilganlar, turli narsalarning , Mars, buloq, o'rmon, daraxt, joylarning va ekinlarning ilohiy homiysi — ma'budasi mavjud deb ishonganlar. Bu ma'buda va homiylar dastlab qiyofasiz, keyinchalik etrusk va yunon dinlari ta'sirida inson qiyofasida tasvir etilgan. Ularga qurbonlik qilib turilgan. Mars hudosi sharafiga hosilni oshirishni so'rab sigir qurbonlik qilingan. Ibtidoiy dinlarga e'tiqod qilgan kishilar chakalakzor, tog', maydonlarda ibodat qilganlar Ibodat qilinadigan joylarda s mehroblar ishlangan. Ibodatxonalar qurish odati rimliklarga etrusklardan o'tgan. Mars xudosi dastlab dala va hosil xudosi, keyinchalik — urush xudosi hisoblangan. Diana, Venera (bog', hosildorlik ma'budasi, keyinchalik — Afrodita — muhabbat va go'zallik ma'budasi), Fortuna (kismet ma'budasi), Feroniya (yer ma'budasi) kabi xudo (ma'buda)larga umumitalyan xalqlarining xudolari deb qaralgan. Ayrim xudolarga ma'lum tabaqalar, ma'lum kasb egalari ko'proq e'tiqod bilan qaraganlar. Mars, chavandozlar Neptunga, savdogarlar Merkuriyga, qullar Dianaga ko'proq e'tiqod qilishgan. Yunon madaniyati ta'sirida ko'pgina diniy urfodatlar tarqalgan. Miloddan avvalgi III-asrda yer osti xudolari sharafiga har 100 yilda bir marta o'yinlar, har yili esa ekin xudosi Saturin sharafiga dala ishlari tugagandan so'ng dekabr oyida bayram o'tkazilgan. Miloddan avvalgi II-asr oxiri — I-asrlarda Isida (qad. misrliklarning hosildorlik va onalik ma'budasi), Osiris (kad. misrliklarning o'simlik, oy, Nil suv lari xudosi, shuningdek, narigi dunyoning podshosi deb ham e'tiqod qilingan) kabi Sharq ma'budalariga ham e'tiqod qilina boshlandi. Miloddan avvalgi I—milodiy I-asrlardan hukmronlik qilayotgan va ilohiylashtirilgan marhum imperatorlarga sig'inish joriy qilindi. Qullar va kambag'allar rasmiy xudolardan tashqari ko'proq mehnat ahli rahnamosi deb bilgan Pan -cho'ponlar homiysi, chorvachilik xudosi, Silvan -o'rmon, dala xudosi kabi xudolarga ibodat qilishardi. Asta-sekin Sharq xudolariga e'tiqod va ishonch kuchaydi. Shu tarzda Rim dinlari tushkunlikka uchrab, IV-asr oxirlarida imperator Feodosiy turli ma'jusiy urfodatlarni man qildi, shu bilan Rim dinlari barham topdi.

Rimda ellinizm davri Yunoniston falsafasi ta'sirida rivoj topdi. Rim falsafasining ilk davri polis mafkurasining inqirozi bilan bog'liq bo'lib, bu paytlarda tafakkur din va

mifologiyadan xalos bo'ldi. Bu davr miloddan avvalgi III-I -asrlarga to'g'ri keladi. Kar Lukretsiy miloddan avvalgi 99 —55yillarda yashagan. Uning "Narsalarning tabiati haqida" poemasida Epikur (miloddan avvalgi 342— 270) ta'limotini yoqladi, atomistik materializmni she'riy shaklda tavsifladi, mayda zarralar — atomlardan tashkil topgan olam hamisha harakatda deb ta'kidladi, uning bu asari materializm rivojida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Imperiya vujudga kelgan davr yani miloddan avvalgi I-asr — milodiy I-asrda imperiya va imperator shaxsiyati ilohiylashtiriddi, IV-V -asr faylasuflari Platon va Aristotel asarlarini tashviq qildilar.

Rim respublikasi davrining lotin ilmiy adabiyoti yodgorliklari juda ham kam. Miloddan avvalgi I-asrda Aristotel asarlariga sharxlar yaratilgan. I-asr oxirlarida astronomiya va matematikaga qiziqish ortgan. Ptolemeyning mashhur "Almagest" asarida olamning geotsentrik sistemasi bayon etildi. Sharqda astrologiya keng tarqalgan. Diafantning "Arifmetika" (taxminan III-asr), III-IV-asrlarda Papp Aleksandriyskiyning "Matematika to'plami" asarlari mashhur bo'lgan. Ilmiytexnika adabiyotlari, asosan, qishloq xo'jaligi, veterinariya, harbiy texnikaga bagishlandi.

Miloddan avvalgi I-asr oxirida Vitruviyning "Arxitektura haqida 10 kitob" asari shuhrat qozondi. Harbiy texnika sohasidagi boy tajriba: lager va qal'alar qurish masalalari adabiyotlarda yoritildi. Tibbiyot bilan bog'liq ravishda botanika rivoj topdi. Dioskoridning 600 dorivor o'simlik haqidagi bayoni o'rta asrlarda ham keng foydalaniddi. Vrach, anatom, fiziolog Galen butun Yevropada tibbiyot rivojida katta rol o'ynadi. Ilmiy adabiyotlar qiziqarli qilib badiiy yozilganligi bilan ham diqqatga sazovor. Rim davlatining hududiy o'sishi miloddan avvalgi III-I-asrlarda geogragiya . bilimlari taraqqiyotiga imkon berdi. Imperator Avgust davrida jahonning katta geografik haritasi ishlandi. Miloddan avvalgi 37 yilda jamoat kutubxonasi tashkil qilindi, imperiyaning oxirgi asrida ularning soni 28 taga yetdi.

Qadimgi Rimda miloddan avvalgi III-asr va milodiy III-asrlarda huquq keng rivoj topib, qonunlar yaratishda yuristlar katta rol o'ynadilar.I-III-asr larda turli ijtimoiy tabaqalarning qarashlarini aks ettirgan 2 huquq maktabi — respublika tuzumi tarafdorlari bilan prinsipat tarafdorlari o'rtasida kurash davom etdi, bu jarayon sud ishlariga ham o'z ta'sirini ko'rsatdi. Avgustdan boshlab imperatorlar yirik yuristlarni hal qiluvchi ovozga ega qilib, yuridik konsultatsiyalarni ularga topshirdilar. Imperator xizmatida bo'lgan bu yuristlar o'z navbatida imperatorlarning cheksiz huquklarini himoya qildilar.

MUHOKAMA

Tarix fani rivoji yilning muhim voqealari tavsiflangan annallardan boshlanadi. Miloddan avvalgi taxminan 130-yilda annallar 80 kitobdan iborat bo'lib "Katta

annallar" nomi bilan tayyorlangan. Ilk tarixchilar annalchilar deb atalgan. Dastlabki yetuk tarixchi Poliyen miloddan avvalgi II-asrda yashagan. Uning Yunoniston, Makedoniya, Kichik Osiyo, Suriya, Karfagen va Rimning 40 kitobdan iborat tarixini yaratdi. Tit Liviyning "Rim tarixi", Yuliy Sezarning Galliya urushlari, fuqarolar urushi haqidagi kitoblari, Sallyustiy, Korneliy Nepot kabi sarkardalarning ko'p sonli biografik asarlari ma'lum. Imperiya davrida Korneliy Tatsit badiiy didaktik ruhdagi "Annallar" va "Tarix" (Avgustning vafotidan Domitsianning vafotigacha, 14 yildan 96 yilgacha bo'lgan voqealar) nomli asarlarini yaratdi. II-asr boshlarida tarixiy biografik janr rivojlandi. Plutarx, imperator Adrianning kotibi bo'lgan Svetoniylar atoqli kishilarning biografiyalarini yaratdilar. Yunon tarixchilaridan Arian Rimdagi fuqarolar urushi tarixini, Dion Kassiy kadimgi davrlardan 229 yilgacha bo'lgan Rim tarixini yaratdilar. Antik davrning so'nggi yirik tarixchisi Ammian Marsellin (4-asr) imperator Yulian davri tarixiga oid asarlari bilan mashhur. Imperiyaning so'nggi davrida xristian tarixchiligi vujudga keldi.

Rim davlatining adabiyoti haqidagi namunalari (miloddan avvalgi 5—4-asrlar) saqlanmagan. Keyingi ma'lumotlarga qaraganda u davrlarda she'riyat (ibodat, nikoh qo'shiqlari, marsiyalar) asosiy o'rin egallagan. Miloddan avvalgi II-asr oxirlaridan Rim lirikasining ilk asarlari maydonga keldi. Shu davrlarda yaratilgan asarlardan Plavt va Terentiy komediyalari to'la saqlangan. Sitseron faoliyati Rim adabiyoti uslubining shakllanishida muhim rol o'ynadi. Lukretsiy, Katull muhabbat va do'stlik mavzularidagi she'rlari bilan tanildilar. Imperiyaning ravnaqi va inqirozi davrida Rim madaniyati Yunon madaniyati bilan parallel, lekin mustaqil rivojlandi. Bu davrda Ovidiy "Muhabbat ilmi", "Metamorfozalar" kabi o'lmas asarlari bilan Rim adabiyoti rivojiga salmokli hissa qo'shdi. Adabiyot yangi uslublar bilan boyidi. IV-V-asrlarda xristian adabiyoti rivojlandi.

NATIJA

Teatr san'atining vujudga kelishi hosil bayramlari tantanalari bilan bog'liq. Miloddan avvalgi taxminan 33 yillarda xalq hajviy tomoshalari vujudga kelgan. Bunday tomoshalar — atellanalar ko'pincha 4 doimiy personajdan iborat bo'lib, dastlabki paytlarda niqob kiygan yoshlar, keyinchalik professional artistlar ijrosida namoyish qilingan. Miloddan avvalgi 240-yillarda yunon originallari asosida ilk dramalar, keyinroq yunon mualliflarining tragediya, komediyalari sahnalashtirilgan.

Miloddan avvalgi II-I-asr boshlarida quyi tabaqalarga mansub Rim fuqarolarining hayoti aks ettirilgan tomoshalar ko'rsatila boshladi. Ilk tosh teatr binosi miloddan avvalgi 55—52 yillarda kuriddi. Artistlar ozod qilinganlar va qullardan iborat bo'lib, truppalarga uyushgan. Erkaklar ayol rollarini ham bajarishgan. Respublikaning so'nggi asrida tragik aktyor Ezop va komik aktyor Rossiy shuhrat qozongan. I-II-asrlarda

raqslar sahnalashtirildi, siyosiy voqealarga oid tomoshalar ham ko'rsatila boshladi. Asta-sekin maishiy kichik kurinishlar murakkab syujetli spektakllarga aylana bordi. Sirklarda tomoshalar, amfiteatrlarda gladiatorlarning janglari bilan bir katorda ovchilarning hayvonlar bilan olishuvlari, ommaviy ov lavhalari, dengiz janglari va boshqa ham ko'rsatila boshladi. Imperiya davrida badiiy dramalar o'rniga qon to'kiladigan tomoshalarga ishtiyoq kuchaydi. Rim teatri, ayniqsa, dramaturgiyasi jahon teatri va dramaturgiyasi rivojiga katta hissa qo'shdi.

XULOSA

Ellinizm madaniyati ta'sirida rivojlangan Rim musiqasida tantanavor galaba bilan bog'liq- to'y, ziyofat, diniymarosim qo'shiqlari bo'lgan. Imperiya davrida poytaxtga ko'p mamlakatlardan ijrochilar (yunon, suriya va bobillik sozandalar, aleksandriyalik ashulachi, andalusiyalik raqqosalar va h.k.) to'plangan. Rimda puflama sozlardan tibiya buksina, tuba va boshqa, torli sozlardan kifara, arfa tipidagi psalterium trigonon (uchburchak arfa), sambika, lira turlaridan barbitos, pektis, magadis, urma sozlardan kimvol va boshqa, shuningdek, gidravlos bo'lgan. Qadimgi Rim cholg'u musiqasi rivojida teatr janri — pantomima muhim rol o'ynagan. Sirk va teatr aktyorlari katta xor ansambllari, orkestrlar jo'rligida chiqishgan. Harbiy legionlarning puflama sozlar orkestrlari bo'lgan. Shoir, ashulachi va sozandalar musobaqalari o'tkazilgan.

REFERENCES

1. M. Sergeyenko, "Qadimgi Rim hayoti" Moskva , 1964;

2. S. Utchenko. "Rim Respublikasining inqirozga uchrashi", Moskva, 1965

3. Alimuhamedov, Muhammadjon Rahimov, Abduxalil Mavrulov "Antik adabiyo't tarixi" Toshkent, 1975.

Omonov, A. O. O., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRIGIYA PODSHOLIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

4. Turg'Unboyeva, M., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA "O'TTIZ YILLIK URUSH" NING AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

5. Ashirova, N. X. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA QADIMGI HINDISTON MADANIYATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

6. Yoriqulov, A. S. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA HIND SIVILIZATSIYASI O'RNI. Scientific progress, 1(5).

7. Rahimberdiyev, A. E. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA ELAM DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

8. Nomozov, M. M. O., & Haydarov, S. A. (2021). OZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR. Scientific progress, 1(5).

9. Fayziyeva, Y. I. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA SURIYA VA FINIKIYA PODSHOLIGI O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(5).

10. Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRANKLAR DAVLATI O'RNI VA AHAMYATI. Scientific progress, 1(5).

11. Амиркулович, X. С. (2021). УЗБЕКИСТОН ТАРИХИ ФАНИНИ У^ИТИШДА ТАСВИРИЙ САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УЗИГА ХОСЛИГИ. Scientific progress, 1(3).

12. Хдйдаров Усмон. (2021). Тарих дарсларини самарадорлигини оширишда миниатюралардан фойдаланишнинг йуллари. Scientific progress, 1(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.