Научная статья на тему 'GORIZONTAL KON LAHIMLARINI MUSTAHKAMLASH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH'

GORIZONTAL KON LAHIMLARINI MUSTAHKAMLASH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1694
100
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tog‘ jinsi / kon massivi / kon lahimi / mustahkamlash / mustahkamlagich materiallari / yog‘och / beton / temir / polimer / kon bosimi / anker / mustahkamlash texnologiyalari

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mislibayev Ilxom To‘Ychibayevich, Berdimurodov Sanjar Abdirasul O‘G‘Li

Ushbu tezisda gorizontal kon lahimlarini mustahkamlagich materiallari va mustahkamlash texnologiyalari ko‘rib chiqilgan va shu asosida yangi mustahkamlash texnologiyasini nazariy asoslari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GORIZONTAL KON LAHIMLARINI MUSTAHKAMLASH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH»

GORIZONTAL KON LAHIMLARINI MUSTAHKAMLASH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH

Mislibayev Ilxom To'ychibayevich1 Berdimurodov Sanjar Abdirasul o'g'li2

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Konchilik fakulteti dekani,

texnika fanlari doktori, professor1 Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti 1-bosqich tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7359471

Annotatsiya: Ushbu tezisda gorizontal kon lahimlarini mustahkamlagich materiallari va mustahkamlash texnologiyalari ko'rib chiqilgan va shu asosida yangi mustahkamlash texnologiyasini nazariy asoslari keltirilgan.

Kalit so'zlar: Tog' jinsi, kon massivi, kon lahimi, mustahkamlash, mustahkamlagich materiallari, yog'och, beton, temir, polimer, kon bosimi, anker, mustahkamlash texnologiyalari,

Hozirgi kundagi konchilik amaliyoti foydali qazilmalarni yer osti usulida qazib oluvchi konchilik korxonalariga zaxiralarni katta chuqurliklardan ham qazib olish taklifini bermoqda. Chunki foydali qazilma zaxiralarini geologik tadqiq qilish chuqur gorizontlarda ham qazib olishga yetarli bo'lgan foydali qazilma miqdorlarini ko'rsatmoqda. Yer osti usulida qazib oluvchi konchilik korxonalari ushbu zaxiralarni qazib olishni to'g'ridan-to'g'ri kon lahimlari orqali amalga oshiradi. Bu hududdagi kon lahimlarida mustahkamlash ishlarini olib borish uchun, shu joydagi tog' jinslarining fizik-mexanik xususiyatlarini o'rganmasdan turib, mustahkamlash materiallari va ularni mustahkamlash texnologiyalarini tanlay olmaymiz va amalga oshira olmaymiz. Konlar chuqurlashgan sari, kon lahimlari devorlariga ta'sir qiladigan kuchlarning miqdorlari o'zgarib boradi. Ushbu kuchlarning keskin o'zgarishlari esa kon lahimlarida kon zarbalarini havfini yanada oshirib yuboradi [4]. Bunda mustahkamlagichlarga tushadigan bosim miqdorining oshishi

mustahkamlagichlarni deformatsiyalanishiga olib kelishi va ushbu kon lahimlarida mustahkamlash ishlarini olib borish imkonini bermasligi mumkin [4]. Bu esa chuqur gorizontlarda an'anaviy mustahkamlash texnologiyalarini o'zgartirish zaruratini yuzaga keltiradi.

Hozirgi kunda kon lahimlarini mustahkamlash uchun yog'ochlardan, tabiiy tosh bo'laklaridan, metal mustahkamlash materiallaridan va beton materiallaridan foydalanilmoqda. Bundan tashqari dunyo amaliyotida mustahkamlagich materiallari sifatida polimer materiallardan ham foydalanish holatlarini ko'rish mumkin [1]. Lekin bunday materiallarni qo'llash, iqtisodiy jihatdan juda qimmatligi sababli nisbatan boshqa mustahkamlash materiallariga qaraganda kamroq qo'llaniladi. Kelajakda mustahkamlagichlar sifatida foydalanish mumkin bo'lgan, iqtisodiy jihatdan kamxarj bo'lgan materiallarga talab oshishi aniq. Chunki hozirgi kunda qo'llanilayotgan maxsulotlarni tannarxi, konlarni chuqurligi oshishi bilan ortib bormoqda. Bu esa bu maxsulotlarni kam miqdorda qo'llanilishiga olib keladi. Bunday miqdorlarda qo'llanilgan mustahkamlash materiallari esa, o'z navbatida kon bosimi namoyon bo'lgan hududlarda kon lahimi mustahkamligini ta'minlay olmasligi mumkin.

Yuqori kon bosimi mavjud kon lahimlarini samarali mustahkamlash texnologiyasini ishlab chiqish nafaqat O'zbekistonda, balki ko'plab konchilik sanoati rivojlanayotgan mamlakatlarda o'z yechimini kutayotgan ulkan muammo sifatida qarab kelinmoqda [2]. Doimiy xizmat qiladigan kon lahimlarini kon lahimi dastlabki o'tilgan vaqtda skvajinalarga joylashtirilgan metal arqonlar va ularni jamlamalari bilan birgalikda sement qorishmalarini lahim devoriga o'rnatish orqali mustahkamlashning kombinatsiyalashgan texnologiyasi nafaqat kon lahimini turg'unligini saqlash, balki kon massividagi kuchlarni muvozanatda saqlab turish imkonini beradi, hamda havfsiz ish sharoitini ta'minlaydi va eng asosiysi fundamental ilm-fanning rivojlanishiga turtki bo'ladi.

Ushbu mustahkamlash texnologiyalarining kombinatsiyasidan foydalanib, yer osti kon lahimlarini mustahkamlashning istiqbollarini quyidagi ustuvor yo'nalishlarda ko'rish mumkin:

• Kon lahimini xizmat qilish muddatini oshirish imkonini beradi, bu esa o'z navbatida xavfsiz ish zonalarini yaratishga va konning ishlab chiqarish unumdorligini oshishiga olib keladi;

• Lahim devorlariga ta'sir qilayotgan kuchlarga qarshilik ko'rsatish qobiliyati, boshqa yakka holatda qo'llanilgan mustahkamlash texnologiyalariga qaraganda yuqori;

• Mustahkamlagichlarni qayta ta'mirlash uchun hech qanday qo'shimcha qurilmalar ta'lab qilinmaydi va qo'shimcha ishlar bajarilmaydi.

Skvajinalarga joylashtirilgan metal arqonlar va ularni jamlamalari bilan birgalikda sement qorishmalarini lahim devoriga o'rnatish orqali mustahkamlashning kombinatsiyalashgan texnologiyasi keyinchalik yuzaga keladigan yuqori kon bosimi sharoitida ham kon lahimlarini buzilib ketmasligini ta'minlash imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Бондaренко B.I., ^BareB^Ka I.A., Симaнович Г.A., Biвчaренко O.B., Мaлихiн O.B., О.С. TyœB. Геомехaнiкa нaвaнтaження i розрaхyнок пaрaметрiв крiпильноï й охоронноï систем тдготовчих виробок шaхт Зaхiдного Донбaсy: моногрaфiя / B.I. Бондaренко, I.A. Kовaлевськa, Г.А. Симaнович, О.В. Biвчaренко, О.В. Мaлихiн, О.С. Гyсев. -Днiпропетровськ: TOB «ЛiзyновПрес», 2014. - 228 с. (росшською мовою).

2. Berdimurodov S.A., Xursanov G'.A. Chuqur karyerlarni qiya stvollardan foydalangan holda shamollatish. "Инновaции в нayке и обрaзовaнии" konferensiyasi, - Andijan. - B-82.

3. Хоменко O.G., Кононенко М.М. Технология крепления вырaботок для кaмерных систем рaзрaботки с зaклaдкой: Моногрaфiя. - Д.: Нaцiонaльний гiрничий yнiверситет, 2010. - 93 с. - Росшською мовою

4. Нaзaров З.С., Чори^лов A.O., Бердимyродов C.A. Рaзрaботкa технологии формировaния искyственного мaссивa при отрaботке рудных зaлежей кaмерной системой рaзрaботки. Конференция "Янгилaнaётгaн Узбекистон ёшлaри вa иновaцион фaолият", -Тошкент, 2-сентябрь, 2020. -С-24-28

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.