AUMINZO-AMANTOY FOYDALI QAZILMA KONLARIDA GEOGRAFIK AXBOROT TIZIM (GIS)LARDAN FOYDALANISH
Jamolxon Hasanxonovich Abdumalikov
Toshkent davlat texnika universiteti magistranti
ANNOTATSIYA
O'zbekistonning va Markaziy Osiyodagi boshqa respublikalarning hozirgi jug'rofiy - siyosiy tizimlardagi ro'li juda sezilarli va kattadir. O'z navbatida O'zbekistonning hududiy makon xususiyatlari, uning jug'rofiy o'rni buning ichki va tashqi siyosatimizni tanlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Buning uchun noyob tabiiy xom ashyo imkoniyatlari haqida alohida aytib o'tish lozim. Ushbu maqolada Auminzo-Amantoy foydali qazilma konlarida marksheyderlik ishlarini sputnikli asboblar bilan bajarish asoslari haqida tahlil olib borilgan.
Kalit so'zlar: Auminzo-Amantoy, geoaxborot texnologiyalari, Marksheyderlik ishlari, zamonaviy etektron tахеоmеtrlаr.
USE OF GEOGRAPHICAL INFORMATION SYSTEMS (GIS) IN AUMINZO-
AMANTOY MINERAL DEPOSITS
Jamolkhon Hasankhonovich Abdumalikov
Master of Tashkent State Technical University
ABSTRACT
The role of Uzbekistan and other Central Asian republics in the current geopolitical system is very significant. In turn, the territorial features of Uzbekistan, its geographical location play an important role in the selection and implementation of our domestic and foreign policies. To do this, it is necessary to emphasize the potential of unique natural raw materials. This article analyzes the basics of surveying the Auminzo-Amantoy mineral deposits with satellite instruments.
Keywords: Auminzo-Amantoy, geoinformation technologies, surveying, modern electronic taxometers.
KIRISH
Qulay iqlim sharoiti, ulkan minerak xom ashyo zahiralari haqli suratda O'zbekistonning mintaqa va dunyoning eng boy mamlakatlari qatoriga olib chiqadi.O'zbekiston o'z yer osti boyliklari bilan haqli ravishda faxrlanadi. Bu yerda mashhur Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma'dan namayon bo'lgan.
Istiqbolli joylar aniqlangan. Shular hisobidan O'zbekiston dunyodagi judda katta oltin, kumush va boshqa qimmatbaho hamda yer bag'rida kam uchraydigan metall zahiralariga ega bo'lgan davlatlar jumlasiga kiradi [1-5].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Marksheyderlik ishlarni GPS dan foydalanib bajarish texnologiyasi ikki bosqichdan iborat.
1. Ob'ekt geometrik parametrlarini belgilovchi nuqta koordinatalarini aniqlash;
2. Shu asosda grafikaviy hujjatlarni tuzish.
Apparaturalar komplekti navigatsiya va differensial rejimlarda foydalaniladi. Rejimlar o'zaro usul va aniqligi bilan farqlanadi. Navigatsiya rejimi asboblardan avtonom foydalanishni ko'zda tutadi. Bunda aniqlik 15 mm ni tashkil etadi. Kuzatish natijalarini dastur vositalari bilan ishlab chiqilsa navigatsion o'lchashlar aniqligi 1 mm gacha oshishi mumkin [6-9].
Aniqlikni oshirish uchun bir guruh sputniklardan ikkita qabul indikatorlari signallarni qabul qilsa differensial rejimni qo'llash kerak bo'ladi. Bitta pryomnik koordinatalari aniq bo'lgan nuqtaga o'rnatiladi, ikkinchisi koordinatalari aniqlash kerak bo'lgan punktga o'rnatiladi. Differensiallashgan o'lchovlar bir necha rejimda olib borilishi mumkin.Differensiallangan fazoli o'lchashlar 5 -30 mm aniqlikga erishishni ta'minlaydi. Demak ularni marksheyderlik gedezik masalalarini yechishda qo'llash mumkin.
tutiladi. Karerdagi ortirilgan tajriba shuni ko'rsatadiki, bajarilgan ish sifati va kamchiligi bazali stansiyaning elektr manbasi [10-13].
Bajariladigan ishlarning tezkorligi va samaradorligini oshirish uchun biz quyidagi usulni qo'llashni taklif etamiz. Uning asosiy g'oyasi - bazali stansiyani marksheyderlik bo'lim xonasiga o'tib o'rnatib, uning antennasini bino tomiga joylashtirish kerak ishlar ikki bosqichda bajariladi:
1. Bazali turg'un stansiyani koordinatalarini bir nechta nuqtalarning aniq koordinatalari bo'yicha aniqlash;
2. Bevosita tasvirga olish o'lchashlarini bajarish.
Bu usulda aniqlangan nuqtalarning koodinatalari aniqligi 0,3 m dan oshadi.
MUHOKAMA
Hozirgi kunda "Muruntau" kareri hududida Taxeometrik syomka nafaqat oddiy marksheyderlik asboblar teodolit-taxeometrlar, TD- avtoreduksiyali taxeometrlar, TN-nomogrammali taxeometrlar yordamida, shuningdek hozirgi davrda o'lchash aniqligini oshirish va vaqtni tejash maqsadida keng ravishda tarqalib borayotgan zamonaviy electron taxeometrlarda ham ish olib borilmoqda [14-19].
TCR -qaytargichsiz o'lchashlarni bajariladigan texeometrlar
TCMR-qaytargichsiz o'lchashlarni bajariladigan motorlashtirilgan taxeometrlar.
TCA - motorlashtirilgan qaytargichni avtomatik tarzda kuzatadigan taxeometrlar.
TPS 400, TPS 800, TPS 1100 seriyali zamonaviy elektron taxeometrlar qator afzalliklarga ega bo'lib, bir - birlaridan o'lchash aniqligi va imkoniyatlari bilan farq qiladilar.
Ushbu teodolitlardan tashqari Leica firmasining teodolit taheometrlari zamonaviy hisoblanib qator afzalliklari bor.
Olchashlarni tez boshlash - asbobni alohida tuzilgan senariya bo'yicha (zagruzka) qilish, taxeometr ishlashining boshida barcha sizning buyurtmalaringizni avtomatik ravishda kiritadi (zagruzka kiladi);
Uzluksiz qaratish-nishonga qaratishda vintni maxkamlash va bo'shatish hojati
y°'q;
Lazer shovuni - lazer shovun tufayli asbobni optik sentrirga nisbatan ancha tez markazlashtirish mumkin;
Elektron ko>satkichi - rejalash ishlarini bajarishda juda qulay, reykachi elektron ko'rsatgichi bo'yicha stvorga qaytargichni aniq qo'yish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Shu sababli syemka ishlarini bajarishda Leica elektron taxeometrlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Leica electron taxeometri
1 - optik vizir, 2 - Okulyar, 3 - monitor, 4 - gorizontalga keltiruvchi mikrometr vinti, 5 -olib yurish uchun ushlagich, 6 - vertikalga keltiruvchi mikrometr, 7 - batareyani maxkamlovchi tugmasi, 8- klaviatura, 9 - klaviatura ostiga o'rnatilgan lazer xavfsizligi belgisi, 10 - ko'targich vintlari, 11 - taglik.
Leica FlexLine TS 09 elektron taxeometri yordamida burchak va chizik
uzunligini o'lchash uslubi Burchak o'lchashda aloxida burchaklarni o'lchash usuli, yo'nalishlar soni ikkitadan ortik bo'lgan xolatlarda, doiraviy qabullar usulida burchaklarni o'lchash. SHunda amalga oshiriladi, Leica taxeometri bilan birga qaytargich qo'llaniladi.
Tayanchlarni rejalashda bajariladigan ishlarning ketma - ketligi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Elektron taxeometr punktga o'rnatiladi va uning koordinatalari kiritiladi;
2. Keyin esa taxeometr ikkinchi punkt koordinatalarini kiritishni so'raydi. Koordinatalar kiritilgach qarash trubasi ushbu punktga qaratiladi;
3. Navbatda ustun markazining loyiha koordinatalari kiritilsa elektron taxeometr o'zi avtomatik tarzda nuqta o'rnigacha qutbiy burchak hamda masofani hisoblab, natija displeyga chiqariladi;
4. Ushbu natija orqali elektron taxeometrni tegishli yo'nalishga qaratib ustunning markazi topilib joyda mahkamlanadi.
NATIJA
O'lchashlarni boshlashdan oldin asbobni tekshirib ko'rish talab qilinadi. Kollimatsiya va nol o'rnini aniqlash, kompensator sozlashini bajarish ishlari amalga oshirilishi kerak.
Elektron taxeometr yordamida chiziqli - burchakli o'lchashlarni bajarishda asbobga stansiyadagi ko'rsaktkichlar qiymatlarini kiritish talab qilinadi, bunda asbob balandligi, vizirlash balandligi, xarorat va bosim qiymatlari xisobga olinadi. Keyin esa xar bir stansiyada chiziqli - burchakli o'lchashlar bevosita bajariladi. Kameral sharoitlarida o'lchashlarni xisoblash kompyuterlar yordamida amalga oshiriladi. Kompyuter vositasida barcha xisoblashlar, o'lchashlar natijalari qog'ozda nashr qilinadi, chiziqlar va burchaklarning o'rtacha qiymatlari xisoblab topiladi, bunda yo'l qo'yarli bog'lanmasliklar qiymatlari topiladi [20-22].
Ushbu seriyali etektron taхeоmetrlar qo'shimcha amaliy dasturlar bilan taminlanganligi tufayli, ular yuqori unumli hisoblanadi va aloxida masalalarni yechishga, shuningdek asboblarning ishlash qobiliyatini oshirishga qaratilgan
Geografik Axborot Tizimi (GIS) paydo bo'lishi bilan ko'plab tog'-kon ishlari (razvedkadan tortib to to'xtashgacha va qazib chiqarishni qayta tiklashgacha) toza omaddan ilmga aylandi. Qatlamlar va kompozitsion tasvirlarni yaratish uchun operatsiyalar zig'ir va qog'oz xaritalariga, eski tadqiqot va chizmalarga, ustma-ust shaffoflarga tayanadigan kunlar o'tib ketdi.GIS xaritalarni tahlil qilishning eski jarayonlari, an'anaviy chizish vositalari va eskizlarni yaratish va ma'lumotlar bazasi texnologiyalarini almashtirdi. Kompaniyadagi har bir kishi ma'lumotlarga kirishlari va GISdan loyihalarni rejalashtirish, qazib olish ishlari, transportai boshqarish va xatarlarni tahlil qilish uchun foydalanishi mumkin. GIS oddiy manfaatdor tomonlar uchun oddiy konchilik va razvedka ma'lumotlarini amaldagi ma'lumotlarga aylantirishga imkon beradi.
XULOSA
GIS yordamida sohada ma'lumotlarni yig'ish va ularni xaritaga tushirish ancha osonlashadi. Ma'lumotlarni qo'lda tekshirish, GPS qurilmalari va DGPS so'rovlari yordamida turli xil vositalar yordamida to'plash mumkin va deyarli real vaqtda markazlashtirilgan ma'lumotlar bazasiga ko'chirish mumkin. 2D va 3D ko'rinishlar yaxshi vizualizatsiya, xaritalash va xaritalarni yaratish imkonini beradi.GIS geofizik tasvirlar, geokimyo, geologik xaritalar, radiometrik tadqiqotlar, quduqlar va foydali qazilmalar konlari kabi turli xil qidiruv ma'lumotlar to'plamlarini birlashtirish uchun juda mos keladi. Ma'lumotlarni boshqarish, namoyish qilish va tahlil qilish uchun GIS qidiruv vositalarini taqdim etadi, natijada yangi foydali qazilmalar konlari muvaffaqiyatli va tejamkor ravishda topiladi.
REFERENCES
[1] Бaдeнкo, В. Л., Бaдeнкo, Г. В., Терлеев, В. В., & Лaгышeв, H. К. (2011). ГИС-технологии в инфoрмaциoннoм обеспечении системы имитaциoннoгo мoдeлирoвaния AGROTOOL. Агрофизика, 3, 1-5.
[2] Саййидкосимов, С. С., Абдуазизов, А. А., Тен, Ю. Ч., Алланазаров, О. Р., & Абдукаримов, А. А. (2019). ПРИМЕНЕНИЕ БЕСПИЛОТНЫХ ЛЕТАТЕЛЬНЫХ АППАРАТОВ ДЛЯ ОПРЕДЕЛЕНИЯ ОБЪЁМОВ ПОВЕРХНОСТИ КАРЬЕРА, РАЗРЕЗА ИЛИ РУДНИКА. In EurasiaScience (pp. 102-106).
[3] Устинов, С. А., & Петров, В. А. (2015). Применение ГИС-технологий для микроструктурного анализа в геологии. Геоинформатика, (2), 33-46.
[4] Капустин, В. Г. (2012). ГИС-технологии в географии и экологии: ArcView GIS в учебной и научной работе (практическое руководство).
[5] Шамова, В. В., & Мурин, П. Д. (2020). ПРИМЕНЕНИЕ ГИС-ТЕХНОЛОГИЙ ПРИ ИССЛЕДОВАНИИ ВЛИЯНИЯ КАРЬЕРОВ НА РУСЛОВЫЕ ПРОЦЕССЫ.
In DISCOVERY SCIENCE RESEARCH (pp. 95-98).
[6] Абдирахимов, И. Э., Курбанов, А. Т., Буронов, Ф. Э., & Самадов, А. Х. (2019). Технология переработки тяжелых нефтей и нефтяных остатков путем применения криолиза. Аллея науки, 3(12), 310-314.
[7] Абдирахимов, И. Э., & Буронов, Ф. Э. (2018). ОЧИСТКА И ВОССТАНОВЛЕНИЕ ПОЧВ ПОСЛЕ ЗАГРЯЗНЕНИЯ НЕФТЬЮ И НЕФТЕПРОДУКТАМИ. In Современные твердофазные технологии: теория, практика и инновационный менеджмент (pp. 296-298).
[8] Абдирахимов, И. Э., & Буронов, Ф. Э. (2018). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ТВЕРДОФАЗНОЙ СПЕКТРОФОТОМЕТРИИ ДЛЯ ОПРЕДЕЛЕНИЯ ИОНОВ РЕНИЯ В НЕФТЕПРОДУКТАХ. In Современные твердофазные технологии: теория, практика и инновационный менеджмент (pp. 337-339).
[9] Буронов, Ф. Э., & Абдирахимов, И. Э. (2018). ПРИРОДНЫЕ БИТУМЫ И ТЯЖЕЛЫЕ НЕФТИ, ПРОБЛЕМЫ ИХ ОСВОЕНИЯ. In Фундаментальные и прикладные исследования: от теории к практике (pp. 212-215).
[10] Ilkhom, A. (2021). DEVELOPMENT OF EFFECTIVE DEMULSIFIERS ON THE BASIS OF LOCAL RAW MATERIALS. Universum: технические науки, (2-4 (83)).
[11] Абдирахимов, И. Э. (2021). ДЕЭМУЛЬГИРОВАНИЕ НЕФТЕВОДЯНЫХ ЭМУЛЬСИЙ. Universum: технические науки, (4-3 (85)), 72-75.
[12] Джураева, Г. Х., Абдирахимов, И. Э., & Шоназаров, Э. Б. (2021). ПОЛУЧЕНИЕ ГЛАУБЕРОВОЙ СОЛИ И СУЛЬФАТА НАТРИЯ ИЗ ПРИРОДНОГО СЫРЬЯ. Universum: технические науки, (2-3 (83)).
[13] Абдирахимов, И. Э., & Каримов, М. У. (2020). Синтез и исследование деэмульгаторов на основе блоксополимеров поликарбоксилатов и окиси этилена.
[14] Абдирахимов, И. Э., & Алиев, Ж. Ш. (2020). ТЕХНОЛОГИЯ БУРЕНИЯ МНОГОСТВОЛЬНЫХ СКВАЖИН. Международный академический вестник, (2), 97-100.
[15] Буронов, Ф. Э., & Абдирахимов, И. Э. (2018). ПРИРОДНЫЕ БИТУМЫ И ТЯЖЕЛЫЕ НЕФТИ, ПРОБЛЕМЫ ИХ ОСВОЕНИЯ. In Фундаментальные и прикладные исследования: от теории к практике (pp. 212-215).
[16] Абдирахимов, И. Э., Халимов, А. А., & Турсунов, Р. И. (2020). ПОДГОТОВКА КАЧЕСТВЕННОГО ПРИРОДНОГО ГАЗА ПЕРЕД ТРАНСПОРТИРОВКОЙ ПОТРЕБИТЕЛЮ. Международный академический вестник, (2), 100-103.
[17] Шерматов, Б. Э., Мансурова, М. С., Ялгашев, Э. Я., Курбанов, Э. Н., Исматов, Д. Н., & Абдирахимов, И. Э. (2018). РАЗРАБОТКА ОПЫТНО-ПРОМЫШЛЕННОЙ УСТАНОВКИ И ОПРЕДЕЛЕНИЕ ПОГРЕШНОСТИ ИЗМЕРЯЕМОГО ОБЪЕМА ГАЗА В ПРОМЫШЛЕННЫХ УСЛОВИЯХ. Точная наука, (29), 2-11.
[18] Шерматов, Б. Э., Мансурова, М. С., Ялгашев, Э. Я., Курбанов, Э. Н., Исматов, Д. Н., & Абдирахимов, И. Э. (2018). ВЛИЯНИЕ СОСТАВА ГАЗА НА ИЗМЕРЕНИЕ ОБЪЕМА ПРОХОДЯЩИЙ ЧЕРЕЗ СУЖАЮЩЕЕ УСТРОЙСТВО. Точная наука, (28), 13-22.
[19] Абдирахимов, И. Э. (2017). Разработка высокомолекулярных реагентов на основе целлюлозы для интенсификации нефтеотдачи продуктивных пластов. In Новые технологии-нефтегазовому региону (pp. 17-19).
[20] Джураева, Г. Х., Абдирахимов, И. Э., & Ахмедов, А. С. (2017). ОБЕССУЛЬФАЧИВАНИЕ РАПЫ ОЗЕР КАРАУМБЕТ И БАРСАКЕЛЬМЕС ДИСТИЛЛЕРНОЙ ЖИДКОСТЬЮ. In Научно-практические пути повышения экологической устойчивости и социально-экономическое обеспечение сельскохозяйственного производства (pp. 230-234).
[21] Курбанов, Ш. Б. ЭКОНОМИКО-ГЕОГРАФИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ МАЛЫХ ТЕРРИТОРИЙ. Махсус сон, 254.
[22] Aralov, M. M., Berdiyev, D. F., & Abdiaziziov, A. A. (2021). UCHUVCHISIZ UCHISH APPARATLARINI KARTOGRAFIYA SOHASIDA QO 'LLASH TAMOYILLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(3), 671-676.