Научная статья на тему 'SIEMENS NX 12.0 DASTURI YORDAMIDA RAQAMLI DASTUR BILAN BOSHQARILADIGAN DASTGOHLAR UCHUN TEXNOLOGIK JARAYONLARNI LOYIHALASH'

SIEMENS NX 12.0 DASTURI YORDAMIDA RAQAMLI DASTUR BILAN BOSHQARILADIGAN DASTGOHLAR UCHUN TEXNOLOGIK JARAYONLARNI LOYIHALASH Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
1539
209
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Dastur / detal / RDB / loyihalash / texnologiya / CAD / CAM / CAE. / Software / Detail / CNC / design / technology / CAD / CAM / CAE.

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Alisher Mahmudovich Mamadjonov, Xojiakbar Shermahammad O‘g‘li Ruzaliyev

Ushbu maqolada Mashinasozlik sanoatida va ishlab chiqarish korxonalarida qo’llanilib kelinayotgan Siemens NX 12.0 dasturi, hamda bu dastur yordamida raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar uchun texnologik jarayonni loyihalash haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DESIGN OF TECHNOLOGICAL PROCESSES USING SIEMENS NX 12.0 FOR COMPUTER NUMERICAL CONTROL MACHINES

This article discusses the Siemens NX 12.0 software used in the mechanical engineering and manufacturing industries, as well as the design of technological processes for computer numerical control machines using this software

Текст научной работы на тему «SIEMENS NX 12.0 DASTURI YORDAMIDA RAQAMLI DASTUR BILAN BOSHQARILADIGAN DASTGOHLAR UCHUN TEXNOLOGIK JARAYONLARNI LOYIHALASH»

SIEMENS NX 12.0 DASTURI YORDAMIDA RAQAMLI DASTUR BILAN BOSHQARILADIGAN DASTGOHLAR UCHUN TEXNOLOGIK JARAYONLARNI LOYIHALASH

Alisher Mahmudovich Mamadjonov Xojiakbar Shermahammad o'g'li

Ruzaliyev

Toshkent davlat texnika universiteti, t.f.d, Farg'ona politexnika instituti, magistr professor

Annotatsiya: Ushbu maqolada Mashinasozlik sanoatida va ishlab chiqarish korxonalarida qo'llanilib kelinayotgan Siemens NX 12.0 dasturi, hamda bu dastur yordamida raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar uchun texnologik jarayonni loyihalash haqida so'z yuritiladi.

Tayanch iboralar: Dastur, detal, RDB, loyihalash, texnologiya, CAD, CAM, CAE.

DESIGN OF TECHNOLOGICAL PROCESSES USING SIEMENS NX 12.0 FOR COMPUTER NUMERICAL CONTROL MACHINES

Alisher Mahmudovich Mamadjonov Khojiakbar Shermahammad ugli

Ruzaliev

Tashkent State Technical University, Fergana Polytechnic Institute, Master

Professor

ABSTRACT

This article discusses the Siemens NX 12.0 software used in the mechanical engineering and manufacturing industries, as well as the design of technological processes for computer numerical control machines using this software

Keywords: Software, Detail, CNC, design, technology, CAD, CAM, CAE.

KIRISH

Mashinasozlik ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashda (IChTT) mehnat sig'imi va narxi yildan-yilga o'sib bormoqda. So'nggi 20 yil ichida mehnat sig'imi 3 baravar oshdi. Shuning uchun IChTT murakkabliklar oshib bormoqda. Bular quyidagi sabablarga bog'liq:

1. Mashinalar va qurilmalar yildan-yilga murakkablashib bormoqda va elektron tizimlarga o'tilmoqda. Detallarining materiali sifatida yangi materiallardan foydalanilmoqda, ehtiyot qismlar va yig'ish ishlari ishlab chiqarishda yuqori aniqlik

talab etilmoqda. Ushbu murakkablik texnologik jarayonlarni loyihalash mehnat sig'imini oshishiga olib keladi.

2. Sanoatda hozirda raqamli dastur bilan boshqariladigan (RDB) dastgohlar keng qo'llanilmoqda. Ular operatsion texnologiyani ishlab chiqishni va boshqaruv dasturlarini tuzishni talab qiladi, bu ham texnologik jarayonlarni loyihalashtirish murakkabligining oshishiga olib keladi.

3. Hozirgi vaqtda yuqori sifatli texnologik jarayonlarni loyihalashtirish zarur, ya'ni ushbu jarayonlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar Konstruktorlik talablariga to'la javob berishi va minimal narxga ega bo'lishi kerak, shuning uchun optimal texnologik jarayonlarni loyihalashtirish zarur. Korxonaning foydasi ko'p jihatdan bunga bog'liq.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Hozirgi kunda ishlab chiqarish korxonalarida mashina va detallarni loyihalashda Kompac 3d, CATIA, Siemens NX va shu kabi dasturlardan foydalanib loyihalanmoqda. Bulardan uch o'lchovli grafika yaratishda va modellashtirishda Siemens NX amaliy dasturlar paketining boshqa uch o'lchovli amaliy dasturlar paketlariga nisbatan imkoniyatlari bir necha marotaba yuqori. Uch o'lchovli modelni yaratishda uni oddiy chizmasidan tortib, ishlab chiqarishgacha bo'lgan jarayonni bitta tizimda amalga oshiriladi. Qolaversa, ushbu amaliy dasturlar paketida ishlash jarayoni nafaqat uch o'lchovli grafika yaratish balki, uni ishlab chiqarmasdan turib, kompyuterning o'zida sinov tajribasini o'tkazish imkonini beradi. Bir so'z bilan aytganda NX dasuri CAD (computer aided-design)/CAM (computer aided- manufacturing)/CAE (computer aided-engineering) tizimlarini o'zida mujassamlashtirgan (1-rasm).

1-rasm. Siemens NX 12.0 dasturida CAD, CAM, CAE tizimlari.

Siemens NX dasturi Siemens PLM Software kompaniyasining dasturiy mahsuloti bo'lib, deyarli barcha operatsion tizimlarda ishlashga mo'ljallangan. NX ning dasturiy ta'minoti ko'plab sanoat korxonalari - aviakosmik tarmoqlar, avtomobilsozlik, tibbiyot jihozlarini ishlab chiqarish, shuningdek sanoat qurilishi sohalarida keng qo'llanilib kelinmoqda.

NX avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi sodda detallarni 2 va 3 o'q bo'ylab, murakkab va shakldor detallarni 4 va 5 o'q bo'ylab prizmatik va erkin shakllarini loyihalash va ishlov berish dasturini tuzish uchun juda keng imkoniyatlarni ochadi.

NX dasturi qisqa vaqt ichida yuqori sifatga ega bo'lgan detallarni ishlab chiqishni hal etishdagi eng qulay dasturiy mahsulot hisoblanadi. Detalni loyihalashtirishdan boshlab, uni ishlab chiqarishgacha bo'lgan jarayonning bitta tizimda amalga oshirilishi dasturning yutuqlaridan biridir. Ishlab chiqariladigan detal NXning CAD qismida loyihalanadi. CAM qismida detalga ishlov berish dasturi tuziladi (2-rasm)

CAD tizimi N Detalnig 3D modelini tayyorlash

? N

Zagatovka 3D modelini yaratish

?

CAM tizimi \ Ishlov berish trayektoriyasini belgilash

? N

Boshqaruv dasturini yaratish (Tekshirish)

?

2-rasm. Siemens NX 12.0 dasturida CAD va CAM tizimi yordamida loyihalash

bosqichlari.

MUHOKAMA

Detalni loyihalash va unga ishlov berish dasturini tuzish ketma-ketligi quyidagilardan iborat:

1. Detal va uning zagatovkasining ishchi chizmasi (2d chizmasi) bo'yicha uning fazoviy ko'rinishi (3d chizmasi) chiziladi. Bu amallar dasturning ishchi chizmalar bilan ishlash bo'limida (чертеж) loyihalanaib, so'ngra 3D o'chovli jismlar yaratish bo'limi (Модель) detalning 3D ko'rinishi hosil qilinadi.

2. Yig'ish bo'limida detal va uning zagatovkasi birlashtiriladi, hamda ajratib ko'rsatiladi. Bu jarayon dasurning ishlov berish bo'limida (обработка) bajariladi. Dastlab detal va zagatovka birlashtiriladi (сборка). So'ngra CTRL+J tugmalari

yordamida zagatovkaning visual ko'rinishini kamaytirish yoki rang berish mumkin (3-rasm).

3-rasm. Siemens NX 12.0 dasturida detalga isЫov berish dasturini tuzish jarayoni.

3. IsЫov beriladigan detal bazalanadi, dastgohning, detalning va kesuvchi asbobning nol nuqtasi belgilanadi.

4. Bajariladigan operatsiyalar ketma-ketligi bo'yicha kesuvchi asboblar tanlanib, ularing parametrlari ктйШг Misol uchun tokarlik operatsiyasi и^ш kesuvchi asboblar tanlash bo'limdan (создание инструмента) tokarlik keskichi tanlanib, keskich materiali, uzunligi, qalinligi, kesuvchi qismining uzunligi va uning joylashuvi (ориентация) haqida ma'lumotlar kiritiladi.

5. Ishlov berish rejimlari, kesish tezligi, surish mLqdorlari kiritiladi. NX dasturining afzalliklaridan yana biri kiritilgan miqdorlarning о^го muvofiqHgmi dastur avtomatik tarzda belgilaydi.

NATIJA

Texnologik operatsiya jarayolari bo'yicha yuqoridagi ishlar bajarilganidan so'ng "Симуляция станка" Ьо'1^ yordamida detalga isЫov berish jaryonini kuzatish mumkin. Bunda detalning loyihalash jarayoni to'g'ri bajarilganligiga ishonch hosil qilish mumkin Ьо'^г "Постпроцессировать" bo'limi yordamida detalga ishlov berish dasturi G-code tilida avtomatik tarzda chiqadi (4-rasm).

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6

4-rasm. Siemens NX 12.0 dasturida RDB dastgohda ishlov beriladigan detal uchun

tuzilgan G-code tilidagi dastur.

Ushbu jarayonar amalga oshirilgandan so'ng ushbu dastur .txt formatda saqlanib tashqi xotira manbayi orqali RDB dastgohga o'tkaziladi. Shundan so'ng dastgoh detalga avtoamtik tarzda ishlov beradi va tayyor detal hosil bo'ladi.

XULOSALAR

1. Simens NX dasturi yordamida detallarni loyihalash va unga ishlov berish dasturini tuzish detallarni qo'lda loyihalash va oddiy dastgohda tayyorlshga nisbatan bir necha barobar yuqori unumdorlik ershishga yordam beradi.

2. Avtomatlashtirilgan loyihalash orqali inson omili, hamda bazalash xatolikari kamayadi va detallarni aniqligi va yuza tozaligini oshirishga erishiladi.

3. Deatllarni ishlab chiqarmasdan turib ularni analiz qilish, sinash imkonini beradi.

REFERENCES

1. М.С. Аносов, Г.Н. Каневский, Р.Ш. Мансуров, С.Б. Сорокин. Основы разработки управляющих программ для станков с чпу в системе SIEMENS NX. Нижний Новгород 2019.

2. Ведмидь П.А., Сулинов А.В. Программирование обработки в NX CAM.

3. en. m. wikipedia. org/wiki/Siemens_NX

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.