Научная статья на тему 'GLOBALLLASHUV JARAYONIDA MA’NAVIY TAHDIDLARDAN HIMOYALANISHDA DINIYLIK VA DUNYOVIYLIK MUTANOSIBLIGI MASALASI'

GLOBALLLASHUV JARAYONIDA MA’NAVIY TAHDIDLARDAN HIMOYALANISHDA DINIYLIK VA DUNYOVIYLIK MUTANOSIBLIGI MASALASI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
82
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Aql / e’tiqod / din va falsafa uyg‘unligi / dinlararo bag‘rikenglik / ma’naviyat / ma’rifat. / Harmony of mind / faith / religion and philosophy / interreligious tolerance / spirituality / enlightenment.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Ikramova, Iroda Rixsivayevna

Mazkur maqolada bugungi kunda jahonda globallashuv tendensiyasi keskin tus olib, xalqlarning milliy mental xususiyatlari va uning lokal sivilizatsiyalariga nisbatan tahdidlar kuchayib borayotgan bir vaqtda millatlararo hamjihatlik, konstruktiv hamkorlik, dinlararo bag‘rikenglik tamoyillarini o‘zida mujassamlashtiruvchi imon va bilim bog‘liqligi g‘oyasini tatbiq qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ISSUE OF RELIGIOUS AND SECULARITY PROPORTION IN THE PROTECTION FROM SPIRITUAL THREAT IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION

In this article, today the trend of globalization in the world is taking a sharp turn and the threats to the national mental characteristics of the peoples and their local civilizations are increasing. done

Текст научной работы на тему «GLOBALLLASHUV JARAYONIDA MA’NAVIY TAHDIDLARDAN HIMOYALANISHDA DINIYLIK VA DUNYOVIYLIK MUTANOSIBLIGI MASALASI»

GLOBALLLASHUV JARAYONIDA MA'NAVIY TAHDIDLARDAN HIMOYALANISHDA DINIYLIK VA DUNYOVIYLIK MUTANOSIBLIGI

MASALASI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.12189073

Ikramova Iroda Rixsivayevna

[email protected] Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada bugungi kunda jahonda globallashuv tendensiyasi keskin tus olib, xalqlarning milliy mental xususiyatlari va uning lokal sivilizatsiyalariga nisbatan tahdidlar kuchayib borayotgan bir vaqtda millatlararo hamjihatlik, konstruktiv hamkorlik, dinlararo bag'rikenglik tamoyillarini o'zida mujassamlashtiruvchi imon va bilim bog'liqligi g'oyasini tatbiq qilingan.

Kalit so'zlar: Aql, e'tiqod, din va falsafa uyg'unligi, dinlararo bag'rikenglik, ma 'naviyat, ma 'rifat.

KIRISH

Bugungi kunda jahonda globallashuv tendensiyasi keskin tus olib, xalqlarning milliy mental xususiyatlari va uning lokal sivilizatsiyalariga nisbatan tahdidlar kuchayib borayotgan bir vaqtda millatlararo hamjihatlik, konstruktiv hamkorlik, dinlararo bag'rikenglik tamoyillarini o'zida mujassamlashtiruvchi imon va bilim bog'liqligi g'oyasini tatbiq qilish zarurati kundan-kunga dolzarblashib bormoqda. Jahonda yuzaga kelayotgan xavf-xatarlarni bartaraf qilish yo'lida har bir shaxsning butun insoniyat oldidagi mas'uliyatini chuqur his qilishi va bunda diniy qadriyatlar hamda aql va bilimning mutanosibligiga erishishi ushbu muammoni bartaraf etishda muhim o'rin tutishini ko'rsatmoqda. Insoniyatning intellektual va ma'naviy madaniyatining asosini belgilab beruvchi kategoriyalar tuzilmasida diniylik va dunyoviylik aloqadorligi, uni falsafiy-tarixiy yondashuv asosida o'rganishning zarurati yaqqol namoyon bo'ladi.

АDАBIYOTLАR TАHLILI VА METODLАR

Aql va din haqida, e'tiqod va bilim aloqadorligi borasidagi qarashlar Sharq va G'arb olimlari tadqiqotlari natijasida keng o'rganilgan. Mazkur maqolada e'tiqod va aql mutanosibligining bugungi kundagi ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot olib borish mobaynida dialektik, tizimlashtirish, germenevtik va sinergetik metodlardan

hamda to'ldiruvchanlik, verifikatsiya, tarixiylik, vorisiylik tamoyillaridan ham foydalanilgan.

NATIJALAR

Bugungi globallashuv sharoitida bir tomondan siyosiy yetuk yoshlarni tarbiyalash, ikkinchi tomondan esa ular ongi shuurida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni saqlab qolish, ya'ni aqlli, ruhan va ma'nan sog'lom, ijtimoiy faol avlodni kamol toptirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli mamlakatimizda diniylik va dunyoviylik konvergensiyasi masalasiga alohida ahamiyat berilmoqda. Bu borada ko'plab tadqiqotlar, amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

MUHOKAMA

Yangi O'zbekistonda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, millatlararo va dinlararo o'zaro hamjihatlikni yanada mustahkamlash, tanlangan dunyoviy demokratik taraqqiyot yo'limizning bardavomligini ta'minlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-bob, 1-moddasida "O'zbekiston -boshqaruvning respublika shakliga ega bo'lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat. ..."[1], deb belgilab qo'yildi. Bunda Qomusimizning yangi tahririda "ijtimoiy va dunyoviy" tushunchalari qo'shimcha qilindi. "Dunyoviy" tushunchasida respublikada ilm-fan rivojiga keng yo'l ochib berilishini nazarda tutilsa, 35-moddadagi "Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki xech qanday dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlar majburan singdirilmaydi"[1] moddalarida xalqning qadriyatiga aylangan e'tiqodiy, diniy huquqi ham belgilab qo'yildi.

Diniylik va dunyoviylik mutanosibligini ta'minlashning ahamiyati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi fikrlarida ham o'z aksini topgan: "Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da'vat etadi"[6]. Ya'ni, hukumat miqyosida dinga, ilm-fanga e'tibor berilayotganidan darak beradi.

Diniylikning (dinga oid) ma'nosi sharq peripatetiklari va biz ko'rib chiqqan boshqa mutafakkirlar qarashlaridagi din, e'tiqod, imon masalasi bo'lsa, dunyoviylik esa (real, moddiy hayotga oid) ilm-fan, falsafa (falsafa musulmon dunyosida kirib kelgandan boshlab, dunyoviy fan sanalgan), aql, ilmni anglatadi. Demak, din, e'tiqod, imon tushunchalarining o'xshash jihatidan tashqari farqli jihati ham mavjud. Falsafa qomusiy lug'atida quyidagi ta'riflar keladi: "Din (ishonch, ishonmoq) - borliqni yaratuvchi va boshqaruvchi, adolatning yuksak namunasi, moddiy olamga xos bo'lmagan va ayni vaqtda barkamollikning oliy ko'rinishi sifatida tushuniluvchi oliy mavjudotga, ya'ni Xudoga nisbatan munosabat, tasavvur, urf-odat va marosimlar majmuidir"[3;112].

Har qanday din inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan murakkab ijtimoiy, ma'naviy, ruhiy vazifalarni amalga oshiradi. Har bir dinning asosida e'tiqod yotadi. "E'tiqod (ishonch, e'tiqod) - muayyan maqsad, qadriyatga ishonch, shu asosda shakllangan tafakkur. Bilim e'tiqodni vujudga kelishi uchun eng muhim asos vazifasini bajaradi"[3;216]. Inson bilimi sayqallanib, e'tiqodga aylanadi. Diniy, dunyoviy, ijtimoiy va xatto shaxsiy jarayonlarga xos bilimlar to'planadi, qayta ishlab chiqiladi va shundan so'ng e'tiqodga aylanishi mumkin. E'tiqod inson ruhiyati, ichki his-tuyg'usi bilan bog'liq ishonchdir. Bu imondan ustun emas, aksincha uning birinchi elementidir. Imonning ikkinchi elementi sifatida iqrorni, ya'ni so'z bilan tasdiqlashni kiritsak maqsadga muvofiq bo'ladi. Imonning uchinchi elementi sifatida esa e'tiqod, iqrorga asoslangan harakatni, amalni keltiriladi. Ya'ni, qalb va so'zni isboti hisoblanadi.

Tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini o'rganuvchi falsafa, fan bilan yonma-yon ilm, bilim tushunchalari ham istefola qilinadi. Ilm-fan bizni o'rab turgan dunyodagi barcha narsa va hodisalarning ichki sabab-oqibatini uzviy aloqadorliklarini ifodalab, tabiat va jamiyatning taraqqiy etishiga ta'sir ko'rsatuvchi yangi bilimlarni shakllantiradi.

E'tiqod nafaqat sof diniy hodisa, balki u fanda ham mavjud. Masalan, olim farazni ilgari suradi, unga ishonadi. Shaxslararo munosabatlarda: biz ishonadigan insonni do'st deb ataymiz. Karl Yaspers aytganidek, e'tiqodning har xil turlari majud bo'lib, bu insonlarning nimaga ishonishi bilan bo'liq bo'ladi.

Bilim esa obyektiv ravishda mavjud bo'lgan haqiqatdir, u har doim ham shaxsiy ishtirokni talab qilmaydi. E'tiqod esa subyektiv va shaxs uchun hech qanday shart qo'ymaydi. Bu, asosan, tushunarsiz bo'lib, isbotlanishi mumkin bo'lgan hamma narsaga ma'no beradi. Haqiqiy e'tiqod insonning o'zini o'zi yaratishining jonli ruhiy jarayonidir. E'tiqod o'lmaslikni beradi, chunki u insonning e'tiborini, tafakkurini yuksak, abadiy narsalarga yo'naltiradi. E'tiqad vaqtinchalik nuqtai nazaridan abadiy hayotni anglash va his qilishni o'z ichiga oladi. "E'tiqod insonning o'zini o'zi anglashi va mohiyatini ochishi sifatida ma'naviy turtkidir. U turli darajada har bir insonda mavjud bo'lib, uning shaxsiy ma'naviy bilimlari rivojlanishi bilan namoyon bo'ladi"[7;78]. Inson o'zini dinsiz deb hisoblaydimi yoki biron bir dinga ergashadimi, farqi yo'q. Ikkalasini ham e'tiqad birlashtiradi. Har qanday axloqning xoh u dunyoviy bo'lsin, xoh diniy, ularning asosi e'tiqoddir.

Turli mahalliy, etnik va diniy madaniyatlar ta'sirida sodir bo'layotgan ijtimoiy tizimlarning kuzatilayotgan faol o'zgarishlari bugungi kunda jahondagi vaziyatni tushunishning yangi darajasini talab qiladi. Shaxsning ma'naviy-axloqiy salohiyatini shakllantirish va saqlashga ta'sir etuvchi muhim omillardan biri diniy madaniyatdir.

Diniy e'tiqodlar shaxsning ichki o'zini-o'zi rivojlantirishining asosi sifatida uning ichki dunyosini boshqarishga, ijtimoiy aloqalarni shakllantirishga yordam beradi.

"Inson ongining chegaralanganligi, uning doimiy to'liq emasligi uning turli ko'rinishlarida, jumladan, dinda ham e'tiqod imkoniyatini yaratadi. Insoniyat bilimi taraqqiyotining butun tarixi aql kuchining taraqqiyoti va ortib borishi, uning jamiyat hayotidagi rolidan dalolat beradi. Dinamik rivojlanayotgan ilm-fan ko'r-ko'rona e'tiqodni ham ontologik, ham gnoseologik jihatdan doimiy ravishda orqaga suradi va chetga chiqarib yuboradi... E'tiqod bilim olishning zaruriy shartidir. Toki e'tiqod bor ekan, shu paytgacha insonda dunyoni va o'zini bilish istagi bo'ladi. Inson bilimi bor ekan, e'tiqod ham unga hamroh bo'ladi. Chunki e'tiqod ilmga intilishda namoyon bo'ladi va fanning ijobiy natijalarida amalga oshadi"[4;566]. Din ham, falsafa ham e'tiqodga asoslanar ekan bunday jamiyatda barqarorlik, taraqqiyot vujudga keladi.

"O'zbekiston ham barqarorlikni mustahkamlash sari bosqichma-bosqich dadil odimlayotgan bugungi kunda bir tomondan siyosiy yetuk yoshlarni tarbiyalash, ikkinchi tomondan esa ular ongi shuurida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni saqlab qolish, bir so'z bilan aytganda aqli yetuk, ruhi tetik, ma'nan sog'lom, ijtimoiy faol avlodni kamol toptirish muhim ahamiyat kasb etadi"[5;19]. O'zbekiston xalqining milliy ongining nazariy, konseptual asoslaridan biri bu din, ya'ni islom dini hisoblanadi. Mamlakatimiz aholisining katta qismi islom diniga e'tiqod qilganligi, yillar davomida bu din xalqning qon-qoniga singib ketganligi sababli yoshlarni to'g'ri tarbiyalashda ham islom dini, e'tiqodi yetakchilik qiladi. Din serqirra va sermazmun ijtimoiy hodisa bo'lib, u bir vaqtning o'zida ham e'tiqod, ham axloq va ham huquq bo'lgan qadriyat sanaladi. Shu bilan birga bugungi globallashuv jarayonida O'zbekiston yoshlarining hayotda o'z o'rniga ega bo'lishiga ularning aql-zakovati, bilimi mustahkamligi zarur hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo'shuvchi barkamol shaxsni tarbiyalashda zarur bo'lgan ma'naviy va axloqiy fazilatlar o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi. Zero, ma'naviy tarbiyaning zamini bilim bo'lib, bilim borliqni ideal obrazi sifatida namoyon bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev "Barchangizga ayon, hozirgi kunda dunyo miqyosida beshavqat raqobat, qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olmoqda. Diniy ekstrimizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, "ommaviy madaniyat" kabi xavf-xatarlar kuchayib, odamzod asrlar davomida amal qilib kelgan e'tiqodlar, oilaviy qadriyatlarga putur yetkazmoqda. Mana shunday va boshqa ko'plab tahdidlar insoniyat hayotida jiddiy muammolarni keltirib chiqayotgani - ayni haqiqat va buni hech kim inkor etolmaydi"[2;504-505], deb aytganda har qanday xavf xatarni ta'lim va tarbiya vositasida oldini olish mumkinligini nazarda tutganlar. Har qanday tarbiya ham din asosida, ham ilm-fan asosida olinadi. Huddi shunday, har qanday ta'lim ham ilm-fan,

ham din asosida egallanadi. Bunda din ko'proq tarbiyaga o'z ta'sirini o'tkazsa, ilmfan ta'limga ta'sir etadi. Bu ikki soha parallel olib borilsagina natijaga erishish oson va ishonchli bo'ladi. Diniylik va dunyoviylik uyg'unligini chuqurroq anglash uchun albatta uning falsafiy jihatlarini anglash zarur bo'ladi. Aks holda, bugungi shiddatli zamonda diniy aqidaparastlar, diniy fundamentalistlar, ekstremistlar qo'lida o'yinchoq bo'lish hech gap emas. Mazkur tadqiqotimizning dolzarbligi ham shunda hisoblanadi.

Demak, O'zbekistonda davlat, jamiyat va din munosabatini belgilab beruvchi asosiy tamoyillardan birining mazmuni din sohasidagi o'zgarishlarni xolis va ilmiy o'rganish natijasida ijobiy jarayonlarga kengroq imkoniyat yaratish, bu yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy holatlarning oldini olishda namoyon bo'ladi. Davlatning dinga bo'lgan munosabatini ifodalovchi boshqa bir tamoyil shundan iboratki, davlat dinni xalq ma'naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. Shundan kelib chiqib, uning rivoji uchun tegishli shart-sharoit yaratadi.

XULOSA

Mustaqillikka erishganimizdan buyon, xatto bugungi kunda ma'lum bir kuchlar dunyoviy davlat o'rniga shariat qonunlariga asoslangan diniy davlat - xalifalikni tiklashga, jamiyatning nafaqat siyosiy sohasini, balki barcha sohasini din asosida boshqarishga, diniy fundamentalizmga da'vat qildilar. Albatta, bunday kuchlar xavfiga qarshi kurash uchun O'zbekiston yoshlariga, umuman barcha fuqarolariga diniy-ma'rifiy bilim berish zaruriyati ilmiy-nazariy, epistemologik jihatdan dalillanishi kerak. Falsafiy yondashuvgina bunday chigalli, murakkab jarayonlarning mohiyatini topishga ko'maklashadi. Xususan, bugungi kundagi din niqobini kiygan turli oqimlar o'z-o'zidan vujudga kelmagan. Ular ma'lum bir siyosiy maqsadlarning sababiy bog'lanishlarning oqibatidir. Biroq, O'zbekiston bugun o'z yo'lini, maqsadini tanlab bo'lgan - diniy ma'rifat va dunyoviylik bilan demokratik davlatda barqaror munosabatni yaratishdir. Diniylik va dunyoviylik munosabatlarida ratsional muvozanatni saqlashda o'zaro ziddiyatlarga imkon berish kerak emas. Dunyoning turli mintaqalarida keskinlik va radikalizm kuchayib, din niqobidagi ekstremizm va terrorizm tobora avj olib borayotgan hozirgi vaqtda ushbu salbiy tendensiyaning falsafiy-gnoseologik jihatlarini tahlil qilish, o'rganish, uni ma'rifat sari yo'naltirishni kuchaytirish lozim, deb hisoblaymiz. Diniylik va dunyoviylik uyg'unligida jamiyatda vujudga kelishi mumkin bo'lgan ichki ziddiyatlar faqat ma'rifiy usulda hal qilinishi mumkin. Shuni nazarda tutgan holda, "jaholatga qarshi ma'rifat" g'oyasi asosida jamiyatda uzluksiz ta'lim-tarbiya hamda targ'ibot-tashviqot ishlarini yanada takomillashtirish kerak, deb o'ylaymiz. Bugungi texnika texnologiya rivojlangan davrda din va falsafa, e'tiqod va aql, imon va bilim o'rtasidagi qarama-

qarshiliklardan yiroqlashib, bu ikki dunyoqarashni yaqinlashtirib tinch-totuv yashashni asosiy maqsad qilib olish zarur bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi // https://lex.uz/uz/docs/-6445145

2. Mirziyoyev Sh. M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - T.: O'zbekiston, 2017.

3. Falsafa qomusiy lug'at. - Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2004.

4. Ikramova I.R. Ibn Rushdning e'tiqod va aql uyg'unligi g'oyasining hozirgi davrda ma'naviy-ma'rifiy ahamiyati // Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural And Social Sciences// (E) ISSN: 2181-1784, march 2024. - B.370-374.

5. №3eTOBa Э.М. Модели соотношения веры, разума и знания в контексте философского дискурса: Восток - Запад// Oriental Renessance: Innovative, Educational, Natural and Social Sciences // 2021 ISSN: 2181-1784 Vol 1, Issue 4. -Toshkent, 2021.

6. Мадаминова Н.З. Динийлик ва дунёвийлик конвергенцияси // Замонавий таълим. - Тошкент, 2018. - № 9.

7. Мирзиёев Ш.М. "Инсон манфаатлари ва хукукларини таъминлаш -демократик жамият асосидир". Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 72-сессиясидаги нутк. Нью-Йорк шахри, 2017 йил 19 сентябрь.

8. Нижников С. А. Вера и знание: проблемы онтологии и гносеологии в историко-философском контексте // Социум и власть. - M., 2018. № 2 (70).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.