Научная статья на тему 'IBN RUSHDNING E’TIQОD VA АQL UYG‘UNLIGI G‘ОYАSINING HOZIRGI DАVRDA MА’NАVIY-MА’RIFIY АHАMIYATI'

IBN RUSHDNING E’TIQОD VA АQL UYG‘UNLIGI G‘ОYАSINING HOZIRGI DАVRDA MА’NАVIY-MА’RIFIY АHАMIYATI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
22
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ibn Rushd / mashshoiyyuna / aql / e’tiqod / din va falsafa uyg‘unligi / “Ikki haqiqat”. / Ibn Rushd / mashshaiyyuna / harmony of reason / faith / religion and philosophy / "Two truths".

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Ikramova, Iroda Rixsivayevna

Mazkur maqolada sharq falsafasida ratsionalizmga asoslangan murakkab yo‘nalish mashshoiyyuna yo‘nalishining ko‘zga ko‘ringan vakili Ibn Rushdning din va falsafa borasidagi qarashlari tahlil qilinadi. Shuningdek, bu muammoni bugungi kunda Uchinchi renessansni qurishda jamiyatning ma’naviy va ma’rifiy sohasidagi ahamiyati yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SPIRITUAL-EDUCATIONAL SIGNIFICANCE OF IBN RUSHD'S IDEA OF THE HARMONY OF FAITH AND INTELLIGENCE IN THE PRESENT PERIOD

This article analyzes the views on religion and philosophy of Ibn Rushd, a prominent representative of the Mashshaiyyuna direction, a complex direction based on rationalism in Eastern philosophy. Also, the significance of this problem in the spiritual and educational sphere of society in the construction of the Third Renaissance today is highlighted.

Текст научной работы на тему «IBN RUSHDNING E’TIQОD VA АQL UYG‘UNLIGI G‘ОYАSINING HOZIRGI DАVRDA MА’NАVIY-MА’RIFIY АHАMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

IBN RUSHDNING E'TIQOD VA AQL UYG'UNLIGI G'OYASINING HOZIRGI DAVRDA MA'NAVIY-MA'RIFIY AHAMIYATI

Ikramova Iroda Rixsivayevna

irodasadoyi@gmail .com Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada sharq falsafasida ratsionalizmga asoslangan murakkab yo 'nalish mashshoiyyuna yo 'nalishining ko 'zga ko 'ringan vakili Ibn Rushdning din va falsafa borasidagi qarashlari tahlil qilinadi. Shuningdek, bu muammoni bugungi kunda Uchinchi renessansni qurishda jamiyatning ma 'naviy va ma 'rifiy sohasidagi ahamiyati yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Ibn Rushd, mashshoiyyuna, aql, e'tiqod, din va falsafa uyg'unligi, "Ikki haqiqat ".

ABSTRACT

This article analyzes the views on religion and philosophy of Ibn Rushd, a prominent representative of the Mashshaiyyuna direction, a complex direction based on rationalism in Eastern philosophy. Also, the significance of this problem in the spiritual and educational sphere of society in the construction of the Third Renaissance today is highlighted.

Key words: Ibn Rushd, mashshaiyyuna, harmony of reason, faith, religion and philosophy, "Two truths".

KIRISH

Bugungi globallashuv jarayonida mamlakatimizda ilm, aql-zakovat hamda insonlarning qadriyatiga aylangan islom dini uyg'unligiga murojaat qilinmoqda. Diniylik va dunyoviylik mutanosibligida o'z diniga e'tiqod qilgan holda globallashuv jarayonlariga o'z aql-zakovati bilan kirib bora olish tushunilmoqda.

Aql va e'tiqod o'rtasidagi munosabatlar muammosi falsafada eng dolzarb masala bo'lib kelgan va hozir ham shunday bo'lib qolmoqda. U insonlar dunyoqarashining mohiyatiga, ularning mavjudligining ekzistensial asosiga ta'luqli. Bu ikkisining har biri insonlarning ongi va qalbini zabt etishga, yerdagi va boshqa olamlardagi eng yaxshi turmush tarzini tushuntirishga, baxtli hayot yo'lini ko'rsatishga harakat qiladi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Ibn Rushdning falsafiy qarashlari, xususan, aql va din haqida, "Ikki haqiqat" haqidagi qarashlari rus olimlari, Yevropa olimlari tadqiqotlari natijasida keng o'rganilgan. Mazkur maqolada Ibn Rushdning din va falsafa mutanosibligi haqidagi qarashlarining bugungi kundagi ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot olib borish mobaynida dialektik, tizimlashtirish, germenevtik va sinergetik metodlardan hamda to'ldiruvchanlik, verifikatsiya, tarixiylik, vorisiylik tamoyillaridan ham foydalanilgan.

NATIJALAR

Borliq, xususan, insonning mohiyati haqida fikr bildirish borliq va shaxs o'rtasidagi munosabat masalasini tabiiy ravishda keltirib chiqaradi. Bunda inson borlig'iga ekzistensial yondashuv muhim sanaladi. "Ikki haqiqat" ta'limoti nafaqat bugungi kundagi ijtimoiy, madaniy, siyosiy to'qnashuvlarning oldini olishda dolzarb sanaladi. U o'tmishdan zamonaviy dunyoga ko'chishi davomida turli xil qarashlar, turli xil tendensiyalarni, turli xil yondashuvlarni ko'rib o'tganligini ham inobatga olinadi. Din, e'tiqod va falsafa, aql masalasi bugungi globallashuv jarayonlaridagina emas, balki tarixan o'zining dolzarbligi, nozik masala ekanligi bilan ajralib turgan. U inson ichki dunyosi, ishonchi bilan aql-zakovati natijalarini o'zida mujassam etgan bo'lib, bunda har bir shaxsning o'z pozisiyasi mavjud bo'ladi.

MUHOKAMA

E'tiqod zamonaviy ilmiy, postmodern va globalistik davrda, "an'anaviy" deb ta'rif berilgan barcha qadriyatlar universallashtirilib, tenglashtirilganda juda dolzarb hisoblanadi. E'tiqodsiz madaniyatning o'zi ham mavjud bo'lishi mumkin emas, deb yozgan edi P.Florenskiy. Darhaqiqat, e'tiqodsiz inson ongi ham bo'lishi mumkin emas, mazmun va axloq ham bo'lmaydi, umuman inson hayotining ma'nosi ham bo'lishi mumkin emas.

"Fyodor Dostoyevskiy va Erix Fromm barcha insonlar imonli va ular faqat e'tiqodining "mavzusi" bilan farq qiladi, deb ta'kidlaganda shuni nazarda tutgan bo'lishlari haqiqatga yaqin. E'tiqod dunyoqarash va gnoseologiya nuqtai nazar jihatidan zarur hisoblanadi. Chunki inson bilimi har doim ham barcha narsalarni, hodisalarni tushuntirish uchun yetarli bo'lmaydi. E'tiqod esa uni o'rnini to'ldira olish qobilyatiga ega. E'tiqodsiz dunyoqarash mukammal bo'lolmaydi yoki zamonaviy "ma'rifatparvar" inson har xil xurofotlarga taslim bo'ladi. Shu ma'noda, ular ta'kidlaganidek, dahriylik mumkin emas, chunki inson ishongan narsa u uchun har doim mutlaq bo'lib harakat qiladi" [2;75]. Kim uchundir u Xudo, yana kim uchundir u materiya deb atashimiz mumkin. Tarixdan guvohi bo'lganmizki, insonlar ma'lum bir idealni ham, ma'lum bir ijtimoiy tizimni ham ilohiylashtirib, unga e'tiqod qilgan.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Transsendent tamoyilga ishonish butparastlikning barcha turlarini yo'q qiladi, chunki hech qanday yakuniy narsa topinishga loyiq emas, aynan shu e'tiqod barcha dunyo dinlari va tegishli falsafaning asosini tashkil qiladi. Darhaqiqat, xurofotdan farqli ravishda, e'tiqod spekulyativdir. U nimagadir "qarshi" bo'lmaydi, balki o'ta ilmiy bo'lib, fanni o'z ichiga olishi mumkin, biroq uni inkor etmaydi" [2;76]. E'tiqod erkinlik tarafdori va shuning uchun insonning javobgarligini ham e'tirof etadi, ya'ni bunda insonning axloqiy tabiatini ham belgilaydi. Xurofotlar esa ko'p hollarda ilmga qarshi chiqib, ilmiy dalillarga mos kelmaydi, insonning erkinligini yo'q qilishga intiladi, ya'ni uni tashqi kuchlarga qaram qiladi. E'tiqod falsafiy mushohada bilan to'qnash keladi. Aql va bilim esa hayotning ma'nosini izlab, topishga intiladi. B u ruhiy bilimning bevosita asosiy va barqaror usullaridan biri sanaladi.

Mazkur jarayonni biz turli madaniyatlarda, turli dinlarda kuzatamiz. Xususan, islom dinida u vujudga kelishidan boshlab ilmga e'tibor kuchliligini bilamiz. Buni biz islom dinining payg'ambari Muhammad (s.a.v.) fikrlarida ko'p uchratamiz. Payg'ambar Muhammad (s.a.v.)ning "Ilmni xatto Xitoyda bo'lsa ham o'rgan" hadislarini misol qilib olishimiz mumkin. Natijada ilk islom o'zining diniy bag'rikengligi bilan ajralib turdi.

Amerikalik sharqshunos olim F.Rouzental "Bilim tantanasi" asarida shunday deydi: "Ular rasmiy ilmni rad etmaydilar... ammo unga alternativ bo'lgan ilm avvalgisidan mohiyati kam emasligini isbotlashni istaydilar. Bu davr ilm-fan davri edi... Qur'ondan boshlab to she'riyatgacha hammasi maxsus ilmiy fanlar metodikasi bilan sug'orilgan edi" [3;215]. Ilmiy mushohada va g'oyalar, qarashlar va ta'limotlar kurashi islom madaniyati, falsafasining rivojlantiruvchi kuchi bo'ldi. O'zaro xilma -xil sohalar ekanligiga qaramasdan aql va bilim prinsipial jihatdan e'tiqod va imondan ajratilmaslikka harakat qilindi. Bu esa o'z navbatida islom sivilizatsiyasining gullab-yashnashiga katta xissa qo'shdi.

Albatta, O'rta asrlarda bu metodika, metodologiya deb yuritilmagan bo'lsa ham, lekin aqlga bo'lgan e'tibor natijasida barcha sohalarning metodologiyasi ishlab chiqilib bo'lingan edi. O'rta asarlarda epistemologiya, ratsional ta'limotlarning metodologik jihatlari ko'rib chiqildi. Din va falsafa uyg'unligiga asoslangan "Ikki haqiqat" konsepsiyasining metodologik jihatlarini yoritib bergan Ibn Rushd ijodida falsafa hamda aql alohida tahlil qilinib, uning mohiyati din va e'tiqod tushunchalari bilan uzviy aloqadorlikda ochib beriladi.

"Ibn Rushd ijodida aql alohida tahlil qilinib uning mohiyati din va e'tiqod tushunchalari bilan uzviy aloqadorlikda ochib beriladi. Bugungi global ma'naviy tahdidlar avj olgan zaminda Ibn Rushd dunyoqarashining mazkur jihati, yanada muhim ahamiyat kasb etadi, ayniqsa dunyoviylikni dahriylik sifatida talqin

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

qilayotgan diniy ekstremistik oqimlarga qarshi kurashda muhim g'oyaviy asos vazifasini o'taydi" [1;247]. Ibn Rushd o'zining "Fasl al-maqal" asarida din va falsafa haqida so'z yuritshining sababi islom dini shu mintaqa xalqlarining asosiy e'tiqodiga aylanib, ularning butun hayoti mohiyatini belgilab berar edi. Shu sababli xalq uchun diniy e'tiqoddan boshqa e'tiqodga ehtiyoj yo'qdek ko'rinardi. Ibn Rushddan avval faoliyat olib borgan faylasuflar ham mavjud diniy tizimga falsafani olib kirishni tarafdori bo'lganlar. Bu biz yuqorida ko'rib o'tgandek, nafaqat islomda, balki yahudiylik va nasroniylikda ham xuddi shunday maqsad bilan harakat qilganlar. Yangi va eng yangi davrga kelib Yevropada esa "Ikki haqiqat" masalasida e'tiqod, imon bilan aql, ilm-fan, bilim muammolari tahlil qilindi. E'tiqodning ham, bilimning ham turli ko'rinishlari tadqiq etildi.

Bugun globalllashuv jarayonlarida ma'naviy tahdidlar kuchayib borayotgan makon va zamonda Ibn Rushd dunyoqarashining mazkur jihati yanada ahamiyati ortib bormoqda. Ayniqsa, dunyoviylikni dahriylik sifatida ko'rayotgan diniy ekstrimistik oqimlarga qarshi kurashda hamda bugungi kunda mamlakatimizda kuchayib borayotgan mutaassiblini oldini olishda nazariy asos bo'ladi.

Bugungi globallashuv sharoitida bir tomondan siyosiy yetuk yoshlarni tarbiyalash, ikkinchi tomondan esa ular ongi shuurida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni saqlab qolish, ya'ni aqlli, ruhan va ma'nan sog'lom, ijtimoiy faol avlodni kamol toptirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli mamlakatimizda diniylik va dunyoviylik konvergensiyasi masalasiga alohida ahamiyat berilmoqda. Bu borada ko'plab tadqiqotlar, amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur tadaqiqotlarning ko'pchiligi bilan tanishib, ular bu uyg'unlikning nazariy va amaliy asoslarini bugungi kun bilan bog'layotganliklarini guvohi bo'linadi. Xatto, ayrim tadqiqotlarda musulmon dunyosida bu masalada shu davrgacha murosa qiluvchi maxsus tadqiqot bo'lmaganligini e'tirof etuvchi zamonaviy tadqiqotlar ham uchraydi.

O'zbekiston xalqining milliy ongining konseptual asoslaridan biri bu din, ya'ni islom dini hisoblanadi. Mamlakatimiz aholisining katta qismi islom diniga e'tiqod qilganligi, yillar davomida bu din xalqning qon-qoniga singib ketganligi sababli yoshlarni to'g'ri tarbiyalashda ham islom dini, e'tiqodi yetakchilik qiladi. Din serqirra va sermazmun ijtimoiy hodisa bo'lib, u bir vaqtning o'zida ham e'tiqod, ham axloq va ham huquq bo'lgan qadriyat sanaladi. Shu bilan birga bugungi globallashuv jarayonida O'zbekiston yoshlarining hayotda o'z o'rniga ega bo'lishiga ularning aql-zakovati, bilimi mustahkamligi zarur hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo'shuvchi barkamol shaxsni tarbiyalashda zarur bo'lgan ma'naviy va axloqiy

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

fazilatlar o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi. Zero, ma'naviy tarbiyaning zamini bilim bo'lib, bilim borliqni ideal obrazi sifatida namoyon bo'ladi.

Ibn Rushd falsafasi aynan mana shu ruhiy kontekstda shakllangan. U ilmning o'zi ilohiy ekanligini, hamda aql hamisha zarur ekanligini isbotlaydi. Chunki ilm doimo oqilona e'tiqod bilan birgalikda olib borilsa, jamiyatda inson hayotini tartibga solish imkonini beradi. Bu har qanday kasb, har bir inson intilishlari uchun to'g'ri yo'lni ko'rsatadi. Ibn Rushd qarashlaridagi din va aqlni uyg'unlashtirish ta'limoti arab-musulmon dunyosini o'zida qolib ketmadi, bu ta'limot epistemologiyaga asoslanganligi bois Ibn Rushddan keyingi faylasuflar dunyoqarashiga ham o'z ta'sirini ko'rsatdi. Bu nafaqat islom dini doirasida, balki ma'lum davr bu ta'limot unutilgan nasroniylik va yahudiylik dinlariga ham qayta ta'sir o'tkazdi. To'g'ri ularning barchalari bu uyg'unlikni tan olmasalarda, biroq bu ikki sohani yonma-yon qo'yishga muyassar bo'ldilar.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Ikramova, I. R. (2021). IBN RUSHD FALSAFASIDA" MANGU AQL" TUSHUNCHASINING TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (Special Issue 2), 243-248.

2. Нижников С. А. Bepa и зтание: проблемы онтологии и гносеологии в историко-философском контексте // Социум и влaсть. - M., 2018. № 2 (70). - С.

3. Роузентал Ф. Торжество знания. Концепция знания в средневековом исламе / Пер. с англ. С.А. Хомутова. - М.: Наука, 1978. - С. 215.

4. Jurayev, S. S. O. G. L. (2023). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA "INOYAT'X1^) TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI. International scientific journal ofBiruni, 2(1), 43-47.

XULOSA

76.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.