Научная статья на тему 'GLOBALLASHUV JARAYONLARI VA SOG‘LOM TURMUSH TARZI.'

GLOBALLASHUV JARAYONLARI VA SOG‘LOM TURMUSH TARZI. Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jamiyat / globallashuv / ma'naviy tahdidlar / estetik tarbiya / jamiyat taraqqiyoti / sog'lom turmush tarzi / yuksak ma'naviyat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mohira Anvarovna Azizova

XXI asr O'zbekistonda madaniyat, iqtisodiyot, fan va texnika, ijtimoiy-siyosiy innovatsiyalar asri sifatida boshlandi va ana shunday sharoitda barkamol, ma'naviyati yuksak shaxs, yuqori malakali yoshlarni tayyorlash nafaqat davr talabi, balki ijtimoiy zaruratga aylandi. Bunday yoshlar o'z fikr va g'oyalariga ega bo'lib, mehnat va shijoyatlari bilan jamiyat rivojiga ulkan hissa qo'shadilar. Globallashuv jarayonlari natijasida butun dunyodagi rivojlangan davlatlar bilan aloqalarni o'rnatilishi, jamiyatimizda bo'layotgan ilm fan taraqqiyotidagi yangiliklar, o'zgarishlar hayotimiz farovonligini, jadal rivojlanishlar asosini berayotgan bir davrda o'ziga xos salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GLOBALLASHUV JARAYONLARI VA SOG‘LOM TURMUSH TARZI.»

Toshkent davlat iqtisodiyot O'zbekiston — 2030 strategiyasi:

universiteti inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari

Tashkent State University of Uzbekistan - 2030 Strategy:

GLOBALLASHUV JARAYONLARI VA SOG'LOM TURMUSH TARZI.

Mohira Anvarovna Azizova

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU katta o'qituvchi

ANNONATSIYA

XXI asr O'zbekistonda madaniyat, iqtisodiyot, fan va texnika, ijtimoiy-siyosiy innovatsiyalar asri sifatida boshlandi va ana shunday sharoitda barkamol, ma'naviyati yuksak shaxs, yuqori malakali yoshlarni tayyorlash nafaqat davr talabi, balki ijtimoiy zaruratga aylandi. Bunday yoshlar o'z fikr va g'oyalariga ega bo'lib, mehnat va shijoyatlari bilan jamiyat rivojiga ulkan hissa qo'shadilar. Globallashuv jarayonlari natijasida butun dunyodagi rivojlangan davlatlar bilan aloqalarni o'rnatilishi, jamiyatimizda bo'layotgan ilm fan taraqqiyotidagi yangiliklar, o'zgarishlar hayotimiz farovonligini, jadal rivojlanishlar asosini berayotgan bir davrda o'ziga xos salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarmoqda.

Kalit so'zlar jamiyat, globallashuv, ma'naviy tahdidlar, estetik tarbiya, jamiyat taraqqiyoti, sog'lom turmush tarzi, yuksak ma'naviyat.

Bugungi globallashuv davrida yoshlarni turli ma'naviy tahdidlardan himoya qilish dolzarb vazifalardan biridir. Jamiyat hayotining keng axborotlashuvi natijasida mamlakatimiz hududida bizning go'zal estetik qadriyatlarimizga yot bo'lgan holatlar va hatti - harakatlarning kirib kelishi kuzatilmoqda. O'zbekiston rivojlangan mamlakatlar qatoridan keng o'rin egallar ekan, butun dunyodan kirib kelayotgan axborotlarni to'xtatib qo'yish imkoniga ega emasmiz. Faqatgina mustahkam ma'naviyat bilan kirib kelayotgan axborotlarni farqlash va ulardan zararlilarini ajratib olish imkoniyatiga ega bo'lishimiz mumkin. Shu sababli ham estetik qadriyatlarimizni, estetik mezonlarimizni saqlab qolishga, yoshlarimizning estetik didini shakllantirishga estetik tarbiyaning turli usul va vositalari yordamida etkazib berish orqaligina yuqoridagi muammolarni bartaraf etish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Barcha davrlarda insonning ma'naviy kamoloti, jamiyat tarqqiyotining asosiy omillaridan biri sifatida e'tirof etilgan. Barcha ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy muammolarni hal etish imkoniyati inson shaxsini tarbiyalashga qaratilgan. Shunday ekan bugungi kun yoshlarimizni sog'lom turmush tarzidan nosog'lom turmush tarzini ajrata oladigan qilib tarbiyalash va bunda tarbiyaning muhim ajralmas qismi bo'lgan estetik tarbiyaga e'tibor qaratgan holda, ularni go'zallikni his qilishga, anglashga, qadrlashga o'rgatishimiz zarur.

17-aprel, 2024

486

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan — 2030 Strategy: to Realize Human Potential

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning bosh mezoni, ma'naviy-ma'rifiy sohadagi yangilanishlarning asosiy yo'nalishlari zamonaviy dunyoqarashni shakllantirishni, zamon bilan hamnafas bo'lishni, sog'lom turmush tarziga asoslangan holda yashashni, ijod qilishni muhim omillar sifatida taqozo etmoqda.

Bugungi kun yoshlarida estetik did va estetik tuyg'uni tarbiyalash, ularga san'at asarlaridagi insonparvarlik g'oyalarini idrok etishni shakllantirish, sog'lom turmush tarzi va estetik tarbiyani singdirish yordamida o'zimizga xos bo'lgan qadriyatlarimizni tarbiyalab boramiz. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganlaridek: "Inson ma'naviy olamining yuksalishi bilan bog'liq turli holatlar haqida ko'p gapirish mumkin. Lekin, muxtasar qilib aytganda, Ollohning o'zi bizga buyurgan komil inson bo'lish, halollik va adolat bilan xayot kechirish kabi olijanob fazilatlarning ma'no mazmunini nafaqat chuqur anglash, balki ana shunday hususiyatlarga ega bo'lish, ularga amal qilib yashash-odamzotning ma'naviy boyligini belgilab beradigan asosiy mezon desak, hech qanday xato bo'lmaydi. O'ylaymanki, bunday xulosani insoniyat o'z ongli hayoti davomida doimo orzu qilib, intilib kelgan yuksak ma'naviy idealning falsafiy ifodasi, mantiqiy natijasi sifatida qabul qilish o'rinlidir."[1] Albatta yuqorida keltirilgan fazilatlar, mezonlar insoniyatning azaliy qadriyatlari bo'lib hisoblanib, bu mezonlar yoshlarimizga sog'lom turmush tarzini singdirish, ya'ni estetik didni, estetik xis-tuyg'uni shakllantirish orqali kiritilishi mumkin bo'gan murakkab jarayondir.

Yoshlarni jamiyat va insonlararo munosabatlarda estetik mezonlarning o'ziga xos hususiyatlari to'g'risidagi tushuncha, bilim va ko'nikmalarga, hamda go'zallikni anglash, xis qilish orqali dunyoni nafosatli tushunish xissiga ega qilib tarbiyalashdan iborat bo'lgan masalaga e'tibor qaratiladi, bu orqali esa biz ularda sog'lom va nosog'lom turmush tarzi o'rtasidagi farqni anglash va albatta bu orqali ularda vayronkorlikka moyillikni emas, balki yaratuvchanlikka bo'lgan ishtiyoqni shakllantirishga harakat qilamiz. Bu esa bugungi davrda yoshlarimizni ma'nan boy, aqlan etuk, tuyg'ularda sobitlik bilan tarbiyalanishlari zaruratini ko'rsatmoqda.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng shaxs estetik madaniyatini shakllanishi va rivojlanishi masalalariga ma'naviy yangilanish jarayonining muhim omili sifatida qaraldi. Bu jarayon esa sog'lom va nosog'lom turmush tarzi masalalarini qiyosiy o'rganish, ilmiy tahlil qilish, estetik tarbiya hususiyatlarini tadqiq qilib, ularni hayotga joriy qilishni taqozo etadi.

Ma'lumki, sog'lom turmush tarzi, estetik tarbiya masalalari inson ma'naviy kamolotida muhim o'rin tutadi. U inson faoliyatining barcha tarmoqlari bilan bog'liq

487

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan — 2030 Strategy: to Realize Human Potential

holda yoshlarning estetik tarbiyasini shakllantirish, ma'naviy islohotlardagi ishtirokini faollashtirish hamda ijodiy salohiyatini namoyon ettirish imkonini beradi.

Albatta yuqorida ta'kidlaganimizdek sog'lom turmush tarzini shakllantirishda estetik tarbiyaning o'rni nihoyatda muhim ularga, aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyani kiritish mumkin. Sog'lom turmush tarzi shakllantirishda estetik tarbiyaning quyidagi turlari keltirish mumkin, bular ommaviy axborot vositalari, san'at, mahalla, sport, badiiy adabiyot va ayni bugungi kunga xos axborot texnologiyalari kabilar. Shaxsni estetik tarbiyalashda ta'lim tizimining roli nihoyatda ahamiyatlidir. Mehnat esa -turmush estetikasining muhim omili hisoblanadi. Insonda xulq go'zalligini shakllantirishning zamonaviy ko'rinishlari mavjud bo'lib, didlilik va farosatlilik -yuksak madaniyat belgisi, farosatsizlik esa shaxs kamolotidagi illat hisoblanadi. Yoshlarda tabiiy go'zallik bilan estetik didning mutanosibligi masalasiga e'tibor qaratish joiz, ularni sifatli saviyasi yuksak bo'lgan narsalarni farqlay olish qobiliyatini shakllantirish muhimdir. Estetik tarbiya mohiyatan insoniy ideal bilan bog'liq bo'lib, estetik ideal egasi nafis didga, pokiza tuyg'ularga egaligi bilan ajralib turadi. Ma'lumki, yoshlar ham ijtimoiy taraqqiyotning turli xil jabhalarida bevosita va bilvosita ishtirok etadi, shu sabali ularda estetik did shaklantirish orqali go'zallikni, ulug'vorlikni anglaydigan va qadrlaydigan qilib shakllantirish ijobiy natija beradi.

Shu ma'noda estetik tarbiya - jamiyatda ma'naviy muhitni paydo qilishga ko'mak beruvchi muhim unsur bo'lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir.

Hozirda estetik tarbiyaning ko'lami tobora kengaymoqda, ya'ni yoshlarda san'at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o'zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish, tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg'u bilan munosabatda bo'lishga va ularni ravnaq toptirish yo'lida astoydil faoliyat olib borish ko'nikmalarini xosil qilish, o'tmish ma'naviy merosimizga hurmat hissini uyg'otish, milliy g'urur, milliy iftixor tuyg'ularini shakllantirish uchun zamin yaratadi.

Buyuk adibimiz Abdulla Avloniyning tarbiya haqidagi "Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo faloqat, yo saodat, yo haloqat masalasidur" degan fikrlari tarbiyaning jamiyat insoniyat hayotida nechog'lik ahamiyat kasb etishining isbotidir. Ta'lim-tarbiyaning boshqa shakllari singari estetik tarbiya ham shaxsni, biror bir ijtimoiy guruhni, millatni tarbiyalashda o'rni beqiyosdir. Estetik tarbiya ham ajdodlardan avlodlarga meros bo'lib kelayotgan

488

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan — 2030 Strategy: to Realize Human Potential

umuminsoniy va milliy qadriyatlar hamda an'analarini qaror toptirishga, ularni yuksaltirishga xizmat qiladi.

Estetik tarbiya yoshlarda voqelikdagi va san'atdagi go'zallikni idrok etish, tushunish va qadriga etish qobiliyatini tarbiyalashdir. Bizga ma'lumki, har qanday tarbiya inson ongiga, his-tuyg'ulariga, hatti-harakatlariga, xulq atvoriga, e'tiqodiga, dunyoqarashiga ta'sir o'tkazishni o'z oldiga maqsad va vazifa qilib qo'yadi.

Shunday ekan yoshlarni estetik tarbiyalash orqali estetik didini shakllantirib ular ayni kunlarda ko'p foydalanayotgan axborot texnologiyalari orqali ularga ta'sir ko'rsatayotgan turli salbiy omillardan himoya qilishda estetik tarbiya vositalaridan foydalanish ya'ni har bir narsadan go'zallik, ulug'vorlik izlash zarur. Globallashuv sharoitida yoshlarimizning mafkuraviy va siyosiy faolligini yuksaltirish muhim ahamiyatga ega. Biroq, bu o'z-o'zidan ro'y beradigan jarayon emas, ayniqsa, mafkuraviy tahdid va xurujlar avj olgan hozirgi paytda yoshlarni estetik tarbiyalash, ularda estetik didni shakllantirish yordamida bu holatlarni oldini olishga erishish mumkin.

O'zbekistonning kelajagi, uning istiqboli, birinchi navbatda yoshlar tarbiyasiga, ularni sog'lom qilib o'stirishga, milliy g'oya, milliy mafkura va o'z vataniga sadoqat ruhida tarbiyalashga bog'liq bo'lib, bu murakkab jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish mustaqil mamlakatning eng dolzarb vazifalaridan biridir.

Bugunki kunda butun dunyoda estetik qadriyatlarga bo'lgan munosabatning o'zgarib borayotganligi va bu holatning O'zbekiston yoshlariga ham ta'sir etayotganligi bu masalaga jiddiy e'tibor qaratish zarurligini ko'rsatadi. Hozirda bizning hududimizga kirib kelayotgan "Ommaviy madaniyat" ko'rinishlarining yoshlar estetik didiga ta'sirini oldini olish uchun ham estetik tarbiya masalalariga e'tibor qaratish zaruratini keltirib chiqaradi. "Ommaviy madaniyat" o'z navbatida mafkuraviy, informatsion, iqtisodiy qadriyatlardan foydalangan xolda o'ziga xos muomala va muloqot madaniyatini ham targ'ib qiladi. Buni biz bugungi kunda yoshlar orasida ko'rishishdagi "boshni boshqa suqishtirish", imo-ishora, o'zaro muloqotning "kurakda turmaydigan so'zlar"ga tayanilishi orqali ko'rib guvohi bo'lmoqdamiz.

"Ommaviy madaniyat"ning asl maqsadi har kuyga solish mumkin bo'lgan olomonni shakllantirish bo'lgani bois, u ma'naviy oziq beradigan, badiiy yuksak, o'quvchini mushohadaga undab, tasavvur olamini kengayishiga xizmat qiladigan

489

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan — 2030 Strategy: to Realize Human Potential

asarlarni yaqiniga yo'latmaydi. Shuning uchun "ommaviy madaniyat" namunalari badiiy-estetik qimmatga ega emas.

Shunday ekan biz yoshlarimizni bizga mutlaqo yod bo'lgan axloqiy buzuqlik va zo'ravonliklardan himoya qilish uchun ham ularni nafosatli tarbiyalashimiz, estetik tarbiyaning estetik ravnaq, estetik ehtiyoj va estetik did bilan dialektik aloqadorligi masalalarini, haqiqiy badiy asar bilan sohta hech qanday ahamiyatga ega bo'lmagan asarni farqlay olish xususiyatini, hamda sport va uning ma'naviy - estetik jihatlari, sport estetikasining zamonaviy ahamiyati masalalarida qanday o'z aksini topishini o'rgatishimiz zarur. Inson tanasi va turmush tarzini go'zallashtirishda sportning ta'sirini anglash aynan bu masalalarni yoritish go'zal hulqli, yuksak didli yoshlarni tarbiyalashda juda ahamiyatli.

REFERENCES

1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - engilmas kuch. T.: Ma'naviyat. 2008.

2. Лановенко О.П. Художественное воспитание. Киев. Наукаво думка. 1987.

3. Nurmatova M. Shaxs kamolotida axloqiy va estetik qadriyatlar uyg'unligi. /Monografiya. T.: Universitet. 2009.

4. Estetik tarbiya asoslari. -T.: 0'qituvchi.2001

5. G'aybullaev O. Shaxs ma'naviy kamoloti va estetik madaniyat /Monografiya. T.: Chashma print. 2008

6. Sobirovich, Z. F. (2023). Implementating Modern Educational and Information Technologies Into the Higher Educational Process. Central Asian Journal of Social Sciences and History, 4(9), 168-171.

7. Sobirovich, Z. F. (2023). Conceptual Foundations of Teaching History. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 2(2), 171-174.

490

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.