Научная статья на тему 'GLOBALLASHUV DAVRIDA BARQAROR TARAQQIYOTNI TA’MINLASHDA BAG‘RIKENGLIKNING O‘RNI'

GLOBALLASHUV DAVRIDA BARQAROR TARAQQIYOTNI TA’MINLASHDA BAG‘RIKENGLIKNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
43
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xoliqov Yunus Ortiqovich

Insoniyatning ijtimoiy taraqqiyot jarayonida yoshlar tarbiyasiga doimo e’tibor qaratib kelingan. Bunda xalqning asarlar davomida shakllangan bag‘rikenglik madaniyati va milliy merosi o‘ziga xos mafkuraviy qarashlar asosida xilma-xillik kasb etib kelgan. Mana shunday jarayonlar kishilik jamiyati rivojida globallashuv uchun xizmat qilib kelgan. Bu borada Forobiy o‘zining fikrlarini bayon etar ekan, “Inson barcha zarur narsalarni bir o‘zi hosil qila olmaydi, bularni topish uchun u turli kasbdagi odamlarning xizmatiga ehtiyoj sezadi. Boshqa insonlar ham shunday holatda bo‘ladilar. Insonlar o‘z ehtiyojlarini qondirish va kamol topish uchun jamoaga va jamiyatga birlashuvlari zarur bo‘ladi”, deydi. Demak, mana shunday falsafiy dunyoqarash negizida birlashish globallashuv uchun keng imkoniyatlar yaratib, yoshlarning bag‘rikenglik madaniyati rivojiga xizmat qiladigan milliy tafakkur va ma’naviy-mafkuraviy mexanizmlar shakllanishiga olib keladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GLOBALLASHUV DAVRIDA BARQAROR TARAQQIYOTNI TA’MINLASHDA BAG‘RIKENGLIKNING O‘RNI»

GLOBALLASHUV DAVRIDA BARQAROR TARAQQIYOTNI TA'MINLASHDA

BAG'RIKENGLIKNING O'RNI Xoliqov Yunus Ortiqovich

Samarqand davlat chet tillar institute Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), xoliqov-yu@mail.ru, Tel: (+998 93) 997-64-42 https://doi.org/10.5281/zenodo.10820683 Insoniyatning ijtimoiy taraqqiyot jarayonida yoshlar tarbiyasiga doimo e'tibor qaratib kelingan. Bunda xalqning asarlar davomida shakllangan bag'rikenglik madaniyati va milliy merosi o'ziga xos mafkuraviy qarashlar asosida xilma-xillik kasb etib kelgan. Mana shunday jarayonlar kishilik jamiyati rivojida globallashuv uchun xizmat qilib kelgan. Bu borada Forobiy o'zining fikrlarini bayon etar ekan, "Inson barcha zarur narsalarni bir o'zi hosil qila olmaydi, bularni topish uchun u turli kasbdagi odamlarning xizmatiga ehtiyoj sezadi. Boshqa insonlar ham shunday holatda bo'ladilar. Insonlar o'z ehtiyojlarini qondirish va kamol topish uchun jamoaga va jamiyatga birlashuvlari zarur bo'ladi", deydi. Demak, mana shunday falsafiy dunyoqarash negizida birlashish globallashuv uchun keng imkoniyatlar yaratib, yoshlarning bag'rikenglik madaniyati rivojiga xizmat qiladigan milliy tafakkur va ma'naviy-mafkuraviy mexanizmlar shakllanishiga olib keladi.

Jahonda turli millat vakillarining bir mamlakatda tinch-totuv yashashlari, umuminsoniy bag'rikenglik tamoyillarini rivojlantirishga intilishlari yangi asrga xos xususiyatdir. Biroq, madaniyatning notekis rivojlanish qonuniyatiga ko'ra ayrim jamiyatlarda madaniyat omili yetarlicha namoyon bo'lmayotganligi tufayli ularda mavjud siyosiy hokimiyatga qarshi turli destruktiv harakatlar vujudga kelib, bu boshqa xalqlar va davlatlarning barqarorligi hamda taraqqiyotiga ham o'z ta'sirini o'tkazmoqda. Mazkur holat yoshlar madaniyatining real va potensial imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, ularning bag'rikenglik madaniyatini rivojlantirish bilan bog'liq ehtiyojlarni vujudga keltirmoqda.

Bag'rikenglik madaniyatini shakllantirishda axloqiy qadriyatlar uyg'unligi, uning global xususiyatlarini tadqiq etish bo'yicha ilmiy-nazariy izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, insonning ma'naviy kamoloti va bag'rikenglikning uyg'un jihatlari, bag'rikenglik madaniyatining shakllanish tendensiyalari, bag'rikenglikning umuminsoniy qadriyat sifatida yoshlar faoliyatida namoyon bo'lishiga oid tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan aholi, ayniqsa yoshlarni tarbiyalashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, yoshlarning bag'rikenglik madaniyatining mezonlari, me'yorlari va tamoyillarini aniqlash, bu muammoga axloqiy tamoyillar bilan tizimli yondashuv asosida ilmiy va amaliy jihatdan tadqiq etish obyektiv zaruriyat bo'lib qolmoqda. "Bunda umuminsoniyatning obyektiv ehtiyojlaridan kelib chiqib, jamiyat ijtimoiy manfaatlari umumiyligiga, demokratik va gumanistik tamoyillariga asoslangan "erkin globallashuv" va muayyan manfaatlarga mos harbiy yoki siyosiy vositalarni qo'llash natijasi bo'lgan "majburiy globallashuv", uning mazmun- mohiyatini konkretlashtirgan va oqibatlari xarakterini belgilab bergan".

Globallashuv obyektiv jarayon hisoblanadi, u bizning xohish va irodamizga bog'liq bo'lmagan holda kechadi. Ayni paytda, u inson tafakkuri taraqqiyotining mahsulotlari sifatida yaratilgan ilm, fan, texnika va texnologiyalar vositasida jahon taraqqiyotini tezlashtirmoqda. Islom Karimov ta'kidlaganlaridek, "... ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizida uyg'unlashuvi, sivilizasiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi,

ekologik ofatlar paytida o'zaro yordam ko'rsatish imkoniyatlarining ortishi - tabiiyki, bularning barchasiga globallashuv tufayli erishilmoqda". Lekin bunday global jarayondan o'z maqsadlari yo'lida taraqqiy qilgan mamlakatlar ustuvorlikka erishish uchun foydalanmoqdalar. Bu esa, o'z mustaqilligini qo'lga kiritgan yoki kam taraqqiy qilgan mamlakatlarning ularga nafaqat iqtisodiy, balki ma'naviy jihatdan ham qaram bo'lib qolish xavfini yuzaga keltirmoqda. Shu ma'noda, globallashuv yuzaga keltirayotgan salbiy oqibatlarning oldini olishga qaratilgan nazariy xulosalarni ishlab chiqishga zaruriyat kuchaymoqda.

Turli dunyoqarashlar, madaniy urf-odatlar vakillarining ziddiyatsiz va uyg'un hayot kechirish usullari va vositalarini izlash hamda qo'llash mavzusi har doim faylasuflar, madaniyatshunoslar, sosiologlar, dinshunoslar, psixologlar, siyosiy, jamoat va din arboblarining e'tiborini tortib kelgan. Bag'rikenglik ana shunday dolzarb masala hisoblanadi.

Bag'rikenglik insonparvarlik qadriyatlari, fanatizm va shovinizmning turli shakllari o'rtasidagi qarama-qarshilik sifatida Yevropa falsafasi tarixida mavjud bo'lgan. Jumladan, D.Lokk tolerantlikni talqin qilishda liberal yondashuvni ta'kidlagan. Uning "Bag'rikenglik to'g'risida" risolasini, shuningdek, I.Kantning "Abadiy tinchlikka" asarini, L.N.Tolstoyning "Vatanparvarlik yoki tinchlik" asarini alohida qayd etish mumkin.

Bugungi kunda globallashuv natijasida ma'naviy tahdidlar ko'lami va ta'sir etish doiralari kengayib bormoqda. Oqibatda, jamiyat qadriyatlari va tartibotlari barbod bo'lishida globallashuv yetakchi omilga aylanib bormoqda. Bir qarashda, globallashuv jarayonida demokratiya, universallashuv kabi bag'rikenglik tamoyillari ustuvorlik kasb etsada, boshqa bir tomondan, bu tamoyillarga tamoman teskari bo'lgan, fanatizm, shovinizm va millatchilik illatlari ham tarqalmoqda. Bunday illatlarni tarqatuvchi manipulyator targ'ibotchilar globallashuv ne'matlari (internet, ijtimoiy tarmoqlar)dan samarali foydalanib o'z g'oyalarini yoymoqdalar.

Shu nuqtai nazardanyoshlarimizning ma'naviy ehtiyojlarini ajdodlarimizdan qoldirilgan ma'naviy meroslari bilan boyitib borish, milliy ma'naviyatimizni tashqaridan bo'layotgan yot va zararli tahdidlardan himoyalash hamda boy ma'naviy merosimizni ular dunyoqarashining ajralmas qismiga aylantirish milliy taraqqiyotimiz yo'lidagi dolzarb vazifalardan biridir.

Bugun dunyo ko'plab xavf-xatarlarga duch kelmoqda - an'anaviy va yangi, shu bilan birga, siyosiy radikalizm xafidir. "Tinchlik, tolerantliksiz taraqqiyot va demokratiya esa tinchliksiz rivojlanishi mumkin emas".

Bugungi kunda tolerantlik va intolerantlik siyosat bilan bevosita bog'liq. Intolerantlik tinchlik, xavfsizlikka tahdid sifatida ko'rilmoqda. Shu sababli, inson huquqlari faollari tolerantlik tushunchasini birinchi navbatda irqchilik va irqiy kamsitishlarni engib o'tish deb targ'ib qiladilar va tolerantlikka bunday yondashuv murosasizlikning boshqa shakllarini e'tiborsiz qoldirishni anglatmaydi, deb hisoblaydilar. Ularning fikriga ko'ra, zamonaviy dunyoda intolerantlikning eng ko'p tarqalgan turlari bu - irqiy, rang, ijtimoiy kelib chiqishi, milliy yoki etnik kelib chiqishi belgilariga qarab kamsitilgan.

Bu, tolerantlikni targ'ib qilishning eng samarali mexanizmi boshqa madaniyatlarni o'rganish hisoblanadi. Aksariyat xalqaro ta'lim dasturlari shu masalaga qaratilgan. Bugungi kunda, ta'limning an'anaviy asoslarini o'ylab, shaxsni ijtimoiylashtirish uchun sharoit yaratish sohasida davlat siyosati aniqlandi. Ta'lim sohasidagi siyosat va ta'lim dasturlari o'zaro tushunishni yaxshilashga ham shaxslar, ham etnik, diniy, ijtimoiy, madaniy va til guruhlari, shuningdek millatlar o'rtasidagi munosabatlarda o'zaro hamjihatlik va tolerantlikni mustahkamlashga hissa qo'shishi kerak. Bu shuni anglatadiki, erkinlik, inson qadr-qimmatini hurmat qila oladigan boshqa

madaniyatlarni anglashga tayyor bo'lgan sezgir va mas'uliyatli fuqarolarni tarbiyalash maqsadida pedagogik tayyorgarlik darajasini, o'quv dasturlarini, darsliklar va darslar mazmunini, boshqa o'quv materiallarini, shu jumladan, yangi ta'lim texnologiyalarini takomillashtirishga alohida e'tibor qaratish.

Xulosa qilib aytganda jahon hamjamiyati globallashuv jarayonida bag'rikenglik madaniyati obyektiv ravishda jamiyatni modernizasiya qilish jarayonlarini rivojlantirish uchun zarur asosga aylanmoqda. Falsafiy tadqiqotlar nuqtai nazaridan u o'zgalarga nisbatan ijobiy, hattoki, rag'batlantiruvchi munosabat madaniyatini, aniqrog'i, uni to'liq rad etish va to'liq qabul qilish o'rtasidagi ma'nolarning butun spektrini qamrab olgan "boshqa" uchun kommunikativ ochiqlik madaniyatini anglatadi.

Bag'rikenglik madaniyati zamonaviylashib borayotgan ko'p madaniyatli jamiyatda bag'rikenglik, tinchlik va totuvlik tamoyillarini faol rivojlantirish va amalga oshirishni o'z ichiga oladi. So'nggi o'n yilliklarda "bag'rikenglik madaniyati" tushunchasidan tobora ko'proq foydalanilmoqda. Bu nafaqat o'tmish va hozirgi davrning ko'plab taniqli mutafakkirlarining idealini, balki turli sohalarda va insoniy munosabatlarning turli darajalarida murosaga asoslangan haqiqatni aks ettiradi. Ana shunday murosaviy muhit shakllanishiga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Форобий А.Н. Фозил одамлар шахри. -Тошкент, Янги асар авлоди, 2018. 238-бет.

2. Кодиров Н.М. Ахборот медиамаданияти трансформацияси ва глобаллашуви.// НамДУ илмий ахборотномаси 2019 йил 12-сон, 87-бет.

3. Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. -Тошкент: «Маънавият» 2008. - Б. 112.

4. Ищенко Ю.А. Толерантность как философско-мировоззренческая проблема / Ю.А. Ищенко // Философская и социологическая мысль. - 1990. - № 4. - С. 48-60.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.