Научная статья на тему 'TINCHLIK MADANIYATI BARQARORLIKNI TA’MINLASHNING MUHIM OMILI'

TINCHLIK MADANIYATI BARQARORLIKNI TA’MINLASHNING MUHIM OMILI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
345
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tinchlik madaniyati / barqarorlik / bag’rikenglik / tolerantlik madaniyati / insonparvarlik / urush madaniyati / preventiv diplomatiya / ijtimoiy hamkorlik. / Culture of peace / stability / tolerance / culture of tolerance / humanitarianism / culture of war / preventive diplomacy / social cooperation.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Baymatov, Alisher Kaxramonovich

Hozirgi globallashuv jarayonlari shiddat bilan kechayotgan murakkab davrda insonlar o’rtasida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash o’ta muhim masalaga aylanib bormoqda. Insonlar ongida sodir bo’layotgan g’oyaviy va mafkuraviy xurujlar ta’siriga tushub qolishi, buning asosiy sababidir. Buni oldini olish uchun esa insonlar ongida tinchlik madaniyatini shakllantirish kerak deb o’ylaymiz. Tinchlik madaniyati globallashuv va axborotlashuv davrida eng muhim masala bo’lib, barcha mamlakatlarning iqtisodiyoti tinchlik va barqarorlik g’oyasi ustiga qurilgan hamda bu fuqarolar qalbi va ongida vatanparvarlik tuyg’usi rivojlanishini talab qiladi. Maqolamizda tinchlik madaniyatining mazmun-mohiyati, hayotimizda tutgan o’rni va uni shakllantirish usullari to’g’risida fikr-mulohazalar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A CULTURE OF PEACE IS AN IMPORTANT FACTOR FOR ENSURING STABILITY

Ensuring peace and stability among people is becoming a very important issue in the complex era of the current globalization processes. The main reason for this is that people's minds are affected by ideological and ideological attacks. In order to prevent this, we think that it is necessary to create a culture of peace in people's minds. The culture of peace is the most important issue in the era of globalization and information, the economy of all countries is built on the idea of peace and stability, and it requires the development of a sense of patriotism in the hearts and minds of citizens. Our article discusses the essence of the culture of peace, its place in our lives, and the methods of its formation.

Текст научной работы на тему «TINCHLIK MADANIYATI BARQARORLIKNI TA’MINLASHNING MUHIM OMILI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

TINCHLIK MADANIYATI - BARQARORLIKNI TA'MINLASHNING

MUHIM OMILI

Baymatov Alisher Kaxramonovich

Termiz Davlat Pedagogika Instituti "Falsafa va ma'naviyat asoslari" kafedrasi o'qituvchisi E-mail: alisher@terdupi.uz

Hozirgi globallashuv jarayonlari shiddat bilan kechayotgan murakkab davrda insonlar o 'rtasida tinchlik va barqarorlikni ta 'minlash o 'ta muhim masalaga aylanib bormoqda. Insonlar ongida sodir bo'layotgan g'oyaviy va mafkuraviy xurujlar ta'siriga tushub qolishi, buning asosiy sababidir. Buni oldini olish uchun esa insonlar ongida tinchlik madaniyatini shakllantirish kerak deb o 'ylaymiz. Tinchlik madaniyati globallashuv va axborotlashuv davrida eng muhim masala bo 'lib, barcha mamlakatlarning iqtisodiyoti tinchlik va barqarorlik g'oyasi ustiga qurilgan hamda bu fuqarolar qalbi va ongida vatanparvarlik tuyg'usi rivojlanishini talab qiladi. Maqolamizda tinchlik madaniyatining mazmun-mohiyati, hayotimizda tutgan o 'rni va uni shakllantirish usullari to'g'risidafikr-mulohazalaryuritilgan.

Kalit so'zlar:Tinchlik madaniyati, barqarorlik, bag'rikenglik, tolerantlik madaniyati, insonparvarlik, urush madaniyati, preventiv diplomatiya, ijtimoiy hamkorlik.

Обеспечение мира и стабильности между людьми становится очень важным вопросом в сложную эпоху нынешних процессов глобализации. Основная причина этого в том, что сознание людей подвержено идеологическим и идеологическим атакам. Чтобы этого не допустить, мы считаем, что необходимо создать в сознании людей культуру мира. Культура мира является важнейшим вопросом в эпоху глобализации и информации, экономика всех стран строится на идее мира и стабильности, и требует развития чувства патриотизма в сердцах и умах людей. В нашей статье рассматривается сущность культуры мира, ее место в нашей жизни и методы ее формирования.

Ключевые слова: культура мира, стабильность, толерантность, культура толерантности, гуманизм, культура войны, превентивная дипломатия, социальное сотрудничество.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

ABSTRACT

Ensuring peace and stability among people is becoming a very important issue in the complex era of the current globalization processes. The main reason for this is that people's minds are affected by ideological and ideological attacks. In order to prevent this, we think that it is necessary to create a culture of peace in people's minds. The culture of peace is the most important issue in the era of globalization and information, the economy of all countries is built on the idea of peace and stability, and it requires the development of a sense of patriotism in the hearts and minds of citizens. Our article discusses the essence of the culture ofpeace, its place in our lives, and the methods of its formation.

Key words: Culture of peace, stability, tolerance, culture of tolerance, humanitarianism, culture of war, preventive diplomacy, social cooperation.

KIRISH

Hozirgi kundagi murakkab xalqaro va mintaqaviy ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot muammolari orasida davlatlararo, millatlararo, dinlararo o'zaro fuqarolik munosabatlarini tartibga keltirish, o'zaro hamkorlikni mustahkamlash o'ta dolzarb ijtimoiy-siyosiy masalaga aylanib qoldi. Bugun jahon hamjamiyatining asosiy e'tibori tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlash bo'lib, shu bois, dunyoviy o'zgarishlar xususiyatlari, xavfsizlik mexanizmlari, umuminsoniy manfaatlarning ustuvorligi, ma'rifat, diniy bag'rikenglik, barqaror taraqqiyot kabi omillarga alohida e'tibor berilmoqda.

Mamlakatimizda ham tinchlik va barqarorlikni, millatlararo totuvlik, diniy bag'rikenglikni, fuqarolar o'rtasida o'zaro hurmatni mustahkamlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2022-yil 28-yanvarda qabul qilingan "2022-2026 yillarda mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi" PF-60-sonli farmonining V-Ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga ko'tarish yo'nalishida aynan shu masalalarga katta e'tibor qaratiladi. Hech shubhasiz, bu bizning zaminimizda tinchlik va osoyishtalikning mustahkam kafolati, xalqimizning bunyodkorlik salohiyatini, uning ertangi kunga bo'lgan ishonchini oshirishning asosi bo'lib xizmat qilmoqda.1

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD

Tinchlik madaniyati bu, tenglik, adolat, demokratiya, inson huquqlari, bag'rikenglik va hamjihatlik tamoyillariga asoslangan shuningdek, birgalikda yashash va baham ko'rishni qo'llab-quvvatlaydigan madaniyatdir.

1 Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T.: O'zbekiston, 2021. - B. 305.

460

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Amerikalik sotsiolog Elis Boulding o'zining " Tinchlik va konflikt tatqiqotlar asoslari" asarida tinchlik madaniyatini " Eng oddiy sharoitlarda tinchlik madaniyati, tinchlik xilma-xilligini rag'batlantiradigan madaniyatdir. Bunday madaniyat o'zaro munosabatlarga va farovonlikka yordam beradigan taraqqiyot, e'tiqod namunalari, qadriyatlar, xatti-harakatlar va korporativ tuzilmalarni o'z ichiga oladi, bu farqni baholash, boshqarishni va resurslarni adolatli almashishni o'z ichiga oladi.... Insoniyatning turli-tumanliklarida o'zaro birdamlik tuyg'usini, shuningdek, tirik mavjudot bilan yaqin munosabatlarni anglatadi" deb ta'riflaydi. Tinchlik madaniyati va barqarorlik haqida rus olimi A.N.Samarinning asarlarida shuningdek, V. Alimasovning " Tinchlik madaniyati va global muammolar", Mannopov X va Ahmadaliyev A larning "Yoshlarda tinchlik madaniyatini shakllantirishning falsafiy mazmun-mohiyati" nomli maqolalarida fikr-mulohazalar yuritilgan.

"Tinchlik madaniyati" tushunchasi aksariyat hollarda boshqa ijtimoiy-falsafiy tushunchalar bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Shuning uchun ham ayrim tadqiqotchilar, masalan, Rossiyalik A.N.Samarin fikricha, "Tinchlik madaniyati va urush madaniyati quyidagi belgilarga ko'ra farqlanadi: davlatda tinchlik madaniyati o'zgacha fikrlashga qarshilik va har qanday qarshilik har xillikning bostirilishi bilan harakterlanadi"2.

MUHOKAMA ( ОБСУЖДЕНИЕ / DISCUSSION )

Kishilik jamiyatining rangbaranglik olamida birga yashash uchun aloqalar xalqlararo zaruriyat bo'lsa, alohida olingan bir davlatda turli millat va dinlarga e'tiqod qiluvchilar orasida ijtimoiy hamkorlikni o'rnatish jamiyat taraqqiyot kafolatidir. Shu ma'noda tolerantlik madaniyatini shakllantirish bobida jahon hamjamiyati bir qator sa'y-harakatlarni faol amalga oshirmoqda. 1995-yil YUNESKO tomonidan «Bag'rikenglik tamoyillari» Deklaratsiyasini qabul qilinishi, MDH va boshqa davlatlarda tolerantlik milliy institutlari tashkil etilishi va milliy dasturlar qabul qilinishi kabilar fikrimizning dalilidir3.

Darhaqiqat, tolerantlik madaniyati eng zamonaviy umumbashariy muammo bo'lib demokratik jamiyatning yashash mezoni, ma'rifiyligini belgilovchi omildir. Davlatlar va ularning turli irq, millat, din va kasb-korlarga ega fuqarolari o'rtasida ijtimoiy adolat, qonun ustuvorligi asosida har biriga munosib turmush shart-sharoitlarini ta'minlash kundan-kunga og'irlashib bormoqda. Shu boisdan

2Самарин А.Н. Культура мира как открытый междисциплинарный проект / А.Н.Самарин // Конфликтология. Теория и практика. -М.:СПб., 2005. №1. -С.13-21.

3 Bag'rikengИk tamoyШari deklaratsiyasi // Demokratlashtirish va теоп huquqlari. -2004, -№1, -B. 7

461

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Deklaratsiyada bag'rikenglikka "...bizning dunyomizdagi turli madaniyatlarni, o'zini ifodalash va insonning alohidaligini namoyon qilishning xilma- xil usullarini hurmat qilish, qabul qilish va to'g'ri tushunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hur fikr, vijdon va e'tiqod vujudga keltiradi. Bag'rikenglik turli tumanlikdagi birlikdir. Bu faqat ma'naviy burchgina emas, balki siyosiy va huquqiy ehtiyoj hamdir. Bag'rikenglik- tinchlikka erishishni musharraf qilguvchi va urush madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga eltuvchidir."4- deb tariflanadi.

Tinchlik madaniyatining madaniyatning boshqa turlaridan farq qiladigan jihati uning har qanday faoliyatning diqqat markazida bo'lishidadir, ya'ni, siyosat, boshqaruv va hakozo. Bunday mamlakatda madaniy yoki diniy xilma-xilliklarga tolerant munosabat hukmron bo'ladi. Bugungi kunda turli millatlar va diniy e'tiqoddagi odamlar o'rtasida tolerant munosabatlarni rivojlantirish dolzarb masala hisoblanadi.

Bizning fikrimizcha, quyidagi tamoyillardan kelib chiqqan holda bu masalani hal etish mumkin:

Muloqot va uqtirish vositasi sifatida zo'ravonlik, agressiyadan voz kechish tamoyili;

Majburlamaslik tamoyil, boshqalarga emas o'ziga talabchan bo'lish tamoyil. Har bir inson shu tamoyillarga amal qilmog'i shart. Oddiy hayotni kuzatadigan bo'lsak ba'zi insonlar adolatliligi, rostgo'yligi, hurmati, turli odamlarga sabrliligi tufayli ilg'or odamga aylanmoqda. Xuddi shunday fazilatlarga ega bo'lgan, umuman inson shaxsini hurmat qiladigan har qanday inson jamiyatda qadrlanadi. Bulardan ma'lum bo'ladiki, har bir mamlakat bosim o'tkazishni emas, boshqa odamlarning fikriga hurmat bilan qarashi va alohida shaxsning zo'ravonlik qilmasligi jahon madaniyatini qayta o'zgartirishi ham mumkin. Shu jihatdan olganda, tinchlik madaniyatiga yangi paradigma, ijtimoiy voqelik sifatida qarash, uning ichki tarkibiy qismlari, ijtimoiy funksiyalari, milliy va umuminsoniy jihatlarni o'r ganishni taqozo etadi.

Tinchlik madaniyati atamasini ilm-fanga olib kirgan YUNESKOning sobiq Bosh kotibi Ferediriko Mayor fikriga ko'ra, "Tinchlik madaniyati" o'ziga xos ijtimoiy hodisa bo'lib zamonaviy taraqqiyotning ayrim tomonlarini aks ettiradi. Tinchlik madaniyati etnoslar, millatlar va qit'alar o'rtasida o'zaro hamkorlikka, integratsiyaga xizmat qiladi, bu jarayonlarni amalga oshirishni ta'minlaydi. Inson

4 Bag'rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi // Demokratlashtirish va inson huquqlari. -2004, -№1, -B. 7

462

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

huquqlarini kamsitishga, rassizmga qarshi birlashish da'vati tinchlik madaniyatining mohiyatini tashkil qiladi.5

Tinchlik madaniyatini tadqiq etishda turli yondoshuvlar mavjud: Siyosiy, tarixiy, falsafiy, sotsiologik, aksiologik, funksional, didaktik, semiotik, antropologik va gumanistik yondashuvlar. Ushbu yondoshuvlarning har biri o'ziga xos ma'no-mazmunga ega bo'lsa-da, ularga xos umumiylik tinchlikparvarlik tamoyili doirasida yorqin namoyon bo'ladi.

Xalqaro huquqda ham "tinchlik madaniyati" degan atama ko'p ishlatiladi. Buning ma'no-mazmuni, xususan:

• mamlakatda urushga yo'l qo'ymaslik;

• davlatlararo nizo va mojarolarni siyosiy vositalar bilan hal etish;

• ichki siyosatda turli kelishmovchiliklarni tinchlik yo'li bilan bartaraf qilish;

• inson huquqi va qonun ustuvorligini ta'minlash, deganidir.

Tinchlik madaniyatining umumbashariy omillarining namunasi sifatida jamiyat va inson manfaatlariga xizmat qiluvchi Greenpeas tabiatni ifloslanishdan himoyalovchi ijtimoiy tashkilot faoliyatini keltirsa bo'ladi. Shuningdek, dunyo miqyosida amalga oshirilayotgan ocharchilik, qashshoqlik yoki kasalliklarni bartaraf qilishdagi fidoyilik, sog'liqni saqlash, sanoat, fan-ta'lim soha mutaxassislari tinchlikparvar siyosatining ijtimoiy maqsadlarga yo'naltirilishi ham bunga misol bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev "Bag'rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va fuqarolararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni shu asosda, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash davlatimiz siyosatining muhim ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylangan"6, - deb yozadi.

O'zbekistonning mustaqilligini mustahkamlash, rivojlantirish, tinchlik va barqarorlik ta'minlash yo'lida preventiv diplomatiya qo'llash orqali urush madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga o'tish shart-sharoitini yaratish uchun quyidagi omillarga e'tibor qaratish lozim.

birinchidan, ozodlik, adolat va demokratiya tamoyillariga asoslangan do'stona va ittifoq madaniyatiga erishish;

5 Alimasov V. Tinchlik madaniyati va uning global muammolari // Mustaqil O'zbekiston: Falsafa fanlarining dolzarb muammolari (ma'ruzalarning qisqacha matnlari 2002 yil 5 iyun). Respublika VIII ilmiy-nazariy konferentsiyasi. - T.: I.Mo'minov nomidagi Falsafa va huquq instituti, 2002. -B.38.

6 Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T.: O'zbekiston, 2021. - B.306

463

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ikkinchidan, zo'rovonlikni qaytaruvchi va turli nizolar paydo bo'lganida, uni bartaraf etishga chorlaydigan, muammolarni muloqot yoki muzokaralar yo'li bilan hal etuvchi madaniyatni ta'minlash;

uchinchidan, o'z jamiyatining ichki rivojida uning barcha huquqini, har kishining to'la miqyosda bor imkoniyatlarini amalga oshirishda to'liq ishtirokini ta'minlovchi madaniyatga erishish kabi ilg'or g'oyalarni qo'llab-quvvatlash kerak.

XULOSA (ЗАКЛЮЧЕНИЕ / CONCLUSION)

Tinchlik madaniyati deganda, mamlakat boshqaruvida xalq ishtirok etishi, demokratiya tamoyillarining hukmronligi ayniqsa inson va fuqaro huquqlarining tan olinishi va ularni real amalga oshirilishi, siyosiy va g'oyaviy plyuralizm, ijtimoiy-siyosiy tashkilot va odamlarning hukumatga ta'sir etishining real imkoniyati tushuniladi. Tinchlik madaniyati bu yuksak ijtimoiy-siyosiy va insonparvar tamoyillaridan biri, urushlarga yo'l qo'ymaslik, davlatlararo nizo va mojarolarni, mamlakat ichidagi kelishmovchiliklarni tinchlik yo'li bilan hal qilish, inson huquqi va qonun ustuvorligini ta'minlashga oid integral madaniy hodisadir. Hozirgi kunda dunyo miqyosida tinchlik va barqarorlikni qaror toptirish uchun, avvalo, qonli mojarolarga barham berish, tolerantlik va totuvlikni qaror toptirish, madaniy meros, osori-atiqalar, urf-odatlarni asrab avaylash, dunyo xalqlarining ilmfan yutuqlaridan birdek bahramand bo'lishiga erishish zarur. Bunday madaniy o'zgarishlar tizimida tinchlik madaniyati o'ziga xos o'rinni egallaydi; hozirgi kunda har qanday davlatni aynan tinchlik madaniyati mezoni orqali qaysi taraqqiyot pog'onasida turganini va qayerga borayotganini bilish mumkin.

Tinchlik madaniyati bu atrof muhitga bog'langanlik demakdir. Ya'ni, mahalla hududini, uyingiz oldidagi yerlaringizni, jamoat joylarini farovonlashtirishda ishtirok etayotgan bo'lsangiz - tinchlik madaniyati yo'nalishida hayot kechirmoqdasiz.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T.: O'zbekiston, 2021. -

2. Bag'rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi // Demokratlashtirish va inson huquqlari. -2004, -№1, -B. 7

3. Alimasov V. Tinchlik madaniyati va uning global muammolari // Mustaqil O'zbekiston: Falsafa fanlarining dolzarb muammolari (ma'ruzalaming qisqacha matnlari 2002 yil 5 iyun). Respublika VIII ilmiy-nazariy konferentsiyasi. - T.: I.Mo'minov nomidagi Falsafa va huquq instituti, 2002. -B.38.

B.306

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

4. Самарин А.Н. Культура мира как открытый междисциплинарный проект / А.Н.Самарин // Конфликтология. Теория и практика. -М.:СПб., 2005. №1. -

5. Mustafayev, U. U. (2021). YANGI O 'ZBEKISTON: QADRIYATLAR VA FALSAFIY FANLARNING DOLZARB MUAMMOLARI BO 'YICHA AYRIM MULOHAZALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, i(10), 568-577.

6. Rasulov Hakim Mamanovich. Ma'naviy targ'ibotda ilg'or xorijiy tajribalar. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences jurnali.

С.13-21.

2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.