Научная статья на тему 'GLOBALASHUV VA IQLIM O‘ZGARISH DAVRIDA QISHLOQ XO‘JALIGIDA GULCHILIKNI RIVOJLANTIRISH'

GLOBALASHUV VA IQLIM O‘ZGARISH DAVRIDA QISHLOQ XO‘JALIGIDA GULCHILIKNI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Nurmatova Dilola Dilshod Qizi

Maqolada gulchilikni globalshuv va iqlim o’zgarish davrida kutilayotgan muomolar va yechimlari va gulchilikning tarixi keltirilgan. Shuningdek, dunyoda gul bozorining rivojlanish tendensiyalari keltirilgan hamda mamlatimizda gulchilikni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati bo‘yicha fikr mulohazalar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GLOBALASHUV VA IQLIM O‘ZGARISH DAVRIDA QISHLOQ XO‘JALIGIDA GULCHILIKNI RIVOJLANTIRISH»

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

GLOBALASHUV VA IQLIM O'ZGARISH DAVRIDA QISHLOQ XO'JALIGIDA GULCHILIKNI RIVOJLANTIRISH

Nurmatova Dilola Dilshod qizi

Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi sohasida strategic rivojlanishish va tadqiqotlar xalqaro markazi

1-kurs tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11402085

Annotatsiya. Maqolada gulchilikni globalshuv va iqlim o'zgarish davrida kutilayotgan muomolar va yechimlari va gulchilikning tarixi keltirilgan. Shuningdek, dunyoda gul bozorining rivojlanish tendensiyalari keltirilgan hamda mamlatimizda gulchilikni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati bo'yicha fikr mulohazalar bayon etilgan.

Аннотация. В статье представлены проблемы и пути решения цветоводства в эпоху глобализации и изменения климата, а также история цветоводства. Также представлены тенденции развития цветочного рынка в мире и представлены мнения о социально-экономической значимости развития цветоводства в нашей стране.

Abstract. The article presents the problems and solutions to floriculture in the era of globalization and climate change, as well as the history of floriculture. Trends in the development of the flower market in the world are also presented and opinions are presented on the socioeconomic significance of the development offloriculture in our country.

Ma'lumki, butun dunyo bo'ylab iqlim o'zgarishi hamda globalashuv jadalashib bormoqda. Bunda flora va faunaga katta zarar yetqazilmoqda. Hamda oziq- ovqat masalalari, aholiga toza va zararsiz oziq-ovqat mahsulotlarini yetqazish ularni taminlash yildan yilga muomoga aylanib bormoqda. Qishloq xo'j aligida gulchilik sohalarida ham bu muomolar bora bora bilinib bormoqda, bundan asalarichilarga ham bir qancha qiyinchiliklar tug'dirmoqda. Hammaga malumku O'zbekiston Respublikasiga qishloq xo'jaligi sohalariga alohida etibor beriladi. Shu boisdan, mamlakatimizda ham tadbirkorlikni, xususan gulchilikni va ko'chatchilikni rivojlantirish borasida ham sezilzarli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumaladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-avgustdagi "Respublika hududlarida gulchilik va ko'chatchilik sohalarini yanada rivojlantirish to'g'risida"gi 5209-sonli qarori asosida bugungi kunda joylarda gulchilikning yanada rivojlanishiga turtki bo'lmoqda. Natijada tadbirkorlarning daromadi oshishi bilan birgalikda aholining ijtimoiy ehtiyojlari qondirilishiga olib keldi. Bundan gulchilarimizga katta turtki bo'ldiki mavzumiy gullarni ko'paytirish ularni sifati yaxshilash va ob-havo sharoitlaridan kelib chiqan holda ecologiyani yaxshilashga o'zlarini hissalarini qoshishmoqda.

Gulchilikning rivojlanish tarixiga e'tibor beradigan bo'lsak, taxminan yarim asr oldin, butun dunyo bo'ylab yetishtirilib, kesilgan gullarga bo'lgan talab mahalliy ishlab chiqarish bilan qondirila boshlangan. Evropa madaniyatidan hamda aholining daromadlaridan kelib chiqqan holda gullarning asosiy qismi sovg'alardan da eng ko'plar aholi jon boshiga to'g'ri keladigan iste'mol juda katta edi va iste'mol madaniyati sovg'alar, turli xil holatlar va kundalik foydalanish uchun kesilgan gullarning katta zaxirasini talab qildi. Natijada, Evropada kesilgan gullarni ishlab chiqarish sezilarli darajada o'sdi. Asta-sekin, ushbu mintaqaning transport tizimlarining rivojlanishi bilan Janubiy hududlarda etishtirilgan kesilgan gullarni shimolga tarqatish mumkin bo'ldi. Shunday qilib, Evropa gul sanoati o'z chegaralarini kengaytira boshladi va bu kengayish bilan birga uning ta'siri ham oshdi. Ushbu davrda gul ishlab chiqarish asosida tadbirkorlikning boshlanishiga tamal toshi qo'yilgan.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

1973-yilga kelib Evropaning turli mamlakatlarida etishtirilgan gular Gollandiya mamalakatida kim oshdi savdosi orqali Gollandiya hamda Janubiy Evropa ishlab chiqaruvchilari uchun gullarni sotishda yaxshi imkoniyat bo'ldi. Buning natijasida Evropaning janubida gullar etishtirish avj ola boshladi va Gollandiyada sotish orqali mo'may daromad olishga erishdi. Shu bilan birgalikda, orqali iste'molchilar talabini qondirilishi ham muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda. Janubiy mintaqalarda gul yetishtiruvchilar Shimoliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan tannarxining arzonligi evaziga raqobatda ustunlik qilishga erishgan. Shimoliy mintaqada gul yetishtiruvchilar tannarxini yuqori bo'lishig asosiy sabab vegitatsiya davri qisqaligi evaziga issiqxonalarda gul yetishtirish evaziga energiya resurslariga xarajatlar miqdori oshib ketishiga olib keldi.

Butun dunyo boylab kesma gular bilan birga xona gullari ham rivojlandi lekin ayni paytga kelib xona gullariga talab oshib bormoqda. Sababi, kvartirangizga bir nechta Boston qirqquloqlarini joylashtirsangiz, unda havo namligini tartibga soluvchi qimmat qurilmaga pul sarflashingiz shart emas. Bu o'simlik namlikni transpiratsiya jarayon orqali chiqaradi, bunda suv barglar yuzasida bug'lanadi. O'rgimchaksimon o'simlik allergiya rivojlanishini kamaytirishga yordam beradi va chang tufayli paydo bo'ladigan tumovdan xalos qiladi. Uning barglari allergenlarni o'zlashtirishga qodir va ikki kun ichida xonani 90 foiz toksinlardan tozalaydi. NASA olimlarining tadqiqotiga ko'ra, ingliz pechagi eng yaxshi havo tozalash vositasi ekanligi ma'lum bo'ldi, chunki u formaldegidni mukammal darajada o'zlashtiradi. Agar bunday o'simlik uyda bo'lsa, unda nafas olayotgan havo toza ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Milliy Sog'liqni saqlash instituti ma'lumotlariga ko'ra, aloe qadimgi Misrda "umrboqiy o'simlik" sifatida tanilgan va yaralarni davolashda ishlatilgan. Hozirgi kunda ham kuyish jarohatida ushbu xona o'simligining suvidan foydalaniladi.

Mamlakatimizda gulchilikni yanada rivojlantirish va uning bozorini shakllantirish ekologik hususiyatini oshirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish lozim:

- Gul ishlab chiqaruvchilarni sifatli urug' va ko'chatlar bilan ta'minlaydigan xizmat ko'rsatish infratuzilmalarini rivojlantirish;

- Jahon talablari darajasida mahsulot yetishtirsh maqsadida gul yetishtiruvchilarni xodimlarini malakasini oshirish;

- Gul yetishtirsh va sotish bo'yicha ishlab chiqaruvchilarni ma'lumot va axborot bilan ta'minlash;

- Gul yetishitirish va uning eksportini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish va boshqalar.

- Ekologiya va atrof muhitni asrashda gullarni o'rnini aholiga to'liq yetqazish

Xulosa o'rnida, globalashuv va iqlim ozgarishida gulchilik tashkilotlariga ham muomo

bo'layotgani va ularni yechish uchun ushbu tadbirlarni amalga oshirish orqali mamlakatimizda gul yetishtirish samaradorligi oshirish imkoniyati yaratiladi. Bu esa aholini ish bilan bandligi ta'minlashda, ularning turmush farovonligini oshirishda, mamalakat iqtisodyotini yuksaltirishda hamda eksport salohiyatini oshirishga ijobiy samarasini beradi.

REFERENCES

1. http://www.fao.org/docrep/005/ac452e/ac452e0c.htm

2. https://www.agro.uz/gulchilik-bo-yicha-maslaxatlar/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.