PRACTICAL PROBLEMS ANO SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT, e-s MAY 2024
GLOBAL KO'P MADANIYATLI SIVILIZATSIYA VA MODERNIZATSIYA SINTEZINING O'ZBEKISTON IJTIMOIY-MADANIY HAYOTIGA TA'SIRI
Xo'jamberdiyev Tursunpo'lat Egamberdiyevich
Toshkent amaliy fanlar universiteti, "Ijtimoiy fanlar kafedrasi" dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.13309064 Annotatsiya: Ushbu maqolada Sharq va G'arb texnogen sivilizatsiyalarining axloqiy mezonlari tegishli ijtimoiy munosabatlar bilan bog'liq jarayonlar yoritilgan. Ijtimoiy munosabatlarning o'zgarishi dunyoqarash prinsiplari ham, u bilan bog'liq axloqiy mezonlarning o'zgarishiga olib kelganligi asoslab berilgan. Masalan, G'arbda sivilizatsiya shakllanishining ilk davrlarida ruhoniylardan tashkil topgan ierarxiya qatlamidan, ehromlar, muqaddas davlatchilik urflari, jamiyatni bu dunyodan, tabiatdan yuqori turuvchi olam tomonidan boshqarilishi haqidagi tasavvurlardan kelib chiqadigan tashkillanish strukturalari intizomi kabilar ifodalangan bo'lsa, Sharqda ham sivilizatsiyaning keyingi yuqoriroq bosqichlarida esa ma'lumotli yuqori qatlam tomonidan maxsus tartibga solingan axloqiy me'yorlar ishlab chiqilganligi asoslangan. Jamiyat strukturasida sodir bo'lgan yangi o'zgarishlar natijasida yangi axloqiy qadriyatlar yaratilganligi ochib berilgan.
Kalit so'zlar: texnogen sivilizatsiya, axloqiy mezon, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy-ekologik tarbiya.
1 KIRISH
Global texnogen sivilizatsiya taraqqiyoti mahsuli bo'lgan sanoatlashti-rishning ijtimoiy-madaniy jabhalari inson faoliyatining siyosiy jarayonlar, ilmiy bilish va olamni anglash kabi jihatlari texnologik tamoyillarga yo'naltirila boshlandi. Shuning uchun ham bu davrga kelib ko'plab faylasuflar texnikalashtirishning salbiy jihatlarini keskin tanqid qilaboshladilar. Ular iqtisodiy rivojlanish unsurlari miqdorining ortishi ma'naviy qadriyatlarning barham topishga olib kelishini ham isbotlashga harakat qildilar. Chunki inson moddiy farovonlikka ega bo'lish uchun o'z erki va ma'naviyatidan mahrum bo'lishi mumkin Oqibatda texnika yagona maqsadga aylanadi va bu jarayonda inson o'zini xatto mashinaning ortiqcha qismi deb tasavvur qilishi ham mumkin bo'ladi.
"Texnogen sivilizatsiya insoniyatga juda ko'p yutuqlar keltirganday bo'lgan edi..., - deydi V.S.Stepanov.- Ko'pchilik odamlar yaxshi kelajakka bo'lgan o'z orzu umidlarini shu sivilizatsiya taraqqiyoti bilan bog'lagan edilar. Atigi yarim asr oldin aynan texnogen sivilizatsiya insoniyatni o'zini o'zi halok etadigan jar yoqasiga olib kelib qo'yadigan global krizisga duchor etishini hech kim hayoliga keltirmagan edi."[1:18] Shularni nazarda tutar ekanmiz, biz texnogen sivilizatsiyaga O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Sharq sivilizatsiyasining afzaliyati haqida bildirgan fikrlarini qarama-qarshi qo'yish mumkin va zarur deb o'ylaymiz. "Sharq olamida, jumladan, o'zimizning O'rta Osiyo sharoitida, - deb ta'kidlaydi U, - jamoa bo'lib yashash tuyg'usi g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi va odamlarni bir-biriga yaqinlashtirishga, bir-birini qo'llab-quvvatlab hayot kechirishga zamin tug'diradi. Shu ma'noda, xalqimizning turmush va tafakkur tarziga nazar tashlaydigan bo'lsak, boshqalarga hech o'xshamaydigan, ming yillar davomida shakllangan, nafaqat o'zaro muomala, balki hayotimizning uzviy bir qismi sifatida namoyon bo'ladigan bir qator o'ziga xos xususiyatlarni ko'ramiz."[2:7-8] Shuningdek, "Bir so'z bilan aytganda, tarixiy voqelikka mana shunday qarash,
jamuljam bo'lib yashash tuyg'usi biz uchun hayot falsafasiga, yana ham aniqrog'i, hayot qoidasiga aylanib ketgan. Zamonaviy tilda aytadigan bo'lsak, bu milliy mentalitetimizning asosini tashkil etadigan, bizni boshqalardan ajratib turadigan shunday bir xususiyatki, uni sezmaslik, anglamaslik, ko'rmaslik umuman mumkin emas.
G'arb olamida esa odamlarning hayot tarzida jamoaviyliqdan ko'ra individualizm, shaxsiy manfaat tamoyillari ustunlik qilishini kuzatish mumkin. Bu ham muayyan, ob'ektiv ijtimoiy-tarixiy omillar tufayli shakllangan voqelik bo'lib, uni ham inkor etib bo'lmaydi. Ming afsuski, mana shunday tarixiy haqiqatni anglamaydigan yoki anglashni istamaydigan chet eldagi ba'zi siyosatchi va arboblar nafaqat siyosat yoki iqtisodiyot, balki ma'naviyat bobida ham bizga aql o'rgatishga, azaliy hayot tarzimiz, ruhiy dunyomizga yot bo'lgan qarashlarni majburan joriy etishga urinmoqda."[3:10] Shu o'rinda Sharq madaniyati va sivilizitsiyasini tanqid ostiga olinishi, unga mensimay qarash faqat hozir va faqat bizga nisbatan emas, balki kolonializm mafkurasi shakllanganidan buyon turli shakllarda hamisha mavjud bo'lib kelganini va unga qarshi hozirgiday munosib javoblar ham o'z vaqtida mavjud bo'lganini eslatib o'tish maqsadga muvofiqdir.
2 USLUBLAR
XX asrning 90-yillarida insoniyat ikkita buyuk inqilobni boshdan kechirdi. Bulardan birinchisi siyosatda, ikkinchisi texnologiyada amalga oshirildi. Siyosiy inqilob sotsialistik lagerni barbod qildi, chegaralarni ochib yubordi yoki intizomni bo'shashtirdi. Odamlarning dunyo bo'ylab erkin aylanib yurishlari uchun sharoit yaratdi. Ilm-fan natijalarining inson omili yoki ommaviy nashr, kitob vositasida xalqaro istilohga kirishi tezlashdi. Kommunikatsiyaning kuchayishi yangi badiiy asarlar bilan birga, yangi adabiy qarashlarning ham o'zlashtirilishida hududiy to'siqlarni olib tashladi. Shu o'rinda ikkinchi - texnologiya sohasidagi inqilobning ham o'rni va ahamiyati buyuk. Odamlar kompyuter, mobil aloqa vositalari orqali qisqa muddatlarda borliqning turli chekkasida yuz bergan,
. . .E.jíl PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE
55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of
I Li I ™ ^^ CENTURY
TASHKENT, 6-8 MAY 2004
berayotgan yoki xattoki yuz berishi mumkin bo'lgan yangilikdan xabardor bo'lish imkoniyatiga ega bo'lib qoldilar.
Hozirgi davrga kelib fan taraqqiyoti texnika va ishlab chiqarishdan o'zib keta boshladi, «Fan - texnika - ishlab chiqarish» nomli yagona tizim shakllanadi. Bu tizimda fan yetakchi rolni o'ynaydi. XX asr oxiri XXI asr boshi faning jamiyatning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanadi, uning ijtimoiy hayot barcha sohalari bilan aloqasining kuchayishi, ijtimoiy rolining kuchayganini bilan xarakterlanadi. Hozirgi zamon fani ilmiy-texnika inqilobining eng muhim imkoniyati, uning xarakatlantiruvchi kuchini aks ettiradi. Ilmiy -texnika inqilobi inson faoliyatining eng muhim sohalari: tabiat va jamiyat qonuniyatlarini nazariy bilish (fan), tabiatni o'zgartirish texnik vositalari va tajribasi kompleksi (texnika), moddiy ne'matlarni yaratish jarayonlari (ishlab chiqarish), amaliy xatti - harakat faoliyatining turli shakllari yagona tizimining shakllanishi uchun imkoniyatlar yaratdi. Biroq bugungi kunda texnikaviy, texnologik kommunikatsiya axborot va boshqa sohalardagi global jarayonlardan rivojlangan mamlakatlar asosan o'z iqtisodiy manfaatlari yo'lida foydalanmoqdalar. Hozirgi davrda jahon miqyosida qaror topgan iqtisodiy tartibot rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o'rtasidagi tafovutni, nomutanosiblikni kuchaytirib bormoqda. Shu munosabat bilan istiqbolda jamiyatni, sivilizatsiyalarni nima kutayotganligi xaqida turli farazlar aytilmoqda. sivilizatsiyalar to'qnashuvi, iqtisodiy, texnologik va axborot neokolonealizmi, diniy va etnik konfliktlar xaqidagi taxminlar shular jumlasidandir.
3 ADABIYOTLAR TAHLILI
O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov o'zining "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch" asarida globallashuv jarayonining mohiyati, oqibatlari haqida to'xtalar ekan, uni "...hayot jarayonlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir"[4:111] deb baho bergan edi. Shunday ekan, o'zgarib borayotgan hayot talablariga moslashish, shu bilan bir qatorda har bir inson, millat o'zligini saqlab qolish uchun o'zining mustahkam e'tiqodiga, nuqtai nazariga ega bo'lmog'i, boshqalarning e'tiqodi va nuqtai nazarini hurmat qilmog'i lozim. Mabodo turli e'tiqodlar va nuqtai nazarlar birdek qadrlanmas ekan, birini kuchsizlantirish hisobiga ikkinchisi kuchayadi, hayotning mohiyati, go'zalligining o'ziga xos ifoda shakli bo'lgan rang-baranglik, takrorlanmaslik inkor qilinishga olib keladi. Rivojlangan g'arb davlatlari tomonidan dunyoni ekspansiya qilish boshlanganidan beri ana shunday nuqtai nazar, tamoyil ustuvor bo'lib kelgan. Buning qanday oqibatlarga olib kelganligini jamiyatning barcha sohalarida yaqqol ko'rishimiz mumkin. Shuning uchun ham bunday muammolarni bartaraf etishda milliy o'ziga hoslikni yo'qotmagan holda hozirgi zamon fanini, texnikasini, texnologiyasini barcha mamlakatlar va xalqlar tomonidan o'zlashtirib olinishiga zamin yaratilishi lozim. Chunki ayrim mamlakatlar va davlatlar o'zlarini zamonaviy texnologiyaning yaratuvchisi va ular taqdirini
belgilovchi yagona xo'jayinlaridek tutsalar, boshqa mamlakatlar bu jihatlardan ularga qaram bo'lib qolar ekan, insoniyat istiqboli ham xavf ostida qolishi, pirovardida esa sub'ektlar o'rtasida kutilgan muloqotga imkon bermayapti.
Shu nuqtai-nazardan qaraganda, texnogen sivilizatsiya faqat texnika va texnologiya ta'siri natijasi emas, u eng avvalo, antropologik muammodir. Chunki jamiyat rivojlanib borgan sari uning axloqiy tizimi ham o'zgarishlarga ehtiyoj sezib boradi. Shu ma'noda shaxs «jamiyat ehtiyojlariga ko'ra axloqiy jihatdan sayqallanib borsa, u ijtimoiylashadi[5:229]. Texnogen sivilizatsiyaning noxush oqibatlarini bartaraf etish yo'lida bir qator ilmiy ishlar olib borilmoqda[6:214]. Bunday noxush oqibatlarning paydo bo'lish omillaridan biri - jamiyat a'zolarining axloqi zamonga javob bermasligi bilan bog'liqdir. Mazkur noma'qul oqibatlarning oldini olish maqsadida aholi, ayniqsa, yoshlarga zamonga yarasha ta'lim va tarbiya berish zarurligi ham ayon bo'ldi.
Texnogen sivilizatsiya keraksiz oqibatlarga olib kelmasligi uchun kishilarda fazilat deb ataluvchi ijobiy ijtimoiy sifatlarni shakllantirish lozim ekan. Ba'zi olimlar fikricha, texnogen sivilizatsiyani inqirozdan olib chiqish yo'llari quyidagilar bilan belgilanadi: madaniy qadriyatlar ierarxiyasida ustuvor qadriyatlar o'rnini o'zgartirish; fikrlash va faoliyat uslubi sifatidagi texnokratizmga, tabiatga iste'molchilik nuqtai nazaridan yondashishga, inson egotsentrizmiga chek qo'yish; tabiatga nisbatan koevolyusion strategiya va kuch ishlatmaslik axloqiga asoslangan yangicha yondashuvni yaratish; ekologik madaniyat, ekologik axloqni shakllantirish; injeneriyada ijtimoiy-madaniy paradigmani shakllantirish, chunonchi: texnikani o'lchash va baholash prinsiplarini o'zgartirish, ushbu baholash tizimiga texnik-texnologik optimallik va iqtisodiy samaradorlik bilan bir qatorda, ijtimoiy-madaniy, insoniy va gumanistik mezonlarni ham kiritish; sharq (an'anaviy) va g'arb (texnogen) sivilizatsiyalarining eng yaxshi yutuqlaridan foydalanish, sivilizatsion rivojlanishning yangi tipini shakllantirish va boshqalar shular jumlasidandir.
Texnogen sivilizatsiyada ilm-fan, texnik ijod, ilmiylik muhim qadriyat sifatida e'zozlanadi. Barcha ezgu niyatlarning ro'yobga chiqishi, xalq farovonligi va pirovardida baxt-saodati ilm-fan, texnik taraqqiyot bilan uzviy bog'liqlikda ko'riladi. Ular gullab-yashnashning sharti sifatida qabul qilinadi. Texnogen sivilizatsiya va uning yutuqlari, odamlarda jamiyat faqat shunday taraqqiyot yo'lidan borishi kerak, degan tasavvurni paydo qilishi mumkin. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, XX asrning ikkinchi yarmiga kelib insoniyat va butun planetamiz hayoti xavf ostida ekanligi ma'lum bo'ldi. Insoniyat birinchi bor, o'zini o'zi va butun yer kurrasini nobud qilib yuborishi mumkinligini anglab yetdi. Bunga misol qilib, mumkin bo'lgan termoyader urushining oqibatlari, atom elektrostansiyalarining halokatlari, termo yadro ishlab chiqarishdan paydo bo'lgan chiqindilarning ortib borishi, yer yuzidagi qazilma boyliklarning tugab qolishi, ichimlik suvining kamayib
. . .E.jíl PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE
55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF
I Li I ™ ^ЭТ CENTURY
TASHKENT, e-e MAY 2024
borishi, muzliklarning erishi va hokazolarni kiritsa bo'ladi. Atrof olam intensiv ravishda o'zgarib bormoqda, ammo odamlar ongida hanuzgacha tabiatning boyliklari, shu jumladan, ichib turgan suvimiz va nafas olib turgan havomiz tugamaydi, degan dunyoqarash saqlanib qolmoqda. Bunday jamiyat a'zolarining fikricha, tabiat bitmas-tuganmas boylik va kuch-quvvatga ega, undan qanchalik foydalanaversak ham, u o'zining avvalgi tabiiy holatini o'zgartirmaydi, uning tiklanish qobiliyati cheksiz. Bunday o'y-fikrlar, texnogen sivilizatsiyaning xususiyatlaridan asosiysi bo'lgan, tabiatga hujumkorona yondashuvni keltirib chiqardi. Oxirgi yillardagi bir qator tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, tabiat shisha kabi nozik xususiyatga ega bo'lib, u ma'lum bir vaqtgacha o'ziga ko'rsatilgan ta'sirni yengib, ta'sir me'yori oshib ketganda, billur shisha singari chilparchin bo'lishi va unda o'nglab bo'lmas jarayonlar boshlanib, hamma halokat tomon yuz tutishi mumkin ekan.
Texnogen sivilizatsiyada inson ongi transformatsiyalashuvi ijtimoiy tizimning
shakllanishidagi ustuvor tendensiya sifatida hamda bozor iqtisodiy munosabatlarini ratsionalashuvining ustuvorligini ta'minlashga xizmat qiladi. Texnogen sivilizatsiyada inson ongi transformatsiyalashuvi ilmiy, texnik, texnologik, ijtimoiy, biosfera va boshqa jarayonlarga ta'sir qilmoqda. Jumladan, bozor munosabatlarining texnogen sivilizatsiya rivojiga ta'sirining ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. Masalan, bozor munosabatlari sharoitida boylikning sezilarli darajada ko'payishiga va aholining tez o'sib borayotgan ehtiyojlarini qondirishga qaramasdan, moddiy tovarlar bozor mexanizmi tomonidan haddan tashqari g'ayriinsoniy ko'rinishga ega bo'lib qolmoqda, chunki aholining katta qismi eng asosiy yashash vositalaridan mahrum etilmoqda. Ushbu va boshqa jarayonlarni tahlil qilish bizga quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini beradi. Hozirgi iqtisodiy paradigmadan kelib chiqib, texnogen sivilizatsiya sharotida barcha jabhalarida amalda bo'lgan iqtisodiy ongning alohida talqini yuzaga keladi. Chunki aynan insoniyat iqtisodiy mexanizmni insonparvarlashuvi bozor tizimi ustidan oqilona ijtimoiy va tabiiy boshqaruvni o'rnatishni taqozo qiladi. Bozor munosabatlarining maqsadi nafaqat iqtisodiy manfaatlarni sifatli o'sishiga balki ekologik va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, jamiyat va biosfera rivojlanishiga ham munosib shart-sharoit yaratishi kerak.
Bugun zaminimizning tosh qatlami (lotosfera), havo qatlami (atmosfera), suv qatlami (gidrosfera), jonli olam (biosfera) zavol topmoqda. Kundan-kunga uning boifizik, bioximik holati o'zgarib, qashshoqlashib bormoqda. Shu zaminda yashab kelayotgan va biosferaning ajralmas unsuri hisoblangan insonning hayoti ham xavf ostida qolgan. Bunday halokatning oldini olish va uni bartaraf etish eng dolzarb masalalardan biridir. Tadqiqotlarimiz shuni ko'rsatdiki, yer kurrasini inson hayoti uchun zarur tuproq, yer osti qazilma boyliklari, suv, havoning musaffoligini saqlab qolish uchun, ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy
etish darkor. Shu bilan barobar, tabiatni ifloslanishdan saqlaydigan chora-tadbirlarni ko'rib, chiqindi mahsulotlarni iloji boricha kam chiqarish, chiqqanlarini esa, qayta ishlash jarayoniga yuborish va hokazo ishlarni amalga oshirishimiz kerak bo'ladi. Umuman olganda, tabiat bilan jamiyat orasidagi munosabatlarni muvozanatga keltirish inson uchun hayot-mamot masalasiga aylangan.
Texnogen sivilizatsiya jamiyat taraqqiyotining qonuniy natijasi bo'lib, uni sun'iy ravishda to'xtatib bo'lmaydi, uni faqat kishilik jamiyatiga kerakli o'zanga solish lozim. Bu esa, muammoga sistemali yondashuvni taqozo etadi. Texnogen sivilizatsiyaga "makro sistema", "mezo sistema", "mikro sistema" sifatida yondashsh mumkin. Makrosistema ikki mezo sistemani o'z ichiga oladi. Ularning birinchisi, tabiat bilan jamiyat orasidagi munosabatlarning inqirozga uchrab, tabiatni zavol topishi bilan bog'liq bo'lgan salbiy oqibatlar tizimi, ikkinchisi jamiyat ichidagi guruhlararo va shaxslararo munosabatlar o'zgarib, salbiy oqibatlar keltirib chiqarishidan iborat. Mezo sistema mikro sistemalardan tashkil togan. Bularga insonni tabiatga bo'lgan nooqilona, yovuzlarcha yondashuvi natijasida:
- tabiiy unsurlarning kamayib borishi;
- biosfera va butun yer kurrasining xavfli darajada o'zgarib borishi;
-texnikadan nooqilona foydalanish natijasida tabiiy muhitning kishiga zarar tegadigan darajada bulg'anishi kiradi.
Odamzod bioijtimoiy mavjudot bo'lganligi tufayli uning biologik mohiyati bilan bir qatorda ijtimoiy mohiyatini saqlab qolish zaruriyati ham paydo bo'lgan. Kishi ijtimoiy mohiyatini uni o'rab turgan ijtimoiy muhit shakllantirishi bois, shu kunda, texnogen sivilizatsiyaning salbiy oqibatlari ko'rinishida ijtimoiy muhit ham asl holini o'zgartira boshlagan. Natijada, mezo sistema vujudga kelgan. Mazkur mezo sistema mikro sistemalardan tarkib topgan bo'lib, ularga oiladagi, ta'lim tizimidagi, mehnat jamoalaridagi, jamoat joylaridagi, davlatning ichki va tashqi siyosati natijasida shakllanadigan ijtimoiy muhitlar kiradi. Akademik E.Rtveladzening yozishiga ko'ra, Markaziy Osiyoda ilk davlatlar sivilizatsiya asosida paydo bo'lgan. Shaharlar va davlatlar atrofida qishloqlar joylashgan[7:27-28].
Davlatning ichki va tashqi siyosati bilan iqtisodiy hamda ijtimoiy faoliyati natijasida shu mamlakatda tarkib topadigan ijtimoiy muhit "makro ijtimoiy muhit" deb ham atalib, uni musaffo holda saqlanishi davlat organlari zimmasidadir. Jamoat joylari, uzluksiz ta'lim tizimi va mehnat jamoalaridagi ijtimoiy muhit "mezo ijtimoiy muhit" deb nomlanib, uning sog'lom holatda bo'lishi, shu yerlarda istiqomat qilib faoliyat ko'rsatayotgan kishilar ma'naviyatiga bog'liq. sivilizatsiyaning paydo bo'lishi esa dehqonchilik asosidagi iqtisodiyot, metallurgiya, hunarmandchilik, avval ayirboshlash keyin esa tovar-pul munosabatlari, mulkiy tabaqalanishdan kelib chiqqan guruh va sinflar, monarx boshchiligidagi ierarxik boshqarish, davlat-
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
idora apparatlari, vorislik huquqi va yozuv, yuridik institutlarning shakllanishi bilan bog'liqdir[8:50]. 4 NATIJALAR
Texnogen sivilizatsiyaning noxush oqibatlar tizimi va ularni bartaraf etish yo'llarini, uning ikkinchi darajali salbiy oqibatlar sistemasini birinchisidan boshlaymiz. Bu sistemaning birinchi va asosiy unsuri - yer kurrasidagi tabiiy unsurlarning kamayib borishi hisoblanadi. Planetamizdagi tabiiy unsurlarni kamayib borishdan saqlash uchun, quyidagi tadbirlarni qo'llash maqsadga muvofiqdir.
Bu tadbirlarning birinchisi:
-ishlab chiqarish jarayonida tabiiy unsurlardan iloji boricha tejamkorlik bilan, kam miqdorda foydalanish;
-mahsulot ishlab chiqarishga xomashyo sifatida ishlatiladigan tabiiy unsurlar o'rniga sun'iy xom ashyolarni sintezlash;
-xo'jalik yuritish natijasida tabiatning o'zgargan hudud va unsurlarini qayta tiklash (rekultivatsiya) tadbirlarini amalga oshirish;
-tabiat va atrof-muhitni ifloslaydigan sanoat korxonalari va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish chiqindilarini ikkilamchi xomashyo sifatida ishlatish;
-tabiat go'shalarini, atrof-muhitni chiqindilardan tozalash tadbirlarini amalga oshirish;
-ishlab chiqarish va boshqa sohalarda chiqindi chiqaruvchi texnologiyalardan, chiqindisiz texnologiyalarga o'tish. Shu ishlarni to'liq amalga oshirsak, insonning tabiatga ko'rsatgan ta'sirini yumshatgan va ma'lum darajada bartaraf etgan bo'lamiz.
Yon atrofimizni o'rab turgan tabiiy muhitni muhofaza qiluvchi va uning holatini yaxshilovchi mutasaddi tashkilotlar va bu muammoni o'rganuvchi bir qator ilm-fan tarmoqlari bo'lganligi tufayli, bu muammoga ko'p ham to'xtalmay, insonning ijtimoiy mohiyatini, ya'ni ma'naviyatini ijtimoiy muhit orqali, buzuvchi omillarni va texnogen sivilizatsiyaning bunday noxush oqibatini bartaraf etish yo'llarini batafsilroq ko'rib chiqamiz.
Jamiyat qonunlarini ilmiy anglash, insonni ijtimoiy fenomen sifatida ko'rsatish - ularning taraqqiyotini to'g'ri belgilash imkoniyatini beradi. Jamiyat a'zolari orasida kechadigan o'zaro munosabatlarda yaratilgan ijtimoiy muhit ta'sirini ijtimoiy ekologiya fani batafsilroq o'rganadi. Bu yerda biz ushbu muammoni falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilamiz. Insonning jismoniy, aqliy va ruhiy salomatligi millat boyligi hisoblanadi. Shu bois har bir kishi o'zining va atrofdagi kishilarning bu uch turdagi salomatligini asrashi va avaylashi kerak. Yer biosferasining tarkibiy qismi bo'lgan inson, tirik mavjudotlarning oliy shakli hisoblanib, tabiiy muhit bilan bir paytning o'zida ijtimoiy muhitda yashaydi. Shu bois u biologik va ijtimoiy qonuniyatlar bo'yicha rivojlanib boradi hamda ularning doimiy o'zaro ta'siri ostida bo'ladi.
Hozirgi zamonning yagonaligi qator omillardan kelib chiqadi, ularning soni ham ortib bormoqda, va ularning ularning o'xshashliklari ham kuchayib bormoqda. Birnchidan, bu texnikaviy ilmiy progress,
hozirgi zamon informatsion revolyusiyasi, bu omillar har bir mamlakatga biror darajada tegishli va birdan ijtimoiy oqibatlarga olib keladi. Ikkinchidan, hozirda, hozirgi dunyoda mamlakatlarning birlashib ketgan o'zaro ta'siri. Holbuki, davlatlar orasidagi hamdo'stlik ham, raqobat ham ayni bir natijalarga olib keladi. Va nihoyat, bir hillashtiruvchi ta'sir keskinlashib ketgan global muammolardan kelib chiqadi. Shuning bilan bir qatorda hozirgi davr informatsiya oqimining shiddatini, kompyuter texnologiyalari tufayli tafakkur qobiliyatining zaiflashib borayotganini, voqelikni real bilishga xalal beradigan fikrga ixtiyoriy yoki beixtiyor kiritilgan nazariy qoliplar, konstruksiyalar, modellar, obrazlar, sxemalar va boshqa "chiqindilar" ko'payib ketganini va boshqa shu kabi faktorlarni ham hisobga olish kerak[9:8-9]. Masalan, umuman tizimni emas, balki jonli jamiyatni bilishga intilish ham kerak. Bir so'z bilan aytganda, insoniyatga yaroqli bo'lish uchun fan o'z krizisidan chiqishi, transformatsiyalanishi (o ' zgartirishi kerak) .[10]
Birinchi Prezident I.A.Karimov ta'kidlaganidek: «Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo'lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko'ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo'lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma'naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada xushyorlik va sezgirligimizni, qat'iyat va mas'uliyatimizni yo'qotsak, bu o'ta muhim ishni o'z holiga, o'zibo'larchilikka, tashlab qo'yadigan bo'lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo'g'rilgan va ulardan oziqlangan ma'naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o'zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo'lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin»[11:4]. To'g'ri, yoshlar ta'lim-tarbiyasi barcha zamonlarning eng dolzarb mavzusi bo'lgani kabi hozirgi globallashuv davrida ham bizdan biroz mas'uliyat va mehnat talab qiladigan asosiy muammolardan biriga aylanib ulgurdi. Zero, yoshlar tafakkurini shakllantirish muhim vazifa bo'lib, mamlakatning kelgusi taraqqiyoti aynan ularning qo'lida ekanligini unutmaslik lozimdir.
Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, texnogen sivilizatsiyaning xususiyatlaridan biri, bilimni mutloqlashtirishga intilishdir. Ilmiy-texnik kashfiyotlar tufayli insonda tug'ilgan egoizm, tabiatga nisbatan manmanlik, nafsga, boylik orttirishga berilish mazkur fikrga tanqidiy yondashuvni taqozo etadi. Texnogen sivilizatsiyaga bu kabi pessimistik yondoshuv jamiyat taraqqiyotiga ishonchsizlikni paydo qilishi mumkin. Shu jihatdan ham, biz texnogen sivilizatsiya jarayonida taraqqiyotga ayrim tavakkalchiliksiz erishish mumkin emas, degan fikrga kelishimiz mumkin. Zero, texnogen sivilizatsiya faqatgina tavakkal va qarama-qarshiliklardan emas, balki yutuq va ijobiy natijalardan ham iboratdir.
XULOSA
Texnogen sivilizatsiya insoniyat o'z boshidan kechiradigan ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot bosqichi, ammo uni inson va jamiyat manfaatlariga xizmat qildirish insonga, insoniyatga bog'liqdir. Shuning uchun ham
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent.mm.y2om www.in~academy.uz
tadqiqotning oxirgi mavzusi insonda insonparvarlikni shakllantirishga, ya'ni ma'naviy-axloqiy fazilatlarga bag'ishlandi. Ma'naviy-axloqiy fazilatlarni insonning tabiatga, o'z sog'lig'iga, atrof-muhitni asrashga qaratilgan faoliyati, xatti-harakatlarisiz qarash qiyin. Inson tabiatning ongli, o'zini o'zi idora qiladigan, yon-atrofini o'zgartira oladigan qismi, ijtimoiy faol sub'ektdir. Ammo, ushbu sub'ekt goho egoistik mayl-istaklarga, o'z aysh-ishrati va farog'ati uchun tabiatni toptashga moyil mavjudot hamdir. Undagi ushbu salbiy xislatlarni kamaytirish ijtimoiy-ekologik tarbiyaning vazifasi hisoblanadi.
ADABIYOTLAR:
[1] Степин B.C. Флософия в эпоху перемен // Вестник Московского университета. Серия 7. Философия. №4. 2006. -С. 18.
[2] Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. - Тошкент: Маънавият, 2008. - Б. 7-8.
[3] Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. - Тошкент: Маънавият, 2008. - Б. 10.
[4] Каримов И.К. Юксак маънавият-енгилмас куч. -Т.: Маънавият, 2008. -Б. 111.
[5] Клаханов К.Х. Зеркало для человека, Введение в антропологии. - Спб. Евроазия, 1998. -С. 229.
[6] Муминов И.М. Из истории развития общественно-философской мысли в Узбекистане конца XIX и нач. XX вв. - Т.: Госиздат, 1957. -С.214.
[7] Ртвеладзе Э. Цивилизация, государства, культуры Центральной Азии. -Т.: 2005. -С. 27-28.
[8] Ртвеладзе Э. Цивилизация, государства, культуры Центральной Азии. -Т.: 2005. -С. 50.
[9] Эмих Н.А. Культурная парадигма современного Российского образования // Автореферат диссертации на соискание ученой степени к.ф.н. Чита. 2006. -С. 8-9.
[10] Беляев М.И. Мелогия. Концепция руссого национальноо государства. Москва: 2006.
[11] Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. -Т.: Маънавият, 2008. -Б. 4.
[12] Kakhkhorova, M. M., & Farfiev, B. A. (2023). Family is the Cradle of Values That Ensure the Eternity of Life and Continuity of Generations. Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities, 24, 55-60.
[13] Qaxxarova, M., & Raximshikova, M. (2023). ПРОБЛЕМА ВОСПИТАНИЯ И ФОРМИРОВАНИЯ СОЗНАНИЯ И МЫШЛЕНИЯ МОЛОДЕЖИ. Farg 'ona davlat universiteti ilmiy jurnali, (1), 169-174.
[14] Qakharova, M. (2023). BIOETHICS AS A PRACTICAL PHILOSOPHY OF HUMAN LIFE ACTIVITY. World Bulletin of Social Sciences, 23, 2429.
[15] Qaxxorova, M. (2022). Ma'naviy tarbiya strategiyasi. Islom tafakkuri.
[16] Absattorov, B. M. (2019). Spiritual And Moral Development Of The Person In Modern World. Central
Asian Problems of Modern Science and Education, 4(2), 167-173.
[17] Абсатторов, Б. (2019). Шахс маънавий-ахло^ий баркамоллиги мезонларининг фалсафий тал^инлари. Вестник Каракалпакского государственного университета им. Бердаха.
[18] MAMARASULOVICH, A. B. (2021). Бaркaмол ёшларни тaрбиялaшдa мaънaвий-aхлокий мезон вa меъёрлaрнинг урни. АНДИЖОН ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ ИЛМИЙ ХАБАРНОМА.
[19] Абсатторов, Б. М. (2022). Тасаввуф-уз-узини такомиллаштириш ва хакщатни билиш йули сифатида. Gospodarka i Innowacje., 30, 167-173.
[20] Mamarasulovich, A. B., & Ismoil o'g'li, T. M. (2023). GENETIC MARKERS AND EVOLUTIONARY MANIFESTATIONS OF THE "NAFS" CONCEPT. World Bulletin of Social Sciences, 29, 16-19
[21] Rakhmonov, D., & Nazarova, N. (2023). Analysis of the results of the empirical study of ethnocultural aspects of social service provision in Uzbekistan. In E3S Web of Conferences (Vol. 452, p. 05016). EDP Sciences.
[22] Rakhmonov, D., & Nazarova, N. (2024). Socio-Philosophical Reflection of the Social Sphere Model. Modern Science and Research, 3(1), 1-6.
[23] Beknazarov, A. A., Rakhmonov, D. A., Normuratova, M. K., & Nasirov, K. J. (2020). Psychological-pedagogical classification of the philosophy of social service. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(7 Special Issue), 2759-2762.