Научная статья на тему 'GLOBAL IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA TALABA YOSHLARDA EKOLOGIK MUAMMOLARNI OLDINI OLISHDA DAXLDORLIK HISSINI OSHIRISH ZARURATI'

GLOBAL IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA TALABA YOSHLARDA EKOLOGIK MUAMMOLARNI OLDINI OLISHDA DAXLDORLIK HISSINI OSHIRISH ZARURATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

6
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ekologiya / tabiat / jamiyat / yoshlar / eko madaniyat / odobaxloq / daxldorlik / insoniylik / javobgarlik. / Экология / природа / общество / молодежь / экокультура / этика / вовлеченность / гуманность / ответственность.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Sabrinabonu Rustamovna Babayeva

Ushbu maqolada global iqlim o‘zgarishi sharoitida talaba yoshlarda ekologik muammolarni oldini olishda daxldorlik hissini oshirish zarurati haqida shuningdek, ekologiya tushunchasi va uning axloqiy xatti-harakatlar bilan bog‘liq jihatlari ochib berilgan. Hozirgi globallashuv davrida butun dunyo uchun ekologiyaning dolzarb muammolariga to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib, buning oldini olish uchun talaba yoshlarda ekologik madaniyatni rivojlantirish ko‘nikmalarini shakllantirish zarurligi keltirilgan. Shuningdek, Yangi O‘zbekiston sharotida ekologiya va atrof muhitni yaxshilash borasida olib borilayotgan ijtimoiy iqtisodiy islohotlarga ham alohida to‘xtalib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

НЕОБХОДИМОСТЬ ПОВЫШЕНИЯ ЧУВСТВИЯ ОТВЕТСТВЕННОСТИ ЗА ПРЕДОТВРАЩЕНИЕ ЭКОЛОГИЧЕСКИХ ПРОБЛЕМ СРЕДИ СТУДЕНТОВ МОЛОДЕЖИ В УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛЬНОГО ИЗМЕНЕНИЯ КЛИМАТА

В условиях глобального изменения климата раскрывается необходимость повышения у студенческой молодежи чувства сопричастности к профилактике экологических проблем, а также понятия экологии и ее аспектов, связанных с этическими действиями. Были затронуты актуальные проблемы экологии для всего мира в современную эпоху глобализации, а в целях предотвращения этого отмечена необходимость развития навыков развития экологической культуры у студентов. Кроме того, были также отмечены социально-экономические реформы, проводимые в контексте Нового Узбекистана по улучшению экологии и окружающей среды

Текст научной работы на тему «GLOBAL IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA TALABA YOSHLARDA EKOLOGIK MUAMMOLARNI OLDINI OLISHDA DAXLDORLIK HISSINI OSHIRISH ZARURATI»

GLOBAL IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA TALABA YOSHLARDA EKOLOGIK MUAMMOLARNI OLDINI OLISHDA DAXLDORLIK HISSINI

OSHIRISH ZARURATI

Sabrinabonu Rustamovna Babayeva

O'zMu Ijtimoiy fanlar fakulteti Amaliy etika yo'nalishi 2- bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada global iqlim o'zgarishi sharoitida talaba yoshlarda ekologik muammolarni oldini olishda daxldorlik hissini oshirish zarurati haqida shuningdek, ekologiya tushunchasi va uning axloqiy xatti-harakatlar bilan bog'liq jihatlari ochib berilgan. Hozirgi globallashuv davrida butun dunyo uchun ekologiyaning dolzarb muammolariga to'xtalib o'tilgan bo'lib, buning oldini olish uchun talaba yoshlarda ekologik madaniyatni rivojlantirish ko'nikmalarini shakllantirish zarurligi keltirilgan. Shuningdek, Yangi O'zbekiston sharotida ekologiya va atrof muhitni yaxshilash borasida olib borilayotgan ijtimoiy - iqtisodiy islohotlarga ham alohida to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Ekologiya, tabiat, jamiyat, yoshlar, eko madaniyat, odob-axloq,daxldorlik, insoniylik, javobgarlik.

НЕОБХОДИМОСТЬ ПОВЫШЕНИЯ ЧУВСТВИЯ ОТВЕТСТВЕННОСТИ ЗА ПРЕДОТВРАЩЕНИЕ ЭКОЛОГИЧЕСКИХ ПРОБЛЕМ СРЕДИ СТУДЕНТОВ МОЛОДЕЖИ В УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛЬНОГО

ИЗМЕНЕНИЯ КЛИМАТА

АННОТАЦИЯ

В условиях глобального изменения климата раскрывается необходимость повышения у студенческой молодежи чувства сопричастности к профилактике экологических проблем, а также понятия экологии и ее аспектов, связанных с этическими действиями. Были затронуты актуальные проблемы экологии для всего мира в современную эпоху глобализации, а в целях предотвращения этого отмечена необходимость развития навыков развития экологической культуры у студентов. Кроме того, были также отмечены социально-экономические реформы, проводимые в контексте Нового Узбекистана по улучшению экологии и окружающей среды.

160

April 24, 2024

Ключевые слова: Экология, природа, общество, молодежь, экокультура, этика, вовлеченность, гуманность, ответственность.

THE NEED TO INCREASE THE SENSE OF RESPONSIBILITY IN THE PREVENTION OF ENVIRONMENTAL PROBLEMS AMONG YOUTH STUDENTS IN THE CONDITIONS OF GLOBAL CLIMATE CHANGE

ABSTRACT

In the context of global climate change, the need to increase the sense of involvement in the prevention of environmental problems among young students, as well as the concept of ecology and its aspects related to ethical actions, is revealed. Current problems of ecology for the whole world in the current globalization era were touched upon, and in order to prevent this, the need to develop the skills of developing environmental culture among students was mentioned. In addition, social and economic reforms carried out in the context of New Uzbekistan to improve ecology and environment were also highlighted.

Key words: ecology, nature, society, youth, eco-culture, ethics, involvement, humanity, responsibility.

Kirish. Biz bu hayotda yashar ekanmiz tabiat bilan har doim uzviy bog'liqmiz.Tabiat bizni o'z mehri bilan o'rab turadi. Biz uning havosidan nafas olamiz. Nafas olganimizda ham kislorod yutib karbonat angidrid chiqaramiz. Bu esa go'zal tabiatimizning florasi bizga yana va yana kislorod ishlab berishdan charchamaydi. Shuningdek, nafas olibgina qolmasdan biz uning noz-u ne'matlaridan ham iste'mol qilamiz. To'rt fasldirki barcha meva-yu sabzavotlar har doim hozir-u nozir. Tabiat bizni asraydi, g'amxo'rlik qiladi. Shuning uchun ham bizga qaysidir ma'noda ona tabiat deya o'rgatilgan. Lekin biz ushbu ona tabiatimizning bunday g'amxo'rligiga qanday javob qaytarmoqdamiz?

Hech kimga sir emas hozirgi ekologik muammo butun dunyo bo'ylab dolzarb muammolardan biriga aylanib kelmoqda. Buning sababi sifatida hozirgi vaqtda shimoliy Antarktika muzliklarining erishi, global iqlim o'zgarishiga olib kelayotganligi barchamizga sir emas. Shu o'rinda savol tug'ilishi tabiiy. Global iqlim o'zgarishida talaba yoshlarning qanchalik daxldorligi bor? Yoki muammolarni oldini olishga qanchalik mas'ul? Eng avvalo talaba yoshlar ziyoli, ilm ma'rifat va madaniyat tarqatadigan qatlam vakillari ekanligini inobatga oladigan bo'lsak, bunda eng avvalo o'zlari misolida namuna ko'rsatgan holda tabiatni asrab avaylash ishlarida jonbozliklar ko'rsatishini tushunamiz. Dono xalqimizda bir maqol bor "Birni kessang

April 24, 2024

161

o'nni ek" deganlaridek, hozirgi yangi O'zbekiston sharoitida joylarda yashil iste'molchilik harakati olib borilayotganligi hamda mana shu harakat doirasida faqat Ekologiya partiyasi vakillari yoki Ekologiya qo'mitasi vakillarining ishi deb qaramaslik bunda talaba yoshlar ham bir tan-u bir jon bo'lib, qo'lni qo'lga berib birlashmoqligi talab etiladi.

Keling endi ekologiya tushunchasiga qisqacha to'xtalib o'tsak. Ekologiya atamasining dastlabki ta'rifi taniqli nemis biologi Ernest Gekkel tomonidan uning "Organizmlarning umumiy morfologiyasi" (1866-y.) va "Olam vujudga kelishining tabiiy tarixi" (1868-y.) kabi ilmiy asarlarida keltirilgan. Unga ko'ra ekologiya lug'aviy jihatdan yunoncha; oykos (oikos) - yashash makoni, o'rni, joyi hamda logos (logos) - fan, mantiq so'zlari birikmalaridan tuzilgan atamadir. Ma'nosiga ko'ra tirik organizmlarning yashash sharoiti yoki tashqi muhit bilan o'zaro munosabatini anglatadi. Ekologiya mustaqil fan sifatida XIX asrning oxirlarida keng tan olingan bo'lsa-da, uning ekologiya deb atalib, umumiy lug'atga kirishi XX asrning so'nggi (1960-2000-y.) o'n yilliklariga to'g'ri keladi" [1]

Shu davrdan boshlab ekologiyaga oid tushunchalar shakllanib kelmoqda. Tarixdan ma'lumki, insonlarning tabiatga munosabatlari o'zgarib, o'z nafsi yo'lida tabiat ne'matlaridan ayovsiz foydalanishlari natijasida tabiatning aks ta'sirini ko'rsatganligi ham sir emas. Hozirgi davrga kelib ekologiyaning dolzarb muammolardan biriga aylanishiga asosiy sabablar sirasiga biz zamonimizning shiddat bilan rivojlanib borayotganligi, zavod va fabrikalarning sonini tinimsiz ortishi kabilarni keltirib o'tishimiz mumkin. Biroq bular yetarlicha sabablar emas. So'ngi yillarda gegemon davlatlarning shiddat bilan qurollanishi hamda ushbu qurollarni fazoda, yerda hamda suv ostida tez-tez sinovlardan o'tkazishlarini ham ko'rsatib o'tish zarurdir. Hozirda dunyoning turli nuqtalarida mashinalarning so'nggi modellarini yaratilayotganligi ham ayni haqiqatdir.

Zamonamizning bunday shiddat bilan rivojlanib texnika-texnalogiya asrida yashayotganimiz bir tomondan ijobiy. Lekin tanganing ikkinchi tomoni ham mavjudligini unutmasligimiz darkor. Atrof-muhit masalalari har bir tirik jon uchun juda muhim ahamiyat kasb etmog'i lozim. Bu irq, millat, din tanlamaydi. Chunki har birimiz yer yuzida yashab, nafas olar ekanmiz nafaqat o'zimizning farovon turmush tarzimiz uchun balki, kelajak avlod farovonligi uchun ham javobgarmiz. Yer yuzidagi barcha narsalar bir biriga zanjirdek bog'liq. Bir zanjir yo'nalishidan chiqsa boshqasiga ta'sir qilmay qolmaydi. Jamiyatda ekologik madaniyat shakllanmasligi natijasida hududdagi boshqa sohalar ham buning natijasida zarar ko'rishi mumkin. Har bir buyuk ishlar kichik harakatlardan boshlanadi.

162

April 24, 2024

Statistik ma'lumotlarga ko'ra Hozirda dunyo aholisi soni 8 milliarddan oshiq. [2] Bundan Gazeta.uz matbuot nashrining 2024 - yil holatiga ko'ra O'zbekiston aholisi 36 milliondan oshiq kishini tashkil etib,ularning 20 milliondan oshig'i mehnatga layoqatli hisoblanadi. Shuningdek 1 milliondan oshiq fuqarolar talaba yoshlarni tashkil etadi. Ushbu ko'rsatkichlarni ekologiyaga bog'lasak. Agar har bir inson 1 donadan tabiatga zarar yetkazadigan chiqindini tashlasa 20 milliondan ortiq chiqindilar nafaqat tabiatga zarar yetkazishi balki bizning ham sog'lig'imizga putur yetkazishi mumkin. Agar har bir inson 1 donadan chiqindini axlat qutilariga tashlasa tabiat 20 milliondan oshiq chiqindidan xalos bo'ladi. Hamda ushbu chiqindilardan turli xil qayta ishlab chiqarish usullaridan foydalansa bo'ladi. Shunday ekan bu muammolarni kamaytirish uchun har bir shaxs, jamiyat atrof-muhitni asrashi,unga g'amxorlik qilishi kerak.Bularning barchasi bizning atrofimizda sodir bo'layotgan hodisa. O'zbekiston Respublikasi va ekologik siyosatining bosh maqsadi - o'z fuqarolari va qolaversa butun dunyo hamjamiyatini hayotiy zarur bulgan ekologik xavfsiz muhit bilan ta'minlash hamda tabiiy resurslardan samarali foydalanish orqali tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi iqtisodiy- ekologik munosabat shaklini takomilashtirishdan iborat. 1997-yilning 29-avgustida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi "Milliy xavfsizlik konsepsiyasi to'g'risida"gi qonunida insonlarning sog'lig'i va ularning turmushi uchun optimal ekologik sharoitlarni yaratib berish, jismoniy baquvvat avlodni yetishtirish, barqaror rivojlanishni ta'minlash va sog'lom hayot tarzini shakllantirish masalalariga keng o'rin berilgan. [3]

Atrof-muhitni muhofaza qilish va undan to'g'ri foydalanish O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va qonunlarida ham belgilangan. Konstitutsiyaning 49-moddasida Har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to'g'risidagi ishonchli axborotga ega bo'lish huquqiga ega. Davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini ta'minlash va atrof-muhitga zararli ta'sir ko'rsatilishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Shaharsozlik hujjatlarining loyihalari qonunda belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasidan o'tkaziladi. Davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Davlat Orolbo'yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan choralar ko'radi. 62-moddasida Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar deya ko'rsatilgan.

Xulosa va takliflar: Insonlarda eko madaniyatni shakllantirish uchun jamoat joylarida targ'ibot ishlarini yanada ko'paytirish lozim. Eko madaniyatni yoshlikdan

April 24, 2024

163

shakllantirish har bir ota-ona va kattalarning vazifasi sifatida qaralishi maqsadga muvofiqdir.Dunyoning qaysi qit'asida istiqomat qilmaylik atrof-muhitni asrab avaylashimiz, unga g'amxo'rlik qilishimiz kerak. Muhimi undan faqat yaxshilik yo'lida foydalanishimiz,bizdan keyingi avlod uchun ham toza makon qoldirishni har bir inson o'ziga burch deb bilishni o'z oldiga vazifa qilib qo'yish kerak.

REFERENCES

1. P.S.Sultonov "Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish asoslari". - Toshkent: "Musiqa"nashriyoti 2007. 16-17 bet.

2. https://m.aniq.uz/uz/statistika/dunyo internet sayti.

3. X.B.Salimov "Ekologiya" ma'ruzalar matni 2015. 14-bet

4. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

164

April 24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.