GLOBAL IQLIM O'ZGARISHLARI SHAROITIDA ATROF-
MUHIT MUAMMOLARI
B.Ramazonov
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.11260101
Annotatsiya. Maqolada bugungi kunda global iqlim o'zgarishlari natijasida atrof-muhitda kelib chiqayotgan muammolar, global iqlim o'zgarishlari muammosi O'zbekistonga ham o'zining salbiy oqibatlarini yaqqol ko'rsatayotganligi, inson faoliyati natijasida atmosferaga o'ta zaharli gazlar chiqarilayonganligi, cho'llanish jarayoni, global iqlim o'zgarishlari XXI asrning asosiy muammolaridan biriga aylanganligi, so'nggi yillar davomida o'sib borayotgan dunyo aholisini oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish uchun qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ko'paytirish zarurati yer va suv resurslariga tobora kuchayib borayotganligi va hokazo muammolar to'g'risida fikr yuritiladi
Kalit so'zlar: Orol dengizi, global iqlim o'zgarishlari, orografik, relyef, o'simliklar qoplami, cho'llanish jarayoni, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo'jaligi, iqtisodiyot.
Abstract. In the article, the problems arising in the environment today as a result of global climate changes, the problem of global climate changes clearly shows its negative consequences for Uzbekistan, the release of highly toxic gases into the atmosphere as a result of human activities, desertification process, that global climate change has become one of the main problems of the 21st century, the need to increase agricultural production to meet the growing world population's demand for food in the last three decades, land and water the problems of increasing resources etc. are discussed.
Key words: Aral Sea, global climate changes, orographic, relief, vegetation cover, desertification process, food security, agriculture, economy.
I. KIRISH
Iqlim o'zgarishining salbiy oqibatlari global miqyosga ega bo'lib, O'zbekiston hududida ham yaqqol namoyon bo'lmoqda. Birgina Orol dengizi falokati natijasida Markaziy Osiyodagi iqlim o'zgarishlari dunyo ko'rsatkichlaridan ikki barobar jadalroq kechmoqda. Daryolar suvini shakllantiruvchi muzliklarning juda katta tezlikda erishi, chang bo'ronlarining davriyligi va sonining ortib borishi, yerlarning degradatsiyaga uchrashi, suv resurslarining taqchilligi va noto'g'ri taqsimlanishi kabi salbiy ko'rinishlarda namoyon bo'lmoqda. Global iqlim o'zgarishlari XXI asrning asosiy muammolaridan biriga aylanib, insoniyatning taraqqiyotga erishish yo'lida tabiatga nisbatan xo'jasizlarcha noto'g'ri munosabatda bo'lishi, atrof-muhitdagi muvozanatning izdan chiqishiga sabab bo'ldi. Ob-havo ma'lum hududdagi atmosferaning 10-12 km balandlikda bir vaqtdagi, bir kunlik fizik holatini ifodalaydi. Ob-havoning qator meteorologik kattaliklariga havo harorati, havo namligi, havo bosimi, shamol tezligi va yo'nalishi, bulutlar va turli atmosfera yog'inlari turi va jadalligi, nurli energiya va issiqlik oqimlari kabilar kiradi. Iqlim esa ma'lum bir hududdagi ob-havoning ko'p yillik rejimi bilan ifodalanib, joyning geografik kengligi, yer usti tuzilishi - orografik, relyef tuzilishi, dengiz sathiga nisbatan balandligi, okeanga nisbatan uzoq yoki yaqinligi va boshqa qator omillar bilan aniqlanadi. Iqlim atamasi grekcha "klima"- qiyalik ma'nosini, ya'ni quyosh nurlarining yerga tushgan paytida og'ish-tushish qiyaligini anglatadi. Bu atama yunon astronomi Gipparx tomonidn miloddan avvalgi 160-125 yillarda fanga kiritilgan. Bugungi kunda global iqlim o'zgarishlari muammosi O'zbekistonga ham o'z ta'sirini ko'rsatmay
qolmayapti, iqlim o'zgarishlari natijasida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan oqibatlar qatorida quyidagilarni ko'rsatish mumkin: suv resurslari taqchilligining kuchayishi hamda o'rtacha haroratning oshishi; yog'ingarchiliklarning juda kam yog'ishi va notekis taqsimlanishi; yog'ingarchiliksiz qurg'oqchilik davrining uzoq davom etishi va bir martada yog'ingarchiliklarning yog'ishi bo'lishi ya'ni yilning ma'lum bir kunida yog'ishi; qishloq xo'jaligida yetishtirish uchun maqbul ekinlar tarkibining butunlay o'zgarishi; harorat rejimi kuchayishi natijasida aholi salomatligi bilan bog'liq muammolar ko'payishi, turli xil kasalliklarning ko'payishi; o'simliklar va hayvonlarning aksariyat turlari yashaydigan areallarning qayta taqsimlanishi, demak, ekologik jarayonlar, beriladigan mahsulotlar va bajariladigan funktsiyalarning tubdan o'zgarishi; sahrolashish jarayonlarining kuchayishi, demak, yashash va xo'jalik yuritish mumkin bo'lgan yerlarning kamayishi; iqtisodiyot sektorlari ta'sirining to'liq qayta taqsimlanishi, mamlakat iqtisodiy o'sishining orqaga ketishi va boshqalar.
II. ASOSIY QISM
Iqlim o'zgarishlari yerning ustki qismiga ta'sir etadi va yer o'z yuzasidagi infraqizil nurlarni fazoga qayta chiqarmaslik xususiyatiga ega bo'lib, yerni issiq "ko'rpa"ga o'rab, issiqxona samarasini beradi va yerdagi haroratni saqlab turadi. Mazkur jarayon yerni hayot uchun yaroqli qiladi. Issiqxona gazlarisiz yer hozirgidan taxminan 30 darajaga sovuqroq bo'lar edi. Ammo afsuski, inson faoliyati natijasida atmosferaga o'ta zaharli gazlar chiqarilmoqda. Bir kunda dunyoda 9 milliard litrdan ortiq neft mahsulotlari yoqiladi. Buning natijasida havodagi CO2 ning miqdori yiliga 30% ga ortib bormoqda, natijada uning salbiy oqibatlari esa haroratning oshishiga va abadiy muzliklarning erishiga olib kelmoqda.
1-rasm. Global iqlim o'zgarishlariga sabab bo'layotgan omillar.
Muzliklar eriganda dunyo okeani suvining harorati va fizik xossalari, okean oqimlari, mazkur oqimlarga bog'liq bo'lgan mamlakatlarda iqlim, global gidrologik sikllar va iqlimni yaratuvchi global jarayonlarning o'zgartiradi. Oqibatda yog'ingarchiliklar amplitudasida katta o'zgarishlar yuz berib u o'ta ko'p yog'in yog'ishi yoki umuman yog'masligi bilan belgilanadi. Qurg'oqchilik va toshqinlar soni ko'payadi, tabiiy ofatlar - tornado, tayfunlar, sellar, ko'chkilar yuz beradi. Bir qarashda bu uncha qo'rqinchli bo'lib tuyulmasligi mumkin. Agar yerda harorat yana 50C darajaga ko'tarilsa, barcha jarayonlar orqaga qaytarib bo'lmaydigan tus oladi va sayyoramizda hayotga, tiriklikka jiddiy xavf tug'iladi. Inson biologik tur sifatida yashab qolishi masalasi kun tartibidan o'rin oladi. Ayni shu sababli bu muammo olamshumul ahamiyat kasb etadi. Natijada quyoshning tiriklik uchun zararli bo'lgan nurlari mazkur tirqishdan o'tib, insoniyat uchun xavfni yuzaga keltirdi. Jahon hamjamiyati bundan jiddiy tashvishga tushib, bunday gazlar miqdorini kamaytirish chora- tadbirlarini ko'rish zarurligini anglab yetishimiz kerak. Bu borada
qilingan amaliy ishlar natijasida mavjud xavfni ma'lum darajada jilovlash insoniyatninig oldida turgan muammolardan biridir.
III. MUHOKAMA
Bugungi kunda iqlim isishi abadiy muzliklar makoni Arktikaga ham yetib bordi va bu yerdagi ulkan muzliklarning erishi ummonlar suv sathining ko'tarilishiga sabab bo'lyapti. Ayni holat okean qirg'oqlarida qad rostlagan shaharlar uchun xavf tug'dirmoqda. Atrof-muhit ekologiyasini asrab-avaylashda 2000-yili qabul qilingan BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari katta o'rin tutadi. Atrof-muhtni asrash hamda toza ichimlik suvi yetkazib berish mazkur rezolyutsiyada 7-maqsad sifatida o'rin olgan. Bu masala ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar hamda loyihalarni amalga oshirish uchun har yili kamida 10 milliard dollar mablag' sarflanishi rejalashtirilgan.
Cho'llanish jarayoni mintaqaning o'simliklar va hayvonot dunyosiga ta'sir qilib, bioxilma-xillikning yoq bo'lib ketishiga olib keladi. Yurtimiz hududining deyarli uchdan ikki qismi cho'l va chala cho'llardan iborat bo'lib, bu joylardan qadimdan o'tloq va yaylov sifatida foydalanib kelinadi. Chorvachilikning barqaror rivojlanishida ana shu mintaqalardagi tabiiy o'simlik yaylovlarining o'rni va ahamiyati katta bo'lib, mamlakat iqtisodiyotiga salmog'iga katta ta'sir etadi. Ular chorvani yil davomida tabiiy va arzon yem-xashak bilan ta'minlashning yagona manbai hisoblanadi. Afsuski, hozirda cho'l va chalacho'l o'simliklar qoplami qoniqish hosil qiladigan darajada emas. Chunki ko'p yillar mobaynida antropogen omillar ta'sirida yaylovlarning tabiiy holati inqirozga yuz tutayapti. Eng kuchli antropogen omillar qatoriga chorva mollarining boqilishini kiritish mumkin. Bu o'simliklar qoplami tabiiy tuzilishining keskin o'zgarishiga olib kelmoqda. Cho'llarda o'ta keskin kontinental iqlim hukmronlik qilib, evolyutsiya jarayonida o'simlik va hayvonot dunyosining ko'plab turlari mo'jizaviy tarzda ushbu og'ir hayot sharoitlariga moslasha oldi. Cho'l qurbaqalari qumga chuqur kirib, yomg'ir kelguncha ko'p oylar qish uyqusida yotadi. Keyin ular uyg'onib, oziqlanishni, urug'lantirishni va ko'paytirishni boshlaydilar. Ba'zi cho'l hayvonlari uzunroq quloqlari yoki sovishini ta'minlaydigan boshqa xususiyatlarga ega bo'lgan hayvonlar suvga bo'lgan ehtiyojini iste'mol qiladigan oziq-ovqat orqali to'liq qondiradi. Namibiyada Velvetschia mirabilis o'simligi har kuni Namib cho'liga tushadigan tumanlardan sub bug'larini yutib, o'zidan namlik chiqaradi. O'zining o'ziga xos tabiati tufayli ch'lda yashovchi turlar odatdagi yashash joylarini yo'q qilishdan eng ko'p azob chekishadi. Dunyodagi turli cho'llar o'zining kelib chiqishi, evolyutsion tarixi va iqlimi jihatidan o'ziga xos bo'lib, ulardan oqilona foydalanish va ularni himoya qilish strategiyalari talab qilinadi. Quruq yerlar yog'ingarchilikning kamligi va namlikning yuqori darajada bug'lanishi bilan ajralib turadi. Ular er yuzasining 41 foizini egallaydi va 2 milliarddan ortiq odamning yashash joyini ta'minlaydi. Quruq yerlarda yashovchi aholining deyarli yarmi qashshoqlikda yashaydi. Bu odamlarning asosiy ehtiyojlarini qondirish ko'p jihatdan ularning muhitiga bog'liq. Rivojlanayotgan mamlakatlarning 90 foizida istiqomat qiluvchi aholi qurg'oqchilik natijasida, farovonligi va rivojlanish natijalari bo'yicha dunyo aholisining qolgan qismidan ortda qolmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda qurg'oqchil hududlarda chaqaloqlar o'limi koeffitsienti har 1000 tirik tug'ilgan chaqaloqqa o'rtacha 54 ta bolani tashkil etadi, bu boshqa hududlarga nisbatan ikki baravar va rivojlangan mamlakatlardagi umumiy chaqaloqlar o'limi darajasidan 10 barobar ko'pdir.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Cho'llanishga qarshi kurash to'g'risidagi konventsiyasi"da cho'llanish "Turli omillar, jumladan iqlim o'zgarishi va inson faoliyati natijasida qurg'oqchil, yarim qurg'oqchil va quruq subnam hududlardagi yerlarning degradatsiyasi" deb ta'riflanadi. Quruq yerlardagi yerlarning degradatsiyasi deb lalmi yerlarning biologik yoki
iqtisodiy unumdorligining pasayishi yoki yo'qolishi tushuniladi. Yer yuzasining uchdan bir qismi degradatsiyaga uchragan, bu esa, mos ravishda, 1 milliarddan ortiq odamning turmush tarziga ta'sir qiladi. Cho'llanish va qurg'oqchilikning oqibatlari oziq-ovqat xavfsizligi, ochlik va qashshoqlikni keltirib chiqaradi. Ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy ziddiyatlar nizolarga, yanada qashshoqlashuvga va yer degradatsiyasining kuchayishiga olib kelishi mumkin. Butun dunyoda cho'llanishning kuchayishi yangi boshpana va tirikchilik manbalarini izlashga majbur bo'lgan kambag'allar sonini millionlab odamlarga ko'paytirish bilan tahdid qilmoqda.
Butun dunyoda yerlarning 10-20 foizi allaqachon degradatsiyaga uchragan bo'lib, rivojlanayotgan mamlakatlarda bu muammo eng dolzarb hisoblanadi. Cho'llanishdan zarar ko'rgan yerlarning umumiy maydoni 6 milliondan 12 million km2 hisoblananmoqda. Agar buni yer yuzidagi davlatlar hududlari bilan solishtiradigan bo'lsak, Braziliya, Kanada va Xitoy kabi mamlakatlarning numiy maydoni 8 milliondan 10 million km2ni tashkil etadi. So'nggi o'ttiz yil ichida o'sib borayotgan dunyo aholisini oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish uchun qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ko'paytirish zarurati yer va suv resurslariga tobora kuchayib borayotgan bosimni keltirib chiqardi. Qishloq xo'jaligi yerlariga bo'lgan talabning ortib borayotganligi sayyoramizdagi o'rmonlarning 60-80 foizini yo'q qilinishiga olib keldi. Qishloq xo'jaligi aylanma yer fondida minglab gektar yer maydonlari ishlab chiqarishdan chiqib qolgan.
2-rasm. Cho'llanish jarayonlarining ona zaminga tug'dirayotgan xavfi.
Bugungi kunda cho'llanishga qarshi kurash bo'yicha BMT tomonidan bir necha konvensiyalar va atrof-muhitni muhofaza qilish kunlari e'lon qilingan bo'lib, bular quyidagilardan iborat: cho'llanishga qarshi kurash va barqaror rivojlanishga ko'maklashish to'g'risidagi Pekin bayonoti va cho'llanishga qarshi kurash bo'yicha xalqaro konferensiya hisoboti; jiddiy qurg'oqchilik yoki cho'llanishni boshdan kechirayotgan mamlakatlarda, xususan Afrikada cho'llanishga qarshi kurash to'g'risidagi konventsiya; 22-may Xalqaro biologik xilma-xillik kuni; 17-iyun Jahon cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurash kuni; 5-iyun Butunjahon atrof-muhit kuni; 2006-yil Xalqaro cho'l va cho'llanish yili; 2010-yil Xalqaro biologik xilma-xillik yili; 2010-2020-yillar Birlashgan Millatlar Tashkilotining cho'llar va cho'llanishga qarshi kurash o'n yilligi va hokazolar e'lon qilingan.
IV. XULOSA
Umuman olganda, bugungi kunda yerlarning degradatsiyasi, cho'llaish, sahrolanish jarayonlari yer yuzida katta mashtabda bormoqda. Cho'llanish yer yuzida quyida keltirilgan salbiy oqibatlariga olib keladi: oziq-ovqat ishlab chiqarilishining ko'payishi, tuproq unumdorligi va yerlarning tabiiy tiklanish qobiliyatining pasayishi; daryolarning quyi oqimida suv toshqinlarining kuchayishi, suv sifatining yomonlashishi, daryo va ko'llarda cho'kindi, suv omborlari va kema
kanallarining loyqalanishi; shamol tomonidan keltirilgan changlar, ko'z, nafas olish va allergik kasalliklar va psixologik stress tufayli inson salomatligining yomonlashishi; boshqa hududlarga ko'chib o'tishga majbur bo'lgan aholining odatiy turmush tarzini buzish, mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta'sir va hokazolarga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Муталов, К. А., Рамазонов, Б. Р., & Закиров, Д. У. (2020). Полукустарничковая растительность Юго Западного Кызылкума Материалы международной научно-практической конференции «Охрана и рациональное использование природных ресурсов Южного Приаралья» г. стр. 23-24.
2. Рамазонов, Б.Р., Рахимов, А.К. & Муталов, К.А. Районирование сельскохозяйственных культур на территориях Приаралья их эффективность и улучшение экологического состояния Аральского региона. Биология ва экология журнали, 4(2). 2020. ^р. 5-10.
3. Ramazonov, B. R. (2018). Plant world of the drained bottom of the Aral Sea. Current ecological state of the environment and scientific and practical aspects of rational nature management. In III International Scientific and Practical Internet Conference/Compilation "Caspian Research Institute of Arid Agriculture", p. Salty Loan.-2018. S (pp. 716-718).
4. Бахтиёр Рамазонович Рамазонов Орол денгизи куришининг тупрок копламига таъсириУ/Academic research in educational sciences. 2020. №1. URL: https://cyberleninka.m/article/n/orol-dengizi-urishining-tupro-oplamiga-tasiri. 23.04.2024.
5. бурбонов, Ш. Ш., & Рамазонов, Б. Р. (2021). ^ишлок хужалик фанларини укитиш методикасининг педагогика ва бошка фанлар билан богликлигининг илмий-амалий ахдмияти. Academic research in educational sciences, 2(9), 51-59.
6. Рамазонов, Б. Р. (2021). Процессы эрозии, опустынивание в природе и их основные характеристики. Academic research in educational sciences, 2(5), 386-396.
7. Баракаевич, С., Рамазонов, Б. Р., & Журакулович, X. Р. (2020). Сув ресурсларининг танкислиги-глобал экологик муаммо. Биология ва экология электрон журнали, 4(2).
8. Рамазонов, Б. Р., & Муталов, К. А. (2021). Взаимосвязь между экологией и экологические науки мониторинг загрязнения почвы. Academic research in educational sciences, 2(9), 946954.
9. Ramazonov, B. R. (2020). Soil cover of the Aral Sea region and change of soil properties under the influence of desertification (On the example of soils of the Karakalpakstan region). Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(S6), 620-631.
10. Ramazonov, B. R., & Kuziev, R. K. Soils of the dried part of the aral sea and problems of desertification International Journal of Psychosocial Rehabilitation, Vol. 24, Issue 04 2020 ISSN: 1475-7192. A web based peer reviewed publication for mental health practitioners, consumers & applied researchers.