Научная статья на тему 'Cho’llanishning atrof muhitga ta’siri'

Cho’llanishning atrof muhitga ta’siri Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
349
59
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
cho’llanish / atrof muhit / qishloq xo’jalik

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Masharipov Adamboy Atanazarovich, Matnazarova Malohat Islombayevna

Mazkur maqolada cho’llanishning atrof muhitga ta’siri to’g’risida batafsil ma’lumot keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Cho’llanishning atrof muhitga ta’siri»

Cho'llanishning atrof muhitga ta'siri

Masharipov Adamboy Atanazarovich Matnazarova Malohat Islombayevna

UrDU

Annotatsiya: Mazkur maqolada cho'llanishning atrof muhitga ta'siri to'g'risida batafsil ma'lumot keltirilgan.

Kalit so'zlar: cho'llanish, atrof muhit, qishloq xo'jalik

The impact of desertification on the environment

Masharipov Adamboy Atanazarovich Matnazarova Malohat Islambayevna

UrSU

Abstract: This article provides detailed information about the impact of desertification on the environment.

Keywords: desertification, environment, agriculture

YUNEPning baholashicha cho'llashuv natijasida qishloq xo'jaligiga har yili 26 mlrd. dollarlik zarar yetkaziladi. BMTning boshqa bir tashkiloti - cho'llashuv bo'yicha Dastur faoliyatini nazorat qilish markazining baholashicha esa qishloq xo'jaligi bir yilda cho'llashuv natijasida 21 mln. ga yer yo'qotiladi.

Ayrim olimlarning fikriga ko'ra, uzoq takrorlanmaydigan jarayon cho'llashuv deyiladi, boshqa olimlar buni inkor qiladi. BMTning ta'rificha, cho'llashuv - hudud biopotensialining kamayishi yoki buzilishi bo'lib, bundan keyin chol'l sharoitlariga o 'xchash sharoitlarning vujudga kelishiga imkon beradi.

R.Nelsonning fikricha, cho'llashuv ko'pgina hollarda inson faoliyati bilan bog'liq. C.Agnyu (Agnew), iqlim o'zgarishlari va asosan inson faoliyati tufayli yuzaga keladigan degradatsiya bilan bog'liq deb hisoblaydi. Bir necha yuz ming yil ilgari hozirgi Sahroi Kabir o'rnida Savanna, Amazonka junglilari o'rnida cho'l bo'lgan. Ba'zan cho'llashuv deganda hosildorroq yerlarga cho'lning bosib kirishi degan noto'g'ri tasavvur nazarda tutiladi. Cho'llashuvga qarshi kurash bo'yicha Xalqaro Konvensiya (1994) cho'llashuvni quyidagicha ta'riflaydi: "Cho'llashuv iqlim tebranishi va inson faoliyatini ham o'z ichiga oladigan turli omillar tufayli qurg'oqchil hududlarda yerlarning degradatsiyasini bildiradi". Yerning degradatsiyasi esa "yerlardan foydalanish yoki tuproqlarning shamol va suv eroziyasi, fizikaviy,

kimyoviy va biologik xossalarining yomonlashuvi kabi jarayonlarga va tabiiy o'simlik uzoq muddatga yo'qolishiga sabab bo'ladigan hatti-harakatlar tufayli sug'oriladigan va sug'orilmaydigan yerlarning, yoki yaylovlar va o'rmonlarning biologik va iqtisodiy mahsuldorligini kamayishiga yoki to'liq yo'qolishini bildiradi"

Cho'llashgan hududlarning tuproqlari kam hosildorligi bilan farq qiladi. Kam va o'zgaruvchan yog'inlar bilan birgalikda anchagina cho'llashgan hududlarda biologik mahsuldorlik gektariga 400 kg dan oshmaydi. Iqlim sharoitlariga mos holda cho'llar (muzlik sahrolari bilan birgalikda) jahonda 48 mln. km2 atrofidagi maydonni ishg'ol etishi lozim. Ammo tuproq-botanik ma'lumotlariga ko'ra ularning maydoni 57 ni tashkil etadi. Demak, 9 mln km2 antropogen cho'llardan iborat. Turli darajadagi cho'llashuv yana 25 mln km2 maydonda rivojlanayotir. Afrika va Shimoliy Amerikada arid hududlarining % qismiga yaqini degradatsiyaga, ya'ni cho'llashuvga duchor bo'lgan.

Cho'llashuv quyidagi belgilarga ega: tuproqning o'simlik bilan qoplanish darajasining qisqarishi, tuproq yuzasi albedosi (aks ettirish qobiliyati) ning ko'payishi, ko'p yillik o'simliklarning, ayniqsa daraxtlar va butalarning ancha yo'qolishi, tuproqlar degradatsiyasi va erosiyasi, ayrim joylarda qumlarning bosishi va tuproqlarning sho'rlanishi. Bu barcha jarayonlar arid landshaftlar uchun xos va tabiiy holda ular tartibga solinadi. Ammo, bu jarayon inson faoliyati bilan o'zaro bog'likda bo'lsa, ko'pgina ozgarishlar qaytmaydigan (takrorlanmas) bo'lib qoladi.

Cho'llashuvning tabiiy jarayonlari. Atmosfera yog'inlari juda kam bo'lgan holda hozirgi issiq iqlim ta'siri ostida cho'l hududlarining quruqlashuvi tabiiy jarayonlarning kechishini taqoza etadi. Ularga quyidagi jarayonlarni kiritish mumkin:

a) Ehtimoliy bug'lanishning yog'inlarning yillik miqdoriga nisbatan keskin ko'p bo'lishi natijasida tuproqlar va sizot suvlari sho'rlanishining tobora kuchayib borishi;

b) tabiiy va madaniy o'simliklarning biologik mahsuldorligini keskin pasayishiga va yuza hamda sizot suvlari zahiralarining pasayishiga sabab bo'ladigan davriy takrorlanadigan qurg'oqchillik.

Cho'llashuv jarayonlari iqlimning o'zgarishi natijasida ekstraarid, arid va chala arid zonalarda har xil.

O'simlik o'smaydigan iqlim aridlashuvining tabiiy jarayonlari hududning qurg'oqchilligini chuqurlashtirgan holda insonning xo'jalik faoliyatiga kam ta'sir ko'ratadi, chunki otatda cho'llarda sug'orma dehqonchilikdan tashqari qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi ekstraarid cho'llarda kam rivojlangan. Sanoat ishlab chiqarishi esa iqlimning o'zgarishiga bog'liq emas.

O'simlik qoplami nisbatan rivojlangan va butun yil davomida mol boqish uchun yaylovlar sifatida foydalaniladigan arid cho'llarda iqlimning o'zgarishi chorvachilikka salbiy ta'sir ko'rsatadi.

www.openscience.uz / ISSN 2181-0842

35

Davriy qurg'oqchillik yaylov chorvachiligi bilan bir qatorda lalmikor dehonchilik ham bo'lgan chala arid zonalarda eng noqulay oqibatlarga ega.

Cho'llashuvning antropogen jarayonlari. Antropogen jarayonlarning asosiylarini quyidagilar tashkil etadi:

a) chorva mollarining o'ta ko'p boqilishi natijasida yaylov o'simliklarining degradatsiyasi;

b) turli omillarning (butalardan o'tin tayyorlash, yo'l, quvur, sug'orish kanallari, sanoat ob'yektlari, aholi manzilgohlari va boshqa ob'yektlarning qurilishi) ta'siri ostida o'simliklar bilan mustahkamlangan qumlaring deflyatsiyasi;

c) suv havzalari sathining ularni suv bilan ta'minlab turgan daryolarning tartibga solinishi va foydalanilishi natijasida sho'rxokli cho'llarning yangi maydonlarining hosil bo'lishi.

Cho'l va chala cho'llarni qishloq xo'jaligida o'zlashtirishda cho'llashuv jarayonlari quyidagi sharoitlar birlashganda ayniqsa faollashadi:

a) nam yillarda qurg'oqchil hududlarning chegaradosh rayonlari yer va yaylov resurslaridan ortiqcha mol boqilishi va yalovlarning degradatsiyasiga olib keladigan nooqilona foydalanishning kuchayish, yangi yerlarni haydash, yangi aholi manzilgohlari atrofida o'tin va maishiy ehtiyojlar uchun o'simliklarni tayyorlash;

b) navbatdagi quruq yillarda o'simliklarning rivojlanishidagi hosilning yo'qolishiga va mollarning nobud bo'lishiga olib keladigan keskin depressiya, tuproq va qumlarning deflyatsiyasi jarayonlarining kuchayishi.

O'simlikning yo'qotilishi va tuproq hamda qumlar yuza qatlamining yumshatilishi natijasida ular faol shamollar ta'sirida uchirila boshlaydi va harakatchan eol shakllar - qumli dalalar, barxanlar va boshqa shaklda to'planadi. Arid zonalarda deflyatsiya va eol akkumulatsiyasi odatiy hol. Ular ayniqsa ekstraarid cho'llarda faol kechadi va eol relyefi klassik (barxanlar, piramidal dyunalar va b.) shakllarga ega bo'ladi.

Arid cho'l va chala cho'llarda tuproq va qumlarning deflyatsiyasi kamroq faol. Insonning atrof muhitga ta'siridan tashqarida eol jarayonlariga nisbatan qalinroq o'simlik qoplami to'sqinlik qiladi. Shu sababli relyefning o'simlik bilan mahkamlangan o'ziga xos eol (tepachalar, serg'ovvak qumlar va b.) shakllarni hosil bo'ladi. Bunday holda deflyatsiya o'simlik rivojlanishi jarayonlari bilan birgalikda kechadi va ular orasida dinamik muvozanatni vujudga keltiradi.

Sug'orma dehqonchilik qilinadigan hududlarda tabiatdan va uning ayrim resurslaridan, shu jumladan yer va suv resurslaridan ham, foydalanish, yuqorida ta'kidlanganidek, sug'oriladigan hudud tabiiiy muhitda dinamik muvozanatni buzilishiga olib keladi. Ishlab chiqarish uchun nomaqbul bo'lgan tabiiy-antropogen jarayonlarning kuchayishi natijasida sug'oriladigan yerlarning mahsuldorligining pasayishiga, degradatsiyasiga va pirovardida yerlarning qishloq xo'jaligida

foydalanish (oborot)dan chiqib qolishiga olib keladi, bosqacharoq qilib aytganda, irrigatsion cho'llanshuvga olib keladi.

Irrigatsion cho'llashuv jarayonlari bilan bog'liq bo'lgan geoekologik muammolar yechimida sug'oriladigan yerlarda tabiatdan foydalanishni optimallashtirishda va qayta cho'llashayotgan landshaftlarni tiklash uchun tabiatni muhofazalovchi va agromeliorativ tadbirlarni o'tkazish taqoza etiladi. Shu sababli dehqonchilikni intensivlashtirish jarayoniga tabiiy muhitga antropogen yukni ortishini e'tiborga oladigan yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Cho'llarda sug'oriladigan yerlarning mahsuldorligini oshirish, kechayotgan va vujudga kelishi mumkin bo'lgan salbiy holdagi tabiiy-antropogen jarayonlarni bartaraf qilish uchun kompleks tadqiqotlar, ya'ni agroirrigatsion landshaftlarning barcha xususiyatlarini o'rganish imkonini beradigan geografik tadqiqotlar o'tkazilishi zarur. Faqat kompleks tadqiqotlar antropogen landshaftlarning salohiyatidan samarali foydalanish uchun asoslangan amaliy tavsiyalar bera oladi.

Foydalangan adabiyotlar

1. Abbosov S.B. Qizilqumda cho'llanishning antropogen omillari va uning oqibatlari. Tabiiy geografiyaning regional muammolari. Samarqand, 2002.

2. Алибеков Л.А. Щедрост пустыни. М., 1988.

3. Лобова Е.В., Хабаров А.В. Почвы. Природа мира. М., 1983.

4. Петров М.П. Пустыни мира. Л., 1974.

www.openscience.uz / ISSN 2181-0842

37

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.