Научная статья на тему 'ANDIJON VILOYATI TABIIY LANDSHAFTLARI'

ANDIJON VILOYATI TABIIY LANDSHAFTLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
531
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Andijon viloyati / tabiiy landshaftlar / muhofaza / qumli cho‘llar / o‘simlik / tumanining / xususiyatlari / tuproq / yodgorliklar / qo’riqxona / qumli cho‘llar / tabiat. / Andijan region / natural landscapes / sandy deserts / vegetation / district / features / soil / monuments / nature reserve / conservation / nature.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — B. Umarov, M. Berdiqulov, B Jo’rayeva

Viloyat hududidagi landshaftlarning ekologik guruhi asosan ikkiga bo‘linadi: 1. Kseromorf hududlar (bu yerlarga Ulug‘norning janubi-g‘arbiy, Marhamatning janubi, Andijonning Xortum, Otchopar, Jalolquduqning g‘arbi kiradi). Bu yerlarda tuproq va o‘simlik olami boshqa hududlarga nisbatan bir oz bo‘lsa-da tabiiyligi bilan, davriyligi bilan ajralib turadi. 2.Antropogen guruh (to‘la o‘zlashtirilgan madaniy landshaftlar hisoblanib, yuqorida aytilganidek, sug‘orma dehqonchilik va bog‘dorchilik ishlari amalga oshiriladigan joylar). Bu guruh viloyatning asosiy maydonini ishg‘ol qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NATURAL LANDSCAPES OF ANDIJAN REGION

The ecological group of landscapes in the region is mainly divided into two: 1. Xeromorphic areas (these include southwest of Ulugnor, south of Marhamat, Khartoum of Andijan, Otchopar, west of Jalalkuduk). The soil and vegetation here are slightly more natural and periodic than in other areas. 2. Antropogenic group (fully developed cultural landscapes, as mentioned above, areas where irrigated agriculture and horticulture are carried out). The group occupies the main area of the province.

Текст научной работы на тему «ANDIJON VILOYATI TABIIY LANDSHAFTLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ANDIJON VILOYATI TABIIY LANDSHAFTLARI Umarov Bekzod Baxtiyorjon o'gli

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institute "Dehqonchilik va o'rmon

melioratsiyasi" kafedrasi assistenti Berdiqulov Muhammadqodir Ummatali o'g'li

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabasi Jo'rayeva Behruzaxon Ismatillo qizi

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabasi https://doi. org/10.5281/zenodo.7110490

Annotasiya. Viloyat hududidagi landshaftlarning ekologik guruhi asosan ikkiga bo'linadi: 1. Kseromorf hududlar (bu yerlarga Ulug'norning janubi-g'arbiy, Marhamatning janubi, Andijonning Xortum, Otchopar, Jalolquduqning g'arbi kiradi). Bu yerlarda tuproq va o'simlik olami boshqa hududlarga nisbatan bir oz bo'lsa-da tabiiyligi bilan, davriyligi bilan ajralib turadi. 2.Antropogen guruh (to'la o'zlashtirilgan madaniy landshaftlar hisoblanib, yuqorida aytilganidek, sug'orma dehqonchilik va bog'dorchilik ishlari amalga oshiriladigan joylar). Bu guruh viloyatning asosiy maydonini ishg'ol qiladi.

Kalit so'zlar: Andijon viloyati, tabiiy landshaftlar, muhofaza, qumli cho'llar, o'simlik,tumanining, xususiyatlari, tuproq, yodgorliklar, qo'riqxona, qumli cho'llar, tabiat.

ПРИРОДНЫЕ ЛАНДШАФТЫ АНДИЖАНСКОЙ ОБЛАСТИ

Аннотация. Экологическая группа ландшафтов области в основном делится на две: 1. Ксероморфные области (к ним относятся юго-западнее Улугнора, южнее Мархамата, Хартума, Отчопара, западнее Джалалкудук в Андижане). Почва и растительность здесь несколько более естественны и периодически повторяются, чем в других районах. 2. Aнтропогенная группа (полноценно развитые культурные ландшафты, как указывалось выше, территории, где ведется орошаемое земледелие и садоводство). Группа занимает основную площадь провинции.

Ключевые слова: Андижанская область, природные ландшафты, песчаные пустыни, растительность, район, особенности, почвы, памятники, заповедник, охрана, природа.

NATURAL LANDSCAPES OF ANDIJAN REGION

Abstract. The ecological group of landscapes in the region is mainly divided into two: 1. Xeromorphic areas (these include southwest of Ulugnor, south of Marhamat, Khartoum of Andijan, Otchopar, west of Jalalkuduk). The soil and vegetation here are slightly more natural and periodic than in other areas. 2. Antropogenic group (fully developed cultural landscapes, as mentioned above, areas where irrigated agriculture and horticulture are carried out). The group occupies the main area of the province.

Keywords: Andijan region, natural landscapes,, sandy deserts,, vegetation, district, features, soil, monuments, nature reserve, conservation, nature.

KIRISH

Andijon viloyati O'zbekiston Respublikasining eng sharqiy qismida joylashgan, shuning uchun mamlakatning «Sharqiy darvozasi» hisoblanadi. Andijon viloyati Farg'ona mintaqasining sharqiy qismida, asosan, Qoradaryo havzasida, Farg'ona va Oloy tog'lari oralig'ida, "Buyuk ipak

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

yo'li"ning Qashgqar-O'sh-Qo'qon-Toshkent yo'nalishida, intensiv sug'orma dehqonchilik va aholisi ko'p va juda zieh yashaydigan mintaqaning markazida joylashgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Andijon viloyatini shimol, sharq va janubi-sharqdan Qirg'iziston Respublikasi Jalolobod va O'sh viloyatlari, janubi-g'arbdan Farg'ona viloyati, shimoli-g'arbdan Namangan viloyatlari chegaralab turadi. Viloyatning eng shimoliy nuqtasi Paxtaobod tumani Madaniyat qishlog'i bo'lib, 410 03! shimoliy kenglik, eng janubiy nuqtasi Marhamat tumani Qorachatir tog'larining shimoliy yonbag'irlarida, 400 24 sharqiy uzoqlik, sharqiy nuqtasi Xonobod shahri yaqinida joylashgan Jiydabuloq qishlog'i sharqida 730 10! shq.u., eng g'arbiy nuqtasi esa Ulug'nor tumani yangi Baliqchi qishlog'i g'arbida 710 31! shq.u. ga to'g'ri keladi.

Andijon tabiiy landshaftlariga Ulug'nor tumanidagi qumtepalar, baliqchilik xo'jaligi atrofidagi qamishzorlar hamda Asaka, Andijon, Marhamat, Buloqboshi, Xo'jaobod, Jalolquduq, Qo'rg'ontepa, Paxtaobod tumanlari hududida joylashgan adirliklar, Xo'jaobod tumanining Manak, Dilkushod, Imom ota, Qo'rg'ontepaning Fozilmon ota, Qoratog' tog'lari kiradi. Bu tabiiy landshaftlar bugungi kunda viloyatning tabiiy rekratsion resursi ham hisoblanib, himoyaga muhtoj bo'lib qolmoqda, sababi Ulug'nordagi qum tepalari qumining qurilish materiali sifatida katta miqdorda olinishi, adir tuproqlaridan pishirilgan g'isht tayyorlashda keng miqyosda foydalanilishi,Shirmonbuloqdagi tog' toshlaridan ohak tayyorlashda foydalanish, tog'oldi va tog' hududlaridan yaylov sifatida foydalanish tabiiy landshaftlarning o'zgarib ketilishiga sabab bo'lmoqda. Bu esa tabiat muvozanatining ma'lum ma'noda buzilishiga olib keladi.

Viloyat landshaftlari chala cho'llar, lyossli cho'llar, qumli cho'llar, sug'oriladigan yerlar va seliteb hududlarga bo'linadi. Tekisliklarda asosan allyuvial va prolyuvial yotqiziqlardan hosil bo'lgan landshaftlar, jumladan, chala cho'llar Marhamat tumanining janubida, lyossli cho'llar Andijon tumanining Otchopar, Xortum qishloqlari atroflarida, qumli cho'llar Ulug'nor tumanining janubi-g'arbida Mingchinor atroflarida hamda sug'oriladigan yerlar va seliteb hududlar viloyatning qolgan barcha joylariga xos bo'lgan landshaft hisoblanadi.

TADQIQOT NATIJALARI

Yuqoridagi to'rtta landshaftlardagi tuproq va o'simlik qoplamini o'rganadigan bo'lsak: 1) chala cho'l landshaftlarida och tusli va tipik bo'z tuproqlarda so'g'd va shpichka poyali gammada o'simliklari jamoalari o'sadi; 2) cho'l landshaftlarida, lyossli cho'l landshaftlarida och tusli va tipik bo'z tuproqlarda quyon jun, efemer va efemeroidlar (cho'l bargi, qo'ng'irbosh, yovvoyi bug'doy, quyon arpa, yoltirbosh xillari) va shuvoq o'simliklari jamoalari o'sadi; 3) qumli cho'llar landshaftlarida qumli cho'l tuproqlar tarqalgan bo'lib, u yerlarda qumlardagi oq saksovul, cherkez va qumlardagi qora saksovul o'simliklari vakillari yashaydi, umuman, chala cho'l, cho'l hududlarda iqlimning o'ziga xos kontinentalligi, yog'inlarning kamligi, mavjud bo'lgan namlikka nisbatan mumkin bo'lgan bug'lanishning ortiqligi bu yerda tuproqlarning ham, o'simlik olamining ham o'sha joyga moslashishga olib keladi. Tuproqlarda unumdorlik, donadorlik xususiyatlari past bo'lib, o'simlik olami ham o'zidagi suvlarni kam bug'latish xususiyatiga ega bo'lgan mayda bargli, tikanli, tomirlari o'q tomir bo'lib Yer ostiga chuqur boradigan o'simliklar hisoblanadi; 4) antropogen landshaftlar viloyatning asosiy maydonini egallab, bu yerlarda sug'orma dehqonchilik ishlari amalga oshiriladi. Asosan, unumdor, hosildorligi yuqori, ishlov yeriladigan madaniy tuproqlar (jumladan, o'tloqi soz-allyuvial, bo'z-o'tloqi, o'tloqi-bo'z va och tusli bo'z hamda tipik bo'z tuproqlar) tarqalgan bo'lib, asosan, paxta,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

bug'doy, makkajo'xori, sholi, arpa, beda, poliz va sabzavot ekinlari bilan birga bog'dorchilik va uzumchilik rivojlangan.

Viloyat hududidagi landshaftlarning ekologik guruhi asosan ikkiga bo'linadi: 1. Kseromorf hududlar (bu yerlarga Ulug'norning janubi-g'arbiy, Marhamatning janubi, Andijonning Xortum, Otchopar, Jalolquduqning g'arbi kiradi). Bu yerlarda tuproq va o'simlik olami boshqa hududlarga nisbatan bir oz bo'lsa-da tabiiyligi bilan, davriyligi bilan ajralib turadi. 2.Antropogen guruh (to'la o'zlashtirilgan madaniy landshaftlar hisoblanib, yuqorida aytilganidek, sug'orma dehqonchilik va bog'dorchilik ishlari amalga oshiriladigan joylar). Bu guruh viloyatning asosiy maydonini ishg'ol qiladi.

Har qanday landshaft eng avvalo barcha tirik organizmlar uchun yashash makoni hisoblanadi. Jumladan, inson uchun ham aniq muhit hisoblanib, uni har qanday ko'ngilsiz va rejasiz, tartibsiz foydalanishdan hamda ifloslanib xususiyatlarini o'zgartirib yuborishdan muhofaza qiladi. Landshaftlarni muhofaza qilish deganda, biz uning komponentlarini, tarkibini toza saqlashga, muvozanatining buzilmasligini, yovvoyi tabiatni o'z xolicha saqlab qolishni tushunamiz.

MUHOKAMA

Landshaftlarning barcha unsurlarini muhofaza qilishda eng avvalo aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishga, insonlarning tabiat oldidagi mas'uliyatini oshirishga, kelajak avlod oldida javobgarligini his etilishiga erishish zarur, shu bilan birga, viloyat hududida mavjud o'simlik va hayvonot olamini mutaxassislar yordamida aniqlab, ularni ko'paytirish masalalarining ilmiy yechimini topishga yerishish kerak.

Viloyatda qo'riqxona va buyurtmalarning yo'qligini hisobga olib Ulug'nordagi qum tepalarining, baliqchilik xo'jaligi atrofidagi qamishzorlarning, Asaka, Andijon, Buloqboshi, Marhamat, Xo'jaobod, Jalolquduq, Paxtaobod va Qo'rg'ontepa tumanlarida joylashgan adir zonalarning, tog'larning tabiiy holda saqlanishiga erishish muhim ahamiyatga ega bo'lgan vazifa hisoblanadi.

Tabiat yodgorliklariga viloyatimizdagi g'orlar, karstlar, sharshara va shovvalar, buloqlar, jilg'a va soylar, daralar, qoyali relyef shakllari, ochilib qolgan yotqiziqlar, ko'p asrlik noyob daraxtlar kiradi. Bunday yodgorliklarni viloyatimizning Karnaychi, Imomota, Chilustun, Chilmoyram tog'lari, Sultonobod shaharchasi hududida Sultonsupa, Yunuspayg'ambar ota Ziyoratgohi, Bibi Seshanba ziyoratgohi, Ko'k buloq, So'pgal buloq, Xonoboddagi Fozilmon ota ziyoratgohidagi ming yillik chinorlar, shifobaxsh buloqlar, Kampiroboddagi Kampirtosh, Qoradaryo vodiysidagi ochilib qolgan jinslar, Qo'rg'ontepa shahridagi Madrona, Jalolquduqdagi Qilichmozor ziyoratgohi,Shirmonbuloqdagi sharshara, buloqlar, qoyatoshlar, Oyim qishlog'idagi Dalvarzintepa, Marhamatdagi Mingtepa, Andijon shahridagi Sarvontepa, Bog'ishamol majmuasi, Jome madrasasi, eski minora, Qal'a, Bobur Arki, O'lkashunoslik, adabiyot va san'at, Cho'lpon muzeylari, Madaniyat qishlog'idagi Otaqo'zi madrasasi, Shahrixon madrasasi, Baliqchidagi Uchbuloq kabi tabiiy va tarixiy yodgorliklarni kiritishimiz mumkin.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak Andijon viloyatida, jumladan, respublikamizda bo'lganidek, shunday vaziyat ro'y berdiki, aholi yashash punktlarining atmosfera havosini ifloslantiruvchilari o'sha hududlarning ekologik holatini sezilarli yomonlashtirmoqda, ekotizimning barcha komponentlari kimyoviy tarkibining o'zgarishiga sabab bo'lmoqda. Bularning barchasi aholi salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Atmosfera ifloslanishinig

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

aholining kasallanishi bilan miqdoriy bog'liqlikning borligi aniqlandi. Bundan tashqari hozirgi kunda o'simliklar va hayvonlarga atmosfera ifloslanishi natijasida salbiy o'zgarishlar ro'y beryapti va tabiiy lanshaftlar kundan -kunga soni kamayib boryapti Har qanday landshaft eng avvalo barcha tirik organizmlar uchun yashash makoni hisoblanadi. Jumladan, inson uchun ham aniq muhit hisoblanib, uni har qanday ko'ngilsiz va rejasiz, tartibsiz foydalanishdan hamda ifloslanib xususiyatlarini o'zgartirib yuborishdan muhofaza qiladi.

REFERENCES

1. P.Baratov "O'zbekiston tabiiy geografiyasi".Toshkent.O'qituvchi-1996-yil

2. V.E.Chub "Iqlim o'zgarishi va uning O'zbekiston Respublikasi tabiiy resurs potensialiga ta'siri". Toshkent 2000-yil

3. P.N.G'ulomov "O'zbekistonda tabiatdan foydalanishning geografik asoslari".Toshkent 1990-yil

4. Xusanjon, I., & Abduxolik, K. (2022). Moshning yangi navlarini yaratishda seleksiya ko 'chatzorida o 'tkazilgan tadqiqotlar. Research and education, 1(4), 50-56.

5. Abdujabborovich, I. X., Ozodbek, A., Nodirbek, X., & Abrorbek, a. (2022). Sug 'oriladigan maydonlarda mosh (Phaseolus aureus Piper) navlarining simbiotik faoliyatiga ekish muddati va me 'yorining ta'sirini o 'rganish. Science and innovation, 1(1), 615-624.

6. Abdujabborovich, I. X., o'gli, u. X. I., qizi, a. D. A., qizi, y. M. N., & ogli, m. A. A. (2022). Tipik bo'z tuproqlar sharoitida mosh (Phaseolus aireus Piper) navlarini tadqiq etish. Science and innovation, 1(d2), 160-165.

7. Abdujabborovich, i. X. (2022). Qozoqi anorning biologik xususiyatlari. Models and methods for increasing the efficiency of innovative research, 2(13), 396-400.

8. Idrisov, X. A., & o'g'li Soliyev, a. M. (2022, may). Sug 'oriladigan maydonlarda soya etishtirish texnologiyasini takomillashtirish. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 7, pp. 286-295).

9. Abdujabborovich, i. X., & Gofurovna, r. F. (2022, may). Soya (Glycine hispida l) ning bilogik xususiyatlari va tashqi muxit omillari. In e conference zone (pp. 1-5).

10. Abdujabborovich, i. X., & teshaboyev, a. (2022). Soyaning kolleksiya ko'chatzoridan samarali va maqsadli foydalanishning ilmiy axamiyati. Science and innovation, 1(d3), 286290.

11. Abdujabborovich, i. X., & o'g'li, x. A. M. (2022). Sholi seleksiyasi bo 'yicha o 'tkazilgan tadqiqot natijalarini tahliliy o 'rganish. Science and innovation, 1(d3), 276-281.

12. Abdujabborovich, i. X., o'g, p. J. G. A., o'g'li, e. K. E., & o'g, d. O. N. M. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratishda nav namunalaridan samarali va maqsadli foydalanishning ahamiyati. Science and innovation, 1(d3), 269-275.

13. Abdujabborovich, i. X., & Mirzamaxsudavich, b. R. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratish bo 'yicha o 'tkazilgan tadqiqotlar. Science and innovation, 1(1), 776-785.

14. Idrisov, x. A. (2022, june). Osiyo loviyasi-mosh (phaselus aureus piper.)-biologik xususiyatlari. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 9, pp. 144148).

15. Abdujabborovich, i. X., o'gli, u. X. I., qizi, a. D. A., qizi, y. M. N., & ogli, m. A. A. (2022). Tipik bo'z tuproqlar sharoitida mosh (rhaseolus aireus piper) navlarini tadqiq etish. Science and innovation, 1(d2), 160-165.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

16. Abdujabborovich, i. X., & teshaboyev, a. (2022). Soyaning kolleksiya ko'chatzoridan samarali va maqsadli foydalanishning ilmiy axamiyati. Science and innovation, 1(d3), 286290.

17. Idrisov, x. A., & karimov, a. A. (2022, july). Mosh (phaselus aureus piper.) Dan yuqori hosil olishda agrotexnik omillarning ahamiyatimosh (phaselus aureus piper.) Dan yuqori hosil olishda agrotexnik omillarning ahamiyati. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 11, pp. 106-111).

18. Xusanjon, i., & abduxolik, k. (2022). Moshning yangi navlarini yaratishda seleksiya ko 'chatzorida o 'tkazilgan tadqiqotlar. Research and education, 1(4), 50-56.

19. Abdujabborovich, i. X., o'g, p. J. G. A., o'g'li, e. K. E., & o'g, d. O. N. M. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratishda nav namunalaridan samarali va maqsadli foydalanishning ahamiyati. Science and innovation, 1(d3), 269-275.

20. Abdujabborovich, i. X., & mirzamaxsudavich, b. R. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratish bo 'yicha o 'tkazilgan tadqiqotlar. Science and innovation, 1(1), 776-785.

21. Idrisov, x. A., & o'g'li soliyev, a. M. (2022, may). Sug 'oriladigan maydonlarda mosh (phaselus aureus piper.) Navlarining tavsifi. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 7, pp. 17-23).

22. Idrisov Xusanjon Abdujabborovich, Xalbaev Akbar Namozovich. (2022). SOYANING SELEKSIYA KO'CHATZORIDAGI NAV NAMUNALARINI QIMMATLI-XO'JALIK XUSUSIYATLARINI O'RGANISH. MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE, 1(12), 22-25. https://doi.org/10.5281/zenodo.7032183.https://doi.org/10.5281/zenodo.7032183

23. Soyaning nazorat ko'chatzoridagi nav namunalarini qimmatli-xo'jalik xususiyatlarini tahliliy organish. https://academicsresearch.com/index.php/rnsr. "Results of national scientific rasearch" scientific-methodical journal Volume 1, Issue 4, ISSN:2181-3639, Toshkent 2022 y 5-son,.134-139 betlar, https://academicsresearch.com/index.php/rnsr/ind.

24. Khojamkulova Yulduzoy Jahonkulovna, Kashkaboeva Chulpanoy Tulkunovna, Ibragimov Feliks Yuldashevich. IN RICE (ORIZA SATIVA) VARIETIES THE PLANT GROWS AT DIFFERENT WATER THICKNESSES, WATER CONSUMPTION DURING DEVELOPMENT PERIODS, M 3, SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference.https://doi.org/10.5281/zenodo.7028149.

25. Idrisov, X. A., & o'g'li soliyev, a. M. (2022, may). Sug 'oriladigan maydonlarda mosh (phaselus aureus piper.) Navlarining tavsifi. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 7, pp. 17-23).

26. Idrisov, X. A., Atabayeva, X. N. (2022, may). Loviya va mosh ekinlarining umumiy ahamiyati va biologik xususiyatlarini tahliliy o 'rganish. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 8, pp. 644-651).

27. Xalima, A., Xusanjon, I., & Abdulvosid, S. (2022). O 'tloqi-botqoq tuproqlar sharoitida mosh (Phaseolis aireis piper) ning o 'sishi, rivojlanishi va don hosildorligi. Research and education, 1(2), 373-381.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.