КУРИЛИШ
УДК 515.1
GIDROTEXNIK INSHOOTLAR LOYIHALASH JARAYONI ALGORITMLARI
(damba loyihasi misolida).
t.f.d. prof. Kuchkarova Dilarom Fayzullayevna assistant. Ismatov Baxtiyor Sa'dulla o'g'li magistr. Suyunov Shaxzod G'ulom o'g'li
Annotatsiya: Mazkur maqolada gidrotexnika inshootlarini loyhalash jarayonini bosqichlarga bo'lib har bir bosqichni mukammal darajada o'rganish maqsad qilib olingan. Loyihani xato va kamchiliklarsiz tuzish algoritmini ishlab chiqish haqida fikr mulohaza yuritilgan. Loyihalash jarayoniga avtomatlashtirilgan dasturlarni qo'shish bugungi kunning ham talabi ham ehtiyojiga aylanib bormqda.
Umuman olganda butun dunyoda yagona qabul qilingan loyihalash jarayoni algoritmi mavjud emas. Ushbu maqolada faqat misollardan biri yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: Gidrotexnika inshootlari, loyihachi, loyihalash jarayoni, yer relyefi, koordinata, aplikata, 3D model, gorizontallar, o'q, maydoncha, chiziqli masshtab, quyi nishab, yuqori nishab, damba, tizim, avtomatlashtirish.
Kirish. Bugungi rivojlanayotgan davrda xar bir tizimni raqamlashtirishga bo'lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda, bu borada Respublikamiz tomonidan ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda, shular qatorida Gidrotexnika inshoatlarini loyihalash jarayonini ham avtomatlashtirishga bo'lgan talab ham oshib bormoqda. Davlatimiz tomonidan bu borada ko'plab qaror va farmonlar ishlab chiqilmoqda, Prezdintimizning 2021-yil 6-apreldagi "Suv resurslaridan foydalanishda davlat boshqaruvi va nazorati tizimini yanada takomillashtirish va suv inshoatlari xavfsizligini ta'minlash chora - tadbirlari to'g'risida"gi PF-6200 [1] sonli farmonida ham hozirga kelib ushbu sohalarini rivojlantirish, Gidrotexnika inshootlar xavfsizligini ta'minlash uchun asosiy chora-tadbirlar belgilab berildi.
Maqsad. Gidrotexnik inshootlar loyhalash jarayonini bosqichlarga bo'lib har bir bosqichni mukammal darajada o'rganish va loyihalsh jarayoniga avtomatlashtirilgan dasturlarni qo'shish.
Masalaning o'rganilganik darajasi. Loyihalash jarayoni - amaliy va ilmiy bilimlarni tizimli jarayon yordamida muammolarni hal qilishda qo'llash deb ta'riflanadi. Loyihachilar o'z ishlarida turli sohalardagi ko'plab bilimlardan foydalanadilar. Biroq, jarayonning o'zi hali muhokama qilinmagan. Loyihachilar muammoni hal qilishda qanday tizimli yondashuvdan foydalananishadi.[3]
Umuman olganda loyihalash jarayoni 6 bosqichdan iborat: (1-jadval)
1-jadval
№ Nomi Ta'rif
1 TAHLIL QILISH Ushbu bosqichda loyihachilar hal qilinishi kerak bo'lgan muammoni aniqlaydilar.Bu loyihalash jarayonidagi eng izchil va eng muhim qadamdir. Muammoni tushunmasdan, uni hal qilib bo'lmaydi. Ko'pincha, bu bosqich to'g'ri yoki to'liq amalga oshirilmaydi, bu butun loyihaga salbiy ta'sir qiladi. Ushbu bosqichda faqat uning xususiyatlarini yoki ko'rinadigan tomonlarini aniqlash emas, balki vazifani to'liq o'rganish juda muhimdir
КУРИЛИШ ВА ТАЪЛИМ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2022, №2
1 KYPHHHffl l|
2 TADQIQOT O'TKAZISH Ushbu bosqichda loyihachilar o'zlari ustida ishlayotgan vazifani o'rganadilar. Ular boshqa mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan shu kabi muammolarni hal qilish yo'llarini ko'rib chiqadilar. Loyihachilar, shuningdek loyiha bilan shug'ullanadigan muhit, loyihaning echimi qo'llaniladigan vaziyatlar va undan qanday foydalanish haqida ma'lumot to'playdi.
3 YECHIMLA RNI TANLASH Ushbu bosqichda loyihachilar hali uni amalga oshirishni boshlamasdan turib amalga oshishi mumkin bo'lgan yechimlarni tanlaydilar. Tanlov spetsifikatsiyalar asosida amalga oshiriladi.
4 MAQBUL YECHIMNI TANLASH Ushbu bosqichda loyiha jamoasi muammoning bir nechta potentsial yechimlarini aniqlaydi. Bu yerda loyihachilar eng samarali yechimni aniqlash uchun tadqiqot o'tkazishdan olingan saboqlardan foydalanishadi. Tanlov har doim ham oddiy va aniq emas. Ba'zida to'g'ri qaror o'z-o'zidan paydo bo'ladi. Ko'pincha eng yaxshisini aniqlash juda qiyin. Jamoalar yechimlarni 3-bosqichda belgilangan spetsifikatsiyalar bilan solishtiradi va boshqalardan ajralib turadiganini aniqlashga harakat qilishiadi. Loyihachilar eng oddiy va eng optimal yechimni qidirishadi.
5 TAJRIBA DAN O'TKAZISH Ushbu bosqichda loyihachilar loyiha sifatini baholash uchun qo'llaniladigan yechimni tekshiruvdan o'tkazadilar. Bu jarayonda loyihani ekspertiza tekshirib chiqadi va loyihada qanday kamchilik, qanday ortiqcha va nimani o'zgartirish kerakligini tahlil qiladi. Sinovlarni o'tkazish va ularning natijalari hujjatlari tayyorlanadi. Ushbu bosqichning asosiy vazifasi qo'llaniladigan loyihaning optimal yechim ekanligi va uning standartga mosligini tasdiqlashdir
6 QO'LLASH Loyiha jarayoni tugagandan va tasdiqlashdan mmuvaffaqiyatli o'tgandan so'ng loyiha qo'llanilishi ya'ni qurilish boshlanishi kerak. Muammoning turiga qarab yechimlar farq qilishi mumkin. Yechim turiga qarab, uni qurish ham boshqacha bo'lishi mumkin.
Loyihalash jarayoni bu yechimlarni topish va amalga oshirishda loyihachilar amal qiladigan bosqichlar ketma-ketligi. Bu tizimli yondashuv bo'lib butun dunyoda qabul qilingan yagona loyihalash jarayoni mavjud emas. Ko'pgina loyihachilar ish jarayonida o'zlarining usullaridan foydalanadilar. Lekin jarayon har doim muammoni shakllantirishdan boshlanadi va tayyor yechimni taqdim etish bilan yakunlanadi, ammo oraliq bosqichlar boshqacha bo'lishi mumkin.
Ushbu jarayonlarda loyiha to'liq tuziladi.
KyPRHHffl BA TAL.HHM HHMHH ^yPHA^H, 2022, №2
^yPH^Hffl
Asosiy qism. Ushbu maqolada loyihalash jarayonining bir usuli ko'rib chiqilgan, biroq bu loyihalash jarayonining yagona to'g'ri usuli emas balki misollardan bittasi. Gidrotexnika inshootlaridan birdaniga ikkita va uchta inshoatlarni o'zaro va ularni topografik sirtga bog'lashga doir ishlar injenerlik amaliyotida keng qo'llaniladi. Ushbu maqolada damba loyihasini tuzish va yer sirtiga bog'lash ko'rib chiqilgan.
Damba loyihasini tuzish uchun aynan damba quriladigan joyga borib muhandis geodizislar tomonidan yer relyefi o'rganib chiqiladi. Hududning chuqurligi, balandligi, kengligi, umuman olganda yer relyefi haqida to'liq ma'lumot olinadi va yer sirtidan nazorat nuqtalari belgilanadi. Loyihachilar shu nazorat nuqtalarga asosan yer relyefini tuzib chiqishadi. Tuzilgan yer relyefiga asosan loyiha qilinadi.
Damba loyihasini tuzishda odatdagi algoritmlar asosida inshoot loyihasini tuzib chiqish jarayonni boshlanadi va tuzib chiqilgan loyiha maxsus ekspertiza xulosasini olish uchun topshiriladi, mana shu jarayon loyiha tuzishda yuzaga keladigan muommolardan biri bo'lib kelmoqda chunki ekspertizaga faqatgina loyihaning bitta varianti topshiriladi, agarda loyihada kamchilik bo'lsa yoki loyihaning ma'lum bir qismini o'zgartirishga to'g'ri kelib qolsa bu loyihachining vaqtini ancha olib qo'yadi shuningdek loyihaning sifati ham o'zgarishiga sabab bo'ladi.
Loyihalash jarayonida gidrotexnika inshootlari quriladigan yerning tabiiy gorizontallarini va tuproq ishlari chegarasini topishimiz uchun bizga bu sirtning nazorat nuqtalari kerak bo'ladi ya'ni koordinatalari. Koordinatalarni olib chizma chizish maydoniga joylashtirib olamiz. (1-
rasm)
1-rasm
2-rasm
Keyingi bosqichda shu nuqtalar ichidan bir xil applikatalarga ya'ni bir xil balandliklarga ega bo'lgan nuqtalarni ajratib olamiz. Masalan balandligi 42m, 41m, 40 m va h.k. Ya'ni birinchi balandligi 40 m bo'lgan gorizontal A1, B1, C1, D1, nuqtalarni o'z ichiga oladi. Huddi shu kabi ikkinchi balandligi 39 m bo'lgan gorizontal ham A2, B2, C2, D2 nuqtalarni o'z ichiga oladi va h k. Huddi shu tartibda balandligi teng bo'lgan nuqtalarni barchasini ajratib olib ulardan yer sirtining gorizontallarini o'tkazib olamiz (2-rasm).Umuman olganda goriontallar yer relyefi haqida to'liq ma'lumot beradi, lekin yer relyefini to'liq ko'z oldimiz ta'savvur qilishimiz uchun yer sirtining 3D modelini yasab olamiz. (3-rasm).
Yer sirti haqida to'liq ma'lumot olindi endi damba loyihasini tuzish boshlanadi. Dambani loyihalashda bajaradigan vaifasiga ko'ra turli ko'rinishlarda loyihalash mumkin Dambaning quyidagi parametrlariga asosan uning chizmasi chiziladi. Topografik sirtning gorizontallari va ularning son belgilari, damba o'qining bu rel'efga nisbatan holatini dambaning eni b=3 damba ustki maydonchasining balandligi 40.0 m, dambaning quyi va yuqori tomonlarining qiyalik koeffitsientlari mq=1 va my=1 hamda chizmaning chiziqli masshtabi.
KyPHHHffl BA TALHHM HHMHH ^yPHAHH, 2022, №2
^yPH^Hffl
3-rasm 4-rasm
Damba o'qining ixtiyoriy A' nuqtasidan uning o'qiga perpendikulyar a' to'g'ri chiziq chiqarib, bu chiziqqa A' nuqtadan nuqtadan boshlab har ikkala tomonga chiziqli masshtab bo'yicha 1,5 m dan o'lchab qo'yib, dambaning yuqori cA' va b' chegara chiziqlari uning o'qiga parallel qilib chiziladi. Bu chiziqlar har ikkalasining son belgisi ham 40.0 m bo'ladi. Ular orasidagi masofa damba eni bo'lib, 3.0 m ga tengdir cA' va b' chiziqlarga perpendikulyar qilib tekisliklarning qiyalik masshtablari o'tkaziladi. (4-rasm) [2]
mq=1, shunga asosan quyi nishabning intervali l=1 m bilan chiziqli masshtab bo'yicha gorizontallar chiziladi. Yuqori tomonning qiyalik koeffitsienti my=1 bo'lgani uchun l=1 m bilan chiziqli masshtab bo'yicha suniy gorizontallar o'tkaziladi.
37 3é 35 34 35 36 37 36 35 35 36 37 33
5-rasm 6-rasm
Quyi nishab tekisligi bilan topografik sirtning son belgilari bir xil bo'lgan tabiiy va suniy gorizontal chiziqlarning kesishishi nuqtalarini tutashtirish bilan ularning kesishish chizig'i dA' hosil qilinadi. (6-rasm)
Yuqori nishab intervali l=1 m bilan chiziqli masshtab bo'yicha tekislikning gorizontal chiziqlari chiziladi.
Topografik sirt bilan yuqori nishab tekisligining son belgilari bir xil bo'lgan tabiiy va suniy gorizontal chiziqlarning kesishish nuqtalarini tutashtirish natijasida ularning kesishish chizig'i eA' hosil bo'ladi. (6-rasm) Natijada parametrlari bilan berilgan dambani qurishdagi tuproq ishlari chegaralari bo'lgan dA' va eA' chiziqlar aniqlanadi. [4]
7-rasmda dambaning ko'ndalang A-A qirqimi ko'rsatilgan So'ngi bosqichda dambaning yer sirti bilan bog'langan holatining 3D modelini korishimiz mumkin bu bizga loyiha haqida to'liq ma'lumot beradi. (8-rasm)
KyPRnHffl BA TAL.HHM HHMHH ^yPHAHH, 2022, №2
KУPИЛИШ
7-rasm 8-rasm
Xulosa. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki gidrotexnika inshootlarni loyihalash jarayonini bosqichlarga bo'lib to'liq o'rganish, yangi algoritmlarni ishlab chiqish va ishlab chiqilgan algoritmlarni ma'lum bir dastur asosida avtomatlashtirish loyihalash jarayoni samarasini sezilarli darajada oshiradi va loyihalash jarayonida yuzaga keladigan muammolarni bir muncha qisqartiradi. Shuningdek avtomatlashtirilgan dasturlar yordamida loyiha tuzish, odatdagi loyiha tuzish uchun sarflanadigan vaqtga nisbatan kamroq vaqt talab qiladi va ishchi kuchini tejaydi. Avtomatlashtirilgan dasturlarda loyiha tuzishning yana bir qulayligi shundaki loyihaning sifat ko'rsatkichlari aniqliligining yuqori darajada eklanligidir.
ADABIYOTLAR
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6200-sonli farmoni "Suv resurslaridan foydalanishda davlat boshqaruvi va nazorati tizimini yanada takomillashtirish va suv inshoatlari xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni 2021-yil 6-aprel, Toshkent sh.
2. "Amaliy geometriya" D.F. Kuchkarova A.A. Qaxxarov Toshkent-2021.
3. "Gidrotexnika inshoatlarini loyihalash" Bakiyev M., Majidov I., Nosirov B., Xo'jaqulov R., Saidov I. "Fan va texnologiya" nashriyoti Toshkent 2013-yil.
4. www.7universum.com saytidan foydalanildi.
^ИЛИШ ВА ТАЪЛИМ ИЛМИЙ ЖУPНАЛИ, 2022, №2