Научная статья на тему 'GEOMETRIYA VA KOMBINATORIKA'

GEOMETRIYA VA KOMBINATORIKA Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
45
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kombinator / tekislik / toʻgʻri chiziq / aylana / geometriya aksiomalari / uchburchak / to‘rtburchak.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Jo’Rayev Anvar Mustafaqul O’G’Li, Narmetov Ibrohim Rustamjon O’G’Li

Hammamizga malumki geometrik masalalarni yechishda o'quvchilardan kengroq va asosan ijodiy yondoshuv talab etiladi. Ko'pgina masalalarni ishlash jarayonida o'quvchilardan nafaqat formula va qoidalarni bilishlari balki ularni qo'yilgan masalaga tadbiq eta olishlari ham muxim omil hisoblanadi. Bu maqolada bir nechta manashunday geometrik masalalarni yechish usuli bilan tanishamiz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GEOMETRIYA VA KOMBINATORIKA»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

GEOMETRIYA VA KOMBINATORIKA 1Jo'rayev Anvar Mustafaqul o'g'li, 2Narmetov Ibrohim Rustamjon o'g'li

1,2Toshkent viloyati Zangiota tumani 22-maktab https://doi.org/10.5281/zenodo.7993615 Annotatsiya. Hammamizga malumki geometrik masalalarniyechishda oUquvchilardan kengroq va asosan ijodiy yondoshuv talab etiladi. KoUpgina masalalarni ishlash jarayonida oUquvchilardan nafaqat formula va qoidalarni bilishlari balki ularni qoUyilgan masalaga tadbiq eta olishlari ham muxim omil hisoblanadi. Bu maqolada bir nechta manashunday geometrik masalalarni yechish usuli bilan tanishamiz.

Kalit so'zlar: kombinator, tekislik, to'g'ri chiziq, aylana, geometriya aksiomalari, uchburchak, to'rtburchak.

O'quvchilarda matematikaga bo'lgan qiziqishlarini orttirish, tayanch kompetentsiyalarni shakllantirish uchun ta'lim jarayonida amaliy va nostandart xarakterdagi masalalardan foydalanmasdan bo'lmaydi. Bunday masalalarni yechish o'quvchilarda analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish, deduktsiya va induktsiya kabi mantiqiy mushohada yuritish faoliyatini, intuitsiya, egiluvchanlik va moslashuvchanlik kabi fazilatlarni rivojlantirib, o'quvchilarni olingan natijalar ustida tanqidiy fikrlashga o'rgatadi. Ko'pincha nostandart xarakterdagi masalalarni yechimi darxol topilmasdan, bir necha bor urinishlar natijasidagina aniqlanishligi sababli, bu maqsadga erishish uchun tirishqoq bo'lishlikni, ya'ni shaxsning irodalilik kabi juda ahamiyatli sifatlarni tarkib topishiga imkon beradi. Va nihoyat, eng asosiysi: bunday masalalarni yechilishi o'quvchilarga natijaga erishilganlik bilan, va shuningdek yechim yo'lining go'zalligi va an'anaviy emasligi bilan bog'liq bo'lgan katta emotsional zavq berilishi katta ahamiyatga ega. Quyida biz nisbatan yangi bo'lgan yo'nalish - kombinator geometriya masalalaridan namunalarni keltirmoqdamiz.

1. Tekislikda n ta nuqta shunday joylashganki, ulardan xech qaysi uchtasi bitta to'g'ri chiziqda yotmaydi. Shu nuqtalarning turli juftliklaridan jami bo'lib nechta to'g'ri chiziqlar o'tadi?

Yechilishi. Masala shartini qanoatlantiradigan nuqtalarni Ai, ..., An deb belgilaymiz. Bunday nuqtalar mavjud, misol tariqasida bitta aylanada yotgan n ta nuqtani olishimiz mumkin. Ai nuqtani qolgan nuqtalar bilan n - l ta to'g'ri chiziq bilan tutashtirishimiz mumkin. Jami nuqtalar n ta bo'lgani sababli, masala shartini qanoatlantiradigan to'g'ri chiziqlar soni n(n - 1) ta bo'lishi kerak. Ammo bunday sanashda biz har bir to'g'ri chiziqni ikki marta sanab

n(n -1)

«W^rnriz ЫЯ. n ,a n^nrng to* jofflik^n jami bo'lib * to'g'ri chiziq

o'tishini hosil qilamiz.

n(n -1)

Javob. -.

2

2. n ta to'g'ri chiziqlar eng ko'pi bilan nechta nuqtada kesishishi mumkin? Yechilishi. Ravshanki, n ta to'g'ri chiziqlarning kesishish nuqtalari soni eng katta bo'lishi

uchun quyidagi holat bo'lishi kerak (rasmga qarang).

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI _2023-yil 2-iyun_

1) Har bir to'g'ri chiziq qolgan to'g'ri chiziqlardan har biri bilan kesishadi.

2) Xech qanday uchta to'g'ri chiziq bitta umumiy nuqtaga ega emas.

Bu holatda har bir to'g'ri chiziq qolgan to'g'ri chiziqlar bilan n - 1 ta kesishish nuqtadaga

n(n -1)

ega. Oldingi masaladek, jami bo'lib - ta nuqtaga ega bo'lamiz.

2

n(n -1)

Javob. -.

2

3. Bitta nuqtada kesishadigan n ta tug'ri chiziq tekislikni nechta qismga ajratadi? Javob. 2n.

4. n ta o'zaro kesishadigan to'g'ri chiziqlardan xech qaysi uchtasi umumiy nuqtaga ega bo'lmasa, tekislikni nechta qismga ajratadi?

Yechilishi. Bir nechta berilgan to'g'ri chiziqqa bittasini qo'shsak tekislik qismlari nechtaga ko'payishini aniqlaymiz. Masalan, ikkita o'zaro kesishadigan to'g'ri chiziqqa uchinchi to'g'ri chiziqni qo'shsak, mavjud to'rtta tekislik qismlardan uchtasi yangi to'g'ri chiziq bilan teng ikkiga bo'linadi. Demak, hosil bo'lgan tekislik qismlari soni 7 = 4 + 3 ga teng bo'ladi.

Umumiy holda, n - 1 ta to'g'ri chiziqqa n-chi to'g'ri chiziqni qo'shsak, mavjud tekislik qismlaridan n - 1 tasi yangi to'g'ri chiziq bilan teng ikkiga bo'linadi. Shuning uchun yangi hosil bo'lgan tekisliklar qismlari soni n ga ko'payadi. Demak, n ta o'zaro kesishadigan to'g'ri chiziqlardan xech qaysi uchtasi umumiy nuqtaga ega bo'lmasa, tekislikni 4 + 3 +... + n = (n + 1)n

----+1. ta qismga ajratadi.

5. n ta aylana eng ko'pi bilan nechta kesishish nuqtaga ega bo'lishi mumkin? Yechilishi. Ravshanki, n ta aylanalarning kesishish nuqtalari soni eng katta bo'lshi uchun

quyidagi holat bo'lishi kerak (rasmga qarang).

1) Har bir aylana qolgan aylanalardan har biri bilan kesishadi.

2) Xech qanday uchta aylana bitta umumiy nuqtaga ega emas.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

Bu holatda har bir aylana qolgan aylanalar bilan 2(n - 1) ta kesishish nuqtadaga ega. Demak, jami bo'lib n(n - 1) ta nuqtaga ega bo'lamiz.

6. n ta aylanadan har biri qolgan aylanalardan har biri bilan kesishib, bunda xech qanday uchta aylana bitta umumiy nuqtaga ega emas bo'lsin. Bu aylanalar tekislikni nechta qismga ajratadi?

Yechilishi. Bir nechta berilgan aylanaga bittasini qo'shsak tekislik qismlari nechtaga ko'payishini aniqlaymiz. Masalan, ikkita o'zaro kesishadigan aylanaga uchinchi aylanani qo'shsak, mavjud to'rtta tekislik qismlari yangi to'g'ri chiziq bilan teng ikkiga bo'linadi. Demak, hosil bo'lgan tekislik qismlari soni 8 =4 + 4 ga teng bo'ladi. Endi shu uchta aylanaga to'rtinchisini qo'shsak mavjud oltita tekislik qismlari yangi to'g'ri chiziq bilan teng ikkiga bo'linadi. Demak, hosil bo'lgan tekislik qismlari soni 14 =8 + 6 ga teng bo'ladi.

Umumiy holda, n - 1 ta to'g'ri chiziqqa n-chi to'g'ri chiziqni qo'shsak, mavjud tekislik qismlaridan n - 1 tasi yangi to'g'ri chiziq bilan teng ikkiga bo'linadi. Shuning uchun yangi hosil bo'lgan tekisliklar qismlari soni 2(n - 1) ga ko'payadi. Demak, n ta o'zaro kesishadigan to'g'ri chiziqlardan xech qaysi uchtasi umumiy nuqtaga ega bo'lmasa, tekislikni

4 +4 + 6+ ... +2(n - 1) = 2(2 +2 + 3 + ... +(n - 1) = n(n - 1) +2

ta qismga ajratadi.

7. n-burchak nechta diagonalga ega?

Yechilishi. Ko'pburchak uchlarini A1, ..., An deb belgilaymiz. A1 nuqtadan 3 ta

n(n - 3)

diagonal o'tadi. Demak, n ta nuqtadan-. ta diagonal o'tadi.

2

n(n - 3)

Javob. -.

2

8. Diagonallar soni tomonlari soniga teng bo'lgan ko'pburchaklar mavjudmi?

n(n - 3)

Yechilishi. ---= n, tenglikdan n q 5 ekanligi kelib chiqadi.

9. To'g'ri chiziq uchburchakning barcha tomonlarini kesib o'ta oladimi?

Geometriya aksiomalariga ko'ra har bir to'g'ri chiziq tekislikni yarimtekislikka bo'ladi.

Bunda agar ikki nuqta tekislikning turli yarimtekisliklarga tegishli bo'lsa, u holda ularni tutashtiruvchi kesma shu to'g'ri chiziq bilan kesishadi. Agar ikki nuqta tekislikning bitta yarimtekislikga tegishli bo'lsa, u holda ularni tutashtiruvchi kesma shu to'g'ri chiziq bilan kesishmaydi.

To'g'ri chizig'imiz ABC uchburchakni AB va AC tomonlarini kessin. Bu holda A va B nuqtalar turli yarimtekisliklarida yotadi. A va C nuqtalar ham bu to'g'ri chiziqdan turli yarimtekisliklarda yotadi. Shuning uchun B va C nuqtalar bitta yarimtekislikda yotadi va BC kesma bu to'g'ri chiziq bilan kesishmaydi.

Javob: yo'q.

10. To'g'ri chiziq to'rtburchakning barcha tomonlarini kesib o'ta oladimi?

Javob: Ha. Rasmga qarang.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI _2023-yil 2-iyun_

11. To'g'ri chiziq beshburchakning barcha tomonlarini kesib o'ta oladimi?

a to'g'ri chiziq ABCDE beshburchak AB, BC, CD va DE tomonlarini kessin (rasmga qarang). a to'g'ri chiziq AE tomonni kesa olmasligini ko'rsatamiz. Haqiqatdan ham, A va B, B va C, C va D, D va E nuqtalar a to'g'ri chiziq hosil qilgan turli yarimtekisliklarda yotadi. Demak, A va E nuqtalar a to'g'ri chiziq hosil qilgan bitta yarimtekislikda yotadi. Shuning uchun AE kesma a to'g'ri chiziq bilan kesishmaydi.

REFERENCES

1. Matousek, Jiri. Lectures on discrete geometry. — Berlin: Springer, 2002.

2. 2.Vladimir Boltyanski, Horst Martini, Petru S. Soltan,. Excursions into Combinatorial Geometry. — Springer, 1997.

3. В.Г. Болтянский, И.Ц. Гохберг Теоремы и задачи комбинаторной геометрии. М., Наука, 1965. 108 с.

4. Malikova, D. (2020). Deposit base of Uzbekistan commercial banks. World Scientific News, (143), 115-126.

5. Malikova, D. (2020). Consulting services market of Uzbekistan. World Scientific News, (145), 168-179.

6. Malikova, D. (2023). METHODOLOGY FOR EFFECTIVE ASSESSMENT OF THE LEVEL OF ECONOMIC SECURITY OF BANKS. Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects, 96-98.

7. Malikova, D., & Ziyadullayeva, M. (2023). INFLATION: THEORETICAL ASPECTS AND ANALYSIS OF PRICE CHANGES IN UZBEKISTAN. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(2), 204-207.

8. Malikova, D., & Abduganieva, F. (2023). The Role of Consulting in the Modern Economy. Global Scientific Review, 12, 1-4.

9. Malikova, D., & Rakhmonov, N. (2023). MONETARY AGGREGATES AND THEIR IMPORTANCE IN THE ECONOMY.

10. Malikova, D., & Ochilova, I. (2023). Analysis of the Current State of Deposit Operations of Commercial Banks of Uzbekistan. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(2), 28-31.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

11. Malikova, D., & Ochilova, I. (2023). THE IMPORTANCE OF DOMESTIC BANKS'PRECIOUS METALS ACCOUNTING OPERATIONS. International journal of advanced research in education, technology and management, 2(2).

12. Маликова, Д. (2021). UMUM TA'LIM MAKTABLARIDA KITOBXONLIK STRATEGIYASINI QO 'LLASH: Malikova Dilrabo Mahmudovna, O 'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (7), 299305.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.