Научная статья на тему 'GEOGRAFIYADAN AMALIY MASHG’ULOT DARSLARIDA QUYOSHNING UFQDAN BALANDLIGINI TURLI KENGLIKLARDA ANIQLASH USULLARI'

GEOGRAFIYADAN AMALIY MASHG’ULOT DARSLARIDA QUYOSHNING UFQDAN BALANDLIGINI TURLI KENGLIKLARDA ANIQLASH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yerning shakli / o’lchamlari / vaqt hisobi / Quyosh energiyasi / ufqdan balandligi / burchak / qiyalik / shape of the Earth / dimensions / time counting / solar energy / height above the horizon / angle / slope

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Dehqonov B.M.

Ushbu maqolada Yerning Quyosh atrofida aylanish va uning geografik oqibatlari tahlil qilingan bo’lib, Yer sharining Quyosh sistemasidagi o’rni va harakatlari yoritilgan. Geografiya darslarida amaliy mashg’ulotlarda Quyosh nurining Yer yuzasiga tushishiga oid mulohazalar va geografik masalalar ishlashning eng maqbul usullari tavsiya etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS FOR DETERMINING THE HEIGHT OF THE SUN ABOVE THE HORIZON AT DIFFERENT LATITUDES IN PRACTICAL GEOGRAPHY CLASSES

This article analyzes the rotation of the Earth around the Sun and its geographical consequences, and also examines the role and movement of the globe in the Solar system. Practical geography classes offered arguments about the fall of sunlight on the surface of the earth and the best ways to solve geographical problems.

Текст научной работы на тему «GEOGRAFIYADAN AMALIY MASHG’ULOT DARSLARIDA QUYOSHNING UFQDAN BALANDLIGINI TURLI KENGLIKLARDA ANIQLASH USULLARI»

DOI 10.5281/zenodo.13833427

Dehqonov B.M. «Geografiya» kafedrasi katta o'qituvchisi Andijon davlat universiteti O'zbekiston, Andijon

GEOGRAFIYADAN AMALIY MASHG'ULOT DARSLARIDA QUYOSHNING UFQDAN BALANDLIGINI TURLI KENGLIKLARDA

ANIQLASH USULLARI

Annotatsiya: Ushbu maqolada Yerning Quyosh atrofida aylanish va uning geografik oqibatlari tahlil qilingan bo 'lib, Yer sharining Quyosh sistemasidagi o'rni va harakatlari yoritilgan. Geografiya darslarida amaliy mashg'ulotlarda Quyosh nurining Yer yuzasiga tushishiga oid mulohazalar va geografik masalalar ishlashning eng maqbul usullari tavsiya etilgan. Kalit so'zlar: Yerning shakli, o'lchamlari, vaqt hisobi, Quyosh energiyasi, ufqdan balandligi, burchak, qiyalik

Dekhkonov B.M. Senior teacher of the department «Geography»

Andijan State University Uzbekistan, Andijan

METHODS FOR DETERMINING THE HEIGHT OF THE SUN ABOVE THE HORIZON AT DIFFERENT LATITUDES IN PRACTICAL

GEOGRAPHY CLASSES

Abstract: This article analyzes the rotation of the Earth around the Sun and its geographical consequences, and also examines the role and movement of the globe in the Solar system. Practical geography classes offered arguments about the fall of sunlight on the surface of the earth and the best ways to solve geographical problems.

Keywords: shape of the Earth, dimensions, time counting, solar energy, height above the horizon, angle, slope

Kishilar ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq o'z joyini bilish va unda oriyentir olish ehtiyojlari tufayli ayrim, ba'zan esa ancha keng tasavvurlarga ega bo'lganlar. Bugungi kunga qadar Yer shari haqidagi tasavvurlar va ishlanmalar adadi sanoqsiz bo'lib ularning eng asosiylariga to'xtalib o'tsak. Geografiya tarixidan ma'lum, Midoddan oldingi VI asrda Pifagoming shogirdlari "Yer sharsimon bo'lsa kerak",- degan fikrni aytishgan bo'lsa-da, grek faylasufi Aristotel (miloddan oldingi IV asr) Yerning sharsimonligini isbot qildi, «Meteorologiya» kitobini yozdi, vulkanizm, yer osti suvlarining paydo bo'lishi, daryolarning vujudga kelishi kabi tabiiy hodisalarni tushuntirib

berishga urindi. Faylasufning fikriga ko'ra, Yer Olamning qo'zg'almas markazi edi, hatto Filolay (miloddan oldingi V asr) Yerning markaziy olov atrofida aylanishi haqida gapirdi, Dristrax (miloddan oldingi III asr) esa Yerning Quyosh atrofida va o'z o'qi atrofida aylanishi haqida ishonch bilan yozgan bo'lsa ham, Aristotelning fikrini Kopernik rad eta oldi va o'zining Geliosentrik nazariyasini ommaga ma'lum qildi.

XVII asrda fan rivojlanishi munosabati bilan Yerning shakli va o'lchamlari haqida ma'lumotlarning yetarli emasligi ma'lum bo'lib qoldi. 1672 yilda Parijdan Kayennaga soat olib borilgan. Bu soat mayatnigining uzunligi Parijda sekundni uradigan uzunlikda ishlangan. Ekvatorda bu soat kuniga 2 minutu 28 sekund orqada qolgan va mayatnikni 2,8 mm ga qisqartirishga to'g'ri kelgan. Nyuton bilan Gyuygens bu hodisaga yer yuzasining quyi geografik kengliklarda o'rta va yuqori kengliklardagiga qaraganda planeta markazidan uzoqligi, shuningdek, markazdan qochma kuchning oshishi natijasida ekvatorda og'irlik kuchining kamayishini sabab qilib ko'rsatishdi. Nyuton Yer qutblari siqiq, ya'ni uning yuzasi qutblar yaqinida yassi, ekvatorda esa qabariq degan fikrni aytdi va buning sababi Yerning o'z o'qi atrofida aylanishini ekanligini ko'rsatdi. [1].

Yerning Quyosh atrofida aylanishi -yilni hosil qiladi. Lekin yil faqat vaqt hisobi birligigina bo'lib qolmay, aksar tabiiy hodisalarning fasliy o'zgarishi sikli ham hisoblanadi. Quyosh nuri Yerning sharsimon yuzasiga turli geografik kengliklarda turlicha burchak ostida tushadi va buning asosida issiqlik mintaqalari paydo bo'ladi.

Yer Quyosh atrofida 365 kun 6 soat 9 minut 9 sekundda to'liq aylanib chiqadi. Yillik harakat davomida Yer o'qi holati o'zgarmaydi, ya'ni doim o'ziga o'zi parallel bo'ladi. Yer orbita tekisligiga nisbatan 66° 33' 15" og'gan o'q atrofida aylanadi. Yerning Quyoshga nisbatan turli tomonda bo'lishi sababli yilning turli fasllarida janubiy va shimoliy yarim sharlarning yoritilishi va isitilishining o'zgarishiga sabab bo'ladi.

21 mart va 23 sentyabrda Yer o'qining qiyaligi Quyoshga nisbatan neytral bo'ladi. 22 iyunda Yer o'qining shimoliy qismi Quyoshga enkaygan bo'ladi. Shimoliy qutb doirasi ichidagi hududlarda Quyosh gorizontda aylanib yuradi botmaydi, janubiy Qutb doirasi esa yoritilmaydi. 22 dekabrda Quyosh nurlari janubiy tropikka tik tushadi. Shuning ushun shimoliy qutb doirasi ichidagi hududlar yoritilmaydi.( 1-rasm.)

1-rasm. Yeming quyosh atrofida yillik aylanishi.

Yer sharining Quyosh atrofida aylanishi oqibatida Quyoshning ufqdan balandligi kengliklarda turlicha bo'ladi.

Quyosh radiatsiyasining eng muhim omili bu-issiqligi (energiyasi) va yoritib turish davri. O'rta Osiyo o'lkasining eng shimoliy chekka qismida Quyosh yozda 60°, qishda 13° burchak hosil qilib tushsa, eng janubiy qismida esa yozda 79°, qishda 32° burchak hosil qilib tushadi. Quyoshning yoritish davri o'lka hududining hamma qismida bir xil bo'lmasdan shimoldan janubga ortib boradi. Quyosh o'lkaning shimoliy qismini (Kustanayda 2050 soat, Astanada 2102 soat) yiliga 2000—2100 soat, O'rta qismini (Jez-Qazganda — 2683 soat, Shimkentda — 2892 soat) 2700—2800 soat, janubiy qismini esa (Termizda — 3059 soat) 3000 soat yoritib turadi. Binobarin, Quyosh yoritadigan davrning uzoqligi bo'yicha O'rta Osiyo shimoliy yarimshardagi eng serquyosh o'lkalardan biri hisoblanadi. [2]

Jamiyat va iqtisodiyotning barcha sohalari Quyosh radiatsiyasi ta'sirida shakllanadi, rivojlanadi va moslashadi. Ayniqsa tabiat zonalari, tuproqlar, flora va faunaning geografik tarqalishida asosiy omillardan hisoblanadi. O'quv adabiyotlarida Quyoshning ufqdan balandligi va qancha burchak hosil qilib nur sochishini aniqlash ifodalari yilning 4 ta davri ( teng kunliklar, 22 iyun, 22 dekabr) misolida qisman yoritilgan.

1-ish. Quyoshning turli kengliklarda ufqdan balandligi Teng kunliklarda tush vaqtida (h) quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:

h = 90°-9

bu yerda: h=Quyoshning ufqdan balanligi, 9= joy yoki nuqtaning geografik

kengligi

Masalan:

1. Andijonda (9 -40°30' ) 21 mart va 23 sentyabrda tush vaqtida Quyosh 90°-40°30 =49°30 balandlikda turadi.

2. Berlinda (9 -52°31' ) yoki Singapurda (9 -1°18' ) quyoshning ufqdan balandligi: mos ravishda 90°-52°3V =38°29 va 9Ü°-1°18 =88°42 bo'ladi. 2-ish. Yarim sharlarda Yoz Quyosh mazkur yarim sharning tropigi ustida turgan vaqtda, 22 iyun kuni uning tush vaqtidagi balandligi 23°27' ga ortadi, shu sababli ifoda:

bu yerda: h=Quyoshning ufqdan balanligi, 9= joy yoki nuqtaning geografik kengligi.

Masalan: Andijonda 22 iyun kuni Quyoshning tush vaqtida ufqdan balandligi aniqlaymiz.

90°-40°30'+23°27' = 72° 53' ga, taqriban 73° teng bo'ladi.

Berlinda (9 -52°31' ) yoki Singapurda (9 -1°18' ) 22 iyun kuni quyoshning ufqdan balandligi:

Berlin uchun: 90°-52°31'+23°27'=60°56'

Singapur uchun: 90°-1°18'+23°27'=112°09' bu yerda Singapur shimoliy yarim sharda joylashgan va Quyosh undanda shimolda turib nur sochayotganligi ma'lum bo'ladi. Aniqlik kiritish uchun qiyalikni shimoldan olsak u holda 180°-112°09'=67°51' burchakga teng bo'ladi.

3-ish. Yarim sharlarda Qishda Quyosh narigi yarim sharga o'tib ketganda (masalan, shimoliy yarim shar qishida-janubiy yarim sharga o'tganda) Quyosh balandligi kamayadi va uni 23°27' qisqartirish zarur bo'ladi, bunda ifoda

bu yerda: h=Quyoshning ufqdan balanligi, 9= joy yoki nuqtaning geografik kengligi.

Yuqorida keltirilgan geografik ob'ektlar misolida ko'rib chiqamiz.

Andijonda 22 dekabr kuni Quyosh ufqdan qanday burchak bilan balandda

bo'ladi?

90°-(40°30'+23°27') = 26° 03'

Berlinda (9 -52°31' ) yoki Singapurda (9 -1°18' ) 22 dekabr kuni quyoshning ufqdan balandligi:

Berlin uchun: 90°-(52°31'+23°27')=24°02'

Singapur uchun: 90°-(1°18'+23°27')=65°15' yechimga ega bo'ladi.

Yer Quyosh atrofida 365,242 sutkada to'liq bir marta aylanadi va bu 1 yil deyiladi. Quyosh nur sochishining ufqdan balanligini yilning boshqa vaqtlarida ham aniqlash zarurati tug'ilganda qanday amallar bajariladi? Bu muammoga quyida javob topamiz.

h = 90°- 9+23°2 7 '

)o'ladi.

h = 90°-(9+23°2 7 ' )

o'ladi.

Yer Quyosh atrofini 365 kun, 6soat, 9 min, 9 sek.da to'la bir marta aylanib chiqadi. Yerning yillik aylanma harakati (orbitasi) ellips shaklga ega, ellipsning bitta fokusida Quyosh turadi. Shuning uchun Quyosh bilan Yer o'rtasidagi masofa doimo o'zgarib turadi. Ular o'rtasidagi eng qisqa masofa (perigeliy) 3-yanvarda 147 mln. km. bo'ladi. Ular o'rtasidagi eng uzun masofa esa (afeliy) 5-iyunda 152 mln.km. bo'ladi.(2-rasm) Yer orbitasining uzunligi 940 mln.km. Bu masofani Yer soatiga 107 ming km. yoki sekundiga 29,8 km. tezlikda bosib o'tadi.Afeliyda ya'ni Yer Quyoshdan uzoqlashganda uning tezligi ka-mayadi va sekundiga 29,3 km.ni tashkil qiladi. Perigeliyda, ya'ni Yer Quyoshga yaqinlashganda uning tezligi ortadi va sekundi-ga 30,3 km. ni tashkil qiladi. Shuning uchun shimoliy yarim sharda qish qisqaroq yoz esa uzunroq. [3]

2-rasm Yer va Quyosh o'rtasidagi masofa.

22 dekabrda, ya'ni qishki Quyosh turishi kunida Quyosh nurlari janubiy tropikka tik tushadi, shimoliy qutbiy doiradan shimoldagi qutbiy o'lkalar yoritilmaydi, janubiy qutbiy doirada va undan janubda qutbgacha bo'lgan joylarda Quyosh butun kun davomida gorizontdan yuqorida bo'ladi. Bu holat-bahorgi kun-tun tengligi kuni-21 martgacha davom etadi. Demak, Quyosh ufqda 23°27' harakatlanish uchun o'rtacha 91 kun vaqt kerak bo'lyapti yoki bir sutkada 23°27'^92= 0.255° harakat qilmoqda ekan. Shundan kelib chiqib 4-ishda yuqorida berilgan "Quyosh nur sochishining ufqdan balanliginiyilning boshqa vaqtlarida ham aniqlash zarurati tug'ilganda qanday amallar bajariladi? " savoliga javob beramiz.

4-ish. Masalani shimoliy yarim sharda joylashgan nuqtalar kesimida talqin qilamiz. Qishki va Yozgi Quyosh turish vaqtida foydalanganimiz ifodalardan chiqib, yilning dekabr-iyun oraliq davri uchun:

h = 90°- (9+23°27')+(0.255xd)

Iyun-dekabr oraliq davri uchun:

h = 90°-ф+23°27'- (0.255xd)

ifodalarni tavsiya etamiz.

bu yerda: h=Quyoshning ufqdan balanligi; 9= joy yoki nuqtaning geografik kengligi; 0.255- Quyoshning ufq tekisligiga nisbatan burchak harakati; d-kunlar soni

Masalan: Andijonda 15 yanvar yoki 15 may kunida Quyosh ufqdan qancha burchakda nur sochadi?

Yechim: so'ralayotgan davr dekabr-iyun oralig'ida bo'lgani uchun:

1) 22 dekabrdan 15 yanvargacha 24 kun bor

h = 90°-(9+23°27')+(0.255xd)= 90°-(40°30'+23°27')+(0.255x24)= 90°-63°57'+6,12=32°15'

2) 22 dekabrdan 15 yanvargacha 144 kun bor

h = 90°-(9+23°27')+(0.255xd)= 90°-(40°30'+23°27')+(0.255x144)= 90°-63°57'+36,42=62°45'

Javob: Andijonda Quyosh ufqdan 15 yanvar kuni 32°03', 15 may kuni 62°03' burchak bilan nur sochadi.

2-misol: Andijonda 1 sentyabr va 20 oktyabr kunlari Quyosh ufqdan qancha burchakda nur sochadi?

1) 22 iyundan 1 sentyabrgacha 70 kun bor.

h = 90°-9+23°27'-(0.255xd)= 90°-40°30'+23°27'-(0.255x70)=55°08'

2) 22 iyundan 20 oktyabrgacha 120 kun bor.

h = 90°-9+23°27'-(0.255xd)= 90°-40°30'+23°27'-(0.255x120)=42°21' Javob: Andijonda Quyosh ufqdan 1 sentyabr kuni 55°08', 20 oktyabr kuni 42°21' burchak bilan nur sochadi.

Geografiya va geometriya, matematika fanlari o'rtasidagi aloqadorlik zamirida tayyorlangan maqola o'quvchini fanlarga bo'lgan qiziqishlarni yanada ortishiga xissa qo'shadi. Geografiya fani mukammal fan sifatida fanni o'rganish-o'zlashtirish uchun yo'ldosh fanlarga ham e'tibor berish lozimligini ifodalaydi. Geografiya darslarida bu kabi masalalarni yechimini topish orqali talaba va o'quvchilarda ko'nikma va malaka shakllanadi. Ayniqsa iqtidorli o'quvchilarni tarbiyalashda biz tavsiya etayotgan usullardan foydalanish maqsadga muvofiq.

Foydalanilgan adabiyotlar: L.P. Shubayev. Umumiy yer bilimi. O'quv qo'llanma 1975.T.:O'qit. P. Baratov va boshq. O'rta Osiyo tabiiy geografiyasi. O'quv qo'llanma 2002. T.: O'qit

B.M.Dehqonov Geografiyada amaliy mashg'ulotlar. O'quv qo'llanma 2023.Andijon "Hayot nashri-2020"

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.