Научная статья на тему 'GEODEZIYA VA KARTAGRAFIYA SOHASINING HUQUQIY ASOSLARI'

GEODEZIYA VA KARTAGRAFIYA SOHASINING HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
262
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
geodeziya / kartagrafiya / “Xalq so’zi” gazetasi / Senat / Qonunchilik palatasi / Vazirlar Mahkamasi / niviler / geofazoviy / tematik xarita / atlas. / geodesy / cartography / “Xalq so’zi” newspaper / Senate / Legislature / Cabinet of Ministers / geospatial / thematic map / atlas .

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — I. Karimova, M. Xudayqo’Lova, A. Abduhalilov, T. Muxammadov

Ushbu maqolamizda, geodeziya va kartagrafiya sohasining maqsadi, sub’ektlari, ob’ektlari va bu sohaning vazifalari shunungdek shu sohani himoya qiluvchi davlat organlari va qonun hujjatlari haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lasiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEGAL FOUNDATIONS OF GEODESY AND CARTOGRAPHY

Is this article, you will get detailed information about the purpose, subjects, objects and tasks of the field of geodesy and cartography, as well as the state bodies and legal documents that protect this field.

Текст научной работы на тему «GEODEZIYA VA KARTAGRAFIYA SOHASINING HUQUQIY ASOSLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

GEODEZIYA VA KARTAGRAFIYA SOHASINING HUQUQIY ASOSLARI

Karimova Inobat

"TIQXMMF'MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutining 2-bosqich talabalari

Xudayqo'lova Madina

"TIQXMMF'MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutining 2-bosqich talabalari

Abduhalilov Abdumutal

"TIQXMMF'MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutining 2-bosqich talabalari

Muxammadov Tuyg'un

"TIQXMMF'MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutining 2-bosqich talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.7221694 Annatatsiya. Ushbu maqolamizda, geodeziya va kartagrafiya sohasining maqsadi, sub'ektlari, ob'ektlari va bu sohaning vazifalari shunungdek shu sohani himoya qiluvchi davlat organlari va qonun hujjatlari haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lasiz.

Kalit so'zlar: geodeziya, kartagrafiya, "Xalq so'zi" gazetasi, Senat, Qonunchilikpalatasi, Vazirlar Mahkamasi, niviler, geofazoviy, tematik xarita, atlas.

ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ В ОБЛАСТИ ГЕОДЕЗИИ И КАРТОГРАФИИ Аннотация. В этой статье вы получите подробную информацию о цели, субъектах, объектах и задачах области геодезии и картографии, а также о государственных органах и правовых документах, защищающих эту область.

Ключевые слова: геодезия, картография, газета Народный выбор, сенат, законодательная палата, кабинет, нивилер, геопространственный, тематическая карта, атлас.

LEGAL FOUNDATIONS OF GEODESY AND CARTOGRAPHY

Abstract. Is this article, you will get detailed information about the purpose, subjects, objects and tasks of the field of geodesy and cartography, as well as the state bodies and legal documents that protect this field.

Keywords: geodesy, cartography, "Xalq so'zi" newspaper, Senate, Legislature, Cabinet of Ministers, geospatial, thematic map, atlas .

KIRISH

Bilamizki, har bitta soha rivojlanib borgani sayin unda turli xil o'zgarishlar, yangiliklar va shu o'rinda huquqiy himoyaga muhtoj tomonlari ham vujudga kela boshlaydi. Chunki, yaratilayotgan barcha sohalar insoniyatning hayotini yaxshilash, yengillashtirish, shuningdek kelajakni faravon qilish uchun yaratiladi, va bu yaratilayotgan soha rivojlanib borar ekan, doimiy tarzda huquqiy tomonlama tartibga solib turishni taqazo etadi. Biz ham hozir yoritib bermoqchi bo'lgan "Geodeziya va kartagrafiya" sohamiz inson hayotining ajralmas bir bo'lagiga aylanib bo'lgan desak adashmagan bo'lamiz.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Ilk bora "Geodeziya va kartagrafiya faoliyati to'g'risidagi" qonun 1997 -yilda qabul qilingan. Keying yangi tahrirdagi "Geodeziya va kartagrafiya faoliyati to'g'risidagi" O'zbekiston Respublikasining qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 18-fevralda qabul qilingan va Senat tomonidan 2020-yil 19-iyunda ma'qullangan. 2020-yilning 2-iyul kuni qonun qabul qilindi va "Xalq so'zi" gazetasida e'lon qilindi. Qonun hujjatlariga muofiq ushbu qonun ommaviy axborot

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

vositalarida e'lon qiliganidan so'ng 3 oy o'tgach ya'ni 4-oktabrda kuchga kirdi. Ushbu normativ hujjat 8 bob 48 moddadan iborat.

TADQIQOT NATIJALARI

Dastlab geodeziya va kartagrafiya sohasini tushuntirib o'tsak . Geodeziya - yer shaklini, tashqi gravitatsiya maydonini, yer satxining koordinata nuqtalarini va ularning vaqt bo'yicha o'zgarishlarini aniqlash bo'yicha ilmiy, ta'lim, ishlab chiqarish hamda boshqa faoliyat jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar sohasidir. Geodeizya va kartagrafiyati- yer shaklining, tashqi gravitatsiya maydonining parametrlarini, yer sathining koordinata punktlarini va ularning vaqt bo'yicha o'zgarishlarini aniqlashga , davlat geodeziya , gravimetriya va nivelir tarmoqlarini, doimiy faoliyat ko'rsatadigan sun'iy yo'ldosh orqali kuzatish stansiyalari tarmog'ini yaratish , rivojlantirish va ishlash holatida saqlab turishga, davlat kadastrlari, geofazoviy ma'lumotlar bazalarini va geoaxborot tizimlari uchun topografik , tematik xaritalar, rejalarni va kartagrafik asosni yaratishga hamda yangilashga qaratilgan ilmiy , ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyati hisoblanadi. Endi esa ushbu qonun hujjatining maqsadiga qisqacha to'xtalib o'tsak. Ushbu qonunning maqsadi, geodeziya va kartagrafiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Geodeziya va kartagrafiya faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining geodeziya va kartagrafiya faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.

Har bitta sohaning o'z faoliyat prinsipi bo'lgani singari bu sohaning ham asosiy prinsi mavjud. Geodeziya va kartagrafiya faoliyatini amalga oshirishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

* geodeziya va kartagrafiya faoliyatining tizimliligi hamda uzluksizligi ;

* geodeziya va kartagrafiyaga doir materiallarning to'liqligi, ishonchliligi hamda dolzarbligi;

* xaritalar va rejalarni yaratish hamda yangilashda shartli belgilarni birxillashtirish va geografik obyektlarning nomlaridan bir xilda foydalanish.

O'zbekiston Respublikasi hududi, yer shari hududi, kosmik fazo, shu jumladan tabiiy hamda sun'iy osmon jismlari geodeziya va kartagrafiya faoliyatining ob'ektlaridir.

Geodeziya va kartagrafiya faoliyatining sub'ektlari quyidagilardan iborat:

*O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;

*O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartagrafiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi;

* O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi;

*Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari;

* Mahalliy davlat hokimiyati organlari;

* Geodeziya va kartagrafiya faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziyaga ega bo'lgan yuridik shaxslar;

*Geodeziya va kartagrafiyaga doir materiallarni saqlovchi yuridik va jismoniy shaxslar.

MUHOKAMA

Geodeziya va kartagrafiyaga oid ishlarning turlari jumlasiga quyidagilar kiradi: l.Umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartagrafiyaga oid ishlar;

2.Maxsus axamiyatga molik geodeziya va kartagrafiyaga oid ishlar.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Endi esa bularni alohida tushuntirib o'tsak.

Umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartagrafiyaga oid ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

* Yer shaklining va tashqi gravitatsiya maydonining parametrlarini aniqlash;

*davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarini , geodezik zichlashtirish tarmoqlarini yaratish, rivojlantirish va ishlash holatida saqlab turish ;

* grafik, raqamli, fotosurat shaklidagi va boshqa shakllardagi davlat topografik xaritalari hamda rejalarini yaratish, yangilash va nashr etish ;

* O'zbekiston Respublikasining davlat kartagrafiya-geodeziya faoliyatini shakllantirish va yuritish;

* geodeziya va kartagrafiyaga oid ishlarni bajarishda o'lchovlar birligini va metrologiya nazoratini ta'minlash;

* ushbu moddada sanab o'tilgan yo'nalishlar bo'yicha ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba-texnologik ishlarni amalga oshirish;

* O'zbekiston Respublikasi Prezidentining va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan amalga oshiriladigan, natijalari umumdavlat ahamiyatiga molik bo'lgan boshqa geodeziya va kartagrafiyaga oid ishlar.

Maxsus axamiyatga molik geodeziya va kartagrafiyaga oid ishlar jumlasiga quyidagilar

kiradi :

• Muhandislik qidiruvlarida, binolarni, inshootlarni qurish hamda ulardan foydalanishda, yer tuzishda, davlat kadastrlarini yuritishda va boshqa ishlarda geodezik zichlashtirish tarmoqlarini qurish hamda rivojlantirish;

• Maxsus ahamiyatga molik geografik axborot tizimlarini yaratish va yuritish;

• Grafik, raqamli, fotosurat shaklidagi hamda boshqa shakllardagi maxsus ahamiyatga molik tematik xaritalar, rejalar va atlaslarni tuzish hamda nashr etish;

• Muhandislik qidiruvlarini amalga oshirish chog'ida geodeziya va kartagrafiyaga oid ishlarni ta'minlash maqsadida Yerni masofadan turib zondlash.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartagrafiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi ushbu qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazishni hamda mohiyati va ahamiyatini aholi o'rtasida tushuntirilishini ta'minlaydi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muofiqlashtirishni, davlat boshqaruv organlari ushbu Qonunga zid bo'lgan o'z normativ -huquqiy hujjatlarini qayta ko'rib chiqishlari va bekor qilishlarini nazorat qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining " Geodeziya va kartagrafiya faoliyati to'g'risidagi" qonuni.

2. Geodeziya 1-qism o'quv qo'llanma. X.Muborakov.

3. Geodeziya. A.Qodirov.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.