Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT KADASTRLARI YAGONA TIZIMINI YURITISHNING DOLZARB MASALALARI
Nosirov Jamshidbek Shovkatjon o'g'li
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Aviatsiya-kosmik vositalar bilan tabiiy resurslarni tadqiq qilish yo'nalishi
magistranti.
ANNOTATSIYA
Ushbu ilmiy maqolada O 'zbekiston Respublikasida Davlat Kadastrlari Yagona Tizimini yuritish ni yuritish jarayonini tashkil etishda davlat kadastri ma 'lumotlari, kadastr ob 'ektlari, davlat kadastrlari turlari, davlat kadastrini yuritish prinsiplari va tartiblari hamda DKYaTni yaratish va yuritish jarayonidagi muammolar haqidagi ma 'lumotlar bayon qilingan.
Kalit so'zlar: davlat kadastrlari, Davlat kadastrlari yagona tizimi, Kadastr ob 'ektlari, yer uchastkalari, kadastr.
АННОТАЦИЯ
В данной научной статье, приведена сведения, виды и объекты государственных кадастров, а также о принципах, порядок, проблем и перспективы ведения Единой системы государственных кадастров (ЕСГК) в Республике Узбекистан.
Ключевые слова: государственные кадастры, единая система государственных кадастров, кадастровые объекты, земельные участки, кадастр.
ABSTRACT
This scientific article is presented the information types and objects of the state of inventories, as well as the principles, procedures, problems and prospects of the Unified system of state inventories (USSI) of the Republic of Uzbekistan.
Key words: state cadastre, unified system of State cadastres, Cadastral objects, land plots, cadaster.
KIRISH
Yer umummilliy boylik hisoblangan va bu qonun asosida muhofaza etiladigan mamlakatimizda yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni ta'minlash, yerlarni muhofaza qilish, yer bilan uzviy bog'langan Davlat kadastrlari yagona tizimini to'laqonli yuritish davlatning eng muhim vazifalaridandir. Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish zarurati aholi sonining oshishi va bevosita yerga bo'lgan ehtiyojning ortishida yanada ahamiyat kasb etadi.
288
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
Davlat kadastrlarining yagona tizimi (DKYaT) - bu barcha turdagi davlat va tarmoq kadastrlarini birlashtiruvchi ko'p qirrali informasion tizim bo'lib, yer yuzasining har bir hisob-kadastr uchastkasi bo'yicha ularning geografik holatini, huquqiy va xo'jalik maqomini ko'rsatgan holda O'zbekiston Respublikasining tabiiy-iqtisodiy salohiyatini umumdavlat nuqtai-nazaridan kompleks hisob-kitob va baholashni ta'minlash maksadida yaratiladi va yuritiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
DKYaT asosan davlat boshqaruv tizimini, yuridik va jismoniy shaxslarni ular faoliyatlari uchun zarur ma'lumotlar hamda hududlar va ko'chmas mulk to'g'risidagi ma'lumotlar bilan tezkorlikda ta'minlashga mo'ljallangan. DKYaTni yuritish jarayonini tashkil etishda davlat kadastri ma'lumotlari, kadastr ob'ektlari, davlat kadastrlari turlari, davlat kadastrini yuritish prinsiplari va tartiblari xaqidagi ma'lumotlar asosiy ko'rsatgichlar hisoblanadi. "Davlat kadastrlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 8 va 12- moddalariga asosan Davlat kadastrlarini yuritish tegishli vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshirilishi ko'rsatilgan.
O'zbekiston Respublikasining Davlat Kadastrlari To'g'risidagi Qonunning 5-moddasida Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibi
Davlat kadastrlari yagona tizimiga quyidagilar kiradi:
- davlat yer kadastri;
- Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibi
- foydali qazilma konlari, belgilari va texnogen mineral hosilalar -davlat kadastri;
- davlat suv kadastri;
- davlat o 'rmon kadastri;
-o 'simliklar dunyosi ob 'ektlari davlat kadastri;
-o 'simliklar dunyosi ob 'ektlari davlat kadastri;
-muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri;
- binolar va inshootlar davlat kadastri;
- davlat shaharsozlik kadastri;
- gidrotexnika inshootlari davlat kadastri;
- moddiy madaniy meros ob 'ektlarining davlat kadastri;
- avtomobil yo 'llari davlat kadastri;
-temir yo 'llar davlat kadastri;
- transport quvurlari davlat kadastri;
-aloqa ob 'ektlari davlat kadastri;
Scientific Journal Impact Factor
0
-energetika ob 'ektlari davlat kadastri;
-tabiiy xavfi yuqori bo 'lgan tegralar davlat kadastri;
-texnogen xavfi yuqori bo 'lgan tegralar davlat kadastri;
-kartografiya-geodeziya davlat kadastri;
-hududlar davlat kadastri.
DKYaTni yuritish jarayonini tashkil etishda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ko'plab qarorlari bilan tasdiqlangan tegishli davlat kadastrlarini yuritish tartibi to'g'risidagi Nizomlar asosiy yo'riqnoma hisoblanib, ular asosida DKYaTni yuritish ishlar olib borilmoqda. Davlat kadastrlarini yuritishning me'yoriy-huquqiy bazasi shakllantirib bo'linganiga qaramay, yangi qonun hujjatlari qabul qilinishi munosabati bilan ayrim davlat kadastrlarini yuritish tartibi to'g'risidagi nizomlar qayta ko'rib chiqilgan bo'lib, 2020-yil 7- sentyabrda Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni imzonlangan.
"Davlat kadastrlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonunining 4 va 12-moddalariga asosan Davlat kadastrlarining yagona tizimi O'zbekiston Respublikasi va uning ayrim hududlari tabiiy-iqtisodiy salohiyatining yagona umumdavlat hisob-kitobi yuritilishini, baholanishini ta'minlashga mo'ljallangan ko'p maqsadli axborot tizimi tarzida yaratiladi. Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritiladigan davlat kadastrlarining axborotini taqdim etish kadastr ob'ektlarining mulkdorlari hamda kadastr ob'ektlariga doir boshqa huquqlarning egalari tegishli vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kadastr ob'ektlarining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi to'g'risida, shuningdek ularning holatidagi joriy o'zgarishlar haqida axborot taqdim etishlari shart. Davlat yer kadastri ob'ektiga oid jami bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat kadastrlari palatasiga va palataning boshqarmalariga tomonidan 100 000 dan oshiqroq GIS oilasiga mansub ArgGIS dasturi formatida geoaxborot bazasi ko'rinishida DKYaT ma'lumotlar bazasiga taqdim etiligan va bugungi kunda taqdim etish ishlari tizimli ravishda davom etmoqda. Konlar, foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari davlat kadastri bo'yicha "Davlat geologiya axborot markazi" DK tomonidan *.dbf formatida (Borland kompaniyasining Delphi dasturiy paketining formati) va qog'oz jadval ko'rinishida nometallar, metallar, qazilma konlari nishonalari, radiaktiv moddalar bo'ycha ma'lumotlar taqdim qilingan. Davlat O'rmon kadastri bo'yicha Respublika hududida joylashgan o'rmon
Scientific Journal Impact Factor
0
xo'jaliklari ob'ektlari geoaxborot bazasi ArgGIS dasturi formatida, tegishli masshtabda taqdim etilib kelinmoqda. O'simlik dunyosi davlat kadastri bo'yicha Tabiatni muhofaza qilish qo'mitasining "DAVBIONAZORAT" DK tomonidan ma'lumotlar qog'oz ko'rinishida ya'ni kadastr yig'ma jildi shaklida taqdim etilgan. Hayvonot dunyosi davlat kadastri bo'yicha Tabiatni muhofaza qilish qo'mitasining "DAVBIONAZORAT" DK tomonidan ma'lumotlar qog'oz ko'rinishida ya'ni kadastr yig'ma jildi shaklida taqdim etilgan. Qo'riqlanadigan tabiiy hududlar davlat kadastrining yer osti suvlarining shakllanish xududlari bo'yicha "GIDROINGEO" DK tomonidan O'zbekiston Respublikasi bo'yicha kadastr yig'ma shaklida hamda 3 -ta qatlamda ArgGIS dasturi formatida tegishli masshtabda taqdim etilgan. Bino va inshootlar davlat kadastri ob'ektiga oid jami bo'lib, Davlat kadastrlari palatasiga tegishli korxona va tashkilotlari tomonidan 110 000 dan oshiqroq GIS oilasiga mansubArgGIS dasturi formatida geoaxborot bazasi ko'rinishida DKYaT ma'lumotlar bazasiga taqdim etiligan va bugungi kunda taqdim etish ishlari tizimli ravishda davom etmoqda.
Yuqoridagi tegishli vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar kadastr ob'ektlarining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi to'g'risida, shuningdek ularning holatidagi joriy o'zgarishlar haqidagi axborotlarni belgilangan tartib va muddatlarda Davlat kadastrlarining yagona tizimiga kiritish uchun taqdim etib borilsa, O'zbekiston Respublikasining tabiiy-iqtisodiy salohiyatining yagona umumdavlat hisob-kitobi yuritilishini, baholanishini ta'minlashga mo'ljallangan ko'p maqsadli axborot tizimi o'z vaqtida yaratilar edi. Bu ko'p maqsadli axborot tizimi davlat kadastrlarini yuritishda, kadastrga doir axborotni to'plashda va undan xalq xo'jaligining turli soxalarida foydalanishda keng imkoniyat yaratadi.
Shunday qilib, davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritishning ayni paytda muhim va dolzarbdir.Bu sohadagi muammolarni bartaraf yetish ayni paytda bu sohani rivojlantirishga qaratilgan eng muhim vazifadir.
REFERENCES
1. O'zb.Res "Davlat kadastrlari to'g'risida"gi Qonuni/T.: Adolat,15 dekabr 2000 yil.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi Davlat kadastr yagona tizimini tashkil etish va uni yuritish tartibi to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi 1996 y 17 iyul 255-son va 2005 y 16 fevraldagi 66-son Qarorlari.
XULOSA
Scientific Journal Impact Factor
О
3. https://www.lex.uz/acts/29794
4. https://lex.uz/docs/-454469?ONDATE=25.12.1998
5. Erkin, K., Mironshoh, M., & Mironshox, S. (2021, July). MAINTENANCE OF LAND ACCOUNTING AND STATE CADASTRES IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN. In E-Conference Globe (pp. 123-125).
6. Allaberganov, N., & Normatova, K. (2021). INNOVATIVE APPROAChES IN GEODESY, CARTOGRAPHY, GEOFORMATICS AND CADASTRE EDUCATION. 36ipHrn наукових праць АОГОХ.
7. Д.О.Журакулов, В.Р.Ниязов, Л.Т.Ибрагимов// "Узбекистонда архитектура-qурилиш соhаларини ривожлантиришнинг долзарб муаммолари ва иетиqболлари" мавзусида вазирлик миqёсидаги илмий-техник конференция материаллари//22-26 б