AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
UDK. 631.312.633
G'O'ZA QATOR ORALARIDA SUN'IY QUVUR HOSIL QILADIGAN ISH ORGANI DIAMETRINI TAJRIBA YO'LI BILAN ASOSLASH
Хатамов Бобамурод Араббаевич Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD, kafedra dotsenti, [email protected]
Soliyev Hayitboy Mirzadavlatovich NamMQI, kafedra dotsenti, [email protected]
Annotatsiya. Ushbu maqolada tuproq ostida hosil qilingan suniy quvurlar orqali sug'orish uchun g'o'za qator oralarida suniy quvur hosil qiladigan ish organinig tavsifi va hosil bo'lgan quvur diametrini tajriba yo'l bilan asoslash bo'yicha nazariy va eksperimental tadqiqot natijalari keltirilgan.
Аннотaция. В статье приведено описание рабочего органа для оброзованния кротовины в междурядьях хлопчатника подпочвенного полива а также результаты исследований по обоснованию диаметра рабочего органа кротообразования.
Abstract. In article description worker organ is brought for education moleskin in between row of the cotton plant for under soil watering and results of the studies on motivation of the diameter worker organ for mole educated
Kalit so'zlar. g'oza, suniy quvur, tuproq osti, egat tubi, g'oza qator, suv sarfi, qator orasi, tuproq yuvilishi, mineral o'g'it, agrotexnik talab, quvur diametri, suvning oqishi.
Ключивая слова: хлопок, искусственная труба, подполье, дно, хлопковый ряд, расход воды, междурядье, промывание почвы, минеральное удобрение, агротехническая потребность, диаметр трубы, расход воды.
Key words: cotton, artificial pipe, underground, bottom, cotton row, water consumption, row spacing, soil washing, mineral fertilizer, agrotechnical need, pipe diameter, water consumption
Kirish. Mamlakatimizda suv tanqisligi sezilayotgan hozirgi sharoitda g'o'zani sug'orishda suvni tejash, tuproqning zichlanishi va yuvilishini oldini olish hamda tuproq ustki qatlami donadorligini saqlanishiga erishishning muhim yo'llaridan biri - bu tuproq ostidan, ya'ni g'o'za qator oralarining egatlari tubida hosil qilingan sun'iy quvurlar orqali sug'orishni joriy etishdir. Ma'lumki, ushbu usul qo'llanilganda suv sarfi va qator oralarida begona o'tlarni unib chiqishi kamayadi, hamda azot, fosfor va boshqa ozuqa elementlarini tuproqda yaxshi saqlanib qolinishi hamda hosildorlik oshishiga erishiladi [1,2,3].
G.A.Bezborodov, Sh.Xolmatovalarning tajribalarida g'o'za o'simligi tuproq ostida hosil qilingan sun'iy quvurlar orqali sug'orilganda amaldagi sug'orishga nisbatan suv sarfi 17-18% ga, tuproq yuvilishi esa 7-8 t/ga kamaygan, paxta hosildorligi gektariga 2,5 sentnerga oshgan [4,5]. Bulardan tashqari tuproqning hajm og'irligi kamaygan, uning suv o'tkazuvchanlik xususiyati oshgan, odatdagi sug'orish usuliga nisbatan nam ko'proq saqlangan. Ammo mazkur mualliflar g'o'za qator orasida sun'iy quvur hosil qiladigan ish organining parametrlarini asoslash bo'yicha tadqiqotlar olib bormaganlar.
Sun'iy quvurlar hosil qilish uchun sug'orishdan oldin qator orasiga ishlov berish davrida birinchi sug'orishdan keyin ikkinchi sug'orishdan avval kultivator ramasidagi egat ochgichlar o'rniga qator oralatib sun'iy quvur hosil qiladigan ish organlari o'rnatiladi (1-rasm).
Tadqiqot usuli. Tajriba o'tkazishdan avval tajriba dalasi tuprog'ining namligi va zichligi o'rganildi. Ish organing quvur hosil qilgich diametrini asoslash uchun diametrlari 40,50,60,70
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
mm bo'lgan maket nishalari tayyorlanib ular yordamida tajribalar o'tkazildi. Bunda ish organining konuslik burchagi (2a=600) hamda silindr qismining uzunligi (l=10sm) barcha variantlar uchun o'zgarmas qilib olindi. Agrotexnik talablar bo'yicha tuproqning namligi 17-18 % bo'lishi, kam energiya sarflagan holda hosil bo'lgan quvur ichidan suvning oqish masofasi 5560 metrdan kam bo'lmasligi lozim.
Sun'iy quvur hosil qiladigan ish organi old tomoni qirralari o'tkirlangan ustun 1, iskana 2, tortuvchi sim arqon 3 hamda quvur hosil qilgich 4 dan iborat. Ish organining texnologik ish jarayoni quyidagicha; qirralari o'tkirlangan ustun o'rnatilgan chuqurlikda tuproqni kesadi, uning uchida joylashgan iskana egat tubida ariqcha hosil qilib ketadi, ustun orqa tomoniga joylashtirilgan konussimon quvur hosil qilgich egat tubidagi tuproq ichida harakatlanishi natijasida sun'iy quvurlar hosil qiladi hamda hosil qilingan quvurlar orqali g'o'za sug'oriladi [6,7].
a) b)
1-old tomonidagi qirralari o'tkirlangan ustun, 2-iskana, 3-tortuvchi sim arqon, 4-sun'iy
quvur hosil qilgich
1-rasm. Qator oralarida sun'iy quvurlarning joylashish sxemasi (a), g'o'za qator orasida sun'iy quvur hosil qiligichning texnologik jarayoni sxemasi (b).
Sun'iy quvur hosil qiladigan ish organining quvur hosil qilgichi ish organi ustunning orqa tomoniga joylashgan bo'lib, ishlash davomida o'z diametri bo'yicha tuproqni siljitib, uni zichlaydi hamda tuproq ostida devorlari zichlangan quvur hosil qiladi. Agrotexnik talab b o'yicha hosil bo'lgan sun'iy quvurning diametri 50-60 mm bo'lishi talab etiladi, shunga asosan ish organi quvur hosil qilgichning diametrini quyidagicha aniqlaymiz:
7 d
k =~k , (1)
bunda da - agrotexnik talablar bo'yicha quvur diametri, m;
k - quvur hosil qiladigan ish organlar uchun 1,06-1,1 ga teng bo'lgan koeffitsiyent Tajriba o'tkazishdan oldin tuproqni namligi va zichligi o'rganildi, so'ngra turli diametrga ega bo'lgan ish organlari bilan g'o'za qator oralari egatlari tubida sun'iy quvurlar hosil qilindi. Hosil bo'lgan quvurlarning diametrlari o'lchanganda ularning o'rtacha qiymatlari mos ravishda 4,3 sm, 5,2 sm, 6,3 sm hamda 7,3 sm ekanligi ma'lum bo'ldi. Ko'rinib turibdiki ish organi o'z diametridan katta diametrdagi quvur hosil qilar ekan:
dq=kd, (2)
bunda dq - hosil bo'lgan quvur diametri, d -ish organining diametri,
k -hosil bo'lgan quvur diametrini ish organi diametriga nisbatini ifodalovchi
koeffitsiyent.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI Tajribalar natijalariga ko'ra k koeffitsiyentning qiymati 1,05-1,10 oraliqda bo'ldi, ya'ni ish organi qator orasida o'zining diametriga nisbatan shuncha marta katta diametrdagi sun'iy quvur hosil qilar ekan [8,9].
Tajribalarda ish organi diametrining tortishga va suv yurishiga ta'siri ham o'rganildi. 2-rasmdagi grafikdan ko'rinib turibdiki, diametrning kattalashishi bilan ish organining tortishga qarshiligi proporsional ravishda ortib bordi. Bundan tashqari mazkur diametrni kattalashishi bilan uning tuproqqa ta'sir etuvchi yuzasi, ish organiga sarflanadigan metall hajmi ham ortib boradi.
800 R. H
600
400
200
0
40 50 d*, MM 70 ---- nazariy 1 - V=1,4 m/s; 2 - V=1,8 m/ _tajribaviy
2-rasm. Quvur hosil qilgich diametri(1)ni uning sudrashga qarshiligi(2)ga ta'siri
Ish organi diametri 40 mm bo'lganda uning tortishga qarshiligi 150,2 N, 50 mm - 310,6 N, 60 va 70 mm bo'lganda esa mos ravishda 360 N va 410,1 N qiymatlarga teng chiqdi [6-9].
Hosil bo'lgan quvurdan suv oqishi xolatini o'rganganimizda (1-jadval) ish organining diametri qanchalik kichik bo'lsa hosil bo'lgan quvur ichidan suvning oqish masofasi shunchalik qiyinlashar ekan.
Diametr 40 mm bo'lganda hosil bo'lgan quvur ichidan suv 1,7 metrga oqib, so'ng quvur tepasidagi egat yuzasiga chiqib, uning bo'ylab 72 metrga oqib borishi kuzatildi.
Ish organining diametri 50 mm bo'lganda qator orasida hosil bo'lgan quvur ichidan suv 28 metrga oqqandan so'ng, egat yuzasiga chiqib 68 metrga oqib borgan va keyin yana quvur ichiga tushgan. Ayrim hollarda esa tuproq yuvilishi natijasida quvurning ch o'kishi kuzatildi. Bu esa suvni ko'proq egat yuzasidan oqishiga olib keldi.
1-jadval
Hosil qilingan quvurdan suv oqish ko'rsatkichlari_
Quvur hosil qiluvchi ishchi organi diametri, mm Sun'iy quvur ichidan suvning oqish masofasi, m Quvur tepasidagi egat yuzasidan suvning oqish masofasi, m
40 1,7 72
50 28 68
60 76 12
70 72 10
Diametr 60 mm bo'lgan ish organi bilan hosil qilgan quvurdan suv oqqizilganda suvning
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024
https ://mextex.uz/
A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI
quvur ichidan 76 metrga, egat yuzasidan esa 12 metrga oqib borishi kuzatildi. Diametr 70 mm bo'lgan ish organi bilan hosil qilgan quvurda ham shunga yaqin ko'rsatkichlar olindi: hosil bo'lgan quvur ichidan suv 72 metrga oqib bordi, diametrning nisbatan kattaligi hamda quvurning yuqori qismini namlanishi hisobiga uning quvur cho'kishi kabi holatlar kuzatildi. Ish organi diametri kattalashgan sari nafaqat uni tayyorlash uchun ketadigan metall sarfi va tortishga qarshiligi ortadi balki quvur ichidagi tuproq yuvilib ketish darajasi ham ortib boradi [10,11].
Xulosa qilib aytganda, sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlar sharoitida qator orasi 60 sm bo'lgan go'zalarni sug'orishda kam energiya sarflagan holda tuproq osti egat tubida sifatli quvur hosil bo'lishi hamda hosil bo'lgan quvur ichidan suvning uzoq masofaga oqishi uchun ish organi ish organi quvur hosil qilgichning diametri 50 mm ga teng bo'lishi lozim.
ADABIYOTLAR
1. Гузани сув тежовчи технологиялари, сугориш муддатлари ва сугориш меъёрларини тензометр ёрдамида аниклаш усуллари буйича тавсиялар. / УзПИТИ. -Тошкент, 2009. - 18 б.
2. Isokova Z. Worker organ for education mole cast in space between rows cotton //Irrigation and Melioration. - 2018. - Т. 2018. - №. 2. - С. 62-65.
3.Isakova Z. Kh.. The honeycombs forming working apparatus for under soil irrigation of the cotton rows //AGROILM journal of Uzbekistan. - 2011. - Т. 3. - С. 17-18.
4. Исакова З. Х. Полив хлопчатника по кротовинам // European research. - 2017. - №. 4 (27). - С. 17-19.
5. Холматова Ш.М. Эффективность кротовий по борьбе с ирригатсионной эрозией почвы: Дисс. ... канд. тех. наук. - Ташкент, 1999. -112 с.
6. Исокова З. Х., Хатамов Б. А., Назаров Ф. И. Результаты экспериментов по формированию искусственной трубы рабочим органом. - 2023.
7. Тухтабаев М. А., Хатамов Б. А., Исокова З. Х. Воздействие вертикальной нагрузки и внутршиннего давления колеса на деформaцию почвы // Механика и технология. - 2023. - Т. 3. - №. 12. - С. 148-155..
8. Байметов Р. И., Хатамов Б. А., Исакова З. Х. Водосберегающая технология полива хлопчатника // Механика и технология. - 2021. - Т. 2. - №. 3. - С. 27-30.
9. Isoqova Z.X., Karimov T.T. Xitoy texnologiyasi asosida plyonka ostidan tomchilatib sug'orishda ko'chat qalinligini o'rganish bo'yicha tajriba natijalari // Механика и технология. -2023. - N. № 3 (6), 2023 Махсус сон B. 65-68..
10. Хатамов Б. А., Нажмитдинова Г. Р. Эффективность орошения хлопка через искусственные трубы//точная наука Учредители: ИП Никитин Игорь Анатольевич. - №. 118. - С. 26-29.
11. Z X Isokova et al 2023 IOP Conf Ser.: Earth Environ. Sci. 1231 012046
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024