TEXNOLOGIYA
УДК. 05.09.04
YANGI QURILGAN TURAR JOY BINOLARINII SUV BILAN TA'MINLASHDA QUVURLARDAN O'TUVCHI SUVNING HARAKAT DINAMIKASINI O'RGANISH
Karimov Komolxon Abbosovich I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti. t.f.d. professor, [email protected]
Toirov Murtoza Shavqidinovich Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti PhD doktor, dotsent. [email protected]
Annotatsiya. Ushbu maqolada mukammal arxitektura asosida qurilayotgan zamonaviy binolar va aholi turar joylarini suv bilan ta'minlashda suyuqlikning quvur ichidagi dinamik harakati, miyyoriy hujjatlar asosida yangi quvur tarmoqlarini barpo etish ishlari muhokama qilingan, shu bilan bir qatorda ushbu magistral quvurlardan otayotga bosim ostidagi suvni aholi turar joylari uchun kichik diametrli quvur tarmoslar orqali yetkazib berishda moderinizatsiyalangan ratsional tejamkor texnologiyalardan foydalanish yuqori tejamkorlikning ustivor tayanchi ekanligi haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Аннотатция. В данной статье рассматривается динамическое движение жидкости внутри труб при водоснабжении современных зданий и жилых массивов, возводимых на базе современной архитектуры, строительство новых сетей трубопроводов на основе нормативных документов, а также обеспечение воды под давлением из этих магистральных трубопроводов в жилые районы населения, что приминение модернизированных рaцональных экономически эффективных технологий при прокладке трубопроводов малого диаметра является основным обеспечением высокой экономической эффективности.
Abstract. This article examines the dynamic movement of liquid inside pipes during the water supply of modern buildings and residential areas built on the basis of modern architecture, the construction of new pipeline networks based on regulatory documents, as well as the provision of pressurized water from these main pipelines to residential areas of the population, which is the use of modernized rational, cost-effective technologies for laying small-diameter pipelines is the main guarantee of high economic efficiency.
Kalit so'zlar: magistral quvur tarmoqlari, yangi qurilayotgan binolar, suv taminoti, suyuqlikning harakat dinamikasi, vaqt tejamkorligi, moderinizatsiyalangan ratsional tejamkor texnologiyalar.
Ключевые слова: линия магистральных трубопроводов, новостройки, водоснабжение, динамические движения, жидкость полости трубопроводов, экономия времени, модернизированные рaциональные экономичные технологии.
Key words: main pipeline line, new buildings, water supply, dynamic fluid movements inside the pipeline cavity, time saving, modernized rational economical technologies.
Kirish
Oxirgi o'n yillikni olib qaraganimizda, respublikamiz shaharlarida ko'p qavatli uylar qurilishini davlat dasturiga kiritilishi, yangidan-yangi mikrorayonlar va kichik shaharlarning paydo bo'lishiga olib keldi va olib kelmoqda, ushbu qurilgan ko'p qavatli uylarga komunal xizmatlarni ko'rsatishda esa bir qancha есЫтЫ kutib yotgan muammolar yuzaga kelib qolgan.
Ushbu muammolardan biri magistral quvur tarmoqlari bosimini tushirmasdan turib magistral quvurlarga teshik ochish va ushbu teshikka yangi quvur tarmog'ini flanetsli shtutser orqali ulashdir. Magistral quvur sirtida sifatli payvand chokini hosil qilish vaqt unimdorligini oshishiga olib keladi.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024
TEXNOLOGIYA
Sifatsiz payvand chokini hosil bo'lishi quvur ichidagi suvni tashqi atmosferaga chiqishiga olib keladi, natijada karroziya kuzatiladi, bu holat BCH 2-124-80 va BCH 171-84 yo'riqnomasi talablarida ham
ko'rsatib o'tilgan (2-rasm).
1-rasm. Yangi qurilayotgan ko'p qavatli uylarga komunal xizmatlar ko'rsatish uchun
2-rasm. Yangi qurilayotgan ko'p qavatli uylarning suv quvur tarmoqlarini magistral quvurga
ulash jarayoni
Quvur tarmoqlariga yangi loyihalangan quvurlarni payvandlab o'rnatish uchun quvurlar BCH 2-124-80 va ВСН 171-84 yo'riqnomasi boyicha quyidagi talablarga javob berishi shart [2,3]:
- quvur tipi (payvand chokli va payvand choksiz) bo'ladi;
- quvur ichki diametridan o'tuvchi muhitning hajmi quvurning ichki diametriga to'g'ri kelishi shart;
- quvur devorining qalinligi, o'tuvchi muhitning bosimiga qarab tanlanishi shart y'ani payvand chokli quvurlar 1,25%, payvand chokisiz quvurlar 1,5% zaxira koeffitsenti bilan bosimga bardoshliligi hisoblanib tarmoqlarga payvandlanadi;
- quvurdan o'tuvchi muhitning quvur materiali karroziyaga uchramasligi BCH 2-12480 va BCH 171-84 yo'riqnomasida ko'rsatilgan miqdordan oshmasligi shart.
- quvur tashqi sirtini korroziyabardosh himoya qatlami BCH 2-124-80 va BCH 171-84 yo'riqnomasida ko'rsatilgan talablarga javob berishi shart.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024
TEXNOLOGIYA
Texnologik quvurlar deb quyidagilarga aytiladi:
- payvand choklari uchun ikki yon tarafida faskalari bor;
- turli tomonga yo'naltirish imkoniyatini beruvchi quvur detallari (otvod, rerexod, troynik, zaglushka) bo'lgan quvurlar;
- taglik, suyanchiqlari yoki ilmoqli ko'tarmalari bor bo'lgan quvurlar;
- briktiruvchi brikmalar (bolt, gayka, shpilka, shayba) bilan germetik zichlangan quvurlar;
- zaporli armaturalar (zadvijka, ventel, kranniklar) o'rnatilgan quvurlar;
- bosimni nazorat qiluvchi priborlar va ularni boshqaruvchi qurilmalari bor quvurlar;
- issiqlikni o'zida ushlovchi yoki korroziyadan himoyalangan quvurlar.
O'tkazayotgan muhitiga qarab quvur tarmoqlari quyidagilarga bo'linadi:
- suv o'tkazuvchi quvurlar;
- bug' o'tkazuvchi quvurlar;
- siqilgan havo o'tkazuvchi quvurlar;
- neft mahsulotlarini o'tkazuvchi quvurlar;
- moy o'tkazuvchi quvurlar;
- gaz o'tkazuvchi quvurlar va boshqalarga bo'linadi.
Geometrik tavsifiga ko'ra quyidagi o'lchamlari bor buyumlar quvurlar deb aytiladi:
- ichki o'tkazish diametriga ega bo'lgan (Du);
- tashqi diametrga ega bo'lgan (Dtashqi);
- ma'lum bir o'lchamdagi devorga ega bo'lgan (ö);
- ma'lum bir o'lchamdagi uzunlikka ega bo'lgan (L).
Quvurlar texnologik jarayonda bosimga bardoshliligi jihatidan ikki guruhga bo'linadi: 1) 0,1MPa - 10MPa bosimda ishlovchi quvurlar past bosimli quvurlar, 2) 10 MPa va undan yuqori bosimda ishlovchi quvurlar, yuqori bosimda ishlovchi quvurlar deb aytiladi. Quvurlarni ichki diametri o'zgaruvchan bo'lib tashqi diametri o'zgarmaydi, quvurlarni ichki diametrini topish uchun quyidagi formuladan foydalanamiz:
3-rasm. Quvur devorini aniqlash usuli.
Quvur ichidan o'tayotgan muhitning hajmini aniqlash uchun, quvurning ichki diametriga, quvurdan o'tayotgan muhitning bosimiga va quvur ichidagi muhitning harakat tezligi bog'liq bo'ladi va buni quyidagi formula orqali aniqlaymiz:
- 2 ■
(1)
Dtashq, Quvurning fa s h <| i diametri
(2)
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 1-son, 2024
TEXNOLOGIYA
— quvurning ichki diametri, m; V — quvurdan o'tuvchi muhitning hajmi, ?7l3 fc\ W — quvurdan otuvchi muhitning o'rtacha tezligi, m/s.
Magistral quvur devoriga loyihada belgilangan teshikni ochib, so'ng teshikdan bosim ostida chiqayotgan suyuqlikning tezligini tahlil qilganimizda, bosimga ko'ra quvurga ochilgan teshikdan chiqayotgan muhitning tezligi doimiy yoki o'zgaruvchan bo'ladi. Bosim ostidagi muhit hosil qilingan teshikdan erkin atmosfera chiqsa ushbu muhit yuqori tezlik bilan harakat qiladi, aksincha, bo'lsa muhit tezligi atmosferaga tarqalish tezligidan past tezlikda harakatlanadi. Vakuum holatida esa qarshilikka uchramaydi, natijada tezlik yuqorida ko'rib o'tilgan holatdagilarga nisbatan yuqori tezlikda bo'ladi.
4-rasm. Quvur devoriga hosil qilingan teshikdan suyuqlikni bosim ostida chiqishining
harakat yo'nalishi
Magistral quvurga hosil qilingan teshikdan, har qanday muhit bosim ostida chiqish jarayonida siqilib chiqayotgan muhitning siqilish koeffisyenti bo'ladi, ushbu koeffitsent £ harfi
bilan belgilanadi, uni topish uchun (5.1.8- rasm)ga asoslanib quyidagi formula orqali topamiz, £ ning qiymati aylana shakildagi teshiklar uchun 0,64 ga teng.
(3)
0
Fs — teshikdan chiqayotgan muhit maydonining o'lchami (diametrni K ga kopaytmasi K = mm), mm;
F — teshik maydonining o'lchami (diametrni R ga kopaytmasi 0 ■ JT = mm), mm.
Quvurdan chiqayotgan suyuqlik diametrining to'g'ri chiziq bo'ylab o'zgarmas quymati quvurdagi suyuqlikning bosimiga va qarshilik kuchiga uzviy bog'liq. Suyuqlikning quvur ichida qarshilikka uchrashi quvur ichki sirtining g'adir -budirligiga bog'liq, quvur ichida korroziyalanish natijasida g'adir-budirlik (notekislik) qancha yuqori bo'lsa, quvur ichidan bosim ostida o'tuvchi suyuqlik shuncha ko'p qarshilikga uchraydi va biz bu qarshilikni Yulius Lyudbig Veysbax formulasi asosida (4- rasm)da ko'rsatilgan 1-1 va 2-2 ko'rinish orqali quyidagicha topamiz:
; — quvur sirtida yangi ochilgan teshikdan bosim ostida chiquvchi
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
(4)
5-jild, 1-son, 2024
TEXNOLOGIYA
suyuqlikning qarshilik koeffisyenti; ! — quvurdan lsekundda oqib o'tuvchi suyuqlikning hajmi; — erkin tushish tezligi.
Qur sirtida hosil qilingan teshikdan muhit chiqish jarayonida siqiladi va ma'lum bir masofagacha muhit diametri o'zgarmasdan to'g'ri chiziq bo'ylab harakatlanadi, bosim ostida quvur teshigidan chiqayotgan muhit diametri (dastasi)ning to'g'ri chiziq bo'ylab harakatlanganda harakat uzunligini quyidagicha izohlaymiz ya'ni bosim ostidagi quvur sirtidan 0,5 ■ d masofada oqim diametri o'zgarmaydi va teshikdan uzoqlashgan sari muhitning diametri boshlang'ich o'lchamga nisbatan ozgaradi.
Bosim ostidagi quvur sirtida hosil qilingan teshikdan quvur ichi g'adir-budirligi natijasida mahalliy qarshilikga uchrab chiqayotgan suyuqlikning tezlik koeffisyenti <p quyidagi formula orqali topamiz:
?! — quvur sirtida yangi ochilgan teshikkacha bo'lgan oqimning tezlik koeffisyenti;
Quvur sirtida yangi ochilgan teshikdan bosim ostida chiquvchi muhitning tezlik koeffisyenti (p ft* 0,97-0,98 o'zgaruvchan qiymatga teng bo'ladi. Quvur sirtida yangi ochilgan teshikdan bosim ostida chiquvchi suyuqlikning qarshilik koeffisyenti ¡f — 0,06 qiymatga teng. Suyuqlikning tezlik koeffisyenti (p topish orqali qarshilik koeffisyenti f topish mumkin.
(6)
Korxonalarda va aholi ichimlik suvi va shaharlarni obodonlashtirish maqsadida foydalaniluvchi suvlardan foydalanganda, quvur tarmoqlari uchun yillik karroziya miqdori BCH 2-124-80 va BCH 171-84 yo'riqnomasi talablari bo'yicha o'rtacha 0,1mm qilib belgilangan.
Hozirgi vaqtda respublikamizda aholini sifatli ichimlik suvi bilan uzluksiz ravishda ta'minlash uchun juda katta e'tibor berilmoqda, shu bois mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda mazkur soha respublikamizda yettinchi asosiy ustuvor yo'nalish qilib belgilangan. Barchamizga ma'lumki eng muhim hayotiy ahamiyatga ega bo'lgan soha bu shahar aholisini ichimlik suvi va issiqlik manbai bilan ta'minlash bo'lib, bu sohada yillar davomida jiddiy muammolar to'planib qolgan va bu muammolar bugungi kunda o'z echimini kutmoqda. Ushbu echimini kutayotgan muammolardan asosiysi, respublikamiz shaharlarida barpo etilayotgan ko'p qavatli uylarni, ichimlik suvi va issiqlik ta'minotining magistral quvurlariga ulash jarayonida, quvurdan o'tuvchi muhit oqimini to'smasdan, to'xtatmasdan turib ulash korxonalarning eng dolzarb muammolardan biri to'lib qolmoqda.
Amaliyotdan bizga ma'lumki yangi quvur tarmoqlarini bosim ostidagi magistral quvur tarmoqlariga ulash uchun, quvurlardagi suv oqimini vaqtincha to'xtatish kerak bo'ladi. Misol tariqasida quyidagicha tushintiramiz, yilning sovuq fasillarida yangi qurilgan ko'p qavatli u ylarni magistrall issiqlik manbai quvurlariga yoki ichimlik suvga ulash uchun, aholi yashash massivlariga magistral quvurlar orqali uzatilayotgan issiqlik manba va suvni vaqtincha to'xtatib, quvur ichidagi qoldiqni drenajlarga bo'shatish va undan so'ng yangi quvur tarmog'ini magistral quvurga payvandlab ulashga ruxsat etiladi. Taklif etilayotgan qurilma ana shunday qiyinchiliklarni oldini olib, ishchilar kuchini tejalishiga, mehnat unimdorligini oshirilishiga, material tejamkorligiga olib keladi (5-rasm) [1,4] .
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024
b)
5-rasm. Magistral quvur sirtiga teshik ochuvchi taklif etilayotgan qurilmaning umumiy ko'rinishi: a) qurilmani quvurga ornatilmagan holatdagi umumiy chizma b) qurilmani quvurga ornatilgan holatining umumiy chizmasi
ВСН 2-124-80 va ВСН 171-84 yo'riqnomasida ko'rsatilgan karroziyalanish miqdori, uzoq yillar davomida doimiy ish faoliyatida bo'lgan issiqlik manbayi quvurlariga o'zining salbiy
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024
TEXNOLOGIYA
tasirini ko'rsatadi. Ushbu salbiy tasirlar natijasida quvur tarmoqlariga o'rnat ilgan zadvijkalar, sharli ventillar, bosimni ushlovchi klapanlarning germetikligi yoqoladi. Karroziya natijasida suv tarkibidagi tuzlarning kristall shaklga o'tishi yuqorida ko'rsatib o'tilgan quvur tarmoqlari jihozlarini germetikligini yo'qolishiga olib keladi. Magistral quvurlardagi bosimni ushlab turuvchi qurilmalar germetikligini yo'qolishi quvurlardan o'tuvchi issiq va sovuq suvni ma'lum bir miqdorda o'tkazib turishiga olib keladi, ushby holat o'tkazilgan kuzatuvlar va amaliy tajribalar natijasida aniqlandi.
6-rasm. Aholi yashash massivlari uchun qurilgan suv va issiqlik manbayi uchun quvurlar
Yuqori haroratda ishlovchi quvur tarmoqlari uchun ГОСТ 8731-87 va ГОСТ
8732-78 standartlari asosida tayyorlangan Ст10, Ст2сп, Ст20, Ст4сп, 15ХМ markali quvurlardan foydalaniladi. Ushu markali quvurlar yuqori haroratda o'z mexanik xossalarini yo'qotmaydi, shuning uchun ham shahar isitish tarmoqlari va sanoat korxonalarining isitish tizimlari, texnologik jihozlar uchun issiq suv va bug'ni uzatishda markalari yuqorida ko'rsatilgan quvurlardan keng miqiyosda foydalaniladi. Quvurdan o'tuvchi issiq suvning hajmini topish uchun quyidagi formuladan foydalanamiz, m [5,6]:
I АГ.
(7)
\J У L "LLC " fJ
G — sarflanayotgan suv, kg/s;
p — suvning zichligi, kg/m3;
■.■.■ — iV.vning quvur ichidagi tezligi, m/s.
Issiq suv va bug' quvur tarmoqlari uchun quvur devorini tanlashda, quvur ichki diametri, bosimi, maksimal harorat va mexanik xossalarini inobatga olgan holda quvur tanlanadi, quvur devorini tanlashda quyidagi formuladan foydalanamiz:
S >
PDtashqi
- У
(8)
230 <Jp+p у — issiq suvning zichligi;
l — hisoblangan quvur devoriga qo'shilivchi qiymat, mm.
Bosim ostidagi quvurning ruxsat etilgan ishchi bosimi quyidagi formula orqali topiladi:
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024
https ://mextex.uz/
TEXNOLOGIYA
2 3 00'(£—C]
V,
(9)
Issiq suv, ichimlik suvi va bug' quvurlari uchun quvur devori S ni quyidagi formula orqali topamiz:
i4j_ — payvand chokisiz quvurlarning texnologik jarayondagi vazifasiga ko'ra, quvur devoriga qo'shib hisoblanuvchi texnologik (dopusk) quyim (ruxsat etilgan chegaraviy o'lcham).
¿1 Ruxsat etilgan o'lcham (nominal o'lchamga nisbatan %)da
0,2 = 15
0,15 = 10
0,1 = 5
Payvand chokli quvur devorining qalinligi hisoblanganda nominal S o'lchamga nisbatan C ruxsat etilgan chegaraviy o'lcham qiymat 0,5mm.dan kam bo'lmasligi kerak. __2-jadval
C, mm S, mm
0,5 < 6
0,6 6-8
0,8 > 8
Amaliyotdan bizga ma'lumki, quvurdan o'tuvchi bosim ostidagi issiq suvning haroratini oshishi, kinematik qovushqoqlikni ham kamaytiradi, ushbu holatda issiq suvning qarshiligi kamayishi natijasida quvur devori va issiq suv ortasida ishqalanish koeffitsenti pasayadi va buning natijasida issiq suvning harakati tezlashadi. Bundan xulosamiz shuki, issiq suv o'tkazuvchi magistral quvurlardagi issiq suvning tezligi, sovuq suv o'tkazuvchi quvurlardagi suvning tezligiga qaraganda yuqori bo'ladi.
Knimatik qovushqoqlikni haroratga bog'liqligini quyidagi jadvalda ko'rib chiqamiz.
3-jadval
Harorat 0C Kinematik qovushqoqlik
m2/s [■ 10"6]
0 1,787
5 1,519
10 1,307
20 1,004
30 0,801
40 0,658
50 0,658
60 0,475
70 0,413
80 0,365
90 0,326
100 0,294
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024
TEXNOLOGIYA
Magistral quvurlarga, tavsiya etilayotgan teshik ochish qurilmasi yordamida teshik ochib quvur ichki muhitini atmosferaga chiqishini oldini olish maqsadida qurilma germetikligini ta'minlash uchun, zichlama o'rnatiluvchi korpus va grundbuksa loyihaga kiritilgan. Zichlama grundbuksa bilan siqilishi natijasida qurilna vali atrofida zichlanish hosil bo 'ladi va qurilma germetikligi nazoratga olinadi. Magistral quvur tarmoqlariga yangi quvur tarmog'ini ulash uchun (5-rasmda ko'rsatilgan) СТП 17-50-88 talablari boyicha flanetsli yoki rezbali shtutser magistral quvur sirtiga payvandlanadi [4].
- yangi qurilgan va qurilayotgan kop qavatli uylarni suv quvurlarini magistral quvur tarmoqlariga ulashda vaqt va material tejamkorligiga erishiladi;
- xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan shu tipdagi qurilmalarni sotib olish bartaraf etiladi va valyuta tejamkorligiga erishiladi;
- mahalliy mashinasozlik korxonalarida ishlab chiqarish uchun murakkab texnologiyalarni talab etmaydi;
- tavsiya etiluvchi qurilma bilan magistral quvur tarmoqlariga teshik ochish ishlari olib borilganda ishchi kuchini tejalishiga olib keladi;
- magistral quvur tarmoqlari sirtiga flanetsli shtutser paybandlanganda sifatli payvand choklari yaratiladi.
1. Костив В.М. Влияние механических характеристик инструментальных твердых сплавов на работоспособность металлорежущих инструментов: Дисс.. канд. техн. наук. Тюмень, 2002. - 119 с.
2. ВСН 2-124-80 Инструкция по технологии сварки магистральных трубопроводов.
3. ВСН 171-84 Инструкция по технологии сваркии контролю качества сварных соединений промысловых трубопроводов.
4. Разумов М.С. Разработка высокоэффективной ресурсосберегающей технологии упрочнения наплавленных режущих кромок / М.С. Разумов // Наука и инновации в технических университетах: материалы III всероссийского форума студентов, аспирантов и молодых ученых. - СПб. - 2009. - С. 100-101.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jumaU 5-jild, 1-son, 2024
иг* Ч , >
*-' . г* - ' • -
7-rasm. Magistral suv quvuriga shtuttser va sharli vintelni o'rnatilishi.
Xulosa:
ADABIYOTLAR
TEXNOLOGIYA
5. РД 153-34.1-003 01 Сварка, термообработка и контроль фубных систем котлов и трубопроводов при монтаже и ремонте энергетического оборудования. (РТМ-1 с). М: ПИО ОБТ. - 2001. - 21 Зс.
6. Эфрон Л.И., Ильинский В.И., Голованов А.В., Морозов Ю.Д. Металловедческие основы получения хладостойких трубных сталей высокотемпературной контролируемой прокатки // Сталь. 2003. №6. с.69-72.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024