Научная статья на тему 'G‘AFUR G‘ULOM-MUQUMIYSHUNOS OLIM'

G‘AFUR G‘ULOM-MUQUMIYSHUNOS OLIM Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Muqumiy / Qo‘qon adabiy muhiti / Muqumiy maktublari.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Turopov Sherzod

Ushbu maqolada , G‘afur G‘ulomning Muqumiy hayoti va ijodiga oid ilmiy maqolalarning yozilish tarixi, adabiyot, zamonaviy adabiy jarayondagi ahamiyati konkret misollar asosida yoritildi. Muqumiy asarlari, satirik she’rlari haqida akademik olimning bildirgan turli fikrlar tahlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «G‘AFUR G‘ULOM-MUQUMIYSHUNOS OLIM»

G'AFUR G'ULOM-MUQUMIYSHUNOS OLIM

Turopov Sherzod Faxriddin o'g'li

Alisher Navoiy nomidagi TDO'TAU magistranti

Annotatsiya: Ushbu maqolada , G'afur G'ulomning Muqumiy hayoti va ijodiga oid ilmiy maqolalarning yozilish tarixi, adabiyot, zamonaviy adabiy jarayondagi ahamiyati konkret misollar asosida yoritildi. Muqumiy asarlari, satirik she'rlari haqida akademik olimning bildirgan turli fikrlar tahlil qilindi.

Kalit so'zlar: Muqumiy, Qo'qon adabiy muhiti, Muqumiy maktublari.

Annotation: In this article, the history of the writing of scientific articles on the life and work of Ghafur Ghulam, the importance of literature and the modern literary process has been highlighted based on concrete examples. Various opinions expressed by the academician about his masterpieces and satirical poems were analyzed.

Key words: Muqumi, Kokan literary environment, Muqumi's letters.

O'zbek adabiyoti rivojlanishida turli adabiy muhit faol rol o'ynaydi. Ulardan Qo'qon adabiy muhitidir. Qo'qon adabiy muhitning paydo bo'lishi va taraqqiy etishi shoh va shoir Amir Umarxon nomi bilan bog'liqdir., Amir Umarxon o'z davrining yirik davlat arbobi va zabardast ijodkori bo'lgan. Adabiyotshunos olimlar Amir Umarxon davri adabiyotini XV asrdagi Husayn Boyqaro boshchiligidagi Hirot adabiy muhitiga juda o'xshash adabiy-estetik voqelik bo'lganligini ta'kidlaydilar Qo'qon adabiy muhitni o'rganish XIX asrda ham keng o'rganila boshlandi. Jumladan, G'afur G'ulom Muqumiy haqida ko'plab ilmiy izlanishlar olib borgan. "Muqumiy", "Mulla Muhammadxo'ja Muqumiy"

"Muqumiy maktublari', "Muqumiy va Muyxi", "Muqumiy" (yana bir o'zga maqola), "Muqumiyning yangi uch she'ri" kabi ilmiy maqolalar yaratgan. Akademik olim G'afur G'ulom Muqumiy hayoti va ijodini to'liq o'rgangan. Olimning "Muqumiy" maqolasida Muhammad Aminxo'ja Muqimiy 1850 yilda Qo'qonda

nonvoy oilasida tugilganligi, otasi asli Toshkentlik.bo'lib, taxminan 1830-yillarda Qo'qonga ko'chib borgan va u yerda turg'un bo'lib qolganligi, Muqimiy boshlang'ich tahsilni Qo'qondagi eski maktablarda olgandan keyin, avvalo Xonimoyim madrasasida so'ngra Buxoroga borib o'qiganligi haqidagi ma'lumotlarni uchratish mumkin. G'afur G'ulom Muqumiyni "katta sinish" yillari shoiri sifatida ta'riflagan. Bu haqida quyidagicha yozadi: "Muqimiy, aynan balog'atga yetgan, hayotning achchiq-chuchugini ajrata bilgan, turmushga mustaqil qaray olaturgan bir vaqt ediki, shunday bir tarixiy hodisa yuz berdi: rus imperializmi Turkistonni bosib olib, asrlarcha feodalizm zanjirida ezilib kelgan o'zbek mehnatkash dehqon va kosibning boshiga feodalizm zulmati bilan birlikda rus imperializmining mustamlakachilik qamchilari ham yog'ila boshladi. Mehnatkash xalq uch yoqlama zulm ostida qoldi. Mamlakatda ishsizlik, batraklik, darbadarlik, ochlik, yalang'ochlik hukmron bo'ldi.. Muqimiy xuddi mana shu «katta sinish» yillarinnng shoiridir. U o'z atrofidagi ohu fig'onlarni eshitmasdan qola olmadi. Talangan qishloqning och dehqonlari, savdo kapitalizmi yutayotgan kosib shahrining ohu zorlarini tinglamay qola olmadi. Ular bilan birga alam tortdi."20 Bu ayni Muqumiy shaxsiyatiga olim tomonidan berilgan eng to'g'ri ta'rif. G'afur G'ulom ta'biri bo'yicha Muqumiy xalqqa zulm qiluvchilarni yomon ko'rgan ularni o'tkir hajv ostiga olgan. Ularning kirdikorlarini fosh etgan. G'afur G'ulom Muqumiy mardlikda barcha uchun namuna ekanligini yozarkan uning ikki baytdan iborat she'rini misol tariqasida keltiradi:

Gar qilich boshimga ham kelsa degayman rostin,

So'zki haq bo'lsa, savolimga javobim kim desun.

G'afur G'ulom adabiyotshunos olim sifatida Muqumiy asarlarini tahlillaydi. Maqolada quyidagi fikrlarni ilgari suradi: "Muqimiy kulgi she'rlar yozishda o'z asrdoshlarining ustasi bo'lgani kabi, ishqiy g'azallarda ham ulardan qolishmaydi. Muqimiyning tili ravon, mavzulari kundalik, ayniqsa, alamzada, ezilgan kosib ommasining ko'nglidagini topib yozgani uchun she'rlari juda tez ommalashar edi. Butun she'rlarining yarmidan ko'pi deyarli turli kuylarda qo'shiq qilib aytilar, qo'llardan-qo'llarga nusxa ko'chirilib, qimmatbaho hujjatday qadrlanar edi. Hozir

20 G'. G'ulom. "Mukammal asarlar to'plami" 11-tom. O'ZBEKISTON SSR «FAN» NASHRIYOTI 1989-yil

ham uning she'rlari qo'shiq qilib aytilib kelinadi."21 Maqolada diqqat qiladigan yana bir ma'lumot bor: "Uning she'rlari xalq o'rtasnda juda ko'p tarqalgan, ko'p bayozlarda tarqoq holda bosilganiga qaramay, «Devon» holida bosilmagan. Uzi o'lgandan so'ng o'rtoqlari «Bayozi Muqumiy» deb bir to'plam qilgan bo'lsalar ham unda jula oz narsa to'plangan. Yigirmalab bayozni axtarib, qo'lyozmalarni ko'rib chiqqanda quyidagi ko'rilgan she'rlari uchradi. Hali xalq qo'lida tarqoq holda qolib ketgan she'rlari ko'p bo'lsa kerak. Bularni to'plash lozim bo'ladi." 22

G'afur G'ulom "Muqumiyning yangi uch she'ri" maqolasida hozirgi adabiy jarayonda hali o'rganilmagan uchta she'r haqida ma'lumot beradi: 1888-1889-yillarda «Viktor boy», «Laxtin» «Qurbaqalar»kabi she'rlari yozilgan. Har uch she'r ham o'sha zamondagi bankirlar, sudxo'rlar, dallollar, eshonlarning yaramas qilg'iliklarini fosh qilishi haqida ma'lumot bor. G'afur G'ulom keltirgan ma'lumotlarga qaraganda Muqumiy arab, fors tillarini mukammal bilgan. Ushbu tillarda yaxshi she'rlar yozgan. Akademik olim yana bir "Muqumiy" maqolasida shoir taxallusi haqida to'xtalib o'tadi.. "Muqimiy umrining hammasini deyarli Qo'qon va Qo'qon atrofida o'tkazdi, shuning uchun ham taxallusini «turg'un» ma'nosida «Muqimiy» deb qo'ydi. Uzi ham bir she'rida: Bir vatandin dil uzib hijrat qilolmay dog'man," 23

G'afur G'ulomning. "Mulla Muhammadxo'ja Muqumiy" maqolasida Muqumiyning farzandlari haqida ham ma'lumotlarni uchratish mumkin. Xususan, maqolada aytilishicha, "Bitta Xo'ja Akbarxo'ja degan o'g'li qolgan bo'lsa ham tirikmi, bormi ma'lum emas." Muqumiy vafoti haqida ham to'xtalib o'tgan olim shunday ma'lumot beradi: "Muqnmiy 1903-yil may oyida hijriy hisobi bilan 1321-yil 27-savr oyida 53 yoshida Qo'qonda o'lgan."

Xulosa qilib aytganda, G'afur G'ulom Muqumiyning muxlisi, uning an'anaviy davomchisi, tadqiqotchisi edi. G'afur G'ulom Muqumiy hayoti va ijodini tadqiq etishdan charchamadi hamda hozirgi zamonaviy adabiyot uchun muhim bo'lgan

21 G'. G'ulom. "Mukammal asarlar to'plami" 11-tom. O'ZBEKISTON SSR «FAN» NASHRIYOTI 1989-yil

22 G'. G'ulom. "Mukammal asarlar to'plami" 11-tom. O'ZBEKISTON SSR «FAN» NASHRIYOTI 1989-yil

23 G'. G'ulom. "Mukammal asarlar to'plami" 11-tom. O'ZBEKISTON SSR «FAN» NASHRIYOTI 1989-yil

ma'lumotlarni qoldirdi. G'afur G'ulom qoldirgan ilmiy maqolalar asosida yangi tadqiqotlar olib borishning imkoniyati mavjud.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. G'. G'ulom "Mukammal asarlar to'plami"- O'ZBEKISTON SSR «FAN» NASHRIYOTI 1989 yil

1. Internet ma'lumotlari asosida

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.