Научная статья на тему 'G‘AFUR G‘ULOM HAJVIY JANRGA OID ILMIY MAQOLALARI TAHLILI'

G‘AFUR G‘ULOM HAJVIY JANRGA OID ILMIY MAQOLALARI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hajv / “Mushtum” / Kulgichilik janri / Satira.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Turopov Sherzod

Ushbu maqolada, G‘afur G‘ulom hajv janriga oid ilmiy maqolalarning yozilish tarixi, adabiyot, zamonaviy adabiy jarayondagi ahamiyati konkret misollar asosida yoritildi. Jahon adabiyoti va o‘zbek adabiyoti hajv janri haqidagi akademik olimning bildirgan turli fikrlar tahlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «G‘AFUR G‘ULOM HAJVIY JANRGA OID ILMIY MAQOLALARI TAHLILI»

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

G'AFUR G'ULOM HAJVIY JANRGA OID ILMIY MAQOLALARI TAHLILI

Turopov Sherzod Faxriddin o'g'li

Alisher Navoiy nomidagi TDO'TAU magistranti

Annotatsiya: Ushbu maqolada, G'afur G'ulom hajv janriga oid ilmiy maqolalarning yozilish tarixi, adabiyot, zamonaviy adabiy jarayondagi ahamiyati konkret misollar asosida yoritildi. Jahon adabiyoti va o'zbek adabiyoti hajv janri haqidagi akademik olimning bildirgan turli fikrlar tahlil qilindi.

Kalit so'zlar: Hajv, "Mushtum", Kulgichilik janri, Satira.

Annotation: In this article, the history, literature, importance of scientific articles on Gafur Ghulam comic genre in the modern literary process was covered based on concrete examples. Different opinions expressed by the academic scientist about the comic genre of world literature and Uzbek literature were analyzed.

Key words: Humor, "Mushtum", Comedy genre, Satire.

Hajviy janr qadimgi zamon sharq xalqlari, xususan, o'zbek adabiyotida mustaqil janr sifatida rivojlangan. Qadimgi zamonlardan, ya'ni nazariy adabiyot vujudga kelgan davrdan boshlab hajviyotning mohiyati va mavzusini yorituvchi ko'plab ilmiy adabiyotlar, ilmiy maqolalar yaratilgan. XX asrda o'zbek adabiyotida bu sohada ko'plab izlanishlar olib borildi. Xususan, G'afur G'ulomning 12 tomlik "Mukammal asarlar to'plami"ning 11-tomi ilmiy maqolalarga bag'ishlangan. Kitob hajv janri tadqiq etilgan maqolalar bilan boshlanadi. Barchamizga ma'lumki, akademik olim adabiyotga ilk qadamidan boshlab toki hayotining so'nggi lahzasigacha kulgi ishqibozi bo'lgan, o'z asarlarida hajvdan ustalik bilan foydalangan. Shuningdek, hajv janriga oid ilmiy maqolalar ham yaratgan. Ular "Mushtum", "Mana deyman...",

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

"Kulguchilik to'g'risida", "Siz tayyormisiz?", "Mushtum qirqqa kirdi", "O'tkir satira ustasi", "Yumor va satira", "Yusufjon qiziq" kabi maqolalardir.

Azaldan hajv janri barcha xalqlar adabiyotida muhim janr hisoblanadi hamda xalq og'zaki ijodining bir qismi sifatida xarakterlanadi. G'afur G'ulomning "kulgichilik janri"ga oid ilmiy maqolalarni o'rganish jarayonida ko'plab muhim ma'lumotlarni uchratish mumkin. Xususan, G'afur G'ulom "Kulgichilik to'g'risida" maqolasida "kulgichilik janri islohga muhtoj ekanligi"ni ta'kidlaydi. Ya'ni "...lekin kulgi adabiyoti to'g'risida hanuz maydonda na mulohaza, na tanqid, na muhokama, hatto kulgi yo'li bilan kitob yo majmua shaklida yozilgan birorta asarga ega emasmiz. Bizdagi kulgichilik yarim unutilgan holda o'smoqda. Kulgi adabiyoti to'g'risida hech kim, hech qachon birorta yangilik bilan maydonda ko'rinmadi. Bizdagi kulguchilik gangragansimon, savq tabiiy shakldagina ko'tarilmoqda" 2 Akademik olim kulgichilik janri rivojlanishi uchun bir qator takliflarni ilgari suradi:

1. Eski meroslardan foydalanish - G'afur G'ulom ta'kidlashicha, bizda kulgichilik janri rivojlanishi uchun xalq orasida hajv janri ustozlaridan o'rganish maqsadga muvofiq. "...bizda kulgichilik yo'llari ko'p turlarga bo'linadi. Ko'p zilibam badialar, shirin latifalar yaratish qobiliyatiga ega bo'lgan eski ustodlar bor. Ular burchak-burchaklarda bir turkum kishilarning zavqigagina xizmat qiladilar. Shunday usta tashbeh bilan eshituvchilarini mot qiladigan, ularning husn tavajjuhlarini kasb etadigan kishilar bor. Biz ulardan foydalanish nari tursin, shaxslarini tanimaymiz ham. Ularning shifohi kulgichilikda bo'lgan porom yo'llarini ko'pchilik o'rtasiga tarqatish uchun ishlashimiz, yoshlarni ulardagi san'atga shogird qilishimiz kerak"3 degan fikrni ilgari suradi.

2. O'quvchilarni anglash - xalq orasida "ma'qul fikrlar to'plashi" kerak. Kitobxon xohish-istaklarini inobatga olgan holda "o'quvchilarning talablarini payqashi", ularni qondirishi kerak. Shubhasiz, kulgi xalq og'zaki ijodidir. Xalq kulgi

2 2 G'. G'ulom "Mukammal asarlar to'plami"- O'ZBEKISTON SSR «FAN» NASHRIYOTI 1989-yil 9-BET

3 3 G'. G'ulom "Mukammal asarlar to'plami"- O'ZBEKISTON SSR «FAN» NASHRIYOTI 1989-yil 9-10-BET

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

orqali (askiyalar, latifalar, qiziqlar va masxarabozlar kulgisi orqali) o'z orzu-armonlarini, ko'nglida yig'ilib yotgan dard-alamlarini, fikrlarini noroziliklarini ifodalagan. Shu sababli ham kulgichilik rivoji uchun xalq fikri muhim, yaratilayotgan asarlar xalq qalbiga yaqin bo'lishi kerak.

3. Yosh kuchlarni to'plash - olim bir chekkada "biqinib" yotadigan kulgichilikda yosh iste'dod egalarini jalb qilish kerakligini, Ularning "Mushtum"ga o'z ijodlari bilan qatnashmasliklari, ijod namunalarini ommalashtirishga iymanishlariga sabalarni o'rganish"ga chaqiradi.

4. - G'afur G'ulom mavzu g'oyasiga diqqat qaratish eng asosiy jihatligini "Biz kimdan kulaylik?" maqolasida uqtirmoqchi bo'ladi. Doimiy eshon, mullalar ustidan kulaverish, ularni mavzuga g'oya sifatida tanlash kitobxonni zeriktiradi. Kundalik turmushdagi mavzular omma uchun qiziqarlidir.

5. Okrug gazetalaridagi kulgi bo'limlari haqida deyarli barcha gazetalarda kulgi bo'limlari zaif deydi olim. Ularni kuchaytirish zarur

6. Yozish yo'llari haqida G'afur G'ulom kulgi asarlar yozish ibtidoiy yo'ldan hali chiqolmaganligini ta'kidlab dolzarb savolni o'rtaga tashlaydi: "Kulgi asar yozganda so'z kuldirsinmi, mazmun kuldirsinmi?" Ya'ni yozilayotgan asarlar so'z bilan kuldirishga moyil. Mazmunan esa puch. G'afur G'ulom: "Endi biz kulgini mazmunga ko'chiraylik" - degan fikrni ilgari suradi. Rus adabiyotshunosligida ham kulgichilik bo'yicha Mixail Zoshchenko, Arkadiy Averchenkolar ijodiy asarlar yaratgan. Olim ulardan o'rnak olish kerakligini ta'kidlagan.

Bundan tashqari, G'afur G'ulom "Mushtum" jurnali haqida o'z ilmiy mulohazalarini ilgari suradi. Maqolasida jurnalning paydo bo'lishidan rivojlanishiga qadar bo'lgan bosqichlarni uchta katta davrga ajratadi:

1. Birinchi davr -1923-yil fevraldan-1926-yil fevralgacha. Bu bosqichda "Mushtum" jurnali yaratilishi va dastlabki rivojlanish bosqichi

2. Ikkinchi davr-"Mushtum"ning sovet mafkurasiga bo'ysundirilgan davri.

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

3. Uchinchi davr--"Mushtum"ning sovet mafkurasiga to'liq bo'ysundirilgan davri. Taxminan 1927-yilga to'g'ri keladi. Ya'ni bu davrda jurnal rus hajviy jurnali "Krokodil" bilan hamkorlik qila boshlagan.

Xulosa qilib aytganda, G'afur G'ulom kulgichilik ilmi rivojiga ulkan hissa qo'shgan yuqoridagi ilmiy maqolalari zamonaviy adabiyot va adabiy jarayon uchun dolzarbdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. G'. G'ulom "Mukammal asarlar to'plami"- O'ZBEKISTON SSR «FAN» NASHRIYOTI 1989 y il

2. "G'AFUR G'ULOM IJODIDA MILLIY VA UMUMINSONIY G'OYALAR UYG'UNLIGI" mavzusida o'tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to'plami Toshkent, 2023-yil 8-may

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.