Научная статья на тему 'FUQAROLIK JAMIYATI SHAKLLANISHNING IJTIMOIY-MA’NAVIY XUSUSIYATLARI'

FUQAROLIK JAMIYATI SHAKLLANISHNING IJTIMOIY-MA’NAVIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fuqarolik jamiyati / fuqarolik jamiyati institutlari / tenglik tamoyili / ochiqlik / shaffoflik / adolat mezoni / bozor munosabatlar / liberalizm / konservativ boshqaruv / farovon hayot tushunchasi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gulshod Muradillaevna Avalova

Mazkur maqolada fuqarolik jamiyati hamda fuqarolik jamiyati institutlarining ma'naviy-ma'rifiy faoliyati jamiyatda sog'lom ijtimoiy muhitni shakllantirib, fuqarolar ma'naviyati va madaniyatining o'sishiga xizmat qilishi, o'z navbatida yuksak ma'naviyat va ma'rifatga ega bo'lgan shaxslar adolatli fuqarolik jamiyatini qaror toptirishga, uni har tomonlama rivojlantirishga qodir bo'la olishlari asoslab berishi haqida bayon etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FUQAROLIK JAMIYATI SHAKLLANISHNING IJTIMOIY-MA’NAVIY XUSUSIYATLARI»

Tashkent State University of Economics

FUQAROLIK JAMIYATI SHAKLLANISHNING IJTIMOIY-MA'NAVIY

XUSUSIYATLARI

Gulshod Muradillaevna Avalova

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi dotsenti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada fuqarolik jamiyati hamda fuqarolik jamiyati institutlarining ma'naviy-ma'riiiy faoliyati jamiyatda sog'lom ijtimoiy muhitni shakllantirib, fuqarolar ma'naviyati va madaniyatining o'sishiga xizmat qilishi, o'z navbatida yuksak ma'naviyat va ma'rifatga ega bo'lgan shaxslar adolatli fuqarolik jamiyatini qaror toptirishga, uni har tomonlama rivojlantirishga qodir bo'la olishlari asoslab berishi haqida bayon etilgan.

Kalit so'zi: fuqarolik jamiyati, fuqarolik jamiyati institutlari, tenglik tamoyili, ochiqlik, shaffoflik, adolat mezoni, bozor munosabatlar, liberalizm, konservativ boshqaruv, farovon hayot tushunchasi.

Mustaqillikdan keyingi davrlarda mamlakatimiz bozor munosabatlariga asoslangan ochiq fuqarolik jamiyati qurish yo'lini tanladi va fuqarolik jamiyatining huquqiy, iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy asoslari yaratildi.

Bizga ma'lumki, Fuqarolik jamiyati - har bir inson manfaatini ustuvor biluvchi, huquqiy an'ana va qonunlarga hurmat muhiti shakllantirilgan, umuminsoniy qadriyatlar e'zozlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari so'zsiz ta'minlanadigan, davlat hokimiyati organlari ustidan samarali jamoatchilik nazorati mexanizmlari vujudga keltirilgan, inson omili va insoniy munosabatlar chuqur ma'naviy-madaniy qadriyatlarga tayanadigan erkin fuqarolik jamiyatidir. Shuningdek, fuqarolik jamiyati o'z-o'zini rivojlantiruvchi ochiq jamiyat va unda markaziy o'rinni inson egallaydi. Aynan shu ma'noda bunday jamiyat siyosiy-mafkuraviy, ayniqsa, avtoritar jamiyatga qarama-qarshi turadi. Oila, mulk, shaxs, erkinlik, huquq, qonun, fuqarolik jamiyatining qadriyatlaridi.

O'zbekiston Respublikasida 2017 yildan boshlangan fuqarolik jamiyati qurish islohotlarini yanada chuqurlashtirish zaruriyati xorijiy tajribalarni yanada kengroq o'rganishni, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini ilmiy tadqiq etishni dolzarb vazifa sifatida kun tartibiga qo'ymoqda. Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasining mazmun-maohiyatini o'rganish fuqarolik jamiyatini tadqiq etish bilan amalga oshiriladi.

Bugun oldimizga qo'yilgan asosiy maqsad va ustuvor vazifalar mamlakatimizni erkinlashtirish va modernizatsiya qilishda uzoqni ko'zlaydigan "Kuchli davlatdan -kuchli fuqarolik jamiyati sari" tamoyiliga asoslangan. Bu demokratik islohotlarimiz

296

Tashkent State University of Economics

izchil va tadrijiy, bosqichma-bosqich hamda uzluksiz tizimli jarayon ekanining yana bir isbotidir. O'zbekistonda "Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari" tamoyilini izchil amalga oshirish doirasida esa aholi keng qatlamlari tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan, mustaqil ish olib boradigan, barqaror fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish hamda rivojlantirish uchun barcha zarur tashkiliy-huquqiy va moddiy sharoitlar yaratilganligi fuqarolik jamiyatining yangi bosqichini belgilab beradi [1].

Ma'lumki, fuqarolik jamiyati tushunchasi insoniyat svilizatsiyasining ilk bosqichlaridanoq "ideal davlat", "ideal jamiyat", "ideal shoh" tushunchalari negizida shakllana boshlagan. "Fuqarolik jamiyati" atamasi alohida tushuncha sifatida ilk bor Aristotel tomonidan ilmiy va siyosiy muomalaga kiritilgan. Qadimgi yunon faylasufi fuqarolik jamiyatini "siyosiy qurilishning ma'lum shakli orqali bir-birlari bilan bog'langan erkin va teng huquqli fuqarolar uyushmasi" sifatida tavsiflagan edi. Qadimgi Rimda "societas civilias", deganda qullar va imperator tarkibidagi boshqa xalqlardan tashqari barcha teng huquqli fuqarolar uyushmasi tushunilgan. Shu tariqa bu davrda davlat, respublika va fuqarolik jamiyati yunonlarning "polis" va "politica", qadimgi rimliklarning "kes publica" va "society civilas" tushunchalari bir birini o'zaro almashtirib turuvchi atamalar bo'lgan [5].

Ma'lumki, O'rta asrlarga kelib davlat boshqaruvi tizimida bir qancha o'zgarishlar, yangiliklar va uslublar yuzaga kela boshlagan. Ayniqsa, insoniyatning quldorlik tuzumidan feodal tuzumga o'tishi bu jarayonni yanada tezlashtirib yubordi. Feodal tuzumga o'tgan davlarda davlat va jamiyat boshqaruvining yangi prinsiplari va modellari shakllandi.

Yangi davrning eng muhim siyosiy hodisalaridan biri bo'lgan "fuqarolik jamiyati" g'oyasi o'z tadrijida bir qancha konsepsiya va talqinlarni vujudga keltirdi. Biroq, u hamisha "davlat" hodisasiga nisbatan qarama-qarshi qo'yilgan. Fuqarolik jamiyatining liberal talqini Tomas Gobbs, Jon Lokk va Sharl Monteskyo davriga borib taqaladi. Tushuncha sifatida fuqarolik jamiyati ular tomonidan insoniyatning tarixiy taraqqiyotini aks ettirish, insonning ibtidoiy usuldan taraqqiy topgan turmush tarziga o'tishini ifodalash maqsadida kiritilgan [3].

Keng tarqalgan qarashlardan yana birida fuqarolik jamiyati, umuman sivilizatsiyalashgan hozirgi jamiyatning aynan o'zidir deb ta'kilanadi. O'zgacha nuqtai nazar tarafdorlari hozirgi taraqqiyotning globallashuv jarayonlarini ifodalab, jahon hamjamiyatining kelajakda tarkibiy asoslarini yaratish fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy omillaridir deb ko'rsatishadi.

Darhaqiqat, zamonaviy davlat boshqaruvi sharoitida fuqarolik jamiyati deganda, avvalo "fuqaro - jamiyat - davlat" tizimi asosida shakllantiriladigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlar negizida rivojlanadigan, inson burchi va e'tiqodi huquqiy

297

Tashkent State University of Economics

kafolatlanadigan, fuqarolar manfaatining ustuvorligi ta'minlanadigan, kuchli ijtimoiy nazorat tizimi benuqson ishlaydigan, real davlat boshqaruvida fuqarolar (xalq)ning ishtiroki maksimal darajaga ko'tarilgan jamiyat tushuniladi.

Sharqda, xususan, Markaziy Osiyo tarixida fuqarolik jamiyati to'g'risidagi g'oyalarning ildizi "Avesto" (eramizdan avvalgi VIII-VII asrlar)da "ezgu so'z, ezgu fikr va ezgu amal" qoidalaridan iborat uchlik mohiyatida yotadi. Boshqacha aytganda, fuqarolik jamiyatining o'z davriga xos oddiy shakldagi asoslari, belgilari va xususiyatlari ifodasini topgan. Yanada aniqroq ta'kidlasak, "Avesto" "amaliy qonunlari"ning maqsadi "barcha jihatlardan uyg'un va uyushgan, gullab-yashnagan adolatli jamiyatni yaratish"dan iboratdir. Darhaqiqat, Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari hayotida adolatli jamiyat, adolatli boshqaruvga oid nazariyalar va faktlar yetarlicha bo'lib, ahamiyatli jihati ularning tub mohiyatida eng avvalo inson kamoloti, uning farovon hayoti va kelajagi yotadi. Inson kamoloti uchun esa yuksak axloqiy normalarga amal qilish eng zarur vositalardan biri sifatida ko'rsatilgan. "Avesto"da ham jamiyat rivoji insonlarning axloqiy va e'tiqodiy masalalarga qay darajada amal qilishlariga bog'liqligiga urg'u berilgan.

IX-XV asrlarda yashagan O'rta Osiyo mutafakkirlarining qarashlarida davlatni boshqarish va adolatli jamiyat qurish g'oyalari o'ziga xos ilmiy mazmun kashf etishi bilan bog'liq. Bu g'oyalar Xorazmiy, Farg'oniy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk, Amir Temur, Navoiy va boshqalarning ijtimoiy-siyosiy qarashlarida chuqur bayon etilgan.

Abu Nasr Forobiy o'zining "Fozil odamlar shahri" asarida insoniyat jamiyatining vujudga kelishi va rivojlanishining muayyan tabiiy davlatga bo'lgan ehtiyojlarning paydo bo'lishini, unda adolat va axloqning shakllanish qonuniyatlari nazariy tamoyillarini yaratganligi bilan mashhurdir. U "Madaniy jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlakat) shunday bo'ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo'lgan har bir odam kasb-hunarda ozod, hamma bab-barobar bo'ladi, kishilar o'rtasida farq bo'lmaydi, har kim o'zi istagan yoki tanlagan kasb-hunari bilan shug'ullanadi. Odamlar chin ma'noda ozod bo'ladilar. Odamlarning tinchlik va erkinliklariga xalaqit beruvchi sulton bo'lmaydi. Ular orasida turli yaxshi odatlar, zavq-lazzatlar paydo bo'ladi" [4], deb yozgan. Shu tariqa olim bugun bizning tasavvurimizdagi demokratik davlat shakllari va unda boshqaruvning siyosiy va falsafiy mohiyatini yaratishga erishadi.

Abu Rayhon Beruniy o'zining "Hindiston", "Geodeziya", "Mineralogiya", "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" kabi asarlarida jamiyatda ijtimoiy adolatni ta'minlash zarurligini, qonun ustuvorligini talqin etgan. Beruniy davlat shakli mamlakatni mutlaq hokimlik qiluvchi shohlar emas, balki ma'rifatparvar shohlar boshqarishi tarafdori edi. Beruniy fikricha, davlatning muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatishi

298

Tashkent State University of Economics

uchun o'zaro yordam, tinch-totuv yashash va umumjahon farovonligi singari qoidalarga rioya qilinishi lozim. U, ayniqsa, davlatlarning hamjihatlikda, tinch-totuv yashashini ko'p targ'ib qildi, buni xalq baxt-saodati va farovonligining garovi deb bildi. Beruniyning fikriga ko'ra, davlat va qonunlar inson baxt-saodati uchun xizmat qilishi, davlatni esa ma'rifatli podshoh boshqarishi lozim. Abu Rayhon Beruniyning e'tirof etishicha, jamiyatning insoniylik mezoni odamlarning kundalik ehtiyojlari qanchalik qondirilganligi bilan belgilanadi. Jamiyatda fuqarolarning farovonligini ta'minlovchi eng muhim omil ijtimoiy adolat qoidalariga amal qilishdi [2].

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Fuqarolik jamiyati nafaqat davlatning majburlov kuchi bilan, balki uning a'zolari bo'lmish fUqarolarning o'zlari orqali saqlab turiladigan va qat'iy tartib qaror topgan jamiyatdir. Bunday jamiyat o'zini o'zi yuksak darajada tashkil etishi bilan ajralib turadi. Fuqarolik jamiyatiga davlatning kuchli ta'siri talab etilmaydi.

Davlat bunday jamiyatning nazoratida bo'lishi kerak, chunki davlat - fuqarolik jamiyatning „yollanma xizmatkori". Zero, u fuqarolar, korxona va muassasalardan olinadigan soliqlar hisobiga mavjud bo'ladi. Mazkur jamiyat nafaqat o'zining siyosiy, madaniy hayotini, balki iqtisodiy, ijtimoiy hayotini ham boshqarib turadi. Hamma jamiyatni ham fuqarolik jamiyati deb bo'lmaydi. Fuqarolik jamiyati ancha yuksak darajadagi ijtimoiy rivojlanish ko'rsatkichidir.

Shuningdek, fuqarolik jamiyatining shakllanishida va rivojlanishida insonlarning, ya'ni xalqimiz huquqiy ongining rivojlanishi, ma'naviy qiyofasining shakllanishi ham juda muhimdir. Chunki fuqarolik jamiyati, avvalo, erkinlik va tinchlik tamoyillariga asoslanadi. Bu kabi mezonlarni anglab yetishlari uchun har bir xalq o'z huquqiy asoslariga ega bo'lishlari lozim.

REFERENCES

1. Quldoshev A. Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. O'quv qo'llanma. -Toshkent: O'zbekiston, 2020. -B. 19.

2. Беруний А.Р. Х,индистон // Асарлар. -Тошкент: Фан, 1965. -Б. 70, 125, 161; Минералогия: собраниеведений для познания драгоценностей. -Москва, 1963. -С. 104.

3. Жалилов А., Мухдммадиев У., Жураев Фукаролик жамияти асослари: укув кулланма. -Тошкент, 2015. -Б. 12.

4. Форобий Абу Наср. Фозил одамлар шахри. -Тошкент, 1993. -Б. 190.

5. Хдмроев А. Фукаролик жамиятининг тарихий концепциялари. // Фукаролик жамияти, 2004, 1-сон. -Б. 35.

299

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.