Научная статья на тему 'FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING TARJIMADA BERILISHI MASALALARI'

FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING TARJIMADA BERILISHI MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
621
103
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Frazeologiya / ibora / tarjima / asliyat / ekvivalent / . / Phraseology / phraseological unit / translation / originality / equivalent.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Tursunov, Ulug’bek, Boymatov, Firdavs

Mazkur maqola frazeologik birliklarning tarjimada berilishi va tarjimadagi oziga xosliklarni tahlil etishga bagishlangan. Maqolada berilgan iboralar tarjimasi va ularning oziga xos xususiyatlari turli misollar orqali tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS OF TRANSLATING OF PHRASEOLOGICAL UNITS

The point of the current paper is to show some issues of translation of phraseological units. Theoretical data about phraseological units are discussed and analyzed with reasonable examples

Текст научной работы на тему «FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING TARJIMADA BERILISHI MASALALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences fV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ~ ASI Factor = 1.7

FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING TARJIMADA BERILISHI

MASALALARI

Ulug'bek Tursunov

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o'qituvchisi

Firdavs Boymatov Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola frazeologik birliklarning tarjimada berilishi va tarjimadagi o'ziga xosliklarni tahlil etishga bag'ishlangan. Maqolada berilgan iboralar tarjimasi va ularning o'ziga xos xususiyatlari turli misollar orqali tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Frazeologiya, ibora, tarjima, asliyat, ekvivalent,.

ПРОБЛЕМЫ ПЕРЕВОДА ФРАЗЕОЛОГИЧЕСКИХ ЕДИНИЦ

Улугбек Турсунов

Денауский институт предпринимательства и педагогики.

Фирдавс Бойматов Денауский институт предпринимательства и педагогики.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается основные фразеологических единиц. Теоретическая информация основана на примерах.

Ключевые слова: Фразеология, фразеологизмы, эквивалент..

PROBLEMS OF TRANSLATING OF PHRASEOLOGICAL UNITS

Ulugbek Tursunov

Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy

Firdavs Boymatov Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy

ABSTRACT

The point of the current paper is to show some issues of translation of phraseological units. Theoretical data about phraseological units are discussed and analyzed with reasonable examples.

Keywords: Phraseology, phraseological unit, translation, originality, equivalent.

проблемы перевода об фразеологизмы

фразема, перевод,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KIRISH

Dunyo tilshunosligida frazeologik birliklar psixologik, kognitivsemantik va lingvokulturologik jihatlarni namoyon etgan ko'p qirrali va ko'p qatlamli mental tuzilma sifatida talqin etiladi. An'anaviy tilshunoslikda til birliklari, jumladan, frazeologik birliklar asosan til xususiyatlari asosida o'rganildi. Frazeologik birliklarning transformatsiyasi, ularning yangilanish xususiyatlari nafaqat muayyan uslubiy mahsuldorlik manbai, shu bilan birga, yangi frazeologik birliklarning shakllanish omili bo'lib xizmat qiladi. Shu ma'noda frazeologik birliklarni transformatsion, semantik-pragmatik, lingvomadaniy jihatdan tadqiq etish hamda ilmiy xulosalar chiqarish jahon tilshunosligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbek tilshunosligida davr ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqadigan maqsad va vazifalar yechimiga yo'naltirilgan samarador va zamonaviy metodologik hamda tadqiq usullari asosida ilmiy va amaliy izlanishlar olib borilmoqda. Shuningdek, tilda barqarorlashgan frazeologik birliklarning o'zgarishi va ularni modernlashtirish hamda yangi tushunchalarni ifodalovchi frazeologik birliklar shakllanishining vosita va usullarini atroflicha tavsif va tahlil etish o'zbek tilshunosligining dolzarb muammolaridan biridir.[1-5b.]

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Har bir milliy tilda badiiy nutqning hissiy-ta'sirchanligi va obrazliligini yuzaga keltiruvchi shunday barqaror so'z birikmalari tez-tez uchrab turadiki, ularning paydo bo'lishi xalqlarning tabiat va jamiyatdagi narsa va voqea-hodisalarga nisbatan qarashlari, munosabatlari bilan mustahkam bog'liqdir: odamlar narsa va hodisalar dunyosiga nisbatan o'z munosabatlarini obrazli, hissiy-ta'sirchan, hayajonli tarzda ifoda etish maqsadida turli-tuman muqoyasaga asoslangan lisoniy vositalardan foydalanadilar. Tasvirlanayotgan shaxs, narsa, xislat-xususiyat, voqea-hodisa va tabiat manzaralari ko'pincha mubolag'ali tarzda kitobxonga yaxshi tanish obrazlar bilan muqoyasa qilinadi. Natijada tasvir yanada oydinlashadi, ifodaning obrazliligi oshadi, yuqori ta'sirchanlik va hissiy tuyg'u yuzaga keladi.

Kishilarinng tabiat va jamiyatdagi narsa va voqea-hodisalarni hayvonot olami, o'simliklar dunyosi, tabiat hodisalari bilan muqoyasa qilishlari natijasida yuzaga kelgan turg'un birikmalarning obrazli asoslari aksariyat hollarda timsoliy mazmun kasb o'tadi. Jumladan, kishilar u yoki bu xislat timsoli sifatida muayyan bir hayvon yoki parrandani tanlar ekanlar, bunday paytda ular, shubhasiz, o'sha jonivorning hulq-atvori, tashqi ko'rinishi va hatti-harakatiga asoslanadilar. Shu tariqa muayyan shaxs yoki narsa va hodisaning o'ziga xos an'anaviy sifat, harakat va holati tavsifi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yaratiladi. Ma'lumki, tafakkur qonuniyatlari butun insoniyat uchun bir xil bo'lib, barcha tillar fikr bayon qilish ehtiyojini imkon qadar to'larok qondirish yo'lida rivojlana boradilar. Binobarin, xalqlar tafakkur yo'nalishining, hayot tajribasining asosan uyg'unligi, ularning turli-tuman xulq-atvor hamda hislat-xususiyatlarga nisbatan munosabatlarining aksariyat hollarda bir-birlarinikiga o'xshashligi turli tillar tarkibidagi ko'pchilik komparativ frazeologik birliklarning bir xil obrazli asosga ega bo'lib qolishlariga olib kelgan. [5-597 b.].

Tarjimada shaklan bir xil bo'lmasa ham mazmunan muqobil bo'la oladigan frazeologik iboralarni uchratishimiz mumkin. Masalan, quyidagi ingliz tili iboralarni tarjima qilganda mazmunan o'xshashliklarni uchratishimiz mumkin:

Golden opportunity - Juda zo'r imkoniyat

The green light - Ruxsat

Green with envy - Juda hasadchi, juda xavasi kelgan

(Have a) green thumb - Qo'li gul, bog' ishlarida malakali

See red - Juda jahli chiqmoq.

Yoki shunga o'xshash misollarni Italyan tilidagi iboralarni tarjima qilganimizda ham uchratishimiz mumkin. Masalan:

• Abbassare le ali - So'zma - so'z tarjimada Qanotini pasaytirmoq, Ibora sifatida Oddiyroq bo'lmoq, o'zini oddiy tutmoq. Bu iboraning sinonimi - Volare piu basso.

• Avere la memoria di un elefante - So'zma-so'z tarjimada, Filning xotirasiga ega bo'lish. Ibora, Xotirasi juda yaxshi degan ma'noda ishlatiladi.

Masalan:"Mio nonno si ricorda moltissime cose, ha la memoria di un elefante -Bobom ko'p narsalarni eslab qoladi, uning xotirasi juda yaxshi.

• Avere una fame da lupi - Bo'ridek och bo'lish, rostdan qorni juda och.

Masalan: "Mamma, cosa c'e per cena? Ho una fame da lupi!" - Oyi, kechga

nima ovqat bor? Men juda ochman!

• Dare una mano - Yordam qo'lini cho'zmoq/yordam bermoq

• Alzare le mani - Qo'l ko'tarmoq/urmoq.

• Chiedere la mano - Qo'lini so'ramoq (qiz boladan turmushga chiqishini so'ramoq) ma'nosida ishlatiladi.

• Essere in gamba - O'zini o'nglab olgan, oyoqqa turgan.

• In buone mani - Ishonchli qo'llarda, himoyada bo'lmoq;

• Fatto a mano - Qo'lda yasalgan, yasama

• Avere le mani lunghe - Qo'li uzun bo'lmoq, yetarli qudrati bo'lmoq.

• Andare con la testa bassa - Boshi egik, uyaladigan odam ga nisbatan ishlatiladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

• Dove hai la testa? - (Boshing qayerda) Kimdir, biror ishni o'ylamasdan bajarganda, aytiladi.

• Chiudere un occhio ^ O'zini hech narsa bo'lmagandek tutmoq, biror narsaga ko'z yummoq.

• Aprire gli occhi ^ Ko'zini ochmoq (to'g'ri yo'lni ko'stamoq.)

O'zbek tilidagi iboralarni chet tillarida va aksincha chet tillardagi iboralarni to'g'ridan to'g'ri asliyat tilidan o'zbek tilidagi tarjimada aks ettirish alohida ahamiyatga ega. Iboraning ma'nosi tarkibidagi leksemalarga xos ma'nolarning oddiy yig'indisi bo'lmasligi, shular ustiga qurilgan yangi bir ma'no bo'lishi sababli, iboralarda go'yo ifoda plani bilan mazmun plani orasida qandaydir uzilish sodir bo'ladi.

трaнс$ормaцнaсн. (ceMaHTHK-nparnaraK Taxnun) . (PhD) ,Цнссepтaцнflсн aBTope^eparn 5 b.

2. Oltiev T., Xudoyqulov B. Italyan tilidagi iboralarning tarjimasi" lug'ati. - 2021.

3. Xudoyqulov, B., & Jumayeva, M. (2022). FRAZEOLOGIK IBORALARNING TEMATIK VA SEMANTIK TAHLILI (ITALYAN TILIDAGI IBORALAR MISOLIDA). Academic research in educational sciences, 3(2), 698-706.

4. Xudoyqulov, B., & Yangiboyeva, M. (2022). ITALYAN VA INGLIZ TILLARIDAGI AYRIM RANG KOMPONENTLI IBORALARNING SEMANTIKASI. Academic research in educational sciences, 3(4), 564-570.

5. Xaydarova, D. Z. Komparativ frazeologik birliklar va tarjima // Molodoy ucheniy. — 2020. — № 18 (308). — S. 597-599.

6. Kygpar MycaeB. Tap^HMa Ha3apuacu acocnapu: ^apcnuK.T.: «Oaro> HarnpueTH, 2005.-13 6.

7. https://dictionary.reverso.net/italian-english/

8. https://en.bab.la/dictionary/italian-english/

9. https://www.lexilogos.com/english/italian dictionary.htm

XULOSA

REFERENCES

1. EonTaeBa EapHO HcaKynoBHa. Y36eK thhh ^pa3eonoruK 6upnHKnapuHHHr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.