Научная статья на тему 'FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI TOG‘AY MUROD ASARLARI MISOLIDA'

FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI TOG‘AY MUROD ASARLARI MISOLIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
frazeologik birlik / xalq madaniyati / mentalitet / ichki ma’no / ibora

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Umurzakova Umidaxon Ahmadjon Qizi

Ushbu maqolada T.Murod asarlaridagi frazeologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi amalga oshirilgan, ularning ahamiyati tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI TOG‘AY MUROD ASARLARI MISOLIDA»

FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI TOG'AY MUROD ASARLARI MISOLIDA

Umurzakova Umidaxon Ahmadjon qizi

TATU Farg'ona filiali o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11214051

Annotatsiya. Ushbu maqolada T.Murod asarlaridagi frazeologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi amalga oshirilgan, ularning ahamiyati tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: frazeologik birlik, xalq madaniyati, mentalitet,ichki ma'no, ibora.

Xalq madaniyati va mentalitetining qimmatli ma'lumotlar manbai hisoblanmish tilning frazeologik fondi lingvokulturologiyada alohida ahamiyatga ega. "O'zbek tilshunosligida frazeologik birikmalarning tadqiqi masalasi ancha yillardan buyon tilshunoslar e'tiborini tortib kelmoqda. Bu muammo bo'yicha ko'plab monografik izlanishlar maydonga keldi. Ularda frazeologik birliklarning shakllanishi, bu birliklarning o'ziga xos belgilari, taraqqiyoti, uslubiy jihatlari, etimologik xususiyatlari, ayrim tillar frazeologizmlari bilan qiyoslanishi singari masalalar tadqiq etilgan. Bu borada, ayniqsa, SH.Rahmatullayev, B.Yo'ldoshev, Abdimurodov, A.Rafiyev, Abdug'afur Mamatov, Sh.Almamatova va boshqa tilshunoslarning xizmatlari katta. Sh. Rahmatullayev o'zining tadqiqotlarida frazeologizmlarning ma'no xususiyatlari, shakl va ma'no munosabatlari borasida maxsus monografik ishlar olib borishi bilan birga, o'zbek tilidagi frazeologik biriklarning izohli lug'atlarini ham yaratdi. B.Yo'ldoshev frazeologizmlarning uslubiy xususiyatlari, A.Mamatov esa frazeologizmlarning shakllanishi xususidagi ilmiy ishlari bilan o'zbek frazeologiyasining rivojiga hissa qo'shdi "1

Sh.Rahmatullayev ta'riflashicha: "Bittadan ortiq leksik negizdan tarkib topgan, tuzilishi jihatidan birikmaga, gapga teng, mazmunan so'zga ekvivalent, yaxlitligicha ustama ko'chma ma'no anglatuvchi lug'aviy birlikka frazeologizm (frazeologik birlik ) deyiladi "2

A.Hojiyevning "Lingvistik terminlarning izohli lug'ati "da esa frazeologizm shunday ta'riflanadi: "Tuzilish jihatdan so'z birikmasiga, gapga teng, semantik jihatdan bir butun, umumlashgan ma'no anglatadigan, nutq protsessida yaratilmay, balki nutqqa tayyor holda kiritiladigan lug'aviy birlik .Turg'un birikmalarning obrazli, ko'chma ma'noga ega turi"3.

Sh. Usmanova ta'kidlaganidek, frazeologizmlarning semantikasida xalq madaniyati rivojining uzoq jarayoni aks etadi. Har bir tilning frazeologizmlarida xalq hayotiga mansub ijtimoiy- tarixiy voqea-hodisalar, axloqiy va ma'naviy-madaniy me'yorlar, diniy tasavvurlar, milliy an'ana va urf-odatlar, madaniy stereotiplar va arxetiplar o'z aksini topgan bo'lib, ular avloddan-avlodga uzatiladi4 Demak, frazeologizmlar doimo xalq hayoti, dunyoqarashi, mafkurasining ko'zgusidir.

V.A.Maslova frazeologizmlarni tahlil qilib, ular haqida quyidagi fikrlarni bildiradi: 1. Frazeologizmlarning aksariyatida aniqlanishi lozim bo'lgan milliy madaniyatning "izi" mavjud.

:G'aniyeva Sh. O'zbek frazeologizmlarining struktur tadqiqi.T.: "Fan". 2013.4-5-betlar.

2PaxMary^aeB ffl . HyTKHMro KypRH. TomKeHT, "®aH".1970.56-6eT .

3Xo®neB A , ^HHrBHCTHK TepMHH^apHHHr rooxm nyraTH . TomKem\ yKHTyBHH ,1985.104-6eT.

4Usmanova Sh. Tarjimaning lingvomadaniy aspektlari. T.2015.84-bet.

2. Frazeologik birliklarning ichki shaklida obyektiv olamning u yoki bu hodisalarini obrazli tasavvuri bo'lgan madaniy informatsiya saqlanadi va u frazeologizmga madaniy-milliy bo'yoq beradi.

3. Madaniy-milliy o'ziga xoslikni aniqlashda madaniy-milliy konnotatsiyani ochish juda muhimdir (Maslova V. A. Lingvokulturologiya: Ucheb. posobie dlya stud. vissh. ucheb, zavedeniy. -M.: Izdatelskiy sentr «Akademiya», 2001.).

O'zbek xalqiga haykal qo'yish orzusi bo'lgan T.Murodning asarlarida iboralar juda ko'p o'rinlarda qo'llanilgan bo'lib, ular orqali bevosita xalq madaniyati, ma'naviy olami, tafakkuri tasvirlanadi. Masalan:

O'z yog'iga o'zi qovurilmoq. Bu ibora xalqimiz orasida "ruhan azoblanmoq", "ezilmoq" ma'nolarida qo'llanadi.

Ichini it tirnaydi - "yashirin holda ruhan bezovtalanmoq", "tashvishlanmoq".

Ushbu iboralar T.Murod asarlarida, asosan, salbiy ma'noda ishlatilgan, ya'ni "birovlarga hasad qilib ezilish, azoblanish" ma'nosida.

Qimmat momolar birovlar muvaffaqiyatini ko'rsa... ichini it tirnaydi. O'z yog'iga o'zi qovuriladi. Jizg'anak bo'ladi. Kuyib kul bo'ladi ("Oydinda yurgan odamlar"267-bet).

Ammo Sana polvon tushmagur, Bo'ri polvon ko 'nglidagini o'qib ololmadi. Bo'ri polvon ichini it tirnadi ( " Yulduzlar mangu yonadi" 36-bet).

Qildan qiyiq axtarmoq. Xalqimiz orasida bu ibora salbiy ifodaga ega, yomon niyat bilan deyarli aybi yo'q odamning faoliyatidan ayb topishga harakat qilinganda foydalaniladi. Tirnoq orasidan kir qidirmoq iborasi bilan sinonim bo'ladi.

Yerga urmoq iborasi ham xalq orasida "yuqori darajada kamsitish " ma'nosida ko'p qo'llaniladi.Besh qo'l baravar bo'lmaganidek, insonlar orasida ham birovlarning muvaffaqiyatini ko'rolmaydiganlar, o'zgalarni kamsitib rohatlanadiganlar topiladi.

Oqibat qildan qiyiq axtaradi. Qandayin yo'l bilan bo'lsa-da, o'zgalar muvaffaqiyatini kamsitadi. O'zgalar muvaffaqiyatini yerga uradi ^"Oydinda yurgan odamlar"267-betj.

Yetti pushtigacha palagi toza. O'zbek xalqida kelin olayotganda yoki qiz chiqarayotganda, kelin yoki kuyovning yetti pushtini, ya'ni avlod-ajdodini surishtirish an'anasi mavjud, chunki yetti pushti sog'lom bo'lsa, keyingi avlodlar ham sog'lom bo'ladi, deb hisoblaganlar. Hatto bobokalonimiz AmirTemurning "Temur tuzuklari"da ham bu narsa alohida ta'kidlangan. Bugungi zamonaviy tibbiyot dalillariga ko'ra ham ayrim kasalliklar yetti avlodda mavjud bo'lsa, sog'lom insonda ham namoyon bo'lishi mumkinligi isbotlanmoqda. Ushbu ibora "ajdodlari barchasi sog'lom", "urug'-aymog'i, avlodi, oila a'zolaridan ibrat olsa bo'ladigan", "namunali, zotli" ma'nolarida qo'llaniladi. "Otamdan qolgan dalalar" asarida Dehqonqulning ayoli o'zini yoqib yuborganda uning avlodlarida shunday kasallar bo'lganmi, yo'qmi, surishtiradilar. Dehqonqul esa bundaylar bo'lmaganligini qisqa qilib, "yetti pushtigacha palagi toza" iborasi bilan ta'kidlaydi:

-Yo'q, ayolimizyettipushtigachayinpalagi toza ayol!

Ko'ngliga qil sig'maydi iborasi juda qattiq tajang bo'lib, ruhan ezilib, hech narsa bilan mashg'ul bo'lolmaslik, hech narsa yoqmasligini ifodalaydi, xalqimiz so'zlashuvda juda ko'p qo'llaydi.

Umrda shunday kun bo'ladi: odam birdan aynib qoladi!

Ko'ngilga qil sig'maydi. Ko'ngil bir xijil bo'ladi, bir lanj bo'ladi ("Otamdan qolgan dalalar". 170-bet)

Qo'li kosov - sochi supurgi iborasini o'zbek xalqi ayollarga nisbatan "hamma uy-ro'zg'or ishlarini va boshqa og'ir yumushlar, topshiriqlarni xizmatkordek bajaruvchi odam" ma'nosida qo'llaydilar.

Bir etakfarzandlarim onasi bo'lmish ayolimiz, men uchun qo'li kosov ayolimiz, men uchun sochi supurgi ayolimiz aybimdan o'tsin - ayol aralashmish ish ochiq mozor bo'ladi ("Otamdan qolgan dalalar" 89-bet).

T.Murod tomonidan Dehqonqul tilidan aytilgan ayoli haqidagi yuqoridagi kabi frazeologik birikmali gaplarda o'sha davrdagi o'zbek ayollarining qo'li kosov sochi supurgi bo'lganligini, o'zi uchun vaqt ajratolmay, faqat davr siyosatini birinchi o'ringa qo'yganligini ta'kidlab o'tadi. Shuni aytib o'tish lozimki, asarda o'zbek ayollarining o'sha davrdagi haqiqiy hayoti, turmushidagi achchiq haqiqatlar ochiq tasvirlab berilgan, asarni o'qish davomida kitobxon ayollarning taqdiriga achinadi.

Hafsalasi pir bo'lmoq iborasi " O'zbek tilining izohli lug'ati"da "ishonchi, e'tiqodi yo'qolmoq ", " ko'ngli qolmoq", "hafsalasi, intilishi, ishtiyoqi yo'qolmoq" ma'nolarini anglatishi berilgan.

Bo'ri polvon hafsalasi pir bo'ldi. Vodiyliklarga e 'tibor bermay qo'ydi ( " Yulduzlar mangu yonadi" 46-bet).

Asarda Bo'ri polvonning hakamlik chog'ida vodiy polvonlaridagi muloyimlikdan ko'ngli qolganligi ibora orqali ifodalanyapti. Shu iboraga sinonim bo'lgan sabr-toqati toq bo'lmoq iborasidan ham foydalanilgan:

Bo'ri polvon sabr-toqati toq bo'ldi! Bo'ri polvonni polvonlik qoni qo'zg'adi! - E, shoshma!- deya, sapchib davraga chiqdi ( " Yulduzlar mangu yonadi" 46-bet).

Albatta, bu o'rinda iboraga "biror narsa tufayli sabri, toqati tugab, keskin harakatga o'tish" ma'nosi yuklanmoqda va o'zbek polvonlarining or-nomus oldida hech narsadan tap tortmay, Vatanining sha'nini himoya qilish uchun olg'a qadam tashlashi ko'rsatib berilmoqda.

Qo'lini burniga tiqib iborasi Shavkat Rahmatullayevning " O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati" kitobida "quruqdan quruq, evaziga hech narsa ololmay" ma'nosini anglatishi yozilgan.

Xalq nimasi bilan xalq? O'zining urf-odatlari bilan xalq! Ota-bobosidan qolgan milliy an'analari bilan xalq!

Ko'p urf-odatlarimizni birovlar ...birovlar o'ziniki qilib oldi! Biz qo'limizni burnimizga tiqib qoldik.

Shunday keta bersak, hademay... o'zimizni-da boy berib qo'yamiz!( " Yulduzlar mangu yonadi" 43-bet)

Ijodkor Bo'ri polvon nutqi orqali tasvirlangan ushbu jumlada noyob urf-odatlarimiz, ko'hna ma'naviy boyliklarimiz asta-sekin unutilishi, yo'q bo'lib ketishidan xavotirga tushadi, ibora orqali esa urf-odatlar tortib olinsa-da, ular uchun hech nima qilmaslik, jimgina ulardan quruq qolish tasviri yoritilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, iboralar orqali T.Murodning barcha asarlarida xalqning ma'naviy dunyosi, mentaliteti, o'ziga xos xarakteri, davrning ko'rinishi, insonlarning madaniy munosabatlari aniq ifodalab berilgan. Zero, ijodkor asarlaridagi qahramonlar siymosida o'zi orzu qilganidek o'zbek xalqiga haykal qo'ygan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Usmonova Sh. Tarjimaning lingvomadaniy aspektlari.T.2015.

2. Sayidrahimova N., Qobulova U. Lingvokulturologiya - tilshunoslikning alohida sohasi. O'zbek tili va adabiyoti.2015.4-son.

3. T.Murod.Otamdan qolgan dalalar.-T.:SHarq.1994.

4. Mahmudov N. Tilning mukammal tadqiqi yo'llarini izlab...// O'zbek tili va adabiyoti. -Toshkent,2012. - № 5.

5. Xudoyberganova D. Matnning antropotsentrik tadqiqi. -Toshkent: Fan,2013.

6. G'aniyeva Sh. O'zbek frazeologizmlarining struktur tadqiqi.T.: "Fan". 2013.4-5-betlar. 1. 7.Rahmatullayev Sh. O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati. O'qituvchi. 1978.

7. Хожиев А. Лингвистик терминларнинг изохли лугати. Тошкент. Укитувчи, 1985. 104-бет.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.