Научная статья на тему 'FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR VA ULARNING TARJIMA JARAYONIDAGI MUAMMOLAR VA ULARNI HAL QILISH YO‘LLARI'

FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR VA ULARNING TARJIMA JARAYONIDAGI MUAMMOLAR VA ULARNI HAL QILISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
frazeologik birliklar / tarjima / o'zbek tili / ingliz tili / madaniy farqlar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sadikova Saodat Minovarovna

Mazkur maqolada frazeologik birliklar va idiomalarni o‘zbek tiliga tarjima qilishda yuzaga keladigan muammolar va ularni hal qilish usullari o‘rganiladi. Tarjima jarayonida frazeologik birliklarning mazmunini to‘g‘ri ifodalash hamda tarjimada hissiy va madaniy o‘zgarishlarni hisobga olish muhim o‘rin tutadi. Theodor Dreyzerning Sister Carrie asari va uning o‘zbek tilidagi Baxtiqaro Kerri tarjimasidagi iboralar misolida, frazeologik birliklarning tarjimada qanday o‘zgarishi va o‘zbek madaniyati uchun qay tarzda moslashtirilgani tahlil qilinadi. Bu maqola tarjima jarayonida frazeologik birliklarning hissiy ta’sirini tahlil qilish va ularning tarjimada qanday moslashtirilishini o‘rganadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR VA ULARNING TARJIMA JARAYONIDAGI MUAMMOLAR VA ULARNI HAL QILISH YO‘LLARI»

YANGI OZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVaJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR VA ULARNING TARJIMA JARAYONIDAGI MUAMMOLAR VA ULARNI HAL QILISH

YO'LLARI

Sadikova Saodat Minovarovna

Tayanch doktorant Jizzax davlat pedagogika universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.13968532

Annotatsiya. Mazkur maqoladafrazeologik birliklar va idiomalarni o'zbek tiliga tarjima qilishda yuzaga keladigan muammolar va ularni hal qilish usullari o'rganiladi. Tarjima jarayonida frazeologik birliklarning mazmunini to'g'ri ifodalash hamda tarjimada hissiy va madaniy o'zgarishlarni hisobga olish muhim o'rin tutadi. Theodor Dreyzerning Sister Carrie asari va uning o'zbek tilidagi Baxtiqaro Kerri tarjimasidagi iboralar misolida, frazeologik birliklarning tarjimada qanday o'zgarishi va o'zbek madaniyati uchun qay tarzda moslashtirilgani tahlil qilinadi. Bu maqola tarjima jarayonida frazeologik birliklarning hissiy ta'sirini tahlil qilish va ularning tarjimada qanday moslashtirilishini o'rganadi.

Kalit so'zlar: frazeologik birliklar, tarjima, o'zbek tili, ingliz tili, madaniy farqlar.

Аннотация. В данной статье рассматриваются проблемы, возникающие при переводе фразеологизмов и идиом на узбекский язык, и способы их решения. В процессе перевода важно правильно выразить содержание фразеологизмов и учесть эмоциональные и культурные изменения при переводе. На примере фраз в произведении Теодора Драйзера «Сестра Кэрри» и его узбекском переводе анализируется, как фразеологизмы изменяются при переводе и как они адаптируются к узбекской культуре. В данной статье анализируется эмоциональное воздействие фразеологизмов в процессе перевода и рассматривается, как они адаптируются при переводе.

Ключевые слова: фразеологизмы, перевод, узбекский язык, английский язык, культурные различия.

Abstract. This article examines the problems that arise in the translation of phraseological units and idioms into the Uzbek language and how to solve them. In the translation process, it is important to correctly express the content of phraseological units and consider emotional and cultural changes in the translation. It analyzes how phraseological units change in translation and how they were adapted for Uzbek culture on a base example of phrases in Theodore Dreiser's work Sister Carrie and its Uzbek translation. This article analyzes the emotional impact of phraseological units in the translation process and examines how they are adapted to the translation process.

Keywords: phraseological units, translation, Uzbek language, English language, cultural differences.

Kirish

Frazeologik birliklar va idiomalar har bir tilda o'ziga xos bo'lib, ularni tarjima qilish jarayonida katta muammolar tug'dirishi mumkin [1]. Frazeologik birliklar odatda bir tildan ikkinchi tilga to'g'ridan-to'g'ri tarjima qilinmaydi, balki ular turli madaniy, lingvistik va kontekstual farqlarga qarab moslashtiriladi. Tarjimada frazeologik birliklarni noto'g'ri qo'llash natijasida mazmun yo'qolishi yoki noto'g'ri talqin qilinishi mumkin. Shu sababli, frazeologik birliklarni to'g'ri tarjima qilish badiiy asarlarning muvaffaqiyatli tarjimasi uchun muhim o'rin tutadi. [2]

"YANGI OZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

Bu maqolada Theodor Dreyzerning Sister Carrie [3] asari va uning o'zbek tilidagi tarjimasi [4] qiyosiy tahlil qilinadi. Frazeologik birliklarning tarjimada qanday o'zgargani, hissiy va madaniy jihatdan qanday talqin qilingani o'rganiladi. Ushbu tahlil tarjima jarayonida frazeologik birliklarni qanday moslashtirish kerakligi va ular asliyatdagi ma'noni qanday saqlab qolishi kerakligi bo'yicha ilmiy yondashuvni o'z ichiga oladi [4].

Mazkur tadqiqotda badiiy asar tarjimasi bo'yicha qiyosiy tahlil usuli qo'llanilgan. Asosiy manbalar sifatida Theodor Dreyzerning Sister Carrie asari [3] va uning o'zbek tilidagi tarjimasi Baxtiqaro Kerri [4] tanlangan. Ushbu asarlardagi frazeologik birliklar va idiomalar qiyosiy tahlil qilinib, tarjimada qanday o'zgarishlar yuz bergani, ularning hissiy va madaniy jihatlari o'rganilgan. Tahlil jarayonida inglizcha asliyat va o'zbek tilidagi tarjima o'rtasidagi frazeologik birliklar o'rtasidagi ma'no va ohang farqlari aniqlanadi [5].

Misollar uchun asliyatdagi frazeologik birliklar tanlanib, ularning tarjimada qanday o'zgartirilgani va o'zbek tilida qanday yangi ma'no yuklangani ko'rib chiqiladi. Frazeologik birliklar badiiy matnda ma'no va hissiyotni kuchaytirish uchun qanday ishlatilgani ham tahlil qilinadi [6].

Tahlil qilingan misollar frazeologik birliklarning tarjima jarayonida qanday o'zgarishi va o'zbek tilida kuchliroq hissiy ta'sir berishi mumkinligini ko'rsatadi. Quyidagi misollar orqali tarjimada frazeologik birliklar qanday ishlatilgani va qanday mazmun o'zgarishlari yuz bergani tahlil qilinadi:

Asliyat: "His blood was warm; his nerves wrought up" [Sister Carrie, p. 156].

Tarjima: "Uning qoni qaynab, asablari buzilgan edi" [Baxtiqaro Kerri, 2013, p. 185].

Ushbu misolda "His blood was warm" iborasi o'zbek tilida "qoni qaynab" frazeologik birligi bilan tarjima qilingan. Bu ibora o'zbek tilida juda kuchli hissiy holatni ifodalaydi, va tarjimada Hurstwoodning g'azab va hayajoni kuchaytirilib berilgan. Shuningdek, "His nerves wrought up" iborasi "asablari buzilgan" deb tarjima qilingan, bu o'zbek tilida asabiylikning kuchliroq holatini ifodalaydi.

Asliyat: "Well, you don't" [Sister Carrie, p. 96].

Tarjima: "Chuchvarani xom sanabsan" [BaxtiqaroKerri, 2013, p. 98].

Inglizcha asliyatda oddiy salbiy javob berilgan bo'lsa, o'zbek tiliga tarjimada "Chuchvarani xom sanabsan" frazeologik birligi ishlatilgan. Bu ibora o'zbek madaniyatida keng tarqalgan va kimgadir noto'g'ri qaror yoki xato tushunchaga ega ekanligini bildiradi. Natijada, tarjimada ibora yanada jonli va madaniy jihatdan moslashtirilgan.

Asliyat: "I thought I got it something like—I felt it" [Sister Carrie, p. 189].

Tarjima: "O'zim ham qanchalik...kuyib-pishganlarimni ifoda qila olganimni sezganday bo'ldim" [Baxtiqaro Kerri, 2013, p. 201].

Bu misolda "I felt it" iborasi "kuyib-pishganlarimni ifoda qildim" frazeologik birligi bilan tarjima qilingan. O'zbek tilida bu ibora kuchli hissiy holatni ifodalaydi va tarjimada his-tuyg'ular aniqroq va ta'sirliroq ifodalangan.

Tahlil natijalari shuni ko'rsatadiki, frazeologik birliklarning tarjimasi jarayonida madaniy farqlar va tilning o'ziga xos xususiyatlari katta ahamiyatga ega. Theodor Dreyzerning Sister Carrie asaridagi iboralar ko'pincha o'zbekcha tarjimada kuchliroq va hissiy jihatdan boyroq ifodalangan. Bu tarjima jarayonida o'zbek madaniyatidagi frazeologik birliklar inglizcha asliyatdagi oddiyroq iboralarni yanada ta'sirchan holga keltirganini ko'rsatadi [7].

Misollar shuni ko'rsatadiki, tarjimada frazeologik birliklarni to'g'ri tanlash asliyatdagi ma'no va hissiyotni to'liq ifoda qilishda muhimdir. Inglizcha matnda oddiy bo'lgan leksemlar o'zbek tiliga tarjima qilinayotganda madaniy moslashuv natijasida kuchaytirilgan. Masalan,

YANGI O'ZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

"Chuchvarani xom sanabsan" iborasi "Well, you don't" asliyatdagi salbiy javobini kuchliroq ifodalaydi. Bu madaniy o'zgarishlarni hisobga olgan holda, tarjima jarayonida frazeologik birliklarni o'ziga xos ifoda bilan yetkazish mumkinligini ko'rsatadi [8]. Xulosa

Frazeologik birliklar va idiomalar tarjima jarayonida muhim o'rin tutadi. Theodor Dreyzerning Sister Carrie asari va uning o'zbek tilidagi Baxtiqaro Kerri tarjimasi misolida frazeologik birliklar qiyosiy tahlil qilindi va shuni ko'rsatadiki, tarjimada frazeologik birliklar ma'no va hissiyotni kuchaytiradi. O'zbekcha tarjimada madaniy va tilshunoslik jihatlari hisobga olinib, frazeologik birliklar ishlatilgan va natijada tarjima yanada ifodali va o'quvchilar uchun ta'sirchan bo'lgan. Frazeologik birliklarning tarjimada o'ziga xos usullarda ishlatilishi badiiy asarning mazmunini to'g'ri yetkazishda katta rol o'ynaydi.

FOYDALANILGAN ADBIYOTLAR

1. Baker, Mona. In Other Words: A Coursebook on Translation. Routledge, 2011.

2. Маматов А. Э. «Узбек тилида фразеологизмларнинг шаклланиши масалалари». - Т.: УТА. 2001.

3. Dreiser, Theodore. Sister Carrie. Global Grey, 2020.

4. Dreiser, Theodor. Baxtiqaro Kerri (Tarj. Izzat Sulton, 2013).

5. Sadikova, S. (2020). Reflection Of Lingvoculturological Peculiarities In Phrases. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 2020(2), 120-129.

6. Sadikova, S. (2020). Different methods of translating phraseological units from one language into another. Academicia An International Multidisciplinary Research Journal.

7. Маматов А.Э Фразеологик бирликларнинг лингвомаданий ва семантик- прагматик таджики. - Тошкент

8. Hatim, Basil and Mason, Ian. Discourse and the Translator. Longman, 1997.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.