Научная статья на тему 'FRAZEMALARNING LUG’ATLARDA IFODALANISH TAMOYILLARI (K HARFI MISOLIDA)'

FRAZEMALARNING LUG’ATLARDA IFODALANISH TAMOYILLARI (K HARFI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Frazema / ibora / stilistika / so'z / tilshunoslik / leksik birlik / ma'nodoshlik

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Adiba Otaqulova Olimovna

Ushbu maqolada frazeologiya sohasidagi tadqiqotlardan umumiy xulosalar berilgan. O’zbek tilining frazeologik lug’ati tarkibiga kiritilgan frazemalar (k harfi misolida) tahlil qilingan. K harfi bilan boshlanuvchi iboralarning o’ziga xos shakl va ma’no munosabatlari, semantik-stilistik xususiyatlari va K harfi bilan boshlanuvchi iboralarda somatik leksemalarning ifodalanishi o’rganilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FRAZEMALARNING LUG’ATLARDA IFODALANISH TAMOYILLARI (K HARFI MISOLIDA)»

FRAZEMALARNING LUG'ATLARDA IFODALANISH

TAMOYILLARI (K HARFI MISOLIDA)

Adiba Otaqulova Olimovna Samarqand davlat universiteti lingvistika (o'zbek tili) mutaxassisligi magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.14064948

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01- Noyabr 2024 yil Ma'qullandi: 05- Noyabr 2024 yil Nashr qilindi: 11- Noyabr 2024 yil

KEYWORDS

Frazema, ibora, stilistika, so'z, tilshunoslik, leksik birlik, ma'nodoshlik.

Ushbu maqolada frazeologiya sohasidagi tadqiqotlardan umumiy xulosalar berilgan. O'zbek tilining frazeologik lug'ati tarkibiga kiritilgan frazemalar (k harfl misolida) tahlil qilingan. K harfi bilan boshlanuvchi iboralarning o'ziga xos shakl va ma'no munosabatlari, semantikstilistik xususiyatlari va K harfi bilan boshlanuvchi iboralarda somatik leksemalarning ifodalanishi o'rganilgan.

Frazeologik tadqiqotlardan ma'lumki, o'zbek iborashunosligi o'tgan asrning 40- yillari oxiridan yuzaga kela boshladi. 50- yillarda tilshunoslik ilmida frazeologik muammolarga doir ishlar kengaydi. Sh. Rahmatullayev, Y.D. Pinxasov, M. Xusainov, A. Shomaqsudovlarning ilmiy dissertatsiyalari fikrimizni dalillaydi. Biroq bu yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlarda o'zbek tilining o'z ichki holati, tarixiy tabiati ko'zdan qochirildi. Tilshunos olim Sh. Rahmatullayev tadqiqi o'z davrining muhim yangiligi bo'ldi. Olim iboralar ko'p ma'noliligi, sinonimiyasi, variantivligi, antonimik xususiyatlari, omonimlik hodisalari doirasida chuqur ilmiy izlanish olib bordi va frazeologik birlikning alohida lingvistik xususiyatini, lug'aviy birlik sifatidagi ahamiyatini ko'rsatib berdi.

Ma'lumki, o'zbek tili frazeologik lug'ati 2022- yilda mas'ul muharrir, filologiya fanlari doktori, professor Hamidulla Dadaboyev, taqrizchilar: Durdona Xudoyberganova (filologiya fanlari doktori, professor) va Sulton Ermamatov (filologiya fanlari doktori, professor) tomonidan qayta ko'z ochdi - yangilandi. Ushbu yangi lug'at filologiya ilmining jonkuyari, olim Sh. Rahmatullayev tomonidan yaratilgan "O'zbek tilining frazeologik lug'ati" (1992) asosida bunyod bo'lgan. Ma'lumki, dastlabki lug'atda uch mingdan ortiq frazeologik birlik berilgan bo'lib, o'z izohlari bilan dalillangan. Yangi lug'atimizda o'sha davr mafkurasini ifodalagan matnlar olib tashlanib, bugungi tinch hayot va yaratuvchanlik zavqini tarannum etgan g'oyalar bilan boyitilgan.

Mazkur lug'atga frazeologizmlarning ma'nosi, jonli hayotdagi o'rni va bog'lanish usullari (grammatik tabiati) kiritilgan bo'lib, iboralarning semantik- stilistik xususiyatlarini o'rganish imkonini beradi. Yangi lug'atga qo'shimcha ravishda arxaik va sheva materiallari asosida 1801 ta frazemaning ma'nosi kiritilgan bo'lib, o'ziga xos uslubiy xususiyatlari ham ochib berilgan.

Biz ushbu lug'atni o'rganish asnosida, frazeologizmlarning ba'zi o'rinlarda izohtalab bo'lgan ma'nolariga duch keldik, qolaversa, qo'shimcha kiritish, to'ldirish lozim bo'lgan tomonlariga e'tibor qaratdik. K harfi bilan boshlanuvchi iboralarning shak va ma'no munosabati, semantik-

Volume 2, Issue 11, November 2024

Page 172

stilistik va leksik- grammatik tamoyillariga alohida urg'u berib o'tishni lozim topdik. Shuningdek K harfli somatik leksema bilan ifodalangan iboralarning ma'no nozikliklariga e'tibor qaratib, ifodaviy va ma'noviy shakllanish jarayonlarini kuzatdik. O'zbek tilshunosligida lug'atga kiritilmagan K harfi bilan boshlanuvchi iboralar soni hali nihoyatda ko'p degan qarorga keldik.

1.Kalavaning uchi. Ma'nosi: hal etish, topish mushkul bo'lgan masalaning yechimi aniqlashga yordam beruvchi narsa. Varianti: kalava uchi yoki kalavaning bir uchi. Misol: Turg'un bu chigal kalavaning bir uchi Qodirjonga borib bog'lanishini sezardi. (O.Yoqubov. Tog' qizi)

2.Kalavasi chigallashmoq. Ma'nosi: Masala va muammoning yechimini topish yana-da murakkablashmoq. Varianti: kalava chigallashib ketmoq. Antonimi: Kalava uchi ko'rinib turmoq. Misol: ...sabab va natijalar bir- biri bilan shunday aralashib, shunday chalkashib ketgan ediki, u oqni oqqa, qorani qoraga ajratmoqchi bo'lgan sari, kalava battar chigallashardi. (P.Qodirov. Uch ildiz) 3. Kalavaning uchini topmoq. Antonimi: kalavasining uchini yo'qotmoq (qilib turgan ishini bilmay qolmoq, gangimoq), kalavasini yo'qotmoq yoki kalavasini yo'qotib qo'ymoq. (kutilmagan xato sabab chalkashish, nima qilishini bilmay qolish). Varianti: kalima aytmoq. 4. Kalima keltirmoq. Shakldoshi: kalimasini aytmoq: Gunohlarini afv etishni Allohdan so'ramoq, tavba qilmoq (badiiy uslubda qahramonlar o'limga hukm qilingach, o'limi oldidan ushbu iborani ishlatish holati ko'p uchraydi). Sinonimi: kalimai shahodat aytmoq. 5. Kalima o'girmoq. Varianti: kalima qaytarmoq. Shakldosh: a) musulmonligini tasdiqlovchi arabcha iborani takror- takror aytmoq (diniy). b) tasbeh ag'darib, sura yoki kalimani takrorlamoq. Sinonimi: Tasbeh ag'darmoq yoki tasbeh sanamoq (badiiy va so'zlashuv uslubida). 6.Tili kalimaga kelmoq. Ma'nosi: biroz jimlikdan so'ng so'z boshlash. Varianti: Tilga kirmoq. Shakldosh: arabcha iborani o'rganish asnosida to'g'ri talaffuz etish:

(Musofirning tili, dinga bo'lgan e'tiqodi sabab ancha moslashdi, qarang tili kalimaga kelib qoldi) 7. Kallasi g'ovlab ketdi. Ma'nosi: bosh miyada savollar ko'payib, javob topishga ojiz qolmoq. Varianti: kallasi g'ovladi, boshi g'ovlab ketdi, miyasi g'ovlab ketdi. Shakldosh: Umuman o'qimaslik natijasida miyasi kitob qabul qilmaydigan bo'lmoq. Sinonimi: boshi shishdi. 8. Kallasi qotdi. Ma'nosi: biror masalani uzoq tahlil qilish, biror muammo yechimini topish uchun ko'p o'ylash natijasida miyasini charchatmoq. Varianti: boshi qotmoq. Shakldosh: a) bitta narsani uzoq o'ylab, tahlil qilish natijasida miyasi toliqmoq (Bu masalaning javobini topaman deb Masturaning kallasi qotdi); b) bitta holatda uzoq turib qolish, bitta narsaga uzoq tikilib qolish (Nega indamaysan, gapir, nega kallang qotdi, gapir, eshityapsanmi?) Sinonimi: Kallasi ishlamay qolmoq. Antonimi: Kallasi ishlab ketmoq. 9. Kallasi ketdi. Ma'nosi: biror narsaga qiziqish asnosida xayoli band bo'lmoq (lug'atda). Varianti: Xayoli ketdi, aqli ketdi, hushi ketdi. Shakldosh: a) es-hushi ketmoq;(A, qizim, nimaga o'ylanib qolding, nimaga yana kallang ketdi) b) O'limga hukm qilinishi muqarrar bo'lmoq (Ana endi xon unit tinch qo'ymaydi, attang yosh yigitning kallasi ketdi hisob); d) Ruhiy kasallikka chalinmoq. (Siqilish turgan bitgani kasallik, ana siqila- siqila oxiri kalasi ketdi). Antonimi: hushi qaytdi, esi joyiga tushdi. 10. Kaltak boshida sindi. Ma'nosi: o'zgalar aybi sabab jazolandi, ko'p qiyinchilik ko'rdi.Varianti: boshida kalsak sindi. Antonimi: kaltak boshida butun qoldi. Misol: Soddaligi, ishonuvchanligi va ojizligidan ne- ne kaltak boshida sinmadi. (gazetadan) 11. Kamol topmoq. Varianti: Kamolga yetmoq. Shakldosh: Ulg'aymoq ma'nosini ham ifodalaydi. Sinonimlari: Balog'atga yetmoq, kamolga yetmoq. Izoh: Insonga nisbatan o'z ma'noda

ulg'aymoq ma'nosini ifodalaydi. Shaxsning ma'lum joyda kamol topishi deganda, yetuk daraja va martabaga erishishi nazarda tutiladi.

12. Karomat ko'rsatmoq. Ko'p ma'noli: a) ajablanadigan ish qilmoq: "Kelining zavodda ishlab nima karomat ko'rsatadi bilmadim-u, lekin meni obro'yimni to'kishi aniq"; b) nimanidir kashf etmoq: "...bu robotmi yo avtomoshiningmi, xullas karomat ko'rsatib yasaganing nima nafi bor menga" d) yana qandaydir kutilmagan noo'rin ish qilish: "Shuncha boshimga tushgan tashvishlar sening karomat ko'rsatganlaring emasmidi?" (ko'chma ma'noda ko'pincha kinoya, piching aralash nutqda ishlatiladi).) 13. Kasriga qolmoq. Kimningdir xatosi sabab aybdor bo'lmoq, yomon ahvolga tushmoq. Antonimi: Kasriga qolma. Birovlarning ishi oqibatida yomon ahvolga tushma degani! Bu ibora shu holatda turg'un bo'lib, da'vat, ogohlantirish ma'nosiga ega: Ey, bola ko'zingga qarab yur, yana yetim bolalarning kasriga qolma. 14. Katta gapirmoq. Ma'nosi: o'ziga ortiqcha baho bermoq.Varianti: Katta ketib gapirmoq. Sinonimi: Katta ketmoq yoki kattadan ketmoq. So'zlashuv uslubimizda "katta- katta gapirmoq" iborasi ham ishlatiladi, ammo bu ibora ma'nosi mutloqo boshqa bo'lib, "qo'rqmasdan gapirmoq, dadil gapirmoq, ta'kidlab gapirmoq" ma'nolarini ifodalaydi. Yana aytish joizki, katta gapirmoq ham katta ketmoq ham shaxs nutqi bilan bog'liq bo'lsa-da, katta ketmoqda salbiy bo'yoq kuchliroq. Bu iboraning "Katta ketib gapirmoq" variant ham bor. Katta ketmoq iborasi katta gapirmoq iborasi bilan ushbu ibora sinonim sanalsa-da, o'ziga xos farqli xususiyatlarga ega, ya'ni katta ketmoq iborasida harakat, imkoniyat va sharoit inobatga olinsa, katta gapirmoqda nutqiy faoliyat diqqat markazda bo'ladi.

15. Kovush( im) ko'chada qolgani yo'q. Ma'nosi: Obro' va mansabini o'zgalardan ustun bilmoq. Varianti: oyog'im ko'chada qolgani yo'q. Antonimi: kovushi ko'chada qolgan. Izohi: O'zini boshqalardan ustun tutish, izzattalab, hurmattalab kishilarga nisbatan ishlatiladi. Misol: Chorlamagan joyga borish uchun sening kovushing ko'chada qolgan emas. (A. Qodiriy. O'tkan kunlar)16. Kavsh qaytarmoq. Ko'p ma'noli: a) chala chaynab yutilgan yem- xashakni og'ziga qaytarib, shoshmay chaynamoq. b) Saqich yoki shunga o'xshash narsani og'zida chaynamoq (insonga nisbatan): ey, qizlar, kavsh qaytarmay og'izlaringdagi allomatni tez chiqarib otinglar-chi (so'zlashuvda). 16. Kayfi baland. Ko'p ma'noli: a) O'ta mast holatda; b) o'ta xursand, hayajonlangan. d) o'y- xayoli o'zida bo'lmaslik, parishon bo'lmoq. Varianti: kayfi oshmoq. Misollar: Uning bu ahvolda ko'chada bitta nuqtaga tikilib o'tirishi yaxshi emas, umuman meni eshitmayapti, axir, kayfi baland odam bo'lsa, yana o'ziga nimadir qilib qo'ymasin; Mudiraning oldiga kirdim, bugun boshqacha, kayfi balandmi deyman, meni eshitib- eshitmay javob berdi; Nega hadeb masalani xato ishlayapsiz, nima kayfingiz balandmi; Nega mashq qilmay turib qolding, kayfing balandmi bugun; Ha, tinchlikmi? Bugun ko'p ovqat yeyapsan, kayfing buncha baland". (So'zlashuv uslubida) Izoh: Aslida, kayf bu ruhiyat degani. Ikkinchi ma'nosi kayfiyatdir! Kayf keng ma'noda har qanday ruhiy holat, tor ma'noda kayfiyat xursandchilikdir. Kayfi baland bu ruhiyati baland, ruhiyati o'zgargan ma'nosida kelishi mumkin. Ya'ni ruhiyatida o'zgarish bo'lish kayfi balandlashishdir. Ma'no torayish hodisasi iboralarda ham uchraydi, boisi ushbu ibora bugungi kunda ko'proq mast qiluvchi isimlik ichish oqibatida rohatlanish, maslik natijasida es- hushini yo'qotish mazmunida faol qo'llaniladi. Yuqorida biz keltirgan misollar ham jamiyatda uchrashini hisobga olsak, bu ibora ko'p ma'noli sanaladi. 17. Kayfi uchmoq. Shakldosh: a) nihoyatda qattiq qo'rqmoq (boshidagi qonni ko'rib kayfim uchdi); b) kayfiyati yomonlashmoq (kutilmagan tashrifdan kayfim uchdi). Sinonimlari: esi chiqib ketmoq, jon-poni chiqib ketmoq, yuragi chiqib ketmoq, esxonasi chiqib ketmoq.

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH IF = 5.441 ,

Antonimi: Kayfi joyiga tushmoq. Misol: Ha, Ozodning qaytishini eshitib ashullang tinib qoldi, a kayfing nega uchdi (so'zlashuv uslubi) 18. Kayfi tarqaldi. Shakldosh: a) masti tarqab o'ziga kelmoq (O'tkir kayfi tarqagan ko'rinadi, mashinani boshqarmoqchi); b) havasi, ishtiyoqi kamaymoq yoki tugamoq (Ha, ming dollarning kayfi tarqaldimi); d) Es -hushini yig'ib olmoq, xayolini joyiga qo'ymoq (Bo'ldi, hamma ham xato qiladi, Botirning ham kayfi tarqaldi, endi uni tinch qo'yaylik); e) boshqalarga kayfiyatini o'tkazmoq, ta'sir qilmoq (Nosirjonning kayfi tarqalib, boshqalarga ham allaqachon o'tib ulgurgan edi). 19. Kayfi chog' bo'lmoq. Ma'nosi: Xursand bo'lmoq, o'zini baxtli his qilmoq, mamnun bo'lmoq. Varianti: Kayfi ko'tarilmoq, kayfi xush bo'lmoq. Sinonimlari: Ko'ngli chog' bo'lmoq, dimog'i chog' bo'lmoq, vaqti chog' bo'lmoq. Antonimi: kayfi buzilmoq. Misol: Jiyanimning eson- omon tug'ilganiga, amma bo'lganimga kayfim chog' bo'ldi-da, akang bolali bo'lsa boshqacha ekan. (so'zlashuv uslubidan). 20. Kayfini surmoq. Ma'nosi: yaxshi ta'siridan vujudi yayrab rohatlanmoq, rohatlanib yashamoq. Bu ibora badiiy asarda salbiy ma'noda "beg'am-beo'y yashamoq" ma'nosida qo'llaniladi. Varianti: kayfini surib yurmoq, kayfini surib yashamoq. Sinonimi: kayfi safo qilmoq. 21. Ketiga tushmoq. Sinonimi: iziga tushmoq, orqasiga tushmoq, payiga tushmoq. Bu ibora boshdan oyoq taftish etmoq, batafsil so'rab-surishtirmoq ma'nosi bilan ketidan tushmoq iborasidan butunlay farq qiladi. Ketidan tushmoq iborasi harakat bilan bog'liq bo'lsa (Sen, bu sayoq kelinning ketidan tush, qayerga borarkan o'zi?), ketiga tushmoq iborasi vaqt va qiziqish bilan bog'liqdir. "Men endi pazandachilikning payiga tushdim". "Anorqul uch so'mning ketiga tushgan ko'rinadi", "Umarali do'stining bu qadar ildamlab ketganini aniqlash uchun, Kuzdayoq uning ketiga tushgan edi" (So'zlashuv uslubidan). Shuni eslatish joizki. Iziga tushmoq iborasi o'z ma'noda qo'llansagina, ketiga tushmoq iborasiga sinonim bo'la oladi. Ko'chma ma'noda "avvalgi holatga qaytmoq", "yaxshilanmoq" ma'nolarini ifodalaydi. Payiga tushmoq iborasida salbiy bo'yoq kuchli. Orqasiga tushmoq iborasi ko'proq jonli so'zlashuvga xos. 22. Keti uzilmadi. Ko'p ma'noli: a) uzoq vaqtgacha birin- ketin kelib turmoq; b) oxiri ko'rinmaslik. d) tugamaslik. "Kelinchakning yaqinlarining keti bir oycha uzilmadi", "Bahor o'tib yoz kelsa ham xatlaringizning keti uzilmadi", "Sanobarxon, bu muammolarning nega keti uzilmadi". Antonimi: keti uzildi. 23.Ketidan qolmaslik. Shakldosh: a) mo'ljallagan ish harakatini izchil davom ettirmoq (shu opangga havas qildingmi, ketidan qolma, bolam!); b) izma- iz ortidan yurish (Shu itingiz qizchangizning ketidan qolmas ekan-a); d) ergashishni bas qilish ma'nosida (Ha, sen kallasi ishlamagan, shu pandavaqining hech ketidan qolma!); d) umidvor bo'lib yurmoq (Anavi qizning issiq- sovug'idanmi, haytovur, shu o'g'lingiz haydasayam ketidan qolmadi) varianti: izidan qolmaslik. 24. Ketmoq. Ma'nosi: Dunyodan ketmoq emas, o'lmoqdir. Shu o'rinda aytish kerakki, ketmoq emas, dunyodan ketmoq iboradir, olamdan o'tmoq, omonatini topshirmoq iboralariga sinonimdir. 25. Kechirmoq. Bosh (i) dan kechmoq. Ushbu ibora aslida boshdan kechirmoq bo'lib, qiyinchilik, tashvish va sinovlarni birin- ketin o'tkazish ma'nosini ifodalaydi. Bu ibora quvonch, shodlik kabi ijobiy his va holatlar bilan uslubiy jihatdan bog'lana olmaydi. Misol: U shu kungacha nimalarni boshdan kechirdi, yolg'iz Alloh guvoh. 26. Kiprik qoqmaslik. Mijja qoqmaslik, Shu o'rinda aytish lozimki, kiprik qoqmaslik ham, mijja qoqmaslik ham ibora. Kiprik qoqmaslik diqqat bilan tinglamoqlik xayol surish, butunlay uxlamaslik, ko'z yummaslik ma'nolarini ham ifodalaydi: Akam hamon joyidan qimir etmas, ko'zlarini o'choqda yonayotgan olovga qadagancha, kiprik qoqmay turardi (Q. Kenja, Baliq ovi), Sidiqjon kechasi bilan kiprik qoqmay chiqdi (A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari), Maston uning yonida o'tirib, kiprik qoqmay tong orttirdi. 27. Kishi ko'rsin uchun:

Volume 2, Issue 11, November 2024

xo'ja ko'rsinga. Aytish o'rinliki, Har ikkisi ham ibora va nomiga leksemasiga teng keladi. Kishi

qo'ymoq. Odam qo'ymoq. Bu o'rinda ikkisi ham ibora bo'lib, sovchi qo'ymoq iborasining

ma'nosiga teng keladi. Varianti: odam qo'ymoq. Sinonimi: sovchi qo'ymoq.

Orqasidan kishi qo'ymoq deyilsa, ma'no o'zgarib, sovchi qo'ymoq iborasiga sinonimlik

buziladi, kuzatmoq, bildirmasdan kuzatib yurmoq ma'nosini ifodalaydi. 28. Kun ko'rmadi.

Ma'nosi: tinch hayotda yashamadi, ko'p qiynaldi. Varianti: kuni kulmadi.

Sinonimi: kosasi oqarmadi, kuni yorishmadi.

Antonimi: ko'chasida bayram bo'ldi, kuni kuldi. Misol: bechora shu qo'shnilari dastidan hech kun ko'rmadi (so'zlashuv uslubidan) 29. Kun urmoq. Ma'nosi: oftobdan qoraymoq. Varianti: quyosh urmoq. Misol: yuzimni kun urgan, endi hech qanday upa- elak bilan oqarmasam kerak. (So'zlashuv uslubi). 30. Ko'pik sochmoq. Shakldosh: a) Tupuklarini sachratgan holda dag'-dag'a qilmoq b) g'iybat qilmoq yoki orqasidan gapirmoq (odamlarga nima deb ko'pik sochib yurganingni yaxshi bilaman, ikkiyuzlamachi! So'zlashuv uslubi). Xulosa

Bizga ma'lumki, frazema, ibora, idioma, frazeologik birlik kabilar frazeologiya sohasi doirasiga tegishli bo'lgan, tilshunoslikning muhim atamalari sanaladi. Frazemika shunday sohaki, u asrlar davomida til leksikasini boyitgan, jilolantirgan va ijtimoiy hayot negizida ko'z ochgan madaniy- kognitiv merosdir. Har qanday frazeologik birlik semantik- leksik, grammatik- stilistik xususiyatlarga ega. Zero nutqiy birlikka, lisoniy birlik sifatida qismga va til xotirasida mavjud ramzga teng bo'lgan frazema til qurilishining lug'at bosqichida muhim ahamiyatga ega. K harfi bilan boshlanadigan frazemalar nutqimizda nihoyatda faol bo'lib, nafaqat ko'lami, balki ma'nosi bilan ham alohida diqqatimizni qaratadi. Lisoniy birlik sifatida K harfi bilan boshlanadigan iboralar ifoda va mazmun jihatidan har qanday uslubda o'ziga xos. Ayrim iboralarda so'zlarning o'rnini almashtirish orqali uslubiy ma'no ko'zga tashlanadi: kallasini qotirmoq- boshini qotirmoq kabi. Ayrimlarida esa umuman o'rnini almashtirib bo'lmaydi: kallayi saharlab kabi. Ko'z bilan bog'liq iboralarda ham ko'zga tashlanadi: ko'zi kuldi- yuzi kuldi. Ko'zi yetmadi iborasini esa yuzi, qoshi bilan almashtirib bo'lmaydi. Ko'kragini kerdi- ko'ksini kerdi, ko'ksini qalqon qildi- ko'kragini qalqon qildi. Ammo ko'ksini dog'ladi deyish o'rniga ko'kragini dog'ladi deb bo'lmaydi.

Ushbu lug'atda ayrim iboralar ochiq qoldirilgan: ko'rgan kuni, ko'z bo'yamoq, ko'rgan tushi kabi. Ayrim iboralar esa to'liq izohlanmagan: ko'pni ko'rgan, ko'pik sochmoq, kalima keltirmoq, kallasi shishdi. Ba'zi iboralar kiritilmagan: kallasi qotdi, kallasi ketdi, kalavaning uchi, kalavasi chigallashmoq, tili kalimaga kelmoq, kayfi tarqaldi kabi. Biz ushbu kichik ilmiy ishimizda k harfiga oid ayrim iboralarning ma'nosini to'ldirishga va ularga izoh kiritishga harakat qildik. K harfi bilan boshlanadigan iboralarning shakl va ma'nosi, uslubiy xususiyatlariga diqqat qaratdik.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Рах,матулаев Ш. Узбек тилининг фразеологик лугати, Тошкент, 1992.

2.Рустамов А. Суз х,а;ида суз, Тошкент, 1987.

3.Маматов А.Э. Узбек тили фразеологизмларининг шаклланиши масалалари, Тошкент, 2000.

4.Йулдошев Б. Узбек фразеологияси ва фразеографиясининг шаклланиши х,амда тара;;иёти (монография). - Самарканд: СамДУ нашри, 2007.

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH IF = 5.441 ,

5. Rahmatullayev Sh., Mahmudov N., Xolmanova Z., O'razova I., Rixsiyeva K. O'zbek tili frazeologik lug'ati. Toshkent, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.