Научная статья на тему 'FRANSUZCHA QIYOSIY FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING OʻZBEK TILIGA TARJIMASI TALQINI'

FRANSUZCHA QIYOSIY FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING OʻZBEK TILIGA TARJIMASI TALQINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
36
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
EKVIVALENT TANLASH / STILISTIK XUSUSIYATLAR / ILMIY MA'NO / XARAKTERNI IFODALASH

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Aʼzamova G. A.

Iboralarlarni turli tillar doirasida qiyosiy o’rganish, ularning til va nutq bosqichlaridagi umumiylik va xususiylik dialektikasini yoritish tilshunoslikning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Iboralarni har ikkala til doirasida o’rganish, ularning semantik-grammatik va funksional stilistik xususiyatlarini ochib berish mazkur ishning dolzarbligini belgilaydi. Ushbu maqola fransuzcha qiyosiy frazeologik birliklarning o'zbek tiliga tarjima jarayonini o'rganishga bag'ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FRENCH COMPARATIVE TRANSLATION OF UZBEK TRANSLATION OF PHRASEOLOGICAL UNITS

The comparative study of phrases within different languages, the elucidation of the dialectic of generality and specificity in their stages of language and speech is one of the current problems of linguistics. The relevance of this work is determined by the study of phrases in both languages, revealing their semantic-grammatical and functional stylistic features. This article is devoted to the study of the process of translation of French comparative phraseological units into Uzbek.

Текст научной работы на тему «FRANSUZCHA QIYOSIY FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING OʻZBEK TILIGA TARJIMASI TALQINI»

ОСНОВНОЙ РАЗДЕЛ

A 'zamova G.A. birinchi kurs magistr talabasi SamDCHTI

FRANSUZCHA QIYOSIY FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING O'ZBEK

TILIGA TARJIMASI TALQINI

Annotatsiya. Iboralarlarni turli tillar doirasida qiyosiy o 'rganish, ularning til va nutq bosqichlaridagi umumiylik va xususiylik dialektikasini yoritish tilshunoslikning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Iboralarni har ikkala til doirasida o'rganish, ularning semantik-grammatik va funksional stilistik xususiyatlarini ochib berish mazkur ishning dolzarbligini belgilaydi. Ushbu maqola fransuzcha qiyosiy frazeologik birliklarning o'zbek tiliga tarjima jarayonini o'rganishga bag'ishlangan.

Kalit so'zlar: ekvivalent tanlash, stilistik xususiyatlar, ilmiy ma'no, xarakterni ifodalash.

A 'zamova G.A. first-year master's student SamDCHTI

FRENCH COMPARATIVE TRANSLATION OF UZBEK TRANSLATION OF PHRASEOLOGICAL UNITS

Annotation. The comparative study of phrases within different languages, the elucidation of the dialectic of generality and specificity in their stages of language and speech is one of the current problems of linguistics. The relevance of this work is determined by the study of phrases in both languages, revealing their semantic-grammatical and functional stylistic features. This article is devoted to the study of the process of translation of French comparative phraseological units into Uzbek.

Keywords: equivalent choice, stylistic features, scientific meaning, character expression.

Tilning lug'at tarkibiga faqat so'zlar emas, balki turg'un bo 'lib qolgan so'z birikmalari ham kiradi. Tarkibi ancha murakkab bo'lgan turg'un birikmalar frazeologizmlar yoki frazeologik birikmalar (iboralar) deb ataladi. Tilshunoslikning frazeologizmlarni ilmiy tadqiq qiluvchi sohasi frazeologiya (grekcha phrasis — ibora, logos — ta 'limot m a'nosida) deyiladi. Frazeologizmlar tilning leksikasiga kirishi sababli frazeologiyaga

tilshunoslikning leksikologiya sohasiga kiruvchi bir bo 'limi sifatida qaraladi. (5)

Frazeologizmlar ikki va undan ortiq so'zlaming turg'un birikmasidir. Masalan,se mettre le fil à la patte - turmush qurmoq; au premier chant du coq -tong sahardan; être cousu d'or - o'ta boy bo'lmoq (fr. oltindan tikilgan bo'lmoq) kabi. Frazeologizmlaming tarkibida nechta so'z ishtirok etishiga qaramay, ular yagona umumiy ma'no bilan birlashadi va emotsional-ekspressiv m a'noni ifodalaydilar, shaklan o'zlariga o'xshash sintaktik tuzilmalardan farqli ravishda, nutkda suzlarni erkin tanlash, almashtirish yo'li bilan yuzaga kelmaydi, balki ma'no va muayyan leksikgrammatik tarkibli, avvaldan tayyor material sifatida qo'llanadi, Frazeologik ekvivalent tanlashda tarjimon albatta kontekstda anglatgan mazmunga e'tibor berishi lozim, aks holda, tanlangan ekvivalent matnda ifodalangan mazmunga to'g'ri kelmay, fikriy g'alizliklarni keltirib chiqaradi. Olimlarning ta'kidlashlaricha, tarjima jarayonida bir tilga xos bo'lgan grammatik vositalarni albatta ikkinchi tilda grammatik vositalar orqali berish shart emas. Bunday hollarda tarjimada yo vaziyat yo kontekstga alohida e'tibor qaratish lozim. Asosiysi, tarjimada so'zlar kabi frazeologizmlarning anglatgan ma'nosini, emotsional - ekspressiv va stilistik xususiyatlarini saqlagan holda shakliy xususiyatlarini ham aks ettirish zarur har bir til o'z doirasidagi so'zlarni o'rnida qo'llash, ma'no kengayish usullarini o'rganish, o'ziga xos bo'lgan xususiyatlarini dunyoning tildagi ko'rinishi orqali aks ettirishda muhim rol o'ynaydi. Inson qiyofasi va xarakterini ifodalash har bir tilda ko'rilganda, shu til vakillarining dunyoqarashi, mentalitetidan kelib chiqqan holda beriladi. Shuningdek, tilning qanchalik keng maydonga egaligidan darak beradi. Ma'lumki, iboralar til egasi bo'lgan xalqning ma'naviy madaniyati, urf-odati, kasbi, yashash sharoiti, intilishi, voqelikka munosabati bilan uzviy bog' liqdir. Iboralar obrazlilik va ekspressivlikni vujudga keltiruvchi muhim vositalar bo'lib, ular badiiy, siyosiy va publitsistik matnlarning ifodaviy ta'sirchanligini oshirishga xizmat qiladi. Quyida fransuzcha comparative iboralarning o'zbek tiliga tarjimasi qayd etilgan:

Répéter qqch comme un perroquet - to'tiqushdek takrorlamoq;

C'est simple comme bonjour - bu juda oson ( fr. bu xuddi salomdek oson);

C'est comme l'œuf de Columb - bu Kolumbning tuxumidek (amalga oshirishga oson lekin uning topilishi ziyraklik talab qiladigan yechimga nisbatan ishlatiladi).

Il pleut comme vache qui pisse - chelaklab yomg'ir quyyapti;

Être gueux comme un rat d'église - o'ta qashshoq bo'lmoq (fr. cherkov kalamushidek tilanchi bo'lmoq);

Être fauché comme les blés - sariq chaqasi bo'lmaslik ( fr.bug'doy kabi o'rilgan bo'lmoq);

Être riche comme Crésus - Kresusdek boy bo'lmoq ( Kresus - Lideya qiroli mil.avv. VI asr, o'zining boyligi bilan tanilgan);

Être avare comme un Auvergnat - Overgnelikdek ziqna bo'lmoq ( Auvergne - Fransiyaning markaziy qismidagi viloyat nomi. Tarixda Avergn dehqonlari o'zining yashash sharoitining yomonligi va qiyinligi bilan ajralib turgan, shuning uchun ham "ziqna" nomini olgan bo'lishi mumkin.); Matcher comme une tortue - toshbaqadek yurmoq; Aller comme le vent - shamoldek o'tmoq, juda tez yurmoq; Entrer comme un ouragan - bo'rindek kirib kelmoq; Trembler comme un feuille - yaproq kabi titramoq ( qo'rquvdan). Fransuz tilida qiyosiy frazeologik birliklarda variantlanish hodisasini ham uchratishimiz mumkin:

Courir comme un lapin = courir comme un zèbre = courir comme si on avait le diable à ses trousses - juda tez yugurmoq. (2.152)

Bu tasniflar frazeologik birikmalarning funksional-uslubiy xususiyatlarini tadqiq etish, shu asosda frazeologik lug'atlar tuzish, ularni nutqni ixcham va jozibali bayon etishda foydalanish yo'l-yo'riqlarini belgilaydi. Frazeologik birikmalarni fransuz va o'zbek tillarida qiyosiy o'rganish madaniyatimiz qadriyatlarini o'zga xalq madaniyati, urf-odatlarini o'rganish bilan chog'ishtirish, uni yana yuksak pog'onaga ko'tarishni davr taqozo etmoqda.

Adabiyotlar:

1. А. Г. Назарян Фразеология современного французского языка, Москва " Высшая школа" 1987.

2. Бардоши В., Эттингер Ш., Штельтинг С., Бутина Е В. Фразеологизмы французского языка: Словарь-практикум. Екатеринбург: Уральское изд-во, 2002.

3. Yo'ldoshev B. "Hozirgi frazeologik birliklarning funksional-uslubiy xususiyatlari".Toshkent 1993.

4. Vladimir Kogout Dictionnaire des expressions idiomatiques françaises: Sankt-Peterburg, 2014.

5. https://fayllar.org/a-a-abduazizov.htmlpage=9

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.