Научная статья на тему 'ФОРМИРОВАНИЕ МИРОВОЗЗРЕНИЯ У МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ'

ФОРМИРОВАНИЕ МИРОВОЗЗРЕНИЯ У МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
48
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
МИРОВОЗЗРЕНИЕ / ФОРМИРОВАНИЕ / МУЗЫКА / НАРОД

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Исроилова Д.В.

В статье рассматриваются вопросы формирования мировоззрения младших школьников посредством искусства, музыки, литературы, устным народным творчеством.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ФОРМИРОВАНИЕ МИРОВОЗЗРЕНИЯ У МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ»

ISSN 2223-4047

Вестник магистратуры. 2018. № 12-5(87)

УДК 378

Д.В. Исроилова

ФОРМИРОВАНИЕ МИРОВОЗЗРЕНИЯ У МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ

В статье рассматриваются вопросы формирования мировоззрения младших школьников посредством искусства, музыки, литературы, устным народным творчеством.

Ключевые слова: мировоззрение, формирование, музыка, народ.

Komil inson tarbiyasi majmuaviy ta'sir etuvchi vositalar negizida amalga oshiriladi. Bu majmuada badiiy -estetik mazmundagi, bilimlar tasavvurlarning ham muhim o'rni bor. Shuning uchun ham barcha davrlarda yosh avlodning estetik tarbiyasiga alohida e'tibor bilan qaralgan. Jumladan, kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning dunyoni anglashi, atrof muhitdagi voqea va hodisalarga nisbatan o'z munosabatlarini namoyon etishda estetik tasavvurlar, bilimlar, muayyan ko'nikmalar va malaka shakllangan bo'lishi lozim. Aynan mana shu sifatlar vositasida bolalar o'zining «men»ining dastlabki chizgichlarini ifodalab, tasvirlay boshlaydi. Uning sifati va shakllanish jarayonining sur'ati, tezligi mavjud pedagogik shart-sharoitlar, pedagogik ta'sir etuvchi omillarga bog'liq. Zero, estetik mazmundagi faoliyat umumiy dunyoqarashning tarkibiy qismidir.

A.A.Leonfev ta'kidlaydiki, ta'limning oilaviy sharoitda o'quvchi ta'lim-tarbiyasining yo'nalishi, mazmuni o'quvchini shaxs sifatida shakllanishida etakchi o'rin tutadi. Xususan, bu yo'nalish istiqbolida o'quvchilar o'zlarini hayotlarida faoliyat ko'rsatishlari uchun muayyan ijtimoiy tajribalar to'playdi, dunyo, tevarak atrof haqida yaxlit tasavvurni shakllantirish, o'quvchilarni o'z-o'zini namoyon etishi borasidagi harakat, intilishlarini rag'batlantirishga qaratiladi.

Bu borada estetik mazmundagi mashg'ulotlar asosiy o'rinni egallaydi, ya'ni bu yoshdagi o'quvchilarda olam haqidagi ilmiy dunyoqarash elementlarini tasavvurlarini shakllantirishda badiiy-estetik mazmundagi mashg'ulotlar ustuvor ahamiyat kasb etadi.Chunki ular hammaga, barcha yoshdagilar uchun ham umumiy hisoblanadi. Zero, «musiqiy, tasviriy ijodiyot, drama, raqs, adabiyot insonning ma'naviy madaniyatining ajralmas qismidir. Ayni paytda bular insoniyat tomonidan atrof-muhitni, zamon va makonni, uning qonuniyatlarini, bir suz bilan aytganda badiiy ijodiyot namunalarini o'rganishning, o'zlashtirishning umumiy universal yo'lidir».

O'quvchining estetik mazmundagi mashg'uloti, ya'ni badiiy ijodiyotning u yoki bu turi bilan shug'ullanishi, bu jarayonning ishtirokchisi sifatida dunyoning bir bo'lagi sifatida olamni anglashlari demakki, uning muayyan dunyoqarashini tasavvurlarini shakllantirishning pedagogik jihatidan kafolatlangan shaklidir.

O'quvchilarda dunyoqarashni shakllantirishda musiqiy tarbiyaning o'rni alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, bugungi kunda aynan musiqa insoniyat hayotiga eng chuqur kirib borgan, ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida badiiy-estetik jihatidan yuqori ta'sir kuchiga ega. Tarixdan ma'lumki, bizning buyuk qomusiy olimimiz Abu Nasr Forobiy dunyodagi asosiy fanlarni to'rt guruhga bo'lib, shulardan biri musiqa ekanligini ilmiy jihatdan asoslab bergan.

Oilada bolalar dunyoqarashini shakllantirishda badiiy adabiyotning ham ahamiyati katta. Buyuk shaxslar, taniqli ijodkorlarning hayotlari bilan tanishar ekanmiz, ularda dunyoqarashlarining shakllanishida, ijodkorlik kurtaklarini yoyilishida badiiy adabiyotning o'rni beqiyos bo'lganligining guvohi bo'lamiz. O'zbek shoirlardan Hamid Olimjon, rus yozuvchisi A.S.Pushkinlarni eslashning o'zi kifoya, ular buvilari, enagalarining ertaklari orqali dunyoni taniganlar. SHu ma'noda kichik maktab yoshdagi o'quvchilarga ertak aytib berish, bu jarayonni maqsadli ta'limiy va tarbiyaviy tadbir sifatida taqdim etilishiga urg'u berish lozim, ya'ni bola ertakning passiv eshituvchisi emas, balki ertak syujeti asosida olamni, faol anglovchi sub'ekt sifatida qabul qilinishi lozim. Bu jarayonni pedagogik jihatdan to'g'ri tashkil etishida o'quvchining ertak syujetini o'z tafakkurida «qayta ishlash»ga o'rgatish, syujet bo'yicha savollar tuzish va ularga javob topish, javoblardan xulosalar yasash, umumlashtirish orqali shaxsiy mulohazalar bildira olishga o'rgatish muhim ta'limiy va tarbiyaviy tadbirdir.

Oilada o'quvchilarning dunyokarashini tarkib toptirishida badiiy-estetik manba - ertaklarning tarbiyaviy ahamiyati bu jarayonning qimmati shundaki, katta yoshdagilardan farqli o'laroq ertakdagi voqea-hodisalar o'quvchilar tomonidan u qanday aytilgan bo'lsa o'shanday qabul qilinadi. Bunda yaxshilik va yomonlik, go'zallik va xunuklik kabilarga bolalar o'z munosabatlarini bildira boshlaydilar. O'zlaricha ertak bo'yicha u yoki bu syujetlarni to'qiy boshlaydilar, ya'ni nimalarnidir ixtiro qila boshlaydilar. SHu tariqa o'quvchilar dunyoqarashida aniq chizmalar shakllana boradi. Bular ko'p hollarda ijodiy harakter kasb etadi. SHu tariqa ularning xayoliy tasavvurlari o'sadi.

Ertaklar mazmuni asosida tasviriy faoliyat ko'rsatish tasavvurdagi hodisalar, undagi obrazlarni qayta talqin qilish, unga o'z «tahriri»ni singdirish, shaxsiy faoliyatining yangi qirralarini, usullarini o'zlashtirishga keng yo'l

© Исрoилoвa Д.В., 2018.

Вестник магистратуры. 2018. № 12-5(87)

ISSN 2223-4047

осЫЬ bеrаdi. SHuningdеk bu jаrаyon o'quvchidа fikrlаshgа, o'z tasawurlarini tushuntirishgа, pirоvаrd nаtijаdа mustHqil xоldа fikrlаshgа o'rgаtаdi.

Mustаqil fikrlаsh dunyoni eng^h, muаyyan dunyoqаrаshgа egа bo'lishning dаstlаbki bоsqichidir. Zеrо, kichik moto^ yoshidаgi o'quvchilаr tаjribаsidа tаsviriy fаоliyatning ulushi kаttа. SHu bоis kichik mаktаb yoshidаgi o'quvchilаrdа estetik tаsаvvurlarning nаfаqаt umumiy dunyoqаrаshIаrini shakllantirish vositasi, ЬаШ ul^rni umumiy rivojlBnishi, muhim ijtimoiy hodisа-mаktаbdаgi dаrsIаrgа tаyyorIаsh vostosi sifаtidа qаrаsh joiz. Zero, ta'Iim yo'nаIisЫаri, tBmoyillBri, uning mаzmuni, us^bten qаnchаIik tаkomiИаshtшlmаsin, o'quvchiIаrni mustHqil fikrlаshgа o'rgаtishmаs ekаn, ularning bilimi ongli, mustаhkаm bo'lmаydi, demek, uning аmаIiy tаdbiqi hHm oqsаydi.

ИСРОИЛОВА ДИЛРАБО ВАХОБЖОН КИЗИ - учитель общеобразовательной школы № 40 города Наманган, Узбекистан.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.