EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz
LEGAL ASPECTS OF COMBATING FRAUD CRIMES Atoyev Alisher Azamat o'g'li
Teacher of the Department of operative searching activities of the Faculty of combating crime activities of the Academy of the Republic of
Uzbekistan https://doi.org/10.5281/zenodo.10990612
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 10th April 2024 Accepted: 17th April 2024 Online: 18th April 2024
KEYWORDS Fraud, youth, women, unemployed, factors.
In this article, the causes and circumstances of the crime of fraud are analyzed on the example of Andijan region, scientific analyzes are conducted on the addition of legal documents, conclusions and suggestions are given.
ПРАВОВЫЕ АСПЕКТЫ БОРЬБЫ С ПРЕСТУПЛЕНИЯМИ
МОШЕННИЧЕСТВА
Атоев Алишер Азамат угли
Преподаватель кафедры оперативно-розыскной деятельности факультета противодействия преступности Академии МВД Республики Узбекистан https://doi.org/10.5281/zenodo.10990612
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 10th April 2024 Accepted: 17th April 2024 Online: 18th April 2024 KEYWORDS
Мошенничество, молодежь, женщины, безработные, факторы.
В данной статье на примере Андижанской области анализируются причины и обстоятельства преступления мошенничества, проводится научный анализ по дополнению правовых документов, даются выводы и предложения.
FIRIBGARLIK JINOYATLARIGA QARSHI KURASHISHNING HUQUQIY
JIHATLARI
Atoyev Alisher Azamat o'g'li
O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati fakulteti
Tezkoq-qidiruv faoliyati kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10990612
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 10th April 2024 Accepted: 17th April 2024 Online: 18th April 2024 KEYWORDS
Firibgarlik, yoshlar, ishsizlar, omillar.
ayollar,
Mazkur maqolada firibgarlik jinoyatining sodir etilishi sabab vas hart-sharoitlari Andijon viloyati misolida tahlil etilib, huquqiy jihatdan qonunchilik hujjatlariga qo'shimcha kiritish bo'yicha ilmiy tahlillar o'tkazilib, xulosa va takliflar berilgan.
é
Ws,
Ma'lumki, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimiz aholisining turmush-tarzini munosib kechirishiga, iqtisodiyotimizni jadal sur'atlar bilan rivojlanib borishiga sabab bo'lmoqda. Ayniqsa, chet el investitsiyalarinining yurtimizga kirib kelishi ishsizlar sonining qisqarishiga, kambag'allikning tugatilishiga olib kelmoqda. Bu borada "Xitoy tajribasi"ning joriy etilganligi mamlakatimizning Xitoy kabi iqtisodiyoti rivojlangan, jahon savdo maydonida o'z o'rnini egallagan, muhim geosiyosiy ahamiyat kasb etadigan davlatlar qatorida bo'lishimizga turtki beradi.
Biroq, bu kabi ijobiy tendensiyalarni barqaror qaror toptirishda, avvalambor, davlatda jinoyatchilikning salbiy oqibatlarini tugatish, bir so'z bilan aytganda, jinoyatchilikni jilovlash eng asosiy vazifa sifatida davlatning muhim bir islohotlar yo'nalishi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkka tajovuz qilish bilan bog'liq qilmishlar orasida o'zganing mulkini firibgarlik yo'li bilan talon-toroj qilish tariqasidagi jinoyatlar o'sishi tendensiyasi kuzatilmoqda[1]. Bu, esa jamiyatimizda jinoyatchilikni jilovlashga qaratilgan chora-tadbirlarning natijadorligiga o'z ta'sirini o'tkazib kelmoqda. Ayniqsa, ushbu jinoyatlar yoshlar, ayollar hamda ishsizlar tomonidan sodir etilishi achinarli holat hisoblanadi.
Firibgarlik jinoyati O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasida keltirilgan bo'lib, unga ko'ra "Firibgarlik, ya'ni aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo'li bilan o'zganing mulkini yoki o'zganing mulkiga bo'lgan huquqni qo'lga kiritish"[2] sifatida bayon qilingan.
Firibgarlik o'zganing mulkini yoki mulkka bo'lgan huquqini aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo'li bilan qonunga xilof ravishda va tekin qo'lga kiritishda ifodalanib, buning ta'sirida mulkdor (uning vakili), mulkning boshqa egasi yoki vakolatli organ mulkni yoki unga bo'lgan huquqni boshqa shaxsga beradi, yoinki ushbu mulk yoki unga bo'lgan huquq boshqa shaxs tomonidan olib qo'yilishiga imkoniyat beradi[3]. Firibgarlikning obyekti o'zganing mulki yoki mulkiy huquqlarini muhofaza qilishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlardir[4].
Firibgarlik avvalambor, insonning tug'ilib, voyaga yetguniga qadar berilgan axloq-odobiga, tarbiyasiga bog'liq jarayon bo'lib, to'g'ri tarbiyalangan shaxs har qanday holatda ham o'zganing mulkini yoki mulkiga bo'lgan huquqini aldov yoki ishonchini suiiste'mol qilish yo'li bilan qo'lga kiritmaydi. Chunki, odob-axloq normalarida o'zganing mol-mulki birovga buyurmaydi, degan tushuncha mavjud bo'lib, uch ming yillik tarix asnosida shakllanib, avloddan-avlodga o'tib kelgan.
Har qanday insonda jismoniy ehtiyoj qondirishga bo'lgan xoxish kuchliroq bo'ladi. Huquqshunos olimlarning fikriga ko'ra, ayrim toifadagi firibgarlar hayotda zaruriy ehtiyojni qondirish istagida firibgarlikka qo'l urishadi[5].
Ushbu illat shaxsda shakllanishida quyidagi omillar ta'sir etadi:
birinchidan, boylikka tez va oson erishish istagining mavjudligi;
ikkinchidan, boshqacha yo'l bilan boylik orttirish imkoni yo'q degan farazning mavjudligi;
uchunchidan, kundalik jismoniy ehtiyojlarni qondirish istagining mavjudligi;
to'rtinchidan, o'zgalar tomonidan e'tirof etilishiga harakat qilishning mavjudligi.
é
Ws,
Birinchi omilga ko'ra, shaxslar boshqalar kabi jamiyatda yaxshi yashash, kiyinish, avtomashinalarda yurish, o'zining shaxsiy uyi boshqalardan ko'ra yaxshiroq bo'lishini xoxlashadi. Bunda o'zgalarning ushbu natijalarga yillar davomida erishganliklari hisobga olinmaydi. Shuning uchun shaxslar jinoyatni sodir etish orqali astoydil tez va oson boy bo'lishni ko'zlashadi. Bunday holatda huquqiy ta'sir choralarini qo'llash ijobiy samara kasb etadi.
Ikkinchi omilda shaxslar psixologiyasida shunday tushuncha mavjudki, kunlik mehnat orqali boy bo'lishning sira iloji yo'qligi, bunga faqat va faqat qonunni chetlab o'tish orqali erishish mumkin, degan yot g'oya shakllangan bo'lib, buni ijtimoiy-psixologik jihatdan yo'naltirgan holatda bartaraf etish mumkin.
Uchinchi omilda shaxslar spirtli ichimlikka yoki giyohvandlik moddalari va boshqa zararli odatlarga ruju qo'ygan taqdirda pul topish va kundalik iste'molini davomiyligini ta'minlash uchungina sodir etadilar. Bunda shaxsni avvalo g'ayriijtimoiy harakatlaridan qaytarish, ya'ni spirtli ichimlik yoki giyohvand moddalariga tobeligini yengish orqali firibgarlik jinoyati sodir etilishini to'xtatish mumkin.
To'rtinchi omilda esa, shaxsning o'zgalar tomonidan e'tirof etilishi xususiyatidan kelib chiqib sodir etilishi psixologik buzilish sifatida baholanadi. Chunki, atrofdagilar ushbu shaxsni e'tirof etishmaydi, yakkalanib qolgan, yoinki avval hurmat-e'tiborda bo'lib, yoshligida yaxshi shart-sharoitda voyaga yetgan shaxslar keyinchalik e'tibordan chetda qolganda "o'zligi", "men"ligini ko'rsatish orqali firibgarlik jinoyatini sodir etib, o'zining boshqalardan "ishbilarmonligini, chaqqonligini" isbotlamoqchi bo'ladi. Ushbu omil asosida jinoyat sodir etishning oldini olish nihoyatda mushkul bo'lib, bunda psixologik yondashuvning o'rni beqiyos.
Hozirgi kunda firibgarlik jinoyatlari jinoyatchilik salmog'ida sezilarli o'rin egallab kelmoqda. Andijon viloyatida misolida olib borilgan tahlillarga ko'ra, 2021-yilda 6 930 ta, 2022-yilda 7 231 ta, 2023-yilda esa, 7 491 ta jinoyatlar sodir etilgan bo'lib, shundan firibgarlik jinoyatlari 2021-yilda 1 077 taniyoki 15,5 foizini, 2022-yilda 1 041 taniyoki 14,3 foizni, 2023-yilda 955 tani yoki 12,7 foizni tashkil etmoqda. Shaxslar miqyosida tahlil etilganda, 2021-yilda jinoyat sodir etgan 6 224 nafardan 1 038 nafarni(16,6 %), 2022-yilda 4 499 nafardan 704 nafarni(15,6 %), 2023-yilda 6 811 nafardan 953 nafarni(13,9 %) tashkil etmoqda[6].
Yuqorida tahlillarda firibgarlik jinoyatining jinoyatchilikdagi salmog'i katta ekanligi, muqaddam jinoyat sodir etgan shaxslar o'zlariga tegishli xulosa chiqarmasdan, qonunchilikdagi bo'shliqlar yoki imtiyozlardan foydalangan holda hududdagi kriminogen vaziyatni murakkablashtirishga olib kelayotganliklarini ko'rishimiz mumkin. Bu esa, o'z navbatida jinoiy-huquqiy tizimda ba'zi bir normalar to'ldirilishi lozimligini ko'rsatmoqda.
Bu jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning jinoyatlarga daxldorligi jihatidan e'tibor beradigan bo'lsak, firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxslarning 2021-yilda 1 038 nafardan 213 nafari(20,5 %), 2022-yilda 704 nafardan 168 nafari(23,8 %), 2023-yilda 953 nafardan 179 nafari(18,7 %)ni muqaddam jinoyat sodir etgan shaxslar tomonidan sodir etilganligini ko'rishimiz mumkin[7].
Bunda O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi beshinchi qismida "vetkazilgan moddiy zararning o'rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan
é
Ws,
mahrum qilish tariqasidagi jazo qo'llanilmaydi"[8], degan normaning qo'llanilishi shaxsga nisbatan yetkazilgan zararning o'rni qoplanishi, mulkning yoki mulkka bo'lgan huquqning to'liq qaytarilishi yoki tiklab berilishiga olib keladi.
Ammo, bu norma muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxsning zarar miqdorini qoplagach, takroran jinoyat sodir etishiga shart-sharoit yaratib bermoqda. Bu esa, jinoyatchilik va jinoyatdan jabrlanuvchilar sonining oshishiga hamda jinoyatchining g'ayriijtimoiy harakatlarga pushaymonlik hissining yo'qolishiga olib keladi.
Jinoyat sodir etgan shaxsning tuzalishi deb, avvalo, jinoyat to'g'risidagi qonun hujjatlarida taqiqlangan qilmishni sodir etmaslikka undovchi, qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalash tushuniladi. Tuzalish jarayoni, jinoiy javobgarlikka tortishdan ko'zlangan maqsadga erishishda asosiy ahamiyat kasb etadi[9]. Jinoyat kodeksining 168-moddasi beshinchi qismidagi norma asosida jinoyat sodir etgan shaxsni tuzalishiga to'liq erishib bo'lmaydi.
Jinoyat kodeksida ko'zda tutilgan jinoyatlarning ko'pchiligi qasddan sodir etiladi. Shubhasiz, qasddan sodir etilgan jinoyatlar ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatlarga nisbatan yuqori ijtimoiy xavfga ega[10].
Ushbu qonunchilikdagi kamchilikni to'ldirish maqsadida jinoyat kodeksining 168-moddasi beshinchi qismini quyidagi tarzda qayta tahrirlash lozim:
"firibgarlik jinoyatini birinchi marotaba sodir etgan shaxs tomonidan yetkazilgan moddiy zararning o'rni qoplangan taqdirda, unga nisbatan ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo'llanilmaydi"
Ushbu normaning asosida to'ldirilishi qonunda mavjud imtiyozdan bir necha marotaba jinoyat sodir etib, qanchadan-qancha shaxslarning "sho'rini quritgan" shaxslarning qayta jinoyat sodir etishdan tiyilishga yoki jazo muqarrarligi prinsipiga asosan jazo choralari qo'llanilishiga, bu esa, o'z navbatida jinoyatchilikning, ayniqsa firibgarlikning sezilarli darajada kamayishiga olib keladi.
Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda o'zganing mol-mulkini yoki unga bo'lgan huquqni aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish orqali jinoyat sodir etgan har bir shaxs borki, jamiyatda fuqarolarni davlatning olib borayotgan izchil islohotlariga bo'lgan ishonchlarini so'ndirishga, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning kuch va vositalarini maqsadsiz tarzda ishlatilishiga sabab bo'lmoqda. Shu sababli firibgarlik jinoyatlariga qarshi kurashishda nafaqat targ'ibot-tashviqot, shu bilan birgalikda ilmiy jihatdan tahlil va takliflar ishlab chiqilgan holda chora-tadbirlar amalga oshirilsa, bu borada albatta samarali tizim yaratilishiga erishiladi.
References:
1. https://lex.uz/en/docs/-6523582 // O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 23.06.2023 yildagi 17-son, 2-band
2. https://lex.uz/acts/-111453 // O'zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi // Maxsus qism // 168-modda. Firibgarlik, 1-qism.
3. https://lex.uz/en/docs/-6523582 // O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 23.06.2023 yildagi 17-son, 3-band
é
Ws,
qiyosiy-huquqiy-va-ilmiy-tahlili/viewer // D.A.Xakimov, O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Magistratura Tashkiliy-taktik boshqaruv 2-guruh tinglovchisi, 588-bet
6. Andijon viloyati IIB Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma'lumotlar markazining 2021, 2022 va 2023-yillardagi ma'lumotlaridan.
7. Andijon viloyati IIB Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma'lumotlar markazining 2021, 2022 va 2023-yillardagi ma'lumotlaridan.
8. https://lex.uz/acts/-111453 // O'zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi // Maxsus qism // 168-modda. Firibgarlik, 4-qism.
9. https://drive.google.com/file/d/1Vdl7uZ4s5xDEz7oWhXM9RVDDQagfemHn/ view // M.X.Rustamboyev, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharh. Umumiy qism. 2016, 58-bet.
10. https://drive.google.com/file/d/1Vdl7uZ4s5xDEz7oWhXM9RVDDQagfemHn/ view // M.X.Rustamboyev, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharh. Umumiy qism. 2016, 175-bet.