fov /1 / SK
/ W* k ■!
j " -j. t r' -M i 1 ■ hS
\ r LAW, finance AND JgSuED SCIENCES
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
SOME ASPECTS OF ORGANIZING MANAGEMENT ACCOUNTS ON FARMS Nurjanov Raxhat Maratjanovich
Chief specialist of the Department of Coordination of Transition to Green Economy and Development of the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan https://doi.org/10.5281/zenodo.11382711
ABSTRACT
ARTICLE INFO
Received: 22th May 2024 Accepted: 28th May 2024 Online: 29th May 2024 KEYWORDS Cost of expenses, financial reports, preparation of cost estimates, direct costs, indirect costs, product cost planning, relevant and irrelevant costs, fixed costs, variable costs.
Farm accounting is defined as a system of measuring, processing and transferring information necessary for decision-making. In developed countries, accounting is formed in two directions: the first is financial accounting and the second is management accounting. Currently, the organization and management of management accounting in farms remains one of the most urgent issues.
FERMER XO'JALIKLARIDA BOSHQARUV HISOBINI TASHKIL ETISHNING
AYRIM JIHATLARI
Nurjanov Raxat Maratjanovich
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Yashil iqtisodiyotga o'tish va rivojlantirishni muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11382711
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 22th May 2024 Accepted: 28th May 2024 Online: 29th May 2024 KEYWORDS Xarajatlar tannarxi, moliyaviy hisobotlar, xarajatlar smetasini tuzish, bevosita xarajatlar, bilvosita xarajatlar, mahsulot tannarxini rejalashtirish,
relevant va norelevant xarajatlar, doimiy xarajatlar, o'zgaruvchan xarajatlar.
Fermer xo'jaliklarida buxgalteriya hisobi qarorlar qabul qilish uchun zarur bo'lgan axborotni o'lchash, ishlash va topshirish tizimi sifatida ta'riflanadi. Rivojlangan mamlakatlarda buxgalteriya hisobi ikki yo'nalishda shakllantiriladi: ulardan birinchisi moliyaviy hisob va ikkinchisi boshqaruv hisobidir. Hozirgi vaqtda fermer xo'jaliklarida boshqaruv hisobini tashkil etish va uni yuritish dolzarb masalalaridan biri bo'lib qolmoqda.
K I R I S H
Respublikada agrar iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishini barqarorlashtirish va mamlakat aholisini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashda fermer xo'jaliklarini rivojlantirish muhim o'rin tutadi. Fermer xo'jaliklarini rivojlantirishdan maqsad bozorlarni arzon va sifatli
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan to'ldirib borish hamda mahsulotlar narx-navolarini barqarorligini saqlashni ta'minlanmoq.
M E T O D O L O G I YA
Tadqiqot jarayonida iqtisodiy tahlil qilish, qiyosiy taqqoslash, statistik guruhlash, monografik kuzatish, mantiqiy va abstrakt fikrlash usullaridan keng foydalanilgan.
N A T I J A L A R
Mamlakatimiz yalpi ishki mahsuloti tarkibida qishloq xo'jalik tovar ishlab chiqaruvchilari, jumladan, fermer xo'jaliklarining ulushi yildan yilga oshib bormoqda.
Fermer xo'jaligi — xususiy yoki uzoq muddatga ijaraga olingan yerda qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shug'ullanadigan xo'jalik. Fermer xo'jaligining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va faoliyat ko'rsatish tartibi turli mamlakatlarda turlicha bo'lib, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanish darajasi va xususiyatlari, shuningdek, mehnatdan va yerdan foydalanish sharoitlari, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini industrlash va ixtisoslashtirish darajasi, kapital hajmi va shahrik. omillar bilan belgilanadi.1
Fermer xo'jaligini modernizatsiya qilish qilish sharoitida moliyaviy axborotlarga bo'lgan ehtiyojning tobora o'sib borishi, avvalambor, moliyaviy, boshqaruv, soliq hamda statistic hisobotlar uchun eng muhim va ishonchli axborotlarni to'plash, ularni bir tizimga keltirish va uning tuzish uslublarini takomillashtirish asosida axborot imkoniyatlaridan unumli foydalanishni taqozo etmoqda.
Bu esa bugungi kunda faoliyat yuritayotgan xo'jalik yurituvchi subektlarning faoliyat turi va mulk shaklidan qatiy nazar, moliyaviy hamda statistic hisob bilan bir qatorda boshqaruv hisobini hamda tashkil etish va yuritishning dolzarbligi jihatidan muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshqaruv hisobi - xo'jalik yurituvchi subekt axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishning samaradorligi ko'p jihatdan xo'jalik yurituvchi subektning ta'rkibiy tuzilmalari, bo'limlari va bo'linmalari faoliyatlari to'g'risida olinadigan operativ ma'lumotlarga bog'liq. Boshqaruv hisobi ana shunday ma'lumotlarni boshqaruv qarorlarini to'g'ri qabul qilish maqsadida xo'jalik yurutuvchi subekt ichidagi turli darajadgi boshqaruv rahbarlari uchun shakllantiradi2.
Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish uchun albatta tegishli axborotlar bo'lishi shart. Fermer xo'jaliklarida xo'jalik faoliyatini yuritish uchun o'zaro bog'liq bo'lgan malumotlar yig'indisidan foydalaniladi.
Iqtisodiy malumotlarning asosiy qismini buxgalteriya hisobi beradi.
Buxgalteriya hisobi - korxona yoki tashkilotda sodir bo'layotgan barcha xo'jalik operatsiyalari to'g'risidahi ma'lumotlarni, yoppasiga, uzluksiz ravishda, xujjatalarga asoslangan holda, pulda baholab, ikkiyoqlama yozuv asosida hisob registrlarida qayd etib borish va jamlangan ma'lumotlarni qayta ishlab moliyaviy hisobotlar taqdim etish tizimini anglatadi.3
1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Fermer_xo'jaligii
2 Pardayev Abdunabi Xoliqovich., Pardayeva Zulfizar Alimovna "Boshqaruv hisobi", darslik, T; G'.G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2014, - B.32
3 https://uz.wikipedia.org/wiki/Buxgalteriya_hisobi
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o'z vaqtida to'liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta'minlashdir. Buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:
- Buxgalteriya hisobi schetlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburyatlarning holati to'g'risida to'liq hamda aniq malumotlarni shakllantirish;
- Samarali boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma'lumotlarini umumlashtirish;
- Moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni aniq tuzishdan iboratdir.
Fermer xo'jaliklarida buxgalteriya hisobini shunday tashkil etish lozimki, u iqtisodiy axborotlar tizimini iloji boricha aks ettirishni ta'minlash kerak.
Shunki, boshqaruv hisobi xo'jalik yurituvchi subekning muammolarini hal etish va uning rivojlanishini taminlashga qaratilgan tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun xarajatlar va daromatlar hisobi, meyorlashtirish, rejalashtirish, nazorat va tahlil tizimini ifodalovchi ma'lumotlarni bir tizimga soladi.
Shu boisdan, fermer xo'jaliklarida boshqaruv hisobini tashkil etishning muhim vazifalari quyidagilardan iborat:
- Ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish borasida istiqbolli boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur axborotlar manbasini shakllantirish;
- Moliyaviy xo'jalik faoliyatini tezkor boshqarishda hamda qarorlar qabul qilishda fermerlarga ishonchli axborotlarni o'z vaqtida yetkazib berish;
- Fermer xo'jaligi yetishtirgan mahsulotlarning turlari va ularni sotishni rejalashtirish;
- Fermer xo'jaliklarini moliyalashtirish va ularning manbalarini o'rganish;
- Fermer xo'jaliklarida xarajatlar smetasini ishlab chiqish;
- Fermer xo'jaliklarida mahsulotlar tannarxini rejalashtirish;
- Fermer xo'jaliklarida baho shakllantirish va investitsiya loyihalari bo'yicha qaror qabul qilish.
Fermer xo'jaliklarida boshqaruv hisobini yuritmaslik oqibatida kelib chiqadigan muammolardan eng ko'p uchraydigani, xarajatlarning turkumlanmasdan va natijada har bir mahsulot tannarxini to'g'ri shakllantirilmasligiga olib kelishidir.
Fermer xo'jaliklarida xarajatlar maqsadli va oddiy xarajatlar sifatida ishlatilishi mumkin. Mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish va xarajatlarni hisobga olish boshqaruv hisobining asosiy elementiaridan biri hisoblanadi, chunki, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi quyidagilar bo'yicha boshqamv qaroriarining" qabul qilinishi uchun asos bo'ladi:
- qanday turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish, qaysilarini esa to'xtatish bo'yicha;
- zarur yordamchi mahsulotlarni sotib olish yoki ishlab chiqarish maqsadga muvofiqligi to'g'risida:
- ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotga baho belgilash borasida;
- ishlab chiqarishni yangi texnika bilan qurollantirish bo'yicha;
- ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni rivojlantirish bo'yicha berilgan tavsiyalarni asoslashda.
Boshqaruv hisobida tannarx quyidagi asosiy obyektlar bO'yicha aniqlanadi:
- alohida bo'linmalar bo'yicha;
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
- alohida mahsulot turlari bo'yicha.
Bunda xarajatlarni taqsimlash jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi:
- xarajatlami ular vujudga kelgan markazlar bo'yicha to'plash;
- xarajatlami mahsulot turlari bo'yicha taqsirnlash.
Xarajatlarni taqsirnlash deganda, korxona faoliyatida vujudga kelgan xarajatlarni aniq obyektlar bo'yicha guruhlash jarayoni tushuniladi4.
Fermer xo'jaliklarida esa xarajatlarning quyidagicha turkumlanishi maqsadga muvofiq:
- Mahsulotlar tannarxiga kiritiladiga xarajatlar va davr xarajatlari;
- Bevosita va bilvosita xarajatlar;
- Doimiy va o'zgaruvchan xarajatlar;
- Relevant va norelevant xarajatlar;
- Bartaraf qilinishi mumkin bo'lgan va bartaraf qilinishi mumkin bo'lmagan xarajatlar;
- Qaytarilmas xarajatlar;
- Alternativ xarajatlar;
Fermer xo'jaliklarida esa xarajatlarning quyidagicha turkumlanishi maqsadga muvofiq:
r
V.
Mahsulotlar tannarxiga kiritiladiga xarajatlar va davr
xarajatlari
Bevosita va bilvosita xarajatlar
Doimiy va o'zgaruvchan xarajatlar
Relevant va norelevant xarajatlar
Bartaraf qilinishi mumkin bo'lgan va bartaraf qilinishi mumkin
bo'lmagan xarajatlar
v.
Qaytarilmas xarajatlar
Alternativ xarajatlar
1-rasm. Fermer xo'jaliklarida esa xarajatlarning quyidagicha turkumlanishi5.
4 B.A.Xasanov, A.A.Xashimov "Boshqaruv hisobi" darslik, Toshkent -2013, Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. -B.50
5 Muallif tadqiqotlari asosida tuzilgan
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
Shuningdek, fermer xo'jaliklarida boshqaruv tuzilmasining ham yaxshi yo'lga qo'yilmagani, faqatgina boshqaruv hisobi emas balki ishlab chiqarish hisobining ham izdan chiqib ketishiga sabab bo'lmoqda. Korxonaning boshqaruv tuzilmasi deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funktsiyalarni bajaruvchi, bir-biri bilan bog'langan organlari va bo'g'inlarining majmui tushuniladi. Boshqaruv tuzilmasini ishlab chiqarish tuzilmasi dep yuritiladi.
Shunday qilib, yuqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagi takliflarni keltirib o'tish joizdir;
- "Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot" nomli 1-sonli O'zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartiga muvofiq fermer xo'jaliklari avvalambor, hisob yuritish siyasatini ishlab chiqishlari va fermer xo'jaligi rahbari buyruq bilan rasmiylashtirishlari lozim;
- Biznes-reja tuzish va u bo'yicha qilinadigan ishlar hamda xarajatlar nazorat qilib borilsa qo'yilgan maqsadga erishish mumkin.
- Fermer xo'jaliklari bo'yicha javobgarlik markazlari va moddiy javobgarlik shartnomasini tuzgan holda moddiy javobgar shaxslarni joriy etishlari lozim.
- Moliyaviy yil uchun xarajat normativlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq.
- Har bir fermer xo'jaligi o'zining boshqaruv tuzilmasini ishlab chiqishlari lozim. XU LO SA
Xulosa qilib aytganda, tadqiqotlar natijasidan kelib chiqqan holda har bir fermer xo'jaliklari boshqaruv hisobi va moliyaviy hisobni birgalikda tashkil etsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Shunki, moliyaviy hisobda xarajatlar elementlari bo'yicha olib borilsa, boshqaruv hisobida xarajatlar kalkulyatsiya moddalari bo'yicha olib boriladi.
Shunki, fermer xo'jaliklari qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan bozorni ta'minlash va kam xarajat qilib yuqori daromad olishlari uchun har bir fermer xo'jaliklari boshqaruv hisobini tashkil etishlari zarur dep hisoblaymiz.
References:
1. Pardayev Abdunabi Xoliqovich., Pardayeva Zulfizar Alimovna "Boshqaruv hisobi", darslik, T; G'.G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2014, - B.32.
2. B.A.Xasanov, A.A.Xashimov "Boshqaruv hisobi" darslik, Toshkent -2013, Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. -B.50.
3. 3.https://uz.wikipedia.org/wiki/Buxgalteriya_hisobi.
4. https://uz.wikipedia.org/wiki/Fermer_xo'jaligi.