AVTOMATLASHTIRISH ASOSIDA XARAJATLARNI HISOBNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Rasulova Shaxnoza Xatamovna
Farg'ona politexnika instituti, tayanch doktoranti [email protected]
Annotatsiya: Bugungi kunda xar bir xo'jalik yurituvchi subyekt uchun xarajatlari hisobi muhim ahamiyatga ega bo'lib, uning oqilona tashkil etilishi bevosita rivojlanish omili hisoblanadi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi va raqamli iqtisodiyot davrida ushbu masala yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi. Zero, raqamli iqtisodiyotning o'zagi bo'lgan avtomatlashtirish asosida xarajatlarni hisobni tashkil etish xo'jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish rentabelligini oshirishni va raqobatbardoshligini ta'minlaydi. Shundan kelib chiqqan xolda biz ushbu maqolada avtomatlashtirish orqali xarajatlarni hisobni takomillashtirish masalalari ko'rib chiqdik. Hozirda buxgalteriya hisobi turli zamonaviy dasturlar, avtomatlashtirilgan tizimlar yordamida amalga oshiriladi, bu qo'yilgan masalaning naqadar dolzarbligini belgilaydi chunki xarajatlar hisobi bevosita ishlab chiqarilayotgan mahsulot narxining aniqligini ta'minlaydi.
Kalit so'zlar: xarajatlar hisobi, texnologiyalarni rivojlantirish, xarajatlarni optimallashtirish, xarajatlar hisobini avtomatlashtirish, hisobini raqamlashtirish, tahlil qilish tizimini avtomatlashtirish, raqamli texnologiyalar, 1C: buxgalteriya.
ВОПРОСЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ УЧЕТА ЗАТРАТ НА ОСНОВЕ
АВТОМАТИЗАЦИИ
Расулова Шахноза Хатамовна
Ферганский политехнический институт, базовый докторант
rasulova. [email protected]
Аннотация: Сегодня для каждого хозяйствующего субъекта важен учет затрат, рациональная организация которого является непосредственным фактором развития. В эпоху развития информационных технологий и цифровой экономики этот вопрос приобретает все более актуальное значение. Ведь организация учета затрат на основе автоматизации, являющейся ядром цифровой экономики, обеспечивает повышение рентабельности производства и конкурентоспособности хозяйствующих субъектов. Исходя из этого, в данной
статье мы рассмотрели вопросы совершенствования учета затрат с помощью автоматизации. В настоящее время бухгалтерский учет ведется с помощью различных современных программ, автоматизированных систем, что определяет, насколько актуален поставленный вопрос, поскольку учет затрат непосредственно обеспечивает точность определения цены выпускаемой продукции.
Ключевые слова: учет затрат, разработка технологий, оптимизация затрат, автоматизация учета затрат, цифровизация учета затрат, автоматизация системы анализа, цифровые технологии, 1С: Бухгалтерия.
ISSUES OF IMPROVING COST ACCOUNTING BASED ON AUTOMATION
Rasulova Shaxnoza Xatamovna
Fergana polytechnic institute, basic doctoral student rasulova. [email protected]
Abstract: Today, cost accounting is important for every business entity, the rational organization of which is a direct factor in development. In the era of the development of information technology and the digital economy, this issue is becoming increasingly important. After all, the organization of cost accounting based on automation, which is the core of the digital economy, ensures an increase in the profitability of production and competitiveness of business entities. Based on this, in this article we have considered the issues of improving cost accounting through automation. Currently, accounting is conducted using various modern programs, automated systems, which determines how relevant the question is, since cost accounting directly ensures the accuracy of determining the price of products.
Keywords: cost accounting, technology development, cost optimization, cost accounting automation, cost accounting digitalization, analysis system automation, digital technologies, 1C: Accounting.
KIRISH
Mamlakatimizda bozor munosabatlarining shakllanishi va iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy sharoitlari buxgalteriya hisobini tashkil etishga yangi va oldingiga nisbatan yuksak talablar qo'ymoqda. Hozirgi kundagi o'zgaruvchan sharoit barcha ehtiyojlariga javob beruvchi buxgalteriya hisobi tashkil etishni va takomillashtirish zarurati vujudga keltirmoqda. Shu bilan birgalikda u milliy va xalqaro professional tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan hamda umum e'tirof etilgan umum qabul qilingan tamoyillarga muvofiq rivojlanishi zarur.
O'zbekistoning zamonaviy sharoitida xarajatlarni tezkor va aniq hisobga olishni tashkil etish hamda bu orqali samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishga erishish mumkin, bunda tegishli ma'lumotlarni o'z vaqtida taqdim etish, xarajatlarining samarali tahlili, nazorat va monitoringi korxonaning raqobatbardoshligini oshirishning muhim omili hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobi foydalanuvchilarning talablariga to'liq javob beradigan tashkiliy ta'sir vositalaridan biri bo'lib bu jarayonda xarajatlarining hisobi va tahlili amalga oshiriladi. Shu bilan birga, buxgalteriya hisobi ishlab chiqarish va mehnat resurslaridan oqilona, tejamkor foydalanishni tashkil etishi, samarasiz xarajatlar va yo'qotishlarning oldini olishi, korxonaning moddiy boyliklarining saqlanishini ta'minlashi zarur. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi va sanoat kompleksidagi iqtisodiy munosabatlarning tubdan qayta qurishi har bir korxonada buxgalteriya hisobini oqilona tashkil etishni va uning ishlab chiqarishni boshqarishdagi rolini oshirishni talab qiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda fikrimizcha, iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy sharoitlari korxonalarda xarajatlar hisobini tashkil etish va boshqarish tizimiga quyidagi asosiy talablarni qo'yilishi mumkin:
1. Qo'shimcha xarajatlarni aniq hisobga olish zarurati. Bugungi kunda ko'pgina sohalarda mahsulot tannarxi tarkibida qo'shimcha xarajatlar ulushining doimiy o'sishi kuzatilmoqda. Buning sababi texnologiyalarni rivojlantirish, boshqaruvning yangi usullarini joriy etish, mijozlar bilan o'zaro munosabatlar tizimlarini kengaytirish (bu, o'z navbatida, marketing xarajatlarining oshishiga olib keladi) va hokazo.
2. Xarajatlarni optimallashtirish bilan bog'liq boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tegishli ma'lumotlarni o'z vaqtida taqdim etish. Bu eng muhim masala-samarasiz xarajatlar, ya'ni ishlab chiqarilgan mahsulotlarga qiymat qo'shmaydigan yoki resurslarning ortiqcha sarflanishi bilan bog'liq xarajatlar haqidagi ma'lumotlarni o'z vaqtida vizual tarzda namoyish etishdir.
3. Xarajatlarni hisobga olish tizimining o'zgaruvchanligini hamda moslashuvchanligini ta'minlash. Korxonaning tezkor moslashuvchanligini ta'minlash talabi doimiy o'zgarish sharoitida majburiy bo'lib qoladi. Shunga ko'ra, sodir bo'layotgan o'zgarishlarni aks ettirish uchun xarajatlarni hisobga olish va tahlil qilish protseduralari tezda amalga oshirilishi kerak.
Bizning fikrimizcha ushbu masalalarning eng samarali va oqilona yechimi bu xarajatlar hisobini avtomatlashtirish asosida tashkil etish va takomillashtirishdir, bunda kelib chiqadiki respublikamizdagi xo'jalik yurituvchi subyektlarida buxgalteriya hisobini yangicha boshqarish sharoitlariga moslashishi va xalqaro moliyaviy standartlarni muvaffaqiyatli o'tishini ta'minlash zarur bo'ladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdagi xarajatlar hisobini avtomatlashtirish masalasi bevosita buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish masalasi bilan ham ohangdir, shundan kelib chiqqan holda biz bu boradagi olimlar asarlarini olgandik va mutaxassislar fikrlariga e'tibor qaratdik.
Buxgalteriya hisobini raqamlashtirish va avtomatlashtirishning ahamiyati, zamonaviy dasturlari ularning afzallik va kamchiliklari masalalariga B. Yoxansson, T.Z Mat, R. Buxt, N. Negroponte, B. Yoxansson, B. Kaxin, L. Acevedo, M. Kastels, F. Aribaba, T. Mezenburg, M. Skilton, R. Stou, R. Xiks, T. Onore, K. Shvab kabi xorijiy olimlar izlanishlar olib borganlar, shuningdek rus olimlari L.D. Alekseyeva, M.Ye., Vasilenko, O.A. Yuryeva, P.S. Ternova, P.B. Akmarov, D.V. Varlamova, X.Sh. Nurmuxamedova, O.Ye. Yevsyukova, O.P. Knyazeva, P.A. Petrenko, E.D. Abduraimova va boshqalarning ushbu yo'nalishda ilmiy tadqiqot ishlarini ko'rish mumkin.
Yurtimiz olimlari ham ushbu mavzuda o'z izlanishlarini olib borishmoqda xususan mamlakatimiz yetakchi soha olimlari A.A. Karimov, J.E. Kurbanbayev, K.B. O'rozov, D.E. Norbekov, Z.A. Muqumov, M.S. Tulayev, Sh.Sh. Rahmonov, B.O. Bolibekov. AN. Musayev, B.B.Turabboyev va boshqalarning ilmiy tadqiqot ishlari buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishga bag'ishlangan.
T.P. Karpova • Raqamli buxgalteriya hisobi-bu yangi ko'rsatkichlar, nafaqat moliyaviy ma'lumotlarni to'plash va qayta ishlash usullari, balki uning biznesning boshqa jihatlari va tashqi muhit to'g'risidagi ma'lumotlar bilan integratsiyalashuvining yetarliligi asosida buxgalteriya hisobini o'zgartirishdir [2]
T.I. Sushko
• Buxgalteriya hisobida raqamli buxgalteriya hisobining yangi konsepsiyasi paydo bo'ldi, bu raqamli usullar va vositalar yordamida ma'lumotlarni uzatuvchi raqamli buxgalteriya jarayoni. Raqamli iqtisodiy ma'lumotlarni tizimlashtirishga asoslangan buxgalteriya hisobini nazorat funksiyasidan informatsion funksiyaga yo'naltirish mavjud [3]
• Jahon va mamlakatimiz iqtisodiyotini raqamlashtirish jarayoni buxgalteriya hisobining nazariy masalalari qayta ko'rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Bu sharoitda buxgalteriya hisobining mavjud modellarini, obyekti va metodlarini iqtisodiyotini raqamlashtirish jarayoniga moslashtirish maqsadga muvofiq. Shuningdek, buxgalteriya hisobini tashkil etish va moliyaviy hisobot shakllarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga uyg'unlashtirish zarur. [4]
Z.N. Kurbanov
T.Z Mat • Yangi texnologiyalarni hisob ishlarida qo'llash oqibatida tashkilotlarda tarkibiy o'zgarishlar kelib chiqadi, kompaniyalarning xarajatlariga ta'sir qiladi va bozordagi raqobatbardoshlikni hisobga olgan holda ishlab chiqarish jarayonlarini o'zgartiradi [5]
L. Acevedo ^ J • Agar buxgalteriya firmalarida aloqa tez bo'lsa, ular samaradorlikni oshirishga yordam beradi, shuningdek, qaror qabul qilishni yaxshilash va biznes o'sishiga yordam beradi [6]
1-rasm. Buxgalteriya hisobini raqamlashtirish tushunchasiga berilgan ta'riflar4
Bugungi kundagi biznes jarayonlarining raqamlashtirishga qaratilgan ko'plab o'rganishlardagi sezilarli natijalarga qaramay, "raqamlashtirish" va "avtomatlashtirish" tushunchalari o'rtasidagi bog'liqlik to'g'risida fikrlar turlicha, ba'zi olimlar bu tushunchaning sinonim sifatida ishlatsa, ba'zilari esa raqamli texnologiyalarning buxgalteriya hisobiga joriy qilishda ikkala atamani ham qo'llaydi. Shu munosabati bilan biz yuqoridagi rasmda bir nechta olimlarning bu boradagi fikrlarini keltirib o'tdik.
Raqamlashtirish jarayoni qiyin va murakkab jarayondir buni amalga oshirish davlat siyosati miqyosida tashkil etilishi zarur, bu borada O'zbekistonda hozirgi kunda
4 Rasm muallif tomonidan tayyorlandi
amalga oshirilayotgan o'zgarishlar fonida ham ko'rish mumkin, yurtimiz rahbari prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev ta'kidlaganidek "raqamli iqtisodiyotsiz mamlakat iqtisodiyotining kelajagi yo'q" [1]. Bu shuni anglatadiki iqtisodiyotni raqamlashtirish barcha sohalarning ustuvor yo'nalishidir. Bu borada iqtisodchilar, buxgalterlar, moliya vakillari allaqachon raqamlashtirish jarayonini bugungi kun talabi deb bilishmoqda.
METODOLOGIYA
Ushbu maqolada avtomatlashtirish asosida xarajatlarni hisobni takomillashtirish masalalari muhokama etilib, soha olimlarining fikrlari va axborot vositalaridan olingan ma'lumotlari qiyosiy tahlil etildi. Umumiy holda ilmiy abstraksiya, deduksiya, induksiya, tizimli yondashish kabi usullardan foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Yuqorida keltirilgan fikrlar va tahlil qilingan adabiyotlardan olingan xulosalarga ko'ra shuni aytishimiz mumkinki, zamonaviy iqtisodiy sharoitida va to'laqonli bozor iqtisodiyotiga o'tishda buxgalteriya hisobini yangi prinsiplarga, ya'ni korxonada buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishga asoslangan holda optimallashtirish zarurati mavjud [7].
Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish, ma'lumotlarning aniqligi, samaradorligi, oshirishga xizmat qiladi, bularning barchasi yurtimiz iqtisodiyotining muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun hal qiluvchi omillar hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, biz buxgalteriya hisobini raqamlashtirish deganda buxgalteriya jarayoniga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish va katta hajmdagi ma'lumotlarni yig'ish, umumlashtirish, tizimlashtirish, tahlil qilish sifatini oshirish maqsadida o'zgartirilgan buxgalteriya usullari va vositalarini qo'llash jarayoni tushunilishi kerak. Avtomatlashtirilgan buxgalteriya tizimlarining shakllanishi, uning tarkibiy qismlarining ishlash xususiyatlarini, shuningdek foydalanishning asosiy yo'nalishlarini, shu jumladan boshqaruv faoliyatini qayta ko'rib chiqishni taqozo etadi.
Zamonaviy raqamli texnologiyalarni buxgalteriya hisobining barcha vazifalarini avtomatlashtirishga imkon beradi. Bu bizga nafaqat ilgari qo'lda bajargan ishlarni oqilona bajarishga imkon beradi, balki dastlabki hujjatlarni to'ldirishning murakkabligini pasaytiradi va qog'oz vositalarini tayyorlash xarajatlarini kamaytiradi. Fikrimizcha ishlab chiqarish xarajatlari hisobini va tahlil qilish tizimini avtomatlashtirish quyidagi rasmda keltirilgan asosiy omilar orqali yanada samarali tashkil etish mumkin bo'ladi.
2-rasm. Xarajatlari hisobini va tahlil qilish tizimini avtomatlashtirishning
asosiy omillari5
Xar bir biznes vakili ya'ni tadbirkor mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko'rsatish bilan bog'liq turli xarajatlar amalga oshiradi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda aniq xarajatlarni aniqlash maqsadida korxonaning barcha xarajatlarini aniqlashga qodir bo'lgan xarajatlarni hisobga olishining avtomatlashtirish tizimini qo'llashi zarur.
Barcha mahsulotlar xom ashyo, uskunalar va energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqariladi. Bizga ma'lumki bir mahsulot yoki xizmat uchun barcha xarajatlarni hisoblab chiqqandan so'ng uning haqiqiy tannarxi aniqlashimiz mumkin bo'ladi.
Aniq raqamlarni bilish kompaniya rahbariga xarajatlarni kamaytirishga va iloji bo'lsa, ularni minimallashtirishga imkon beradi. Zamonaviy ishlab chiqarish nazorat
5 Rasm muallif tomonidan tayyorlandi
va hisobga olishning yangi usullarini talab qiladi va oxirgi foydalanuvchi uchun narxni pasaytirish va o'z biznesingiz samaradorligini oshirish uchun xom ashyo iste'molini doimiy ravishda kuzatib borish kerak [8].
Buxgalteriya axborotlarini raqamli texnologiyalarga transformatsiya qilish, ya'ni buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish — bu tadbirkorlik va boshqa tashkilotlar faoliyati to'g'risida miqdoriy iqtisodiy ma'lumotlarni olish uchun ma'lumotlarni doimiy ravishda qayd etish va tahlil qilish imkonini beruvchi dasturiy vositalar to'plami yordamida hisob ishlarini amalga oshirish va hisobotlarni tayyorlash jarayonidir [9]. O'zbekistonda buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish uchun mo'ljallangan juda ko'p turli xil dasturlardan foydalaniladi, ular orasida eng mashhurlari:
- byudjet tashkilotlar uchun mo'ljallangan "UzASBO";
- xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan qo'llanilayotgan "1 UZ buxgalteriya", "1С: buxgalteriya".
Axborot texnologiyalarining kirib kelishi va iqtisodiy jarayonlarni raqamlashtirish fonida an'anaviy ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiya qilish yangi bozorlarni shakllantirish, shuningdek, tahlil, prognozlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda yangi yondashuvlar uchun asos yaratadi [10]. Ko'plab xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya bo'limining asosiy vazifalarini bajarishda va moliyaviy hisobotlarni shakllantirishda foydalanilayotgan eng ko'p qo'llaniladigan dastur "1C: buxgalteriya" hisoblanadi. Shuning uchun biz ushbu tadqiqotimizda buni batafsil ko'rib chiqishga urindik.
Bu buxgalteriya hisobi va soliq hisobini avtomatlashtirish, shu jumladan majburiy hisobotlarni tayyorlash uchun universal dastur hisoblanadi. Ushbu dasturdan yordamida va undan foydalanib, siz xom ashyo sotib olingan paytdan boshlab tayyor mahsulotni chiqarishgacha bo'lgan ishlab chiqarish jarayonlarini hisobga olishingiz mumkin bo'ladi. Shu bilan birga, ishlab chiqarish operatsiyalari buxgalteriya hisobida ham, soliq hisobida ham avtomatik ravishda namoyish etiladi. Oy davomida korxonaning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog'liq xarajatlar buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. "1С: buxgalteriya" tizimining asosiy afzalligi shundaki, sintetik xarajatlar hisoblari uch yoki besh darajada tuzilishi mumkin. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini buyumlar va obyektlar bo'yicha batafsil bayon qilish imkonini beradi, bu esa bilvosita xarajatlarni to'liq taqsimlashga yordam beradi va bunday taqsimotni amalga oshirishda arifmetik xatolardan qochadi.
Xarajatlari hisobini niqtay nazaridan "1С: buxgalteriya" dasturining asosiy xususiyatlari, quyidagilardan iborat:
- aniq miqdoriy va valyuta hisobini yuritish;
- korxonaning o'ziga xos xususiyatlariga nisbatan sintetik va analitik hisobni yuritish;
- sintetik va analitik buxgalteriya hisobi, dastlabki hujjatlar va barcha zarur hisobotlar uchun buxgalteriya registrlarini shakllantirish va chop etish;
- xarajatlari bo'yicha hisoblar jadvalini o'zgartirish va to'ldirish, joylashishini tizimlashtirish;
- analitik buxgalteriya sozlamalari, birlamchi hujjat shakllari va hisobotlarni shakllantirish.
"1С: buxgalteriya" dasturi universal buxgalteriya dasturidir. Ushbu dastur yordamida buxgalteriya bo'limini o'zi, xojalik yurituvchi subyektning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, qonunchilik va hisobot shakllaridagi har qanday o'zgarishlar uchun moslashtirishi mumkin. Dasturning universal imkoniyatlarini o'zlashtirgan buxgalter buxgalteriya hisobining turli bo'limlarini mustaqil ravishda avtomatlashtirishi mumkin: kassa, bank, materiallar, asosiy vositalar, qarzdorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar va boshqalar [11]. "1С: buxgalteriya" dasturi hisobining moslashuvchan konfiguratsiyasi tufayli u o'z-o'zini hisobga olish korxonalari va tashkilotlarida ham, byudjet muassasalarida ham qo'llanilishi mumkin.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobida xarajatlar to'g'risidagi ma'lumotlarni avtomatlashtirishni tahlil qilib, buxgalteriya hisobini kompyuterlashtirish kompyuter texnologiyalarining zamonaviy rivojlanishi uchun zarur shart va iqtisodiy ma'lumotlarni samarali qayta ishlashning asosiy vositasi deb aytishimiz mumkin.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytganda, korxonalarning xarajatlari deganda ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yoki xizmat ko'rsatish bilan bog'liq xarajatlar tushuniladi. Shunday qilib, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish-bu korxonaning o'z mahsulotlarini yaratishda sarflanadigan xarajatlarini hisobga olishdir. Xarajatlarni hisobga olish xodimlarga haq to'lash xarajatlarini, moddiy xarajatlarni (asbob-uskunalarga texnik xizmat ko'rsatish, xom ashyo sotib olish), ijtimoiy ehtiyojlar uchun to'lovni hisoblashni o'z ichiga oladi [12]. Ishlab chiqarish xarajatlarini avtomatlashtirilgan hisobga olish yordamida u xarajatlarni prognozlash, mahsulot tannarxini aniq aniqlash, ishlab chiqarish tannarxi qismlarini tahlil qilish va ularni kamaytirish yolarini izlash, tashkilot faoliyati, uning daromadlari va xarajatlarini nazorat qilish bo'yicha boshqaruv qarorlari kabi sohalarni samarali rivojlantiriladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda, biz korxonalarda xarajatlar hisobi va tahlil qilish tizimini yaratish samaradorligini oshirish bo'yicha quyidagi tavsiyalar ishlab chiqdik:
- samarali boshqaruv uchun eng asosiy xarajatlar turlariga e'tibor qaratish lozim. Bunda avtomatlashtirish eng oqilona yo'ldir, qaysi xarajatni qancha foizga kamaytirish, qancha daromad, foydani o'sishiga olib keladi bu borada avtomatlashtirilgan xarajatlar modelini yaratish zarur. Bu iqtisodiy va sanoatdagi
muhiti sharoitlarining o'zgarishini tezkor qayta ishlash va boshqarishni tashkil etish imkoniyatini ta'minlaydi;
- korxonalarda mavjud sharoitlar har doim ham jarayonga yo'naltirilgan xarajatlarni hisobga olish tizimini yaratish uchun axborot bazasi bo'lib xizmat qila olmasligini hisobga olish kerak. Korxonada qabul qilingan biznes-jarayonlarning tasnifi ham o'zgarishlarni talab qilishi mumkin. Jarayonga yo'naltirilgan buxgalteriya tizimini yaratish doirasida shakllangan biznes-jarayonlarning tavsiflari ushbu biznes jarayonlarini tashkil etuvchi harakatlarni amalga oshirishda turli xil resurslardan foydalanishning o'ziga xos xususiyatlarini aks ettirishi kerak;
- xarajatlarni hisoblash va tahlil qilish uchun korxonaning turli xil axborot tizimlari doirasida yaratilgan ma'lumotlardan foydalanish kerak. Ushbu ma'lumotlardan foydalanish bizga xarajatlarni hisoblash tartib-qoidalarini avtomatlashtirish va hisob ma'lumotlarini yig'ish bo'yicha qo'shimcha ishlarni kamaytirishga imkonini beradi.
Korxonalarda buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish xatolarni minimallashtirish va moliyaviy holati to'g'risidagi ma'lumotlarning ishonchliligini oshirishga imkon beradi. Zamonaviy texnologik yechimlardan foydalanish vaqt va resurslardan oqilona foydalanishga imkon beradi, biznes-jarayonlar ustidan nazoratni tiklash va xodimlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar sifatini yaxshilash uchun xizmat qiladi. Boshqaruv organi korxona holatini obyektiv baholash va rejalashtirish bilan bog'liq bo'lgan aniq ma'lumotlarni hisob olish imkoniyatiga ega bo'ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020-yil 22-sentyabr kuni tarmoq va hududlarda raqamli iqtisodiyot hamda elektron hukumatni joriy qilish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishi materiallarida. 22.09.2020 yil. https://president.uz/oz/lists/view/3848.
2. Бухгалтерский финансовый учет: учебник и практикум для вузов / О.Л. Островская, Л.Л. Покровская, М.А. Осипов; под редакцией Т. П. Карповой. — 3-е изд., перераб. и доп. — Москва: Издательство Юрайт, 2024. — 432 с.
3. Бухгалтерский финансовый учет в промышленности: учебник / Т. И. Сушко. — Минск: Вышэйшая школа, 2020. — 451 с.
4. Курбанов, З. (2023). РА^АМЛИ МОЛИЯВИЙ АКТИВЛАРНИНГ БУХГАЛТЕРИЯ ХИСОБИ. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 1(4), 157-163.
5. Scott, W. (2012, August). The impact technology is having on the accounting profession. In World conference on higher education. Recuperado em (Vol. 15).
6. Rincón-Torres, A. F., Cortés-Cataño, C. F., & Acevedo-Pabón, O. L. (2022). APLICACIÓN DEL WEB SCRAPING Y EL ANÁLISIS AUTOMATIZADO A LOS
MERCADOS DE DIVISAS Y DE ACCIONES. Encuentros con semilleros, 3(1 (3)), 8-17.
7. Qudbiyev, N. T., Haydarov, U. S. O., & Kurbonova, S. A. (2022). Harajatlar hisobning zamonaviy usullari. Scientific progress, 3(1), 442-448.
8. Qudbiyev, N. T. (2023). KORXONALARNING INNOVATSION STRATEGIYASINIISHLAB CHIQISH XUSUSIYATLARI: KORXONALARNING INNOVATSION STRATEGIYASINI ISHLAB CHIQISH XUSUSIYATLARI.
9. Rasulova, S. X. (2021). ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINI KAMAYTIRISHNING IQTISODIY AHAMIYATI VA UNI TO'G'RI HISOBGA OLISH ZARURIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(10), 713-718.
10. Раззакова, Д. (2022). Системы Автоматизации Бухгалтерского Учета-Основа Эффективного Управления Экономикой. Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science, 3(5), 62-67.
11. Qudbiyev, N. T., No, D. M. O. G. L., Raximjonov, U. R. O. G. L., & Razzaqova, D. A. Q. (2022). SOLIQ ORGANLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING ROLINI OSHIRISH AHAMIYATI. Scientific progress, 3(1), 927-933.
12. Kurbonova, S. A. (2021). Mahsulot tannarxi hisobiga olishda boshqaruv hisobini takomillashtirish masalalari. Scientific progress, 2(8), 603-607.
13. Расулова, Ш. Х. (2023). Важность данных о движении затрат для повышения эффективности управления предприятием.
14. Курбонова, Ш. (2024). ЩТИСОДИЁТНИ ЭРКИНЛАШТИРИШ ВА ДИВЕРСИФИКАЦИЯЛАШ ШАРОИТИДА ЩТИСОДИЙ ТА^ЛИЛНИНГ ТУТГАН УРНИ. Iqtisodiyot va ta'lim, 25(2), 397-402.
15. Кудбиев, Д., & Мамарасулов, Д. (2024). ВОПРОСЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ УЧЕТА ОСНОВНЫХ СРЕДСТВ В СООТВЕТСТВИИ С МЕЖДУНАРОДНЫМИ СТАНДАРТАМИ ФИНАНСОВОЙ ОТЧЕТНОСТИ. Nashrlar, 81-84.