Научная статья на тему 'FEATURES OF ONOMASTIC LEXICON LEARNING'

FEATURES OF ONOMASTIC LEXICON LEARNING Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
5
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
linguistics / linguistic culture / linguistic psychology / theoretical onomastics / practical onomastics.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mamatkulova Bakhtijon Ravshanovna

In this article, the study of the onomastic lexicon is not at the level of scientific demand. But onomastic (and anthroporological) linguistics has been studied in more detail and more fully than culturology, which is the basis of linguosociology, linguopsychology, linguoculturology and similar sciences, which is in the stage of development and recovery. Based on the Lingvoculturology concepts, language takes an active part in all important aspects of cultural creation in the process of imagining the world, in such activities as the creation, postponement, and understanding of these ideas.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FEATURES OF ONOMASTIC LEXICON LEARNING»

FEATURES OF ONOMASTIC LEXICON LEARNING Mamatkulova Bakhtijon Ravshanovna

Chirchik higher tank commanding Engineering school Senior teacher of the department of

languages

shodiyonichkailhomova@gmail.com+998975989090 https://doi.org/10.5281/zenodo.10802287

Abstract. In this article, the study of the onomastic lexicon is not at the level of scientific demand. But onomastic (and anthroporological) linguistics has been studied in more detail and more fully than culturology, which is the basis of linguosociology, linguopsychology, linguoculturology and similar sciences, which is in the stage of development and recovery. Based on the Lingvoculturology concepts, language takes an active part in all important aspects of cultural creation - in the process of imagining the world, in such activities as the creation, postponement, and understanding of these ideas.

Keywords: linguistics, linguistic culture, linguistic psychology, theoretical onomastics, practical onomastics.

Аннотация. В данной статье исследование ономастической лексики не находится на уровне научной востребованности. Но ономастическая (и антропорологическая) лингвистика изучена детальнее и полнее, чем культурология, составляющая основу лингвосоциологии, лингвопсихологии, лингвокультурологии и подобных наук, находящаяся в стадии развития и восстановления. Согласно лингвокултурология conserciua, язык принимает активное участие во всех важных аспектах культурного творчества - в процессе представления мира, в такой деятельности, как создание, откладывание и понимание этих идей.

Ключевые слова: языкознание, лингвокультура, лингвистическая психология, теоретическая ономастика, практическая ономастика.

Annotatsiya. Ushbu maqolada оnоmаstik lеksikаni о'rgаnish ilmiу tаlаb dаrаjаsidа еmаs. Lеkin оnоmаstik (уа аntrороlоgik) lingvistikа - о^тщ lоуihаlаnish vа tikl^ish bоsqichidа Ы^ап lingvоsоsiоlоgiуа, lingvорsiхоlоgiуа, lingvоkulturоlоgiуа уа bu ЫЫ ^fün уо'па^ЫЫптщ аsоsi Ыо'^ап kulturоlоgiуаdаn ka'га nisbаtаn bаtаfsil уа tо'liqrоq dаrаjаdа о'^ат^ап. Lingvоkulturоlоgiуа kоnsерsiуаsigа аsоsаn til - mаdаniу ijоdning Ыаг^а muhim jаbhаlаridа -оШтт tаsаvvur qilish jаrауоnidа, mаzkur tаsаvvurlаrni qауd qilish, уоzib qо yish уа kеуinchаlik аnglаsh ЫЫ fаоliуаtlаrdа fаоl ishtimk еtаdi.

Kalit so'zlar: lingvistika, lingvokulturologiya, lingvopsixologiya, nazariy onomastika, amaliy onomastika.

Kirish.

Til - fikrining mazmunini ifodalash shakli, egallab olingan hamda saqlanadigan ne'matning ma'naviу mazmuni va nihoуat, o'zlikni anglash organi, uni anglash instrumentidir [1:30]. Onomastik materialni tadqiq qilishda lingvokulturologiyaning asosiy vazifasi - madaniy kodning madaniy semantikasiga ega bo'lgan, tabiiy til birligi hisoblanadigan onimlarning o'zaro munosabatlarining mexanizmini o'rganish va ifodalash hisoblanadi. Mazkur mexanizmning faoliyati natijasida onimlar tomonidan madaniy semantika taqdimoti amalga oshiriladi va shu bilan birga ular tomonidan madaniy belgilarni ifodalash kabi vazifalar bajariladi. Til sohiblari madaniy referensiyaga nisbatan refleksiv ravishdagi qobiliyatga ega, shuning uchun ushbu qobiliyat asosida

tabiiy tildagi onimlar bilan madaniyat "tili"ning o'zaro munosabatini ta'minlanadi, bundan tashqari ular (til sohiblari) tildagi mohiyatni, ya'ni madaniy jihatdan muhim va milliy o'ziga xos bo'lgan jihatlarni farqlay oladilar. Tarjima nazariyasida onomastika - "rangli" ma'lumotlar manbasi deb qaraladi. "Rangli" ma'lumotlar tarixiy va dinamik xususiyatga ega, shuning uchun uni aktual va tarixiy, qisqa davomiylikka ega va uzoq davomiylikka ega ma'lumotlar kabi turlarga ajaratadilar. Ma'lumki, afsonaviy realiyalar uzoq yashaydi, ular xalqning tarixida aktual ahamiyatga ega (Baba-Yaga, Koshey Bessmertniy, Jar-ptisa).

Shuning uchun ham ular lingvokulturologik lug'atlarda joy olagan [2]. Qisqa davomiylikka ega bo'lgan ma'lumotlar esa surrogat, madaniy qoldiq bo'lib, iste'molda qisqa vaqt davomidagina qo'llanadigan "nutqdagi mayda so'zlar" hisoblanadi [3:44]. Bu kabi onimlar turiga ergonim va markirovkalar kiradi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Onomastik material tarjimonga so'zma-so'z tarjimani qo'llamagan holda yuqori daraj adagi muvofiqlikka, ya'ni matn darajasidagi, mazmuniy, pragmatik va emosional darajaga erishishga imkoniyat yaratadi, chunki tarjima - qabul qiluvchi madaniyatining resipiyentida original matn resipiyentida hosil qilingan emosiyalarni xadya qila olishi lozim. Shuning uchun originaldagi mazmuniy tarkib tarjimada ham hosil qilinmog'i talab qilinadi (aks holda yuqori darajadagi badiiy asar qabul qiluvchi madaniyatda past darajali va qiziqarli emas asar sifatida namoyon bo'ladi). Atoqli otlarning lisoniy xususiyatlaridan kelib chiqib, ularni quyidagicha turlarga ajratish mumkin:

- Adabiy (badiiy) onomastika;

- Dialektik materillar asosidagi onomastika;

- Real onomastika;

- Poetik onomastika;

- Zamonaviy onomastika;

- Tarixiy onomastika;

- Nazariy onomastika;

- Amaliy onomastika.

Onomastikning tadqiqot ob'ekti sifatida quyidagilarni ta'kidlash maqsadga muvofiq:

- Onimlarning paydo bo'lishi va nomlanishidagi motivatsiya;

- Onimlarning ushbu tur sifatida qo'llanilishi;

- Tavsifi va shakliga ko'ra onimlarning bir turdan ikkinchisiga o'tish hollari (transonimizasiya);

- Makonda va lisoniy jihatdan tarqalib ketishi;

- Nutqdagi vazifalarni amalga oshirganligi;

- Turli xildagi tarkibga ega bo'lishi;

- Ijtimoiy va psixologik aspektlar;

- Yuridik status.

Onomastika atoqli otlarning fonetik, morfologik, so'z yasalish, semantik, etimologik, lingvomadaniy va boshqa aspektlarini tadqiq qiladi.

Onimlarning jamlanmasi "onimiya, yoki "onomastika" termini bilan ataladi.

Onimlar nutqda quyidagicha asosiy vazifalarni bajaradi:

- nominativ vazifa;

- differensiyalovchi vazifa;

- kommunikativ vazifa.

Ulaning fakultativ (ikikinchi darajadagi, asosiy bo'lmagan) vazifalari esa quyidagilardir:

- Informativ vazifa;

- Ekspressiv vazifa;

- Badiiy adabiyotlardagi vazifasi;

- Poetik vazifa [4].

«Umumiy atoqli otlar» [5] tushunchasini beruvchi terminlar boshqa turdagi nomlar qatoriga o'tib qolish holatlari kuzatiladi, chunki an'anaviy ravishda "onomastika" nomi ushbu onomastika sohasidagi bo'limlardagi nomlarning shaklidan bir qadar farqlanadi.

Atoqli ot - "onim", fan nomi - "onomastika", atoqli otlarning yig'indisi - "onimiya", "onomast" - ushbu fan sohasining tadqiqotchisi, onomastikaga xos lisoniy birlik - "onomastik til birligi", atoqli otlarga tegishli narsa - "onomastik birlik" deb ta'riflanadi. Atoqli otlar ro'yxati yoki ularning etnos, hudud, sosium, tarixiy davr, badiiy adabiyotga xos onimlar jamlanmasi, lug'ati -"onamastikon" deb nomlanadi.

A.V. Superanskaya [6] o'zining "Apellyativ - onoma" nomli maqolasida dokumentonim terminini ta'riflab, uning kutubxona katalogi tizimi, manbalarni izlash, ularni izohlash, ma'lumot tarqatish kabi sohaga tegishli ekanligini ta'kidlaydi. Vaqt o'tishi bilan ushbu terminning qo'llanilish tor doiraga aylangan va faqat yuridik, siyosiy, sud, notarial va sh.k hujjatlarni nomlash uchun xizmat qilgan.

N.I. Ponamaryova ilmiy amaliyotga ofisionim terminin kiritishni taklif qiladi, bu termin quyidagi tashkilot va muassasalarni nomlash uchun qo'llanadi:

1) tashkilot, muassasa va partiyalarni nomlash uchun,

2) lavozim va unvonlarni nomlash uchun.

Ofisionim yunon tilidagi oficialis - hukumat, muassasa va xizmat sohasiga doir termin hisoblanib, denotatning mohiyatini ifodalaydi [7].

Onimlar turkumiga tegishli bo'lgan yangi ism va nomlarning paydo bo'lishi bilan birga yangi terminlar ham yaratildi. N.V. Shimkevich temonim terminini taklif qiladi va unga quyidagicha izoh beradi: "agar tashkilotning nomi - ergonim termini yordamida nomlansa, mahalliy hudulardagi ob'ektlar toponim deb nomlanar ekan, u holda huquq sub'ekti sifatida namoyon bo'luvchi birlashma va muassasalarni - temonimlar deb atash maqsadga muvofiqdir" [8:12].

Ma'lumki, onomastik leksika turli xil, chunki denotatlarning o'ziga xosligi mavjud va shuning uchun onomastik leksikani tadqiq qilish ham bir nechta yo'nalishlarga ega. Onomastik ilm-fanning an'anaviy yo'nalishlari - antroponimiya va toponimiya; yosh yo'nalishlar -astrotoponimiya, mifonimiya, zoonimiya va xrematonimiy. Badiiy adabiyotlardagi atoqli otlarning stilistikasi tadqiq qilinuvchi adabiy oomastikani ham alohida ravishda ta'kidlab o'tishi lozim. Keyingi yillarda taqiqotlarning yangi yo'nalishlari paydo bo'lmoqda.

Onomastik material tarixan kategoriya sifatida o'zgarib boradi va shuning uchun ular sinxron va diaxron aspektlarda ham tadqiq qilinadi. Jamiyatning rivojlanishi natijasida onomastik makonning ham hajmi kengayib boraveradi. Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o'zgarishlar yangi, o'ziga xos narsa-predmetlarning paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Nashriyot va matbaa korxonalari, radio va teleko'rsatuvlar, musiqiy guruhlar soni ko'payib bormoqda, bularning hammasi onomastik makon chegaralarining va terminologik tizimning kengayishiga ta'sir ko'rsatadi, masalan: ergonimlar, poreyonimlar, faleronimlar, gemeronimlar.

Tadqiqotchilar (V.I. Suprun [9], I.V, V.G. Gak [10], A.G. Likov [11] v.b.) fikriga asosan, onomastik makon o'z strukturasiga ko'ra yadro (negiz) va periferiyalardan tashkil topgan maydon

ko'rinishiga ega. Ushbu yadro va periferiyalarda turli xil ob'ektlar sektorlarga bo'lingan holda joylashgan. Mazkur onomastik maydonda turli elementlar, birliklar mavjud bo'lib, ular tizimlashuvi va vazifalarini bajarishi uchun o'z qonuniyatlariga ega. Shunday qilib, onomastik makon va onomastik maydon bir-biriga o'xshamagan, lekin bir-biri bilan o'zaro bog'liq bo'lgan tushunchalardir. V.I. Suprunning ta'kidicha, birinchi tushuncha atoqli otlarni jamlangan holdagi ichki xususiyatlari bilan bog'liq, ikkinchi tushuncha esa - tizimli-struktur munosabatlar va aloqalar bo'lishligini, ushbu tizim a'zolarining iyerarxik, tartibli ravishda munosabat o'rnatishini taqozo qiladi [12:12].

Maydonga xos struktura yadroviy-periferik munosabatlarga asoslanadi, bu kabi munosabatlarda tilning binar (ikki xil, qo'sh komponentli) universal ahamiyati, ya'ni simmetriya va asimmetriya fenomeni namoyon bo'ladi [12:47]. Xususan, asimmetrizm - til birliklarining o'zgarishini, o'zaro rivoji va tizimli munosabatlarini va shu orqali ularning farqli ravishdagi xususiyatlarini tushuntirib beradi [13:23]. Yadroviy-periferik munosabatlar barcha til birliklari uchun xos xususiyat. Onomastik leksikaning (va uning alohida olingan yo'nalishdagi birliklarining) bu kabi xususiyatlarni onomastik makon va maydon strukturasida ham namoyon bo'ladi.

Xulosa.

Rus onimiyasining yadrosida antrponimlar joylashgan bo'lsa, ushbu maydonning periferiyalarida esa teonimlar, mifonimlar, zoonimlar o'rin olgan, toponim va kosmonimlarning aniq belgilangan joyi mavjud emas, ular yadroda yoki periferiyalarda joylashgan bo'lishi mumkin va ularning bu kabi xususiyatlari "til-nutq" shkalasi (darajaviy ko'rsatkichi)dagi joylashuv o'rniga bog'liq [14:16-17]. Shu nuqtai-nazardan boshqa ba'zi olimlarning qarashlari farq qiladi. Masalan, I.V. Kryukova, ta'kidicha, toponimlar, kosmonim, astronim va xeramatonimlar bilan bir qatorda maydonning markaziga yaqin joylashgan bo'ladi. Falerongimlar, dokumentnimlar, gemeronim va hokazolar periferiyadar joylashadi. Toponimlarning uchinchi darajali qatorida, fitonimlar bilan bir xil darajada joylashganiga, zoonimlar esa ikkinchi darajali qatorda o'rin olganligiga ishonib, bo'lmaydi. A.V. Superanskayaning fikriga ko'ra, ideonimiya - "xrematonimiyadan farq qilgan holda, narsa-predmetga xos deb bo'lmaydi. Badiiy asar deb biz kitobning tashqi ko'rinishini emas, balki uning mazmunini inobatga olamiz. San'at asarlari, ya'ni moy bo'yoq bilan ishlangan rasm (tasvir), skulptura, film, musiqiy va badiiy adabiyotning nomi - o'ziga xos bo'lgan belgilari bilan alohida qator hosil qiladi" [15:201].

REFERENCES

1. Superanskaya A. V. Obshaya teoriya imeni sobstvennogo. M.: Nauka, 1973. 364 s.

2. Podolskaya N. V. Slovar russkoy onomasticheskoy terminologii / Otv. red. A. V. Superanskaya. Izd. 2-ye, pererab. i dop. M.: Nauka, 1988. - 192 s. 28 000 ekz. ISBN 5-25600317-8.

3. Postovalova V.I., Kosepsii lingvokulturologii. Kazan. Lingvo. 1999. - 214 s.

4. Stepanov Y.S. Russkoye kulturnoye prostranstvo. Lingvokulturologicheskiy slovar, 2004.

5. Vinogradov V S. Lingvisticheskiye aspekti obucheniya yazika. - Moskva: Visshaya shkola, 1972. S. 44.

6. Bondaletov V. D. Russkaya onomastika / V. D. Bondaletov. M.: Prosvesheniye, 1983. - 224 s.

7. Vorobyova I. A. K voprosu o leksicheskom znachenii imyon sobstvennix. Aktualniye problemi leksikologii / I. A. Vorobyova. Tomsk: Izd-vo Tomsk. un-ta, 1971. - s. 9-16.

8. Superanskaya A.V. Apellyativ - onoma. V.: Teoriya i metodika onomasticheskix issledovaniy. M., 1986.

9. Ponomaryova, N.I. Upotrebleniye propisnoy bukvi v ofisionimax (problema sovershenstvovaniya orfograficheskoy normi). Dis.... kand. filol. Nauk / N.I. Ponomaryova. Volgograd, 2001. - 197 s.

10. Shimkevich N. V. Russkaya kommercheskaya ergonimiya: pragmaticheskiy i lingvokulturologicheskiy aspekti: Avtoref. dis. ... kand. filol. nauk. I., 2002. - 27 s. (S. 12.)

11. Suprun V. I. Onomasticheskoye pole russkogo yazika i yego xudojestvenno-esteticheskiy potensial. Volgograd: Peremena, 2000. - 172 s.

12. Kryukova I. V. Reklamnoye imya: rojdeniye, uzualizasiya, vospriyatiye: Ucheb. posobiye po speskursu. - Volgograd: Peremena, 2003. - 100 s.

13. Gak V.G. Chelovek v yazike // Logicheskiy analiz yazika. Obraz cheloveka v kulture i v yazike. M., 1999.

14. Likov A.G. Sovremennaya russkaya leksikologiya (russkoye okkazionalnoye slovo). M. Visshaya shkola, 1976. 237 s.

15. Suprun V. I. Onomasticheskoye pole russkogo yazika i yego xudojestvenno-esteticheskiy potensial. - Volgograd: Peremena, 2000. - 172 s. (S. 12).

16. Gak V.G. Chelovek v yazike // Logicheskiy analiz yazika. Obraz cheloveka v kulture i v yazike. M., 1999. (1999: 47).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.