FARZANDI NOGIRON AYOLLAR PSIXOLOGIK FAROVONLIGINI TA'MINLASHDA OILADAGI MODDIY AHVOLNING ROLI
Shoxsanam Forrux qizi Sagatova
O'zMU tadqiqotchisi
ANNOTATSIYA:
Maqolada nogiron farzandni tarbiyalayotgan ayollarning psixologik farovonligini ta'minlashning ijtimoiy shartlari, xususan oiladagi moddiy ahvolning ahamiyati tahlil qilingan. Ushbu toifadagi ayollar oilasidagi moddiy ahvol bilan psixologik farovonlik ko'rsatgichlari orasidagi o'zaro bog'liqlik K.Riffning "Psixologik farovonlik shkalasi", S.Maddining D.Leontev tomonidan moslashtirilgan "Hayotiy chidamlilik diagnostikasi" metodikalari hamda ijtimoiy-psixologik so'rovnoma natijalari yordamida o'rganilgan.
Tayanch so'z va tushunchalar: psixologik farovonlik, nogiron bolalarni tarbiyalayotgan ayollar, oiladagi moddiy ahvol, hayotiy chidamlilik.
АННОТАЦИЯ:
В статье анализируются социальные условия обеспечения психологического благополучия женщин, воспитывающих ребенка с инвалидностью, в частности, значение материального положения в семье. Изучена взаимосвязь между материальным состоянием семьи женщины в данной социальной ситуации и показателями ее психологического благополучия с помощью методик «Шкала психологического благополучия» К. Риффа, «Диагностика жизнестойкости» С. Мадди в адаптации Д. Леонтьева и результатов социально-психологического опросника.
Ключевые слова и понятия: психологическое благополучие, женщины, воспитывающие детей-инвалидов, материальное положение в семье, жизнестойкость.
ABSTRACT:
The article analyzes the social conditions for ensuring the psychological well-being of women raising a child with disabilities, in particular, the importance of the financial situation in the family. The relationship between the financial state of a woman's family in a given social situation and indicators of her psychological well -being was studied using the methods of "Psychological Well-Being Scale" by K. Ryff, "Diagnostics of Vitality" by S. Maddi as adapted by D. Leontiev and the results of a socio-psychological questionnaire.
May 2024
117
Key words and concepts: psychological well-being, women raising disabled children, financial situation in the family, resilience.
Bola rivojlanishida nogironlik aniqlanishi ota-onalar uchun o'ziga hos kechinmalarning sababiga aylanadi. Aksariyat ota-onalar farzandlarining rivojlanishida nuqsoni borligini boshqalardan, hattoki yaqin insonlaridan ham yashiradilar. Emotsional jarohatlar, aybdorlik hissi, noto'liq bolaning tug'ilishi, uning rivojlanishi, o'qishi, kelajagi bilan bog'liq bo'lgan kechinmalar ota-onalarni va yaqin qarindoshlarini butun hayoti davomida ta'qib qiladi. Ushbu jarayonda nogiron farzandni tarbiyalayotgan ayol oilasining iqtisodiy darajasi ham ahamiyat kasb etishini e'tirof etish zarur.
Biz tadqiqotimiz doirasida alohida ehtiyojli farzandni tarbiyalayotgan ayollarni psixologik farovonligini ta'minlashning ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlarini, xususan oilasidagi moddiy ahvolning psixologik farovonligiga ta'sirini hamda o'zimiz tomonimizdan ishlab chiqilgan ijtimoiy-psixologik so'rovnoma yordamida ularga tegishli umumiy ma'lumotlarni o'rgandik.
Tadqiqotimizda o'tkazilgan ijtimoiy-psixologik so'rovnomada O'zbekiston Respublikasining bir nechta viloyatlaridan kelgan turli yoshdagi, ma'lumotlilik darajasi bilan hamda oiladagi moddiy ta'minlanganlik darajasi bilan bir biridan farq qiluvchi, xozirda ba'zi kasalliklarni boshdan kechirayotgan, qarindoshlari tomonidan nogiron farzandni dunyoga keltirganlikda ayblanayotgan, nogiron farzandini parvarishlashiga turmush o'rtog'i yordam bermaydigan va yordam beradigan nogiron farzandni tarbiyalayotgan turli ijtimoiy guruhlarga mansub ayollar ishtirok etdilar. Nogiron farzandi bor ayollar oilasidagi moddiy ahvol bilan psixologik farovonlik ko'rsatgichlari orasidagi o'zaro bog'liqlik tahlil qilinganda quyidagi ko'rsatkichlarni qo'lga kiritdik:
1-jadval.
K.Riffning "Psixologik farovonlik shkalasi" ko'rsatgichlarining normal taqsimlanishga mosligini tekshirish natijalari (Kolmogorov-Smirnov Z mezoni
asosida)
Shkalalar Min Maks O'rtach a St.og'is h Kolmogorov -Smirnov Z p
Ijobiy munosabatlar 33 77 54,8 9,1 0,7 0,74
Avtonomiya 36 81 53,0 8,2 1,1 0,16
Atrof-muhitni boshqarish 34 77 54,7 8,2 1,0 0,23
Shaxsiy o'sish 34 76 56,9 7,7 0,6 0,86
Hayotdagi maqsadlar 39 78 58,9 7,9 0,8 0,63
118
May 2024
O'z-o'zini qabul qilish 29 79 53,5 9,2 0,7 0,66
Psixologik farovonlik 239 437 331,9 37,8 0,5 0,98
2-jadval.
Nogiron farzandi bor ayollar oilasidagi moddiy ahvol bilan psixologik
farovonlik ko'rsatgichlari orasidagi o'zaro bog'liqlik (Kruskal-Uollis H mezoni)
Hozirgi kunda oilangizning
moddiy ahvolini qanday H r
Ko'rsatgichlar baholaysiz?
Qoniqarli Yaxshi A'lo
(n=44) (n=108) (n=8)
Ijobiy munosabatlar 62,95 85,55 93,56 9,77 0,045*
Avtonomiya 67,75 83,24 101,44 5,47 0,242
Atrof-muhitni boshqarish 73,21 82,33 94,88 2,88 0,578
Shaxsiy o'sish 66,96 84,86 87,31 5,03 0,284
Hayotdagi maqsadlar 65,68 86,35 89,00 7,90 0,095
O'z-o'zini qabul qilish 63,31 85,30 118,31 15,55 0,004**
Psixologik farovonlik 60,48 86,27 104,88 12,18 0,016*
Izoh: * - p<0.05; ** - p<0.05
K.Riffning "Psixologik farovonlik shkalasi" bo'yicha nogiron farzandi bor ayollar psixologik farovonlik ko'rsatgichlarining ular oilasidagi moddiy ahvol darajasi bilan o'zaro bog'liqligi tahlil qilinganda, ijobiy munosabatlar (H=9,77; p<0.05), o'z-o'zini qabul qilish (H=15,55; p<0.05), psixologik farovonlik (H=12,18; p<0.05) shkalalari bo'yicha ishonchli farqlar kuzatildi. Psixologik farovonlikning ishonchli farqlar kuzatilgan barcha shkalari bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich moddiy ahvoli a'lo darajada bo'lgan sinaluvchilarda, eng past ko'rsatkich moddiy ahvoli qoniqarli darajada bo'lgan sinaluvchilarda kuzatildi. Xususan, Ijobiy munosabatlar shkalasi bo'yicha yuqori ko'rsatkich (n-8; 93,56), past ko'rsatkich (n-44; 62,95); O'z-o'zini qabul qilish shkalasi bo'yicha yuqori ko'rsatkich (n-8; 118,31), past ko'rsatkich (n-44; 63,31); Psixologik farovonlik shkalasi bo'yicha yuqori ko'rsatkich (n-8; 104,88), past ko'rsatkich (n-44; 60,48).
Oilasidagi moddiy ahvol a'lo darajada bo'lgan respondentlarimizda ijobiy munosabatlar bo'yicha olingan natija ularning boshqalar bilan qoniqarli, ishonchli munosabatlarga ega, boshqalarning farovonligi haqida qayg'uradigan, empatiya qila oladigan, qo'shimchalar va yaqin munosabatlarga imkon beradigan, insoniy munosabatlari o'zaro yondoshuvlarga asoslanadigan inson ekanliklaridan dalolat beradi. Psixologik farovonlik bo'yicha olingan natijalari ular o'zlarini jismoniy,
119
May 2024
psixologik, madaniy, ijtimoiy, ma'naviy omillar bog'liqligida ifodalanuvchi potensial imkoniyatlari cho'qqisi nuqtai nazaridan baholashlarini anglatadi. O'z-o'zini qabul qilish bo'yicha ko'rsatkichlari esa, respondentni o'ziga nisbatan ijobiy munosabatda bo'lgan, o'zining turli tomonlarini, jumladan, yaxshi va yomon fazilatlarini biladigan va qabul qiladigan, o'tmishiga ijobiy baho beradigan shaxs sifatida tavsiflashga imkon beradi.
Oilasidagi moddiy ahvol qoniqarli bo'lgan ayollarda ijobiy munosabatlar, psixologik farovonlik ko'rsatkichlari eng past darajada ekanligini kuzatdik. Ushbu natija respondentning boshqalar bilan ishonchli munosabatlarining cheklanganligini, unga ochiq bo'lish, iliqlik va boshqalarga g'amxo'rlik qilish qiyinligini, shaxslararo munosabatlarda u izolyatsiya qilingan va umidsizlikka uchraganligini, boshqalar bilan muhim munosabatlarni saqlab qolish uchun murosaga kelishni istamasligini hamda buning natijasida psixologik farovonlikning past darajasini namoyon qilishini anglatadi.
Psixologik farovonlik
O'z-o'zini qabul qilish
Ijobiy munosabatlar
0 20 40 60 80 100 120 140
■ Amo (n=8) flxmn (n=108) ^OHH^apaH (n=44)
1-rasm. Nogiron farzandi bor ayollar oilasidagi moddiy ahvol bilan psixologik farovonlik ko'rsatgichlari orasidagi o'zaro bog'liqlik.
Shuningdek, tadqiqot doirasida nogiron farzandi bor ayollar oilasidagi moddiy ahvol bilan hayotiy chidamlilik ko'rsatgichlari orasidagi o'zaro bog'liqlik tahlil qilindi.
3-jadval.
S.Maddining D.Leontyev tomonidan moslashtirilgan "Hayotiy chidamlilik diagnostikasi" metodikasi ko'rsatgichlarining normal taqsimlanishga mosligini
tekshirish natijalari (Kolmogorov-Smirnov Z mezoni asosida)
Shkalalar Min Maks O'rtach a St.og'is h Kolmogorov -Smirnov Z P
Ishtirok etish 8 53 30,8 9,5 0,9 0,45
Nazorat qilish 10 48 25,2 7,2 1,1 0,19
Tavakkal qilish 5 30 14,2 5,1 1,1 0,15
Hayotiy chidamlilik darajasi 28 114 70,2 18,3 0,7 0,73
120
^_May 2024
International Scientific and Practical Conference
Nogiron farzandi bor ayollar oilasidagi moddiy ahvol bilan hayotiy chidamlilik ko'rsatgichlari orasidagi o'zaro bog'liqlik tahlil qilinganda quyidagi natijalar qo'lga kiritildi:
4-jadval.
Nogiron farzandi bor ayollar oilasidagi moddiy ahvol bilan hayotiy chidamlilik
ko'rsatgichlari orasidagi o'zaro bog'liqlik (Kruskal-Uollis H mezoni)
Hozirgi kunda oilangizning
moddiy ahvolini qanday H r
Ko'rsatgichlar baholaysiz?
Qoniqarli (n=44) Yaxshi (n=108) A'lo (n=8)
Ishtirok etish 62,59 86,26 90,06 10,21 0,037*
Nazorat qilish 56,30 87,14 103,38 16,16 0,003**
Tavakkal qilish 69,39 84,28 91,06 4,30 0,366
Hayotiy chidamlilik darajasi 58,41 87,02 97,69 14,07 0,007**
Izoh: * - p<0.05; ** - p<0.05
Yuqoridagi jadvalda S.Maddining "Hayotiy chidamlilik diagnostikasi" metodikasining ishtirok etish (H=10,21; p<0.05), nazorat qilish (H=16,16; p<0.05), hayotiy chidamlilik darajasi (H=14,07; p<0.05) shkalalari o'rtasida ishonchli farqlar mavjudligini ko'rishimiz mumkin. Hayotiy chidamlilikning ishonchli farqlar kuzatilgan barcha shkalari bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich moddiy ahvoli a'lo darajada bo'lgan sinaluvchilarda, eng past ko'rsatkich moddiy ahvoli qoniqarli darajada bo'lgan sinaluvchilarda kuzatildi. Xususan, Ishtirok etish shkalasi bo'yicha yuqori ko'rsatkich (n-8; 90,6), past ko'rsatkich (n-40; 62,59); Nazorat qilish shkalasi bo'yicha yuqori ko'rsatkich (n-8; 103,38), past ko'rsatkich (n-40; 56,30); Tavakkal qilish shkalasi bo'yicha yuqori ko'rsatkich (n-8; 91,06), past ko'rsatkich (n-40; 69,39); Hayotiy chidamlilikning umumiy darajasi bo'yicha yuqori ko'rsatkich (n-8; 97,69), past ko'rsatkich (n-40; 58,41).
Bu natija moddiy ahvoli a'lo darajada bo'lgan respondentlarimizning "bo'layotgan voqealarga aralashish shaxsga foydali va qiziqarli narsalarni topish uchun maksimal imkoniyat beradi", degan ishonchga egaliklarini, o'z faoliyatidan zavqlanishlarini; garchi bu ta'sir mutlaq bo'lmasa va muvaffaqiyat kafolatlanmagan bo'lsa ham, "kurash" sodir bo'layotganlarning natijasiga ta'sir o'tkazishga imkon beradi, degan ishonchga ega ekanliklarini, u bilan sodir bo'lgan hamma narsa ijobiy yoki salbiy bo'lishidan qat'i nazar, tajribadan olingan bilimlar uning rivojlanishiga hissa qo'shishiga ishonishini, hayotni tajriba orttirish yo'li deb bilishini, muvaffaqiyatning ishonchli kafolatlari bo'lmaganda, o'z qo'rquvi va xavf-xatarlari
121
May 2024
bilan harakat qilishga tayyor bo'lib, oddiy qulaylik va xavfsizlikka intilishni hisobga olishini, xavfni qabul qilishning markazida tajribadan olingan bilimlarni faol o'zlashtirish va ulardan keyin foydalanish orqali rivojlanish g'oyasi mavjudligini anglatadi.
Oilasidagi moddiy ahvol qoniqarli bo'lgan ayollarda esa, ishtirok etish va nazorat qilishning past darajasi, ya'ni, "bo'layotgan voqealarga aralashish shaxsga foydali va qiziqarli narsalarni topish uchun maksimal imkoniyat beradi, degan ishonch"ning yo'qligi rad etish tuyg'usini, hayotdan "tashqarida" bo'lish hissini yuzaga keltirishini ko'rishimiz mumkin.
120
Ishtirok etish Nazorat qilish Hayotiy chidamlilik darajasi
■ Qoniqarli (n=40) ■ Yaxshi (n=108) ■ A'io (n=8)
2-rasm. Oilasidagi moddiy ahvol bilan hayotiy chidamlilik ko'rsatgichlari
orasidagi o'zaro bog'liqlik.
Yuqorida keltirilgan tadqiqot natijalaridan shunday xulosa qilish mumkinki, nogiron farzandi bor ayollarning psixologik farovonligiga, ya'ni ular o'zlarini jismoniy, psixologik, madaniy, ijtimoiy, ma'naviy omillar bog'liqligida ifodalanuvchi potensial imkoniyatlari cho'qqisi nuqtai nazaridan baholashlariga hamda o'z faoliyatidan zavqlanish, shaxsiy o'sish ishonchiga ega bo'lish, hayotni tajriba orttirish yo'li deb bilish, qulaylik va xavfsizlikka intilish kabi holatlarga ularning oilasidagi moddiy ahvol ham sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, mazkur toifadagi oilalar nuqsonli bola tug'ilishi bilan bog'liq bo'lgan emotsional jarohatlar, aybdorlik hissi, noto'liq bolaning rivojlanishi, o'qishi, kelajagi bilan bog'liq bo'lgan kechinmalar natijasida farzandlarining rivojlanishida nuqsoni borligini boshqalardan, hattoki yaqin insonlaridan ham yashiradilar, turli hil ijtimoiy tadbirlarga borishdan cheklanadilar, qo'ni-qo'shnilar bilan munosabatlari ham kamayib boradi. Buning oqibatida Davlat tomonidan beriladigan huquqiy va ijtimoiy yordam, atrofdagilardan olish mumkin bo'lgan xo'jalikka oid yordamlarni olishdan cheklanadilar. Ushbu holatlarni bartaraf etish orqali nogiron farzandi bor ayollar oilasidagi iqtisodiy ta'minlanganlik darajasining nisbatan oshishiga hizmat qiladi.
122
May 2024
REFERENCES:
1. Альтемирова Мадина Хож-Ахметовна (2016). Психологические особенности переживания хронического стресса родителями детей-инвалидов. Научные исследования, (9 (10)), 76-78.
2. Шебанец, Е.Ю. (2011). Объективные факторы субъективного благополучия матери, имеющей ребенка-инвалида (с диагнозом ДЦП). Вестник Адыгейского государственного университета. Серия 3: Педагогика и психология, (1), 180185.
3. Семенова Л.Э., Серебрякова Т.А., Гарахина Ю.Е. Психологическое благополучие и опыт родительства женщин-матерей из разных типов семей // Вестник Мининского университета. 2018. Т. 6, №2. C. 15. DOI: 10.26795/23071281-2018-6-2-15.
4. Ш. Ф. Сагатова (2023). МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЙ ПОДХОД К ОБЕСПЕЧЕНИЮ ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО БЛАГОПОЛУЧИЯ ЧЛЕНОВ СЕМЕЙ, ДЕТЕЙ С ОСОБЫМИ ПОТРЕБНОСТЯМИ. Academic research in educational sciences, 5 (NUU conference 3), 289-293.
5. Sagatova, S., Yaxshiboyeva, N. S. Q., & Rasulberdiyeva, Z. D. Q. (2024). QOBILIYATNING SHAXS SHAKLLANISHIDAGI O 'RNI. Academic research in educational sciences, 5(NUU Conference 1), 219-222.
6. SAGATOVA, S. (2022, April). CHARACTERISTICS OF INTERPERSONAL RELATIONS IN A FAMILY OF CHILDREN WITH DISABILITIES. In E Conference Zone (pp. 78-79).
123
May 2024