Научная статья на тему 'YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA MUNOSABATINING IJTIMOIYPSIXOLOGIK XUSUSIYATLATI'

YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA MUNOSABATINING IJTIMOIYPSIXOLOGIK XUSUSIYATLATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oila / motiv / yoshlar / oilaviy hayot / oiladagi rollar / yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash / psixologik tadqiqotlar. / family / motive / young people / family life / family roles / preparation of young people for family life / psychological research.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Shoumarov G’Ayrat Baxramovich, Abdusamatov Xasanboy Usmonjon O’G’Li

Ushbu maqolada yoshlarni oilaviy hayotga munosabati o’rganilgan. Maqolada yoshlarni oila haqidagi tushunchalari tahlil qilingan. Zamonaviy yoshlarni oila qurishdan maqsadi, turmush o’rtoq tashlash motivlari, farzand tarbiyasi bo’yicha bilimlari, oiladagi rollarni funksiyalarini bilish bo’yicha psixologik tahlillar keltirilgan. Maqolada psixologik tadqiqotlar natijasida olingan empirik ma’lumotlar keltirib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article examines the attitude of young people to family life. The article analyzes young people's understanding of family. Psychological analyzes of modern young people's goals for starting a family, motives for leaving a spouse, knowledge of child rearing, roles and functions in the family are presented. Empirical data obtained as a result of psychological research are cited in the article

Текст научной работы на тему «YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA MUNOSABATINING IJTIMOIYPSIXOLOGIK XUSUSIYATLATI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

muammo va yechimlar

YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA MUNOSABATINING IJTIMOIY-

PSIXOLOGIK XUSUSIYATLATI

Shoumarov G'ayrat Baxramovich

"Profi University" Toshkent filiali rektori psixologiya fanlari doktori, akademik

Abdusamatov Xasanboy Usmonjon o'g'li

ISFT instituti professor v.b. psixologiya fanlari doktori (DSc),

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada yoshlarni oilaviy hayotga munosabati o'rganilgan. Maqolada yoshlarni oila haqidagi tushunchalari tahlil qilingan. Zamonaviy yoshlarni oila qurishdan maqsadi, turmush o'rtoq tashlash motivlari, farzand tarbiyasi bo'yicha bilimlari, oiladagi rollarni funksiyalarini bilish bo'yicha psixologik tahlillar keltirilgan. Maqolada psixologik tadqiqotlar natijasida olingan empirik ma'lumotlar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: oila, motiv, yoshlar, oilaviy hayot, oiladagi rollar, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, psixologik tadqiqotlar.

ABSTRACT

This article examines the attitude of young people to family life. The article analyzes young people's understanding of family. Psychological analyzes of modern young people's goals for starting a family, motives for leaving a spouse, knowledge of child rearing, roles and functions in the family are presented. Empirical data obtained as a result of psychological research are cited in the article.

Keywords: family, motive, young people, family life, family roles, preparation of young people for family life, psychological research.

KIRISH

Mamlakatimizda oila farovonligini ta'minlash, ajrimlar sonini qisqartirish maqsadida turli chora-tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Kun sayin ortib borayotgan ajrim xolatlarining muhim omili bu yoshlarning oilaga tayyorlik jihatlari, nikohgacha bo'lgan xulq-atvor shakli bilan uzviy bo'gliq. Statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga O'zbekiston Respublikasida jami 9 729 961 ta

144

April 26, 2024

oilalar mavjud1. Respublikamiz hududlari orasida eng ko'p oilalar Farg'ona viloyatiga to'g'ri kelgan.

Nikohdan ajralish soni ham yildan yilga ortib bormoqda. Mamlakatimizda nikohdan ajrashishlar soni 2023-yil hisobidan 49,2 mingtani tashkil qilgan. Statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra, 2024-yilning 1-aprel holatiga ko'ra nikohlanuvchilar soni - 48 582 ta, nikohdan ajralishlar soni - 11 481 tadan ortgan2.

Asosiy qism. Yoshlarni oila qurishda, oilaviy munosabatlarni tartibga solishda ota-ona etalon vazifasini bajaradi. Aksariyat oilalarda ota-onalar tomonidan olingan andozalar keyingi oilaviy hayotda davom ettiriladi. Sinaluvchilarning o'z ota-onasi oilaviy hayotidagi munosabatlariga nisbatan reaksiyasini o'rganish maqsadida o'tkazilgan qisqa so'rovnoma natijalariga ko'ra quyidagi natijalar olindi (1-jadval).

1-jadval

So'rovnoma natijalari

№ Javob variantlari Javob variantlari (% hisobida)

Ha, shunday Yo'q, unday emas O'zida salbiy mazmun ifoda etgan javob O'zida ijobiy mazmun ifoda etgan javob

1 Agar oila qursangiz, oilangizning ham ota-onangiz hayoti kabi turmushgizni davom etishini istagan bo'larmidingiz? 69,0 31,1

2 Oila a'zolaringizning o'zaro munosabatlarida xatolar mavjud deb hisoblaysizmi? 33,4 66,5

3 Siz oilaviy hayotda qanday xatolarga yo'l qo'ymaslikni ma'qul ko'rasiz? 52,0 48,0

So'rovnoma orqali olingan ma'lumotlar asosida ota-onasi kabi oilaviy munosabatlarni tashkil etishni istamaydigan sinaluvchilar - 31,1% hamda oiladagi munosabatlarda xatoliklar mavjud deb hisoblovchilar - 33,4%ni tashkil etgan. Shuningdek, oilaviy hayotda qanday xatoliklarga yo'l qo'ymaslik kerakligi haqida so'ralgan savolga 52% sinaluvchi o'zida ijobiy mazmunni aks ettiruvchi (rostgo'y bo'laman, turmush o'rtog'imga ishonaman, tushunishga harakat qilaman va boshqa shu kabi) javoblarni, 48% sinaluvchilar esa salbiy mazmunni aks ettiruvchi (ichkilik ichmaslik, xiyonat qilmaslik va boshqa shu kabi "-ma" inkor tushunchasi negizida

1 https://stat.uz/uz/

2 https://stat.uz/uz/

April 26, 2024

145

ana shu salbiy xolatlar qurboni bo'lgani yoki tajribalarida, shuningdek turli filmlar, do'sti, yaqinlari oilasidagi hayotiy ta'sirlar orqali olgan xulosalari asosida) o'z javob variantlarini keltirib o'tgan.

Olingan natijalar asosida bugungi kundagi oilaviy munosabatlar yoshlar nazdida 30%dan yuqori ko'rsatkich bilan kelajak uchun o'rnak vazifasini o'tamayotgani, bunda oiladagi munosabatlar qoniqish hissi yoshlar tomonidan past ekanligi ko'rish mumkin. Bu esa, sinaluvchilar oilasidagi ota-onalarning 30%dan ortig'i oilaviy hayotga tayyor bo'lmagan holda oila qurganidan dalolat beradi.

Yoshlar tomonidan oiladagi rollar taqsimotida ustunlik kim tomonda bo'lishi yuzasidan o'tkazilgan Y.E.Aleshina, L.Y.Gozman, E.M.Dubovskayaning "Oilada rollarning taqimlanishini o'rganish testi"dan foydalanilib, yoshlarning "bolalar tarbiyalash", "oiladagi moddiy ta'minot", "oiladagi hissiy muhit", "oilada ko'ngilochar tadbirlarni tashkil etish", "uy sohibi va sohibasining roli", "jinsiy sheriklik" va "oiladagi madaniyat"da oilada xotin yoki erning, shuningdek, birgalikdagi rolini ma'qul ko'rish bo'yicha statistik tahlil qilindi (2-jadval).

2-jadval

Yoshlar fikricha oiladagi rollar taqsimoti

Oilada Oilada er- Oilada

№ Rollar xotinning xotinnning erning roli

roli yuqori roli teng yuqori

1 Bolalarni tarbiyalash 7,0 84,6 8,5

2 Oilani moddiy ta'minlash 9,6 63,8 26,5

3 Oiladagi hissiy muhit 68,6 29,5 1,8

4 Ko'ngilochar tadbirlarni tashkil etish 16,0 77,4 6,0

5 Uy sohibi va sohibasining roli 45,8 51,8 2,3

6 Jinsiy sheriklik 25,5 70,1 4,4

7 Oilaviy madaniyatni tashkil etish 28,7 68,6 2,7

Oiladagi rollar taqsimotiga ko'ra aksariyat yoshlar oiladagi asosiy rolni er va xotin birgalikda olib borishi kerak degan fkrda ekanligi quvonarli. Biroq oiladagi hissiy muhitni yaxshilash (68,6%) asosan ayollarga yuklanganini ko'rish mumkin. Shuningdek, ko'ngilochar tadbirlarni tashkil etish (16%), uy sohibi va sohibasi rolida ustunlik (45,8%), jinsiy sheriklik (25,5%) hamda oiladagi madaniyat masalasi (28,7%) oilada asosan ayollar zimmasiga yuklanayotgani gender tenglik masalasida me'yoriy buzilishlar mavjudligini ko'rsatmoqda (1-rasm).

146

April 26, 2024

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

muammo va yechimlar

1-rasm. Oiladagi rollar taqsimoti

Oiladagi moddiy ta'minot esa 26,5% ko'rsatkich bilan erkaklar zimmasiga yuklatilgan bo'lib, 9,6% ayollarga hamda 63,8% er va xotin birgalikda oila moddiy xolatini yaxshilashi kerak degan xulosalar berilgan. Umimiy hisobda oilada ayollarning roli 28,7%ni, erkaklarning roli esa 7,5%ni tashkil etgan bo'lsa, er-xotin birgalikda roli 63,7% ekanligi qayd etilgan. Oiladagi rollar bo'yicha nisbat o'rtasidagi tafovut orqali ayollarning roli erkaklarninikidan to'rt barobar yuqori ekanligini ko'rish mumkin. Bu esa erkaklarni ham oilaviy hayotga tayyorlash kerakligini, mazkur masalada o'g'il bolalarning oiladagi hissiy muhit, ko'ngilochar tadbirlarni tashkil etish, uy sohibi va sohibasining roli, oilaviy madaniyatni tashkil etish bo'yicha oilaga tayyorlashga e'tibor qaratish lozim.

Oila quruvchi yoshlarning qadriyatlarini o'rganish maqsadida "Oila qurish motivlari iyerarxiyasi" o'rganildi. Bunda oila qurishning asosiy va yetakchi omillari ketma-ketligi o'rganilib, oila qurishda birinchi o'rindan o'ninchi o'ringacha oila qurishda e'tibor qaratiladigan jihatlar tahlil qilindi. Olingan natijalarga ko'ra 1-o'rinda "Mustahkam salomatlikka ega bo'lish", 2-o'rinda "Din talablariga mos hayot kechirish", 3-o'rinda "Yaqin insonlar muhabbatini sezib yashash, do'stona munosabatlar o'rnatish", 4-o'rinda "Ma'naviy boy hayot kechirish", 5-o'rinda "Shaxs sifatida rivojlanish, havfsiz va himoyalangan bo'lish", 6-o'rinda "Moddiy farovonlikka ega bo'lish, rohat-farog'atda hayot kechirish", 7-o'rinda "Tashqi ko'rkamlikka ega bo'lish", 8-o'rinda "Erkinlik va demokratiya sharoitida yashash, to'laqonli mustaqilikka erishish", 9-o'rinda "Odamlarga xizmat qilish, kimnidir

147

April26,2024

baxtli qilish yoki baxtli bo'lish" va 10-o'rinda "Martaba, hokimiyatga erishish yoki shuhrat va mashhurlikka ega bo'lish" egallagan (2-rasm).

Martaba, hokimiyatga erishish yoki shuhrat...

Odamlarga xizmat qilish, kimnidir baxtli. Erkinlik va demokratiya sharoitida yashash,. Tashqi ko'rkamlikka ega bo'lish Moddiy farovonlikka ega bo'lish, rohat-. Shaxs sifatida rivojlanish, havfsiz va. Ma'naviy boy hayot kechirish Yaqin insonlar muhabbatini sezib yashash,. Din talablariga mos hayot kechirish Mustahkam salomatlikka ega bo'lish

10

2

1

2-rasm. Oila qurish motivlari.

Yoshlar uchun oila qurishning asosiy motivi mustahkam salomatlikka ega bo'lish, din talablariga mos hayot kechirish va yaqin insonlar muhabbatini sezib yashash, do'stona munosabatlar o'rnatishdan iborat ekan. Shuningdek, past natija qayd etgan "Odamlarga xizmat qilish, kimnidir baxtli qilish yoki baxtli bo'lish" tanlovi oila qurgach birovlar xizmatiga tayyormaslikni ham anglatadi. Bu esa qaynona-kelin yoki er-xotin munosabatlarida xizmat qilishga tayyormaslik yoki istamaslik ortidan kelishmovchiliklar kelib chiqishi omili bo'lishi mumkin.

Oilaviy ajrimlarning asosiy omili nizolardir. Biroq nizolarning ham konstruktiv yoki distruktiv tomonlari mavjud bo'lib, ajrimlar asosiy omili distruktiv nizolar sanaladi. Bunda shaxsning nizolashuvchanlik darajasini aniqlash orqali oilada nizoni bartaraf etish yoki konstruktiv nizoga almashtirish ko'nikmasini o'rganish maqsad qilindi. "Nizolashuvchanlik darajasini aniqlash" metodikasi orqali nizolashuvchanlik darajasi yuqori sinaluvchilar (1,4%) psixologik xususiyatiga ko'ra bahs, munozara, tortishuv - ular nafas oladigan havo. Boshqalarni tanqid qilishni yaxshi ko'radi, ammo ularni tanqid qilganlarni tiriklay "yeb yuborishga" tayyordir. Vazminlikning yetishmasligi va qo'rslik odamlarni ulardan bezdiradi. Ularning do'stlari ko'pemas va ular o'z xarakteri ustida ishlashlashlari lozim. Nizolashuvchanlik darajasi o'rta (18,9%) bo'lgan sinaluvchilar psixologik xususiyatiga ko'ra biroz

April 26, 2024

148

nizolashuvchanroq, biroq ilojsiz holatlardagina nizoga kirishadi. Vaqti kelganda amali va do'stlarini yo'qotib qo'yishdan qo'rqmay o'z fikrini qattiq turib h imoya qiladi. Bunda odob - ahloq me'yorlaridan chetga chiqmaydi, odamni haqorat qilmaydi. Shuning uchun odamlar uni hurmat qilishadi. Nizolashuvchanlik darajasi past bo'lgan sinaluvchilar (66,7%) psixologik xususiyatiga ko'ra tinchliksevar, nizolardan osonlik bilan chiqib ketadigan, uyda ham, ishda ham tortishuvli vaziyatlardan o'zini olib qochadigan oinsondir. Shuning uchun odamlar uni moslashuvchan inson, deb biladi. Ammo vaziyat taqazo qilganda prinsipiallikni namoyon etish ham hurmatga loyiq xususiyat sanaladi. Olingan ma'lumotlar asosida oila quruvchi yoshlarning konform, moslashuvchan ekanligini ko'rish mumkin, bu esa oilaviy hayotda nizolarni bartaraf etishning asosiy omilidir. Shuningdek, nizolashuvchanlik darajasining o'ta past ko'rsatkichining yuqoriligi yoshlarning o'z haq-huquqlarini bilmasligini ham anglatadi.

Yoshlarning oilaga tayyorlik darajasi o'rganilib, umumiy hisobda oilaga 30-50% tayyor bo'lgan yoshlar - 15,5%ni, nikohga 51-60% tayyor bo'lgan yoshlar - 26,8%, oilaviy hayotga 61-70% tayyor bo'lganlar - 37,4% hamda nikohga 71-95% tayyor bo'lganlar - 15,4%ni tashkil qilgan (3-rasm).

3-rasm. Yoshlarning nikohga ma'naviy tayyorlik darajasi

Mazkur natija esa o'g'il bolalarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasiga jiddiy e'tibor qaratish zarurligini ko'rsatmoqda. Chunki jinslar bo'yicha oilaga tayyorlik darajasi qiz bolalarda - 62%, o'g'il bolalarda esa 58%ni tashkil etgan (4-rasm).

4-rasm. Jinslar kesimida oilaviy hayotga ma'naviy tayyorlik darajasi.

April_26,_2024_

149

Ta'lim olish muassasasiga ko'ra kasb maktabi o'quvchilari - 55,3%, texnikum talabalari - 64,1% hamda institut talabalari - 65% oilaga ma'naviy tayyor ekanliklari aniqlangan. Bu esa oila quruvchilarning nafaqat yosh xususiyatlari balki ma'lumot darajasiga ham e'tibor qaratish zarurligini anglatadi (5-rasm).

64,1 65

55,3

w

Kasb maktabi Texnikum talabalari Oliy o'quv yurti o'quvchilari talabalari

5-rasm. Ta'lim muassasalaridagi kesimida yoshlarning oilaviy hayotga ma'naviy

tayyorlik darajasi

Tadqiqot natijalari orqali texnikum hamda oliy o'quv yurti talabalarida oilaviy hayotga ma'nan tayyorlik darajasi yuqoriligini inobatga olib, texnikum hamda oliy o'quv yurti talabalarining tadqiqot natijalarini alohida baholashni lozim deb topdik.

Birinchidan, oila qurishda o'g'il bolalarni ham oilaviy hayotga tayyorlash masalasiga jiddiy e'tibor qaratish zarur. Olingan natijalar asosida o'g'il bolalarning oilaviy hayotga tayyor emasligi ortidan oilaviy ajrimlar sonining ortayotganini taxmin qilish mumkin. Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida o'g'il bolalar uchun "Bo'lajak oila boshi" to'garaklarini "Yoshlar ittifoqi" kengashi negizida tashkil etish, to'garak faoliyatida o'g'il bolalarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan turli tadbir, yozgi oromgohlar, semenar-trening, ko'rgazma va musobaqalarni o'tkazish maqsadga muvofiq.

Ikkinchidan, oilada er va xotinning rolini aniqlash, ularning rollar taqsimotida gender tenglik aspektlarini inobatga oluvchi ma'naviy, huquqiy va diniy me'yorlarni ko'rib chiqish hamda "Yosh oila quruvchilar maktabi" mashg'ulotlarida mazkur mavzu yuzasidan mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlarini tashkil etish zarur.

Uchinchidan, oilada bolalarga oila qurish masalasida o'rnak bo'luvchi ota-onalar uchun maxsus ko'ngilochar tadbir va musobaqalar o'tkazish, ota-onalar uchun farzandini, ayniqsa o'g'il farzand o'stirayotganlar uchun semenar-treninglar tashkil etish lozim.

150

April26,2024

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

muammo va yechimlar

REFERENCES:

1. Abdusamatov, H. U. (2022). Migrant families by foreign scientists learned. Central asian research journal for interdisciplinary studies (CARJIS), 2(2).

2. Абдусаматов, Х. У. (2022). ХОРИЖ ОЛИМЛАРИ ТОМОНИДАН МИГРАНТ ОИЛАЛАРНИ УРГАНИЛГАНЛИГИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(2), 254-257.

3. Abdusamatov, H. (2019). SOCIAL PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF EXTRAMARITAL RELATIONS. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(2).

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4. Abdusamatov, H. (2023). Socio-psychological problems of children in migrant families and their solutions. In BIO Web of Conferences (Vol. 65, p. 06005). EDP Sciences.

5. Melibayeva, R. N., Narmetova, Y. K., Bekmirov, T. R., Bekmirov, T. R., & Abdumutalibova, M. M. (2023). Oilalarda Nevrotik Buzilishlar Sabablari Va Ularni Bartaraf Etish Usullari. AMALIY VA TIBBIYOT FANLARIILMIY JURNALI, 2(12), 695-699.

6. Narmetova, Y. K., Abdumutalibova, M. M., Mirzayeva, A. M., Maxsudov, V. G., & Turgunova, G. T. (2023). OILALARDA NEVROTIK XOLATLARNI PROFILAKTIKASI. Центральноазиатский журнал образования и инноваций, 2(12 Part 3), 42-46.

151

April 26, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.