Научная статья на тему 'FARZAND TARBIYASIDA OTA—ONALARNING MASʼULIYATI'

FARZAND TARBIYASIDA OTA—ONALARNING MASʼULIYATI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
1870
103
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
oila / ota-ona / farzand / tarbiya / mehr-muhabbat / axloqiy / maʼnaviy / oʻrnak koʻrsatish / keksa avlod / urf-odatlar / fazilat / insonparvarlik. / family / parents / child / upbringing / love / morality / spirituality / example / older generation / traditions / virtue / humanism.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — M. Hotamova

Maqolada oʻzbek oilalarida farzand tarbiyasida ota-onaning burchlari, masʼuliyati, farzand har bir ishda ota-onalariga taqlid qilishlari, tarbiya vaqtida ota-ona oʻzlari oʻrnak boʻlishlari, shuningek, oilada tarbiya davomida insonparvarlik fazilatlarigaalohida eʼtibor berishlik kerakligi haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RESPONSIBILITY OF PARENTS IN RAISING A CHILD

The article discusses the duties and responsibilities of parents in raising children in Uzbek families, the fact that children imitate their parents in everything, that parents themselves should be role models in raising children, as well as the need to pay special attention to humane qualities when raising children in a family.

Текст научной работы на тему «FARZAND TARBIYASIDA OTA—ONALARNING MASʼULIYATI»

 2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

FARZAND TARBIYASIDA OTA—ONALARNING MAS'ULIYATI Hotamova Muxfiya Gadoevna

Buxoro viloyati Shofirkon tumani 36 -maktabning Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor

o'rinbosari https://doi.org/10.5281/zenodo.6947310

Annotatsiya. Maqolada o'zbek oilalarida farzand tarbiyasida ota-onaning burchlari, mas'uliyati, farzandhar bir ishda ota-onalariga taqlidqilishlari, tarbiya vaqtida ota-ona o'zlari o'rnak bo'lishlari, shuningek, oilada tarbiya davomida insonparvarlik fazilatlarigaalohida e 'tibor berishlik kerakligi haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: oila, ota-ona, farzand, tarbiya, mehr-muhabbat, axloqiy, ma'naviy, o 'rnak ko'rsatish, keksa avlod, urf-odatlar, fazilat, insonparvarlik.

ОТВЕТСТВЕННОСТЬ РОДИТЕЛЕЙ В ВОСПИТАНИИ РЕБЕНКА

Аннотация. В статье рассматриваются обязанности и ответственность родителей при воспитании детей в узбекских семьях, то, что дети во всем подражают родителям, что сами родители должны быть образцами для подражания при воспитании, а также необходимость уделять особое внимание на гуманные качества при воспитании в семье.

Ключевые слова: семья, родители, ребенок, воспитание, любовь, нравственность, духовность, пример, старшее поколение, традиции, добродетель, гуманизм.

RESPONSIBILITY OF PARENTS IN RAISING A CHILD

Abstract. The article discusses the duties and responsibilities of parents in raising children in Uzbek families, the fact that children imitate their parents in everything, that parents themselves should be role models in raising children, as well as the need to pay special attention to humane qualities when raising children in a family.

Keywords: family, parents, child, upbringing, love, morality, spirituality, example, older generation, traditions, virtue, humanism.

KIRISH

Bola dunyoga kelib birinchi bo'lib ko'rgan kishilari-onasi, otasi, aka-opalari bo'ladi. Qarindoshlarning mehr-muhabbati bolaga chaqaloqligidan singadi. Ota-ona bola uchun butunlay g'amxo'r, rahnamo bo'lib gavdalanadi va bola ularning nasihati, tarbiyasiga ishonch bilan quloq soladi. Bola ota-onaga alohida ishonch bilan qaraydi.

Bola qalbi-oilaning surati. Unda oilaning ichki mohiyati aks etadi. Agar ota-ona manfaatparast, ta'magir kishilar bo'lsa, ular bu illatlarini oyda-yilda ko'radigan do'stlaridan yashira oladi. Lekin o'z farzandlaridan yashirish nihoyatda qiyin. Bola esh davrida ko'p qiziqadigan va juda taqlidchi bo'ladi. Bu davrda ota-ona va boshqa oila a'zolari o'zaro madaniyatli, yaxshi insoniy muomalada bo'lishlari katta ahamiyat kasb etadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Hozirgi kunda yangilanayotgan O'zbekiston sharoitida oila qadriyatlarining tiklanishi va qarindoshlik munosabatlari, har bir oilaning iqtisodiy, madaniy, kasb-kor jihatdan ravnaq topishini anglatadi. Oila va oila muammolari hamisha davlatning diqqat-e'tibori va himoyasida bo'lib kelmoqda. Jamiyat taraqqiyotini harakatga keltiruvchi hujjat bo'lgan Qomusimiz -Konstitutsiyamizda oila masalasiga ham alohida urg'u berilgan. Konstitutsiyamizda: "Oila

2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega", deb belgilab qo'yilgan.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganlaridek, "Avlodlar davomiyligini ta'minlaydigan ma'naviyat qo'rg'oni bu - oiladir». Bugungi kunda barchamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimiz barkamol avlodni tarbiyalashdir. Shu bois ham mamlakatimizda barcha xayrli ishlar avvalo oilalarni mustahkamlash va yosh avlodning yorug' kelajagini ta'minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Zero, oila sog'lom ekan, jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan, mamlakat barqarordir. Bolalar tarbiasiga nafaqat oila, ta'lim-tarbiya muassasalari balki mahalla ham ma'suldir. Chunki, farzand tarbiyasi ko'p omillarga, avvalo, axloqiy-m'naviy muhitga ham bog'liq. Ta'lim-tarbiya muassasalari bilan oila hamkorligi bunda muhim ahamiyatga ega.

Ta'kidlash joizki, axloqiy, ma'naviy, ruhiy qièfaning asosiy xususiyatlari, alomatlari bolaga oila muhitida singdiriladi. Shaxsni tarkib toptirish qancha erta boshlansa, u shunchalik tezroq ijtimoiylashib boradi. Shuning uchun tarbiyani hech bir daqiqa kechiktirib bo'lmaydi, chunki "novdani yoshligida egish oson bo'ladi". Oilada bola tarbiyalashda ishontirish, tushuntirish, nasihat, ibrat-namuna, mashq qilish, rag'batlantirish, tanbeh berish, jazolash, piching qilish kabi usullar qo'llaniladi.

TADQIQOT NATIJALARI

Ota-onalar o'rtasidagi o'zaro munosabatda hamjihatlik, mehr-oqibat, o'zaro hurmat, shirinsuxanlik bir-biriga g'amxo'rlik mavjud bo'lsa, bu xislatlar bola tarbiyasiga ijobiiy ta'sir ko'rsatadi.

Oila a'zolarining fahm-farosati, qiziqish va qobiliyati, ehtiyoj va mayli, intilishi va hohishi, tiyrakligi va zukkoligi bir-birlariga o'xshash bo'lsa, u holda, ota-onaning inoq va ahil turmush kechirishi, shaxslararo munosabatning izchil va mustahkam bo'lishiga zamin hozirlaydi. Mustahkam oila muhitini barpo etish uchun eng avvalo, oila boshliqlari o'zaro bir-birlarini tushunib turmush kechirishlari, tarbiya maqsadi va vazifasidagi birlik, hamjihatlik, yaqinlik, uzviy bog'liqlik yuzaga keladigan va kelishi mumkin bo'lgan qarama-qarshiliklarni bartaraf etish uquvi nihoyatda zarur.

MUHOKAMA

Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, o'zbek oilasida ota-onaning xoh o'g'il, hoh qiz, hoh to'ng'ich, hoh kenja farzand bo'lsin ularga birday bo'lishi tarbiya samaradorligini oshiradi. Ana shuning uchun farzandlarni haddan tashqari erkalatmaslik, ajoyib insonlar namunasi orqali o'g'il-qizlarning fe'l-atvor xislatlarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Albatta har bir ota-onaning eng muqaddas orzu-niyatlaridan biri bu farzand ko'rish, uni har tomonlama rivojlangan etib tarbiyalash, yaxshi kasb, chiroyli qalb egasi, yetuk shaxs etib voyaga yetkazish. Shaxsning kim bo'lishidan qat'iy nazar, eng avvalo insonparvarlik xususiyatlari, odamlarga bo'lgan iliq munosabat o'zaro hurmat, bir so'z bilan aytganda, oilada insonparvarlik tarbiyasi har qanday tarbiyadan ustundir. XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, Insonlar farzandli bo'lishdek baxtga erishish bilan birga ota-onalik vazifasini va mas'uliyatini ham to'la anglab yetishlari lozim deb o'ylayman. Chunki jamiyatimizning baxtli kelajagi uchun barchamiz mas'ulmiz.

Bolalar - oila va jamiyatning ko'zgusidir. Bolalarning yosh qalbiga hamma narsadan ko'ra o'rnak ko'rsatish kuchli ta'sir etadi, ota-onalarning ko'rsatadigan o'rnagi (ibrati) esa ularning

2G22

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

qalbida boshqa hamma kishilarning o'rnagiga qaraganda chuqurroq va mustahkamrok iz qoldiradi.

Oilaviy tarbiya doimo mavjudligi, ko'rsatmaliligi va serjiloligi bilan ajralib turadi. Unda odobga doir tadbirlarni bolaga to'g'ri o'rgatish, maslahat berish, kattalar tajribasigina emas, balki oilaning yashash tarzi, muhiti, ota-onalarning kasb hunari, oila a'zolarining ma'naviy- ruhiy munosabatlari katta rol o'ynaydi.

Shunisi quvonarliki, hozirda oilalarda ota-onalarning farzand tarbiyasiga bo'lgan e'tibori kundan-kunga kuchaymoqda. Bunga sabab muhtaram yurtboshimiz tomonidan xalq manfaatlari uchun barcha sohalarga bo'lgan e'tibor, olib borilayotgan islohotlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar, berilayotgan imkoniyatlardir. Bunday imkoniyatlardan to'laqonli foydalanib kelayotgan ota-onalar farzandlari tarbiasiga o'ta ma'suliyat bilan qaramoqdalar. Chunki, farzand Olloh tomonidan ato etilgan ulug' ne'mat bo'lishi bilan birga, u ota-onaga topshirilgan ma'suliyat hamda omonatdir. Farzandlar - kelajagimiz ekan, ularni ham jismonan, ham ruhan, ham ma'nan sog'lom bo'lib kamolga etkazish barchamizning asosiy vazifamiz bo'lib qolishi kerak.

REFERENCES

1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. -T.:O'zbekiston, 2017.

2. 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi// https://www.lex.Uz

3. ^ofomob Ж. Оилада маънавий-ахлокий тарбия. -Тошкент. "Мах,алла кутубхонаси". 2015

4. Исроилов Н., Машарипова Г., Исроилов Б. Оилада бурч тарбияси-маънавий комиллик асоси.-Тошкент. "Маънавият" 2015

5. Саифназаров И., Саифназарова Ф. Ёшлар ва оила-Ватан таянчи.-Тошкент. "Таълим нашртети". 2018

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.