Научная статья на тему 'FARQLI DAVR VA TURFA ISHONCHLARDA OY VA YULDUZ RAMZINING AKSLANISHI, HAMDA ULAR ANGLATGAN ISHONCH TASAVVURLARINING TALQINI'

FARQLI DAVR VA TURFA ISHONCHLARDA OY VA YULDUZ RAMZINING AKSLANISHI, HAMDA ULAR ANGLATGAN ISHONCH TASAVVURLARINING TALQINI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
25
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ilk qahramon arxitip / Lillit / Havvo / kosmologik simvollar / iloha Nanaia / iloha Ishtar / pentogram / madaniy kod. / the first heroic archetype / Lilith / Eve / cosmological symbols / goddess Nanaia / goddess Ishtar / pentogram / cultural code

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Haydarova Dilbar Zafaraliyevna

Ushbu maqolada biz ming yilliklar mobaynida yashab kelayotgan kosmologik ishonch va simvollarning tarixiga, ularning madaniy kodlar orqali turli din va madaniyatlarga transformatsiya bo‘lishiga, hamda yarim oy simvolining islom olamiga kirib kelishi haqidagi qarashlar xususida so‘z yuritdik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE REFLECTION OF THE MOON AND STAR SYMBOL IN DIFFERENT PERIODS AND TYPES OF BELIEFS AND THE INTERPRETATION OF THE IMAGES OF FAITH THEY SIGNIFY

In this article, we talked about the history of cosmological beliefs and symbols that have existed for thousands of years, their transformation into different religions and cultures through cultural codes, and views about the introduction of the crescent moon symbol into the Islamic world.

Текст научной работы на тему «FARQLI DAVR VA TURFA ISHONCHLARDA OY VA YULDUZ RAMZINING AKSLANISHI, HAMDA ULAR ANGLATGAN ISHONCH TASAVVURLARINING TALQINI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(9), September, 2023

FARQLI DAVR VA TURFA ISHONCHLARDA OY VA YULDUZ RAMZINING AKSLANISHI, HAMDA ULAR ANGLATGAN ISHONCH

TASAVVURLARINING TALQINI

Haydarova Dilbar Zafaraliyevna ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada biz ming yilliklar mobaynida yashab kelayotgan kosmologik ishonch va simvollarning tarixiga, ularning madaniy kodlar orqali turli din va madaniyatlarga transformatsiya bo'lishiga, hamda yarim oy simvolining islom olamiga kirib kelishi haqidagi qarashlar xususida so 'z yuritdik.

Kalit so'zlar: ilk qahramon arxitip, Lillit, Havvo, kosmologik simvollar, iloha Nanaia, iloha Ishtar, pentogram, madaniy kod.

ABSTRACT

In this article, we talked about the history of cosmological beliefs and symbols that have existed for thousands of years, their transformation into different religions and cultures through cultural codes, and views about the introduction of the crescent moon symbol into the Islamic world.

Key words: the first heroic archetype, Lilith, Eve, cosmological symbols, goddess Nanaia, goddess Ishtar, pentogram, cultural code.

АННОТАЦИЯ

В этой статье мы рассказали об истории космологических верований и символов, существовавших на протяжении тысячелетий, их трансформации в разные религии и культуры посредством культурных кодов, а также взглядах на внедрение символа полумесяца в исламский мир.

Ключевые слова: первый героический архетип, Лилит, Ева, космологические символы, богиня Наная, богиня Иштар, пентограмма, культурный код.

KIRISH

Ming yilliklar mobaynida dunyo va inson ko'p o'zgardi nazdimizda. Ammo bu u qadar ham to'g'ri fikr emas. Aslida tafakkur tarzimiz, dunyoni anglashimizda keskin evrilishlar bo'lmadi. Asos ildiz mingyilliklar qa'ridan aynan bo'y cho'zib bugunga qadar yetib kelmoqda. Faqat o'zgarib, yangilanib turgan dinlar ta'sirida qadimiy tafakkur tarzi go'yo egniga yangi libos kiyayotganday. Hattoki bizga qadriyat jihatidan anchayin yaqin sanaluvchi ibrohimiy dinlar bugunga qadar o'zida qadim miflar va ishonchlarni u yoki bu ko'rinishini tashimoqda. Bu ishimizda madaniy kodlarning dindan dinga tranformatsiya bo'lish jarayoni haqida so'z

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

yuritamiz. Islom diniga oy - hilol ramzi qanday va qachon kirib kelgani borasidagi mushohadalarga to'xtalamiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bizga eng yaqin madaniyat bo'lmish Islomda ham kosmologik ishonch va u bilan bog'liq bir qancha simvollarni kuzatish mumkin. Bu kabi shakllar ongostidagi qattiq ishonchlardan dalolatki, mutlaq yangi din qarshisida ham sinmay, aksincha o'z muqaddasligini saqlab qola olgan. Islomdagi eng mashhur simvollardan biri hilol va yulduzdir. Xo'sh, nega aynan yulduz va oy? Ularning asos negizi qayerga va qaysi ishonchga borib taqaladi? Shu kabi savollarga javob izlash maqsadida ushbu maqolamizda tarixiy-qiyosiy va qiyosiy-tipologik metodlardan foydalandik.

MUHOKAMA

Dunyo to'rt unsurdan yaraldi va bu unsurlar: tuproq, havo, suv va olov yetarlicha ilohiylashdi. Miflarni ham buyuk to'rtlik asosida yaralgan deyish mumkin. Adabiyot, falsafa, psixologiya va tarix mana shu to'rtlik kesishgan onda mif yuzaga keladi. Amerikalik olim Jozef Kampbellning fíkricha esa, miflar xato formatda biografiya va tarix tariqasida o 'rganilgan psixologiyadir.

Mifologiya o'zining qadimiy va sehrli "vujud"i bilan kundalik hayotimizga ta'sir ko'rsatib kelyapti. Bu savolga turlicha javob izlash mumkin, islomda taqvim oy hisobidan yuritilgan, yoxud bir necha hadislarda oy bilan bog'liq ishoratlar mavjud, xususan, ro'zani oy chiqishiga qarab tutish bugungacha saqlanib kelyapti va h.k. Ammo bularning hech biri o'zining to'la ishonchli asosiga ega emas. Chunki Muhammad payg'ambar va undan so'nggi ilk asrlarda islom dinida hilol ya'ni yangi chiqqan oy bilan bog'liq hech qanday simvolik belgilarni uchratmaymiz. Bayroqlar ham faqat rangiga ko'ra farqlangan, ularda ham hech qanday ramz va belgilar bo'lmagan. Oy tasvirining musulmon o'lkalarga kirib kelishi Usmonlilar imperiyasi bilan bog'liq. Versiyalarga ko'ra, XV asrning o'rtalarida Sulton Muhammad II Konstantinopol hujumiga tayyorgarlik ko'rayotganda osmondagi noyob hodisani yaqin atrofdagi yulduz bilan teskari yarim oy shaklida kuzatgan. Sulton bu vahiyni yaxshi alomat deb bildi. Darhaqiqat, ertasi kuni u shaharga muvaffaqiyatli hujum uyushtirishga muvaffaq bo'ldi ( https://uz.cultureoeuvre.com/10606085-why-the-crescent-moon-is-a-muslim-symbol).

Ammo boshqa bir talqinga ko'ra esa, miloddan avvalgi IV asrda Makedoniya qo'shini Konstantinopolni (hozirgi Istanbul) bosib olishga harakat qiladi. Hujum omadsiz yakunlanadi: hujum bo'lgan kecha osmonda makedoniyaliklarni harakatlarini ochib bergan yorqin yarim oy chaqnab turardi. Bosqinchilarning

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

hujumini qaytargan vizantiyaliklar oyni mamlakat ramzi hisoblay boshlashgan. 1453 yilga kelib Vizantiya imperiyasini usmonli turklar qo'shini bosib oldi. G'alaba quchganlar mag'lub mamlakatning urf-odatlarini saqlab qolishdi va ularda ommalashgan ramzlaridan keng foydalana boshlashdi (Musurmonov B. - Nima uchun yarim oy islom dini ramzi hisoblanadi - https://aniq.uz/uz/yangiliklar/nima-uchun-yarim-oy-islom-dini-ramzi-hisoblanadi ) va shu tariqa hilol musulmon o'lkalarning muqaddas simvoliga aylandi. Yana boshqa manbaaga yuzlansak, sosoniylar ta'sirida usmoniylar yangi oy - hilol razmini o'z bayroqlariga ko'chirib o'tkazgan va keyinchalik bu diniy ma'no kasb etgan. Biroq dunyo mifologiyasiga murojaat qilsak, oyning ramz o'laroq xalqlar madaniyatiga kirib kelishi yanada qadimiyligiga guvoh bo'lamiz.

Oy ilk qahramon arxitip hisoblanib bir qancha qadimiy xalqlar tafakkur tarzida muhim o'rin egallagan. Eng qadimgi shumer miflarida Oy erkak tangri sifatida tasvirlangan. Qadimgi turkiy xalqlarda ham Oy erkak xarakterdir. Afsonalarga ko'ra, Oyning ikki ayoli mavjud bo'lib, birinchi xotini Lilit - Tong yulduzidir va u salbiy obrazda gavdalanadi. Ikkinchi xotini Havvo - Oqshom yulduzi sifatida tasavvur etilgan va tamomila ijobiy qahramon hisoblangan. Bu ikki yulduz ham aslida Veneraning o'zi bo'lib, uning ikki farqli obrazini mujassamlashtiradi. Ya'ni Veneraning ijobiy obrazi Havvo deyilib, u besh burchakli yulduz (pentogram) shaklida tasvirlangan. Venerani turkiy xalqlar Sevut, Sevit, Sevi, Sevuk ya'ni "muhabbat yulduzi" deb nomlashgan. Yoki turkiylardagi yana bir mashhur nomi Cho'lpon - Tong yulduzidir. Cho'lpon - Venerani turkiy xalqlar sakkiz qirrali yulduz shaklida tasvirlashgan1. Sakkiz qirrali yulduz simvoli shumerliklarda ham mavjud bo'lib, u sevgi va urush ilohasi bo'lgan Ishtarni tamsil etadi (Gipson, 2023).

Kushon madaniyatida iloha Nana yoki Nanaia ( bu iloha eron madaniyatida Anahita nomi bilan namoyon bo'ladi) ning boshida uzra Hilol ko'rinadi. Hilolning ichida uch nuqtali simvolik belgi ham tasvirlangan va u turkiy harf bo'lib, runik yozuvda "Ant" ya'ni "ont" deya o'qiladi (Bilgili, 2022: 60). Boshqa bir manbada esa Nanaia to'rt qo'lli iloha sifatida tasvirlangan bo'lib, ikki o'ng qo'lida Quyosh va hassa/aso tutgan holda, qolgan ikki chap qo'lida esa Oy va ont qadahi ushlagan holatda gavdalanadi. Eron madaniyatida, xususan, zardushtiylik bilan bog'liq asarlarda Veneraning yana bir anologi bo'lmish Anahita bir qo'lida Quyoshni, boshqasida esa Oyni ushlab turgan holatda tasavvur etilgan va bu ilohiy uchlik ko'plab xalqlarning afsonalarida ham uchraydi. Masalan, Misir miflarida Isida -Venera, Osiris - Oy, Horus - Quyosh uchligi bo'lsa, xristianlarda Mariyam - Venera,

1 Boshqa bir madaniyatda ya'ni Janubiy Amerika xalqlarida, xususan Apachilarda tong yulduzi to'rt qirrali yulduz sifatida tasvirlangan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(9), September, 2023

Jabroil - Oy, Iso - Quyosh sifatida tasavvur etilgan. Bu mashhur uchlikni islom ma'daniyatida ham uchratish mumkin: Fotima - Venera, Ali - Oy va Muhammad payg'ambar - Quyosh ramzlari bilan uyg'unlashtiriladi (Bilgili, 2022: 60-61). Qolaversa, Turkiylarning mashhur dostonlaridan bo'lgan "O'g'uznoma"da ham O'g'uzxonning uch o'g'li Kun ya'ni Quyosh, Oy va Yulduz deb nomlanadi. O'rta Osiyo hududlarida yashagan turk-shomonlarining maxsus liboslarida ham Quyosh va Oy tasviri tushirilgan (Gurjan, 2018). Odatda, liboslarning o'ng tomonida Quyosh, chap tarafida esa Oy tasvirlangan. Bulardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, qadimgi turklarning kosmologik tafakkurida Oy, Yulduz va Quyosh alohida ahamiyatga ega simvollardir va bu kabi holatlar boshqa farqli o'lkalarda ham biroz evrilishlar bilan takrorlangan. Bundan ko'rinadiki, barcha ibtidoiy xalqlar tafakkur tarzida bo'lgani kabi, qadimgi turkiylarda ham kosmologik ishonch mavjud bo'lgan va bu ishonch turli, ammo bir-biriga o'xshash tarzda diniy e'tiqodlariga chuqur kirib borgan.

NATIJA

Oy, Yulduz kabi kosmologik simvollar eng qadimdan insoniyatning tafakkur mahsulida muhim o'rin egallab kelmoqda. Sakkiz qirrali yulduz qadimgi shumerliklarda iloha Ishtar ya'ni Inannaning ramzi hisoblansa, qadimgi turkiy xalqlar uni Cho'lponning simvoli sifatida ifodalagan. Biroq boshqa turkiy xalqlar pentogram ya'ni besh qirrali yulduzni ilohiylashtirgan. Bunday yondashuvni yunon-rim madaniyatlarida ham uchratish mumkin. Bugungi kunimizda esa pentogramni O'zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog'ida uchratish mumkin. Qolaversa, kunimizdagi bir qancha turkiy xalqlar ham besh qirrali yulduz simvolidan foydalanishadi.

Hilol ya'ni yangi chiqqan Oy ramzi ham bir qancha qadimiy xalqlar tafakkurida chuqur o'rin olganini guvohi bo'ldik. Yunon-rim madaniyatlarida Artemida, Diana, Luna va Hekate kabi ilohalarni anglatsa, Kushon va Eronda Nanaia hamda Anahitaning ramzlaridan biri sifatida gavdalantirilgan. So'g'd ilohasi Nananing tasviri tushirilgan va miloddan avvalgi 658-yilga tegishli deb topilgan tangada hilolni uchratish mumkin. Bugun esa hilol - yangi oy tasviri islom madaniyatining o'ziga xos bir simvolik belgisi sifatida "yashamoqda".

XULOSA

Davrlar o'tsa ham, madaniyatlar o'zgarsa ham ilk insoniy tafakkur va tushuncha tarzi deyarli o'zgarishsiz transformatsiya bo'lmoqda. Islom diniga ham o'rta asrlarda kirib kelgani iddao qilinuvchi yarim oy - hilol razmining ildizlari qadimgi xalqlarga,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

xususan turkiy xalqlar diniy ishonchiga olib borishini guvohi bo'ldik. Shu bilan birga simvol va ramzlarning yashovchanligini esa hayratlanarli tarzda ijobiy baholash mumkin. Chunki tamomila yangi madaniyat va tafakkur mahsulida ham eski va deyish mumkinki, o'lmas simvollarni uchratish mumkin. Mana shu yerda psixoanaliz yordamga keladi. Demakki biz nafaqat biolgik DNK larimizni avlodlarga o'tkaza olamiz, hattoki ongosti ishonch mahsullari ham qandaydir yo'sinda transformatsiya bo'lmoqdaki, mingyilliklar qa'ridagi odam va bugun biz zamonaviy deb bilgan inson o'rtasidagi tafakkur tarzi u qadar ham ayro ketmagan. Ya'ni madaniy kodlar ham insoniyat genida avloddan avlodga, eski tuzumdan yangi tuzumga, bir ishonchdan boshqa biriga o'ziga xos tarzda tashilmoqda. Buni biroz badiiy yo'sinda shunday ifodalash mumkin, dunyo mifdan boshlandi va mif-la yakunlanajak.

REFERENCES

1. Claude Levi-Strauss. Myth and meaning. - Minator, 2023.

2. Jon H. Bechtel. Mitoloji so'zlug'u. - Istanbul. Maya, 2023.

3. Kevser Gurjan. Muqaddas shaman liboslari. - Istanbul, 2018.

4. Klara Gipson. Simvollar qanday o'qiladi? - Istanbul. Alfa, 2023.

5. Nuray Bilgili. Turk mifologiyasida ilohalar va jodugarlar. - Istanbul. Hermes, 2022.

6. Mamanovich, R. H. (2021). Civil Society: Prosperities of Decentralization in Management. Middle European Scientific Bulletin, 18, 359-362.

7. Mamanovich, R. H. (2022). The mass media as a subject of political and legal propaganda. European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 2(10), 122-128.

8.

9. https://aniq.uz/uz/yangiliklar/nima-uchun-yarim-oy-islom-dini-ramzi-hisoblanadi

10. https://uz.cultureoeuvre.com/10606085-why-the-crescent-moon-is-a-muslim-symbol

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.