FARG'ONA VILOYATINING UNUMDORLIGI PAST TUPROQ SHAROITI UCHIN MOS YUQORI HOSILLI, KOSERVABOP
SHAFTOLI NAVLARI
1Mahmudov Adham Azizovich, 2Yuldasheva Go'zal Qahhor qizi
1qishloq xo'jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim, 2tayanch-doktorant, Akademik Mahmud Mirzaev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Farg'ona ilmiy tajriba stansiyasi https://doi. org/10.5281/zenodo. 13950600
Annotatsiya. Ushbu maqolada shaftolining turli navlari hosildorligi va mevasida o'tkazilgan biokimyoviy tahlil natijalari berilgan.
Tadqiqotlar shaftoli navlarining hosildorligi, meva sifati, qimmatli xojalik belgilariga ko" ra engyaxshilarini aniqlash maqsadida o'tkazilgan.
Ma'lumki, mevaning biokimyoviy tarkibi, jumladan umumiy kislota miqdori meva ta'miga, uning qayta ishlangan mahsulotlari sifatiga hamda ulami qayta ishlash texnologiyasiga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi. Meva tarkibida kislota miqdori qancha yuqori bo'Isa, махсулотларни qizdirish jarayonida mikroorganizmlar tezroq halok bo'ladi. Shuningdek, murabbo tayyorlash kislotali muhitda o'tkazilsa, saxarozaning bir qismi glyukoza va fruktozaga aylanishi sababli kristallanish bo'lmaydi. Tadqiqotlar 2023-2024 yillarda Farg'ona ilmiy-tajriba stansiyasining unumdorligi past, tosh-shag'alii yerida barpo qilingan shaftolining kolleksia bog'ida mahalliy, xorijdan introduksia qilingan turli navlarida mevaning bikimyoviy tahlil natijalariga asosan baho berishga harakat qilingan. Shaftoli mevasining biokimyoviy tarkibi refraktomer uslubida aniqlanganfl],Shaftoli hosildorligi bo'yicha ustun bo'lgan navlar sifatida Ifora, Hosiyat, Chempion, biokimyoviy ko 'rsatkichlariga asosan konserva sanoatida xom-ashyo uchun ishlatishga mos navlar sifatida Hosiyat, Vostok navlari aniqlab berilgan.
Kalit so'zlar: hosildorlik, shaftoli, biokimyoviy tahlil, quruq modda, qand,umumiy kislota, vitamin S, nitrat miqdori.
Аннотация. В этой статье приводятся урожайность и результаты биохимического анализа, проведенного в плодах различных сортов персика.
Исследования проводились с целью определения лучших сортов персика по урожайности, качеству плодов и по хозяйственно-ценным признаком.
Известно, что биохимический состав плодов, в том числе общее содержание кислот, существенно влияет на вкус плодов, качество продуктов и технологию их переработки. Чем выше количество кислоты в плодах, тем быстрее погибают микроорганизмы в процессе нагревания продукции. Также, если приготовление варенья осуществляется в кислой среде, кристаллизация не произойдет за счет превращения части сахарозы в глюкозу и фруктозу.
В 2023-2024 годах была предпринята попытка оценить местных и интродуцированных сортов персика путем проведения биохимического анализа в саду заложенном на малоплодородной почве Ферганской научноэкспериментальной станции. Биохимический состав плодов персика определен рефрактомерным методом [1].В качестве высокоурожайных выделены сорта Ифора, Хосият, Чемпион, по биохимическим показателям пригодным дагя использования в качестве сырья в консервной промышлености сорта Хосият и Восток.
Ключевые слова: урожайность, персик, биохимический анализ, сухое вещество, сахар, общая кислота, витамин С, содержание нитратов.
Abstract. This article presents the results of biochemical analyses and the productivity of
various peach varieties. The research was conducted to identify the best varieties based on productivity, fruit quality, and valuable agronomic traits.
It is known that the biochemical composition of fruit, including total acid content, significantly affects the taste of the fruit, the quality ofprocessed products, and the technology used in processing. The higher the acid content in the fruit, the faster microorganisms are eliminated during die heating process of products. Moreover, when jam is prepared in an acidic environment, part of the sucrose is converted into glucose andfructose, preventing crystallization.
The research, conducted in 2023-2024, was carried out in a collection orchard of peaches established on low-fertility, stony-gravelly soil at the Fergana Scientific Experimental Station. It focused on evaluating the biochemical analysis results of various local and introduced peach varieties. The biochemical composition of peach fruit was determined using the refractometer method [1]. Among the varieties, 'Ifora,' 'Khosiyat,' and 'Champion' were identified as superior in terms of productivity. Based on biochemical indicators, 'Khosiyat' and 'Vostok' varieties were determined to be suitable
as rav material for the canning industry.
Keywords: yield, peach, biochem cal analysis, dry matter, sugar, total acid, vitamin C, nitrate content.
Tadqiqot natijalari va ularning tahlili
Navning eng muhim qimmatli xo 'jalik belgisi hisoblangan hosildorlik bo'yicha olingan ma'lumotlar sinalayotgan navlaring har xil potensial imkoniyatga egaligidan dalolat beradi. 2023 yili hosildorlik bo'yicha eng yuqori natijalarga tuksiz navlardan Lola (97,6 s/ga), Ifora (151,5 s/ga), Hosiyat (137,0 s/ga), tukli navlardan Chempion (125,0 s/ga), Elberta (122,3 s/ga) navlarida erishilgan(l-jadval). Ortacha ikki yillik natijalarga ko' ra etalon Lola navida 97,7 sentner hosil olingan bo'Isa, Hosiyat navida 120,3 sentner, Ifora navida 120,6 sentnemi tashkii qilib, mos ravishda 22,6 va 22,9 sentner qo'shimcha hosil olingan. Tukli navlar hosildorligini taxlil qilishdan malum bo'lishicha, etalon Chempion navida hosildorlik o rtacha ikki yilda 114,3 sentnemi tashkii qilgan bolsa, boshqa barcha tukli navlarda hosildorlik nisbatan kam boigan. Etalon nav hosildorligiga yaqin ko'rsatkich faqat Elbert navida qayd etilgan boiib, hosildorlik 110,1 sentnemi tashkil qilgan. Shunday qilib, tadqiqot natijalari hosildorlik imkoniyati bo'yicha eng yaxshi navlar sifatida tuksizlardan Ifora, Hosiyat, tuklilar ichida Chempion, Elbert navlarini tavsiya qilish mumkinligini ko'rsatmoqda.
1-jadval. Turli shaftoli navlarida hosildorlik (2023-2024 y.)
№ Navlar nomi hosildorlik, s/ga
1 ga maydonda nazoratga nisbatan
2023 2024 ortacha 2023 2024 o'rtacha
tuksiz navlar
1 Lola (naz) 97,6 97,8 97,7 0 0 0
2 Oq luchchak 61,3 64,7 63 -36,3 -33,1 -34,7
3 Qizil luchchak 108,4 85,9 97,1 10,8 -11,9 -0,5
4 Muyassar 89,6 84,6 87,1 -8 -13,2 -10,6
5 Zarg'aldoq 103,6 68,1 85,8 6 -29,7 -11,8
6 Ifora 151,5 89,8 120,6 53,9 -8 22,9
7 Hosiyat 137 103,6 120,3 39,4 5,8 22,6
tukli navlar
1 Chempion (naz) 125 103.7 114,3 0 0 0
2 Elberta 122,3 98.0 110,1 -2,7 -5,7 -4,2
3 Vostok 101,1 91.5 96,3 -23,9 -12,2 -18
4 Kras. Moskva 98,1 90.0 94 -26,9 -13,7 -20,3
5 Anjir shaftoli 66,4 87.5 76,9 -58,6 -16,2 -37,4
Tadqiqodlarimiz shaftoli mevasi tarkibidagi qand miqdori bilan quruq modda miqdori o'rtasida deyarli to'g'ri bog'liqlik borligini ko'rsatdi. Jumladan, tuksiz navlar uchun andoza sifatida olingan Lola navida qand miqdori o'rtacha ikki yilda 12 foizni tashkil qilganini ko'rsatdi (2-jadval). Oq luchchak navida ushbu ko'rsatkich 14,4 foiz darajasida aniqlanib, bu borada sezilarli ustunlik qayd etildi. Qand miqdori bo'yicha eng past ko'rsatkich Hosiyat navi (7,9 foiz)ga tegishli boldi.
Tahlil natijalaryning ko'rsatishicha shaftoli mevasi tarkibidagi quruq modda miqdori tuksiz navlar uchun andoza sifatida olingan Lola navida 2023-2024 yillar bo'yicha o'rtacha 17,2 foiz darajasida qayd etilgan (1-jadval). Andozaga nisbatan ustunlik Oq luchchak (19,1 foiz) va Qizil luchchak (18 foiz) navlarida aniqlangan.
Tukli navlar tahlili quruq modda miqdori Chempion (nazorat) navida 2023- 2024 yillar bo'yicha ortacha 15,7 foizni tashkil qilgani holda ushbu ko'rsatkich bo'icha Krasnaya Moskva va Anjirshaftoli navlarida (17,3-18,4 foiz) nazorat naviga nisbatan sezilarli ustunlik qayd etilgan. Tukli navlar ichida Anjirshaftoli navida qand miqdori 14,9 foizni tashkil qilib Chempion (12,0 foiz) andoza naviga nisbatan ustunlik kuzatildi.
Umumiy kislota miqdori tuksiz navlrda 1,05-1,3 foiz, tukli navlarda 1,01-1,15 foizni tashkil qildi. Lekin tuksizlar ichida Hosiyat (1,3 foiz), tuklilar ichida Vostok (1,15) navlarida kislota miqdorining yuqoriligi ushbu navlaming qayta ishlash sanoatida foydalanishga mosligidan dalolat beradi. Meva eti qizg'is ranglii bo'lgan Hosiyat (13,8 foiz) va Krasnaya Moskva (14,10 foiz)
navlarida askorbin kislota miqdorining yuqoriligi qayd etildi. Ilmiy manbalarga Kora shaftoli meva etining qizil rangli bo'lishi inson tanasidan radioaktiv moddalami chiqarib tashlash xususiyati borligi bildiradi[2].
Xulosa va tavsiyalar
Farg'ona voloyatining unumdorligi past tuproq sharoitida shaftolining Ifora, Hosiyat, Chempion, Elberta navlarinig hosildorlik ko'rsatkichi bo'yicha boshqa navlardan ustunligi aniqlandi. Mevasining biokimyoviy tarkibiga kora Hosiyat va Vostok navlarining konserva sanoatida xom-ashyo sifatida ishlatishga mosligi qayd etildi.
Shunday qilib, yangidan tashkil qilinadigan va rekonstruksiya qilinadigan bog'lar uchun
yuqori hosilli tuksiz shaftoli navlaridan Ifora, Hosiyat, tukli navlardan Chempion, Elbert navlarini, konserva sanoati uchun xom-ashyo sifatida Hosiyat va Vostok navlari tavsiya qilinadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Кривенцов В.И. Методические рекомендации по анализу плодов на биохимический состав.-Ялта.,-1982.-22 с.
2. Заяць, В. А. Бюлопчш i господарсью властивостг та перспективи вирощування персика в зош Украшських Карпат: автореф. дис. ... докт. с.-г. наук, 06.01.07. / В. А. Заяць. - К., 2001. - 40 с. - Б1блюгр.: С. 33-37.