Научная статья на тему 'FARG‘ONA VODIYSI OILA QADRIYATLARINING HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHIDA O‘ZBEKISTON MILLIY QONUNCHILIGINING AHAMIYATI'

FARG‘ONA VODIYSI OILA QADRIYATLARINING HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHIDA O‘ZBEKISTON MILLIY QONUNCHILIGINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

3
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Farg„ona vodiysi / oila / oila munosabatlari / oila qadriyatlari / islohotlar / milliy qonunchilik.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xayitxon Maxammadjonovna Ismoilova

Maqolada O'zbekistonda mustaqillik yillarida oila munosabatlarini mustahkamlash, oila qadriyatlarini tartibga solish, aholi turmush tarzini yaxshilash borasidagi olib borilayotgan islohotlar tahlil etilgan. Respublikada muhim xudud hisoblangan Farg'ona vodiysi oila qadriyatlarida milliy qonunchilikning o'rni bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FARG‘ONA VODIYSI OILA QADRIYATLARINING HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHIDA O‘ZBEKISTON MILLIY QONUNCHILIGINING AHAMIYATI»

Tashkent State University of Economics

FARG'ONA VODIYSI OILA QADRIYATLARINING HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHIDA O'ZBEKISTON MILLIY QONUNCHILIGINING AHAMIYATI

Xayitxon Maxammadjonovna Ismoilova

Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti O'zbek tili va ijtimoiy fanlar kafedrasi

o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada O'zbekistonda mustaqillik yillarida oila munosabatlarini mustahkamlash, oila qadriyatlarini tartibga solish, aholi turmush tarzini yaxshilash borasidagi olib borilayotgan islohotlar tahlil etilgan. Respublikada muhim xudud hisoblangan Farg'ona vodiysi oila qadriyatlarida milliy qonunchilikning o'rni bayon qilingan.

Kalit so'zlar: Farg'ona vodiysi, oila, oila munosabatlari, oila qadriyatlari, islohotlar, milliy qonunchilik.

O'zbekistonda mustaqillik yillarida aholi turmush tarzini yaxshilash, oila munosabatlarini mustahkamlash borasida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidntining 2023 yil 12 sentyabrdagi "O'zbekiston-2030" strategiyasi to'g'risidagi PF-158-sonli Farmonida aholi talablariga va xalqaro standartlarga to'liq javob beradigan ta'lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil etish bo'yicha belgilangan vazifalar aholi turmush tarzini yaxshilash borasidagi olib borilayotgan islohatlardan biridir.

Darhaqiqat jamiyatning asosiy yacheykasi bo'lgan oilalarni mustahkamlash, aholi turmush tarzini yaxshilash bugungi kunning dolzarb mavzusiga aylanda. Bu borada mustaqillikning ilk yillaridanoq O'zbekistonda oilaviy munosabatlarni mustahkamlashda birinchi navbatda hududlardagi urf-odat va qadriyatlar inobatga olinib, oila qonunchiligi yaratildi. Sovet hukmronligi davrida "eskilik sarqitiga" aylangan urf-odat va qadriyatlar qayta tiklandi. Bosh qomusimizda aks etganidek, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta'minlab[4.3], oilaviy marosimlar o'sha hududning urf-odat va marosimlarini hisobga olgan holda o'tkazilishi oila qonunchiligiga kiritildi. 1998 yilda qabul qilingan 298 moddadan iborat bo'lgan, Oila kodeksi qabul qilinishida oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarda o'zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a'zolarining mas'ulligi hissi asosida qurishdan, biror shaxsning oila masalalariga o'zboshimchalik bilan aralashishga yo'l qo'ymaslikdan, oila a'zolari o'z huquqlarini to'sqinliksiz amalga

593

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

oshirishini va bu huquqlarning himoya qilinishin ta'minlashdan iboratligi[3.] oila qonunchiligida milliy qadriuatlar mustahkamlanishining asosidir.

O'zbekistonda oila munosabatlarini mustahkamlash sohasida olib borilayotgan islohotlarlar Farg'ona vodiysi aholisi iqtisodiy, ijtimoiy, maishiy jarayonlarining yaxshilanib borayotganligida ham o'z aksini topmoqda. O'zbekiston aholisining deyarli uchdan bir qismini Farg'ona vodiysi (Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlari) tashkil etishini hisobga olganda, mamlakatning geostrtegik maqsadlarida mintaqa muhim ahamiyatga ega.

Farg'ona vodiysi oila munosabatlari tartibga solinishi respublikada olib borilayotgan siyosiy islohotlar natijasidir. Xususan, O'zbekistonda oilaviy munosabatlarni mustahkamlash bo'yicha milliy qonunchilik yaratilganligi vodiy oila munosabatlarining huquqiy tartibga solinishiga hizmat qilmoqda. O'zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlarga qo'shimcha imtiyozlar berish to'g'risida"gi, "Bola huquqlari kafolatlari to'g'risida"gi, "Oilaviy tadbirkorlik to'g'risida"gi, "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi, "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi[5.] bir qator Prezident Farmonlari va normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini ta'minlanishida oilaviy qadriyat va urf-odatlarning huquqiy muhofaza qilinganligini ko'rishimiz mumkin. 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasida bir qator yo'nalishlar, xususan, «...onalik va bolalikni himoyalash, oila institutini qo'llab-quvvatlash», borasidagi masalalar doirasida ko'plab yordamga muhtoj oilalar qo'llab-quvvatlandi, ularga ko'mak berildi. Ko'plab namunaviy uylar qurilib, oilalarga topshirildi, aholini reproduktiv salomatligini ta'minlash bo'yicha oilaviy poliklinikalar faoliyati yaxshilandi, yosh oilalar uchun alohida imtiyozli kreditlar ajratildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son, "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi Farmonni amaliyotga tatbiq etish, yoshlarni qo'llab-quvatlash, yosh oilalarni munosib turmush-tarzi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish bo'yicha amaliy islohotlar o'tkazildi. 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-son hamda "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonni qabul qilinishi o'zbek xalqining oila qadriyatlari va urf-odatlariga bo'lgan mas'uliyatni yanada oshirdi. Bu borada oila institutining faoliyati yosh oilalar bilan ishlash bo'yicha yangicha zamonaviy metodlardan foydalanishi oilalarni mustahkamligiga xizmat qilishi bo'yicha 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-sonli Prezident Farmoni[1.] va ularni amalga oshirish bo'yicha olib borilayotgan islohotlar fikrlarimizning yaqqol isbotidir.

594

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

2023 yil 30 aprel kuni bo'lib o'tgan 1 mayda o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilgan yangi tahriridagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oilaviy munosabatlarni tartibga solish, oila urf-odatlari va qadriyatlarini mustahkamlash bo'yicha normalar qabul qilindi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada oila munosabatlari yanada mustahkamlandi. Avvalgi Konstitutsiyada belgilanmagan, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo'lish huquqi Konstitutsiyaning 31 moddasida kafolatlandi. Kon stitutsiyaning XIV bobi "Oila, bolalar va yoshlar" deb nomlanib, 76,77,78,79,80 moddalarni o'z ichiga oladi. Konstitutsiyaning 76 moddasida Nikoh O'zbekiston xalqining an'anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanishi belgilab qo'yildi.

O'zbekistonda ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligi asosan oila tuzilmasiga qaratilib, oila qadriyatlari va urf-odatlari masalalariga bir qancha ilmiy va amaliy yangiliklar kiritilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev "Oilalarni ilmiy tadqiq etishda har bir hududning o'ziga xos urf-odatlari va qadriyatlarini e'tiborga olish zarur" ekanligini alohida ta'kidlar ekan, oila haqidagi tadqiqotlarni olib borishda o'sha hududning urf-odat va qadriyatlarini chetlab o'tib bo'lmasligiga alohida urg'u berdi. Darhaqiqat, insonlarni birlashtiruvchi, o'zaro hurmat, qadr-qimmat, sadoqat kabi rishtalarni mustahkamlanishida hududlardagi urf-odat va qadriyatlar katta ahamiyatga ega. Insonlar ota-bobolaridan meros bo'lib saqlanib qolgan bunday odatlardan tez fursatda kecha olmaydi. Bunday qadriyatardan kechish ota-bobolarining ruhlariga hiyonat darajasida ham qabul qilinishi mumkin. Shunday ekan ayrim qadriyatlar borki, ular zamonaviy turmush-tarziga mos kelmasa ham insonlar tomonidan e'zozlanib kelinadi.

Oila o'zbek xalqi xususan, Farg'ona vodiysi uchun qadimdan muqaddas qadriyat sifatida e'zozlanib kelingan. Ota-bobolarimiz tomonidan oilani asrab-avaylash, uni sha'ni va qadr-qimmatiga putur yetkazmaslik, oila inson shaxsini belgilovchi muqaddas qo'rg'on ekanligi o'rgatib kelingan. Shuning uchun ham, qiz uzatilayotganda, kelin olinayotganda ota-onasi va shajarasi surishtiriladi. Chunki insonning kelajakda qanday shaxs bo'lib yetishishi oiladagi olgan tarbiya va oilaviy muhitiga bog'liq. Dono xalqimizda "Qush inida ko'rganini qiladi" degan naql avloddan-avlodga o'tib saqlanib kelgan. Oilada sog'lom muhitning yaratilishi farzandlar kelajagini ta'minlovchi mezondir. Oila qurishda ota-ona va yaqinlarining fikrlari inobatga olinadi. O'zaro sovchilik, quda-andachilik tamoyillari doim muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Oilada har bir oila a'zosining o'z o'rni va vazifalari belgilangan.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan, farzandlar voyaga yetgunlariga qadar ota-onalariga g'amho'rliik qilishga, farzandlar voyaga yetganlardan so'ng ota-onalariga g'amho'rlik qilishga majburdirlar. Ushbu konstitusion moddalarning

595

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

qabul qilinishida, xalqimiz turmush-tarzi, ijtimoiy muhiti asos qilib olingan. Ota-onalar ham farzandlariga munosib ta'lim-tarbiya berishi, hattoki, voyaga yetib oilali bo'lganlarida ham farzndlari uchun g'amho'rlik qilishi milliy oilaviy qadriyatga aylangan.

Shunday ekan oilaviy qadriyatlar insonlar hayotida muhim ahamiyat kasb etishi muqarrar hodisa bo'lib, u avlodlar davomiyligini ta'minlaydi. Qadriyatlardan to'g'ri foydalanish orqali oilalar birlashadi hamda oilaviy munosabatlar mustahkamlanadi. Qachonki, ular inson manfaatlariga mos bo'lsa, aks holda esa har qanday qadriyat transformatsiyaga uchrashi mumkin. Shu nuqtai nazardan, xalqimizga xos bo'lmagan oilaviy ajrimlar, turli nizoli vaziyatlar, ishsizlik, nosog'lom muhit, ma'naviy tushkunlik, ehtiyojmandlik, jinoyatga qo'l urish holatlari kabi omillar, notinch oilalar qator ijtimoiy-ma'naviy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Agar har bir ota-ona farzandini umuminsoniy milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalasa, ko'plab ko'ngilsizliklarning oldi olinar edi. Buning uchun esa ota-onalar bunday qadriyatlarni o'zlari o'zlashtirmoqlari zarurdir.

REFERENCES

1. Комилов Р.Р. Узбек миллaти ни^х мaрoсимлaрининг генезиси Ba эстетик эволюцияси. Фалсафа фанлари буйича фалсафа доктори (Phd) дисс... автореф. -Самарканд, 2019. - 51 б

2. Mаxаmmаdjоnоvnа I.X. O'zbekistonda aholi turmush darajasini oshirish, oila mustahkamligini ta'minlash sohasidagi moddiy va protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. Special Issue 13. - С. 874-877.

3. Ёдгоров Х., Fуломова М., Умиров Э., Айтниязов П. Оила ва никох муносабатларидан келиб чикувчи низолар буйича суд амалиёти. Судялар учун амалий кулланма. -Тошкент: Baktria Press, 2015. - 223 б.

4. Узбекистан Республикаси Конституция. - Тошкент: Узбекистон, 2019. - 200 б.

5. www.lex.uz.

6. www. oilamarkazi.uz

596

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.