Научная статья на тему 'FARG`ONA VODIYSI FLORASIDA SCUTELLARIA TURKUMI KAMYOB TURLARINING MUHOFAZASI'

FARG`ONA VODIYSI FLORASIDA SCUTELLARIA TURKUMI KAMYOB TURLARINING MUHOFAZASI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
9
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Farg`ona vodiysi / Scutellaria turkumi / in-situ / ex-situ / kamyob va endem turlar / tabiiy zaxiralar.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Akbarova M.X, D.Solijonovna

Mazkur maqolada Farg`ona vodiysi florasida tarqalgan Scutellaria turkumi kamyob turlarining tarqalishi hamda ularning muhofazasi bo`yicha ko`riladigan chora-tadbirlar rejasi uchun tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FARG`ONA VODIYSI FLORASIDA SCUTELLARIA TURKUMI KAMYOB TURLARINING MUHOFAZASI»

FARG ONA VODIYSI FLORASIDA SCUTELLARIA TURKUMI KAMYOB

TURLARINING MUHOFAZASI 1Akbarova M.X, 2D.Solijonovna

1Farg,ona davlat universiteti katta o'qituvchisi, 2Farg,ona davlat universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10930818

Annotatsiya. Mazkur maqolada Fargona vodiysi florasida tarqalgan Scutellaria turkumi kamyob turlarining tarqalishi hamda ularning muhofazasi boyicha ko riladigan chora-tadbirlar rejasi uchun tavsiyalar berilgan.

Kalit so^zlar: Farg ona vodiysi, Scutellaria turkumi, in-situ, ex-situ, kamyob va endem turlar, tabiiy zaxiralar.

Аннотация. В данной статье даны рекомендации по распространению редких видов рода Scutellaria распространенных во флоре Ферганской долины, и план мероприятий по их охране.

Ключевые слова: Ферганская долина, Scutellaria, in-situ, ex-situ, редкие и эндемичные виды, природные запасы.

Abstract. This article provides recommendations on the distribution of rare species of the genus Scutellaria common in the flora of the Fergana Valley, and an action plan for their protection.

Keywords: Fergana Valley, Scutellaria, in-situ, ex-situ, rare and endemic species, natural reserves.

Inson va tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning rivojlanishi keyingi yillarda tobora ortib bormoqda. Kishilik jamiyatining rivojlanishi insonning tabiatga ko'rsatadigan ta'sirini kuchaytiradi. Natijada tabiiy landshaftlar inson tomonidan vujudga keltiriladigan antropogen landshaftlarga aylanadi va tabiiy hamda antropogen omillar o'zaro uyg'unlashib ketadi. Tabiatdan oqilona foydalanish va tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ularni asrash uchun chora-tadbirlarining ishlab chiqish hozirgi kundagi muhim omillardan biri sanaladi. Shu sababli, so'nggi yillarda yangidan yangi dorivor turlarni aniqlash, ularni tabiiy zaxiralarini ro'yxatdan o'tkazish, ishlab chiqarishga tavsiya qilish, bioekologik xususiyatlari o'rganish, tarqalishini xaritalash hamda muhofaza qilish chora tadbirlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.

Bugungi kunda aholi sonining o'sishi, insoniyatning texnik va energetik darajasining oshishi, globallashuv jarayoni ekotizimlarga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatmoqda. Ayniqsa, o'simlik resurslaridan nooqilona foydalanish biologik xilma-xillikka, landshaftlar va biogeotsenozlarni tabiiy holatiga jiddiy zarar yetkazib, alohida o'simlikni tabiatdan tur sifatida butunlay yo'qolib ketishiga olib kelmoqda. Shunga ko'ra, bioxilma-xillikni o'rganish, mahalliy va milliy floralar ro'yxatini shakllantirish, floralar va ular tarkibidagi kamayib borayotgan turlarni zamonaviy holatini baholash, saqlab qolish va himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.

So'nggi yillarda Farg'ona vodiysida olib borilayotgan botanik izlanishlarda hududadagi ayrim turlarning populyatsiyasi tarkibida o'zgarishlar ro'y berayotgani keltirilgan. Bularning ayrimlari antropogen omilining ta'siri ostida, xususan yer maydonlarning o'zlashtirilishi, chorva mollarining ko'p boqilishi va mahalliy aholi tomonidan tartibsiz yig'ib olinishi natijasida bo'lsa, ayrim turlar noqulay ekologik muhitlar, jarliklarning paydo bo'lishi, soylarning qirg'oqlarida va qoyalarinng yoriqlarida o'sayotganligiga to'g'ri keladi.

Farg'ona vodiysida aholi sonining ortishi natijasida, tabiiy yer maydonlari tobora kamayib bormoqda, bu esa bevosita biologik xilma-xillikka o'z ta'siri ko'rsatmasdan qo'ymaydi.

Farg'ona vodiysi tabiiy landshaftlarini saqlab qolish muammosining dolzarbligi bilan alohida ajralib turadigan mintaqalardan biridir. O'simlik qoplamini uzoq yillar davomida o'rganilishiga qaramay, vodiy florasining zamonaviy ro'yxati to'liq shakllantirilmagan. Turlarning tarqalishi va populyatsiyalarining hozirgi holatini baholash haqidagi ma'lumotlar yangi tadqiqotlarni talab etadi. Ekotizmlarning barqarorligini ta'minlash flora tarkibini aniqlash, turlarning tarqalishi, kamyob va yo'qolib borayotgan turlarni populyatsiyalarning zamonaviy holati to'g'risida ilmiy ma'lumotlarga asoslanadi.

Shunday ekan, 2017-2023 yillarda Farg'ona vodiysida olib borilgan dala tadqiqotlarida aniqlangan 15 turdan faqatgina 2 tur Scutellaria comosa va Scutellaria adenostegia turlarining tabiiy zaxiralari xatlovdan o'tkazilgan. Chunki, mazkur ikki turning tabiiy zaxirasi boshqa turlarga nisbatan kengroq tarqalganligi ma'lum bo'ldi. Olib borilgan tadqiqotlarmiz davomida mazkur turlarning ishlab chiqarish uchun biologik, eksplutatsion va yillik yig'ish imkoniyat hajmlari baholanib hisoblab chiqilgan va asoslangan holda ularning tarqalish xaritalari yaratilgan. Umumiy olinganda bu turlarni muhofaza qilish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:

Farg'ona vodiysidagi tur tarqalgan (quyi tog' va adir) maydonlarda tabiiy holda boqiladigan chorva mollarini nazoratga olish yoki boqish jarayonini davriylashtirish;

Qo'riqlanadigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirish va aholi orasida o'zlashtiriltirilgan yerlarda daraxtzorlar tashkil qilish jarayonida turning individlarini yo'qotmaslik borasida takliflar ko'lamini kengaytirish;

Farg'ona vodiysidagi tur tarqalgan maydonlarda o'zlashtirilgan yer egalariga turni yangi dorivor o'simlik ekanligi tushuntirish va plantatsiyalar tashkil qilish borasida amaliy tavsiyalar berish;

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi huzuridagi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda davlat o'rmon xo'jaligi xodimlari tomonidan o'simlikning gullash davrida mahalliy aholi tomonidan ommaviy ravishda yig'ilishida qat'iy nazorat o'rnatishga ko'maklashish;

Yuqorida keltirilgan ishlarni amalga oshirish orqali, yurtimizda biologik xilma-xillikni saqlash, dorivor o'simlikladan samarali foydalanish, ularni kelajak avlodga qoldirish, tabiiy zaxiralarini saqlab qolish uchun xizmat qiladigan mexanizm yuzaga keladi.

Farg'ona vodiysi florasida tarqalgan Scutellaria L. turkumi turlarining kamyob va muhofazaga muhtoj turlarni himoya qilish, tabiatdagi tabiiy populyasiyalarini saqlab qolish hamda qayta tiklash uchun aniq bir maqsadga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur vazifani bajarishda quydagi aniq bir maqsadga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi va ularning yo'l xaritasi ishlab chiqildi ( 1-jadval).

1-jadval.

Farg'ona vodiysidagi Scutellaria L. turkumi turlarining himoyaga muhtoj, havf ostida turgan turlarini muhofaza qilish chora-tadbirlar rejasi

№ Muhofaza qilish chora-tadbirlar rejasi

1 Kamyob, endem va populyasiyalarining maydonlari keskin qisqarib borayotgan turlarni O'zbekiston Qizil kitobiga, Xalqaro Qizil kitobga kiritish

2 Vodiydagi turkum turlari keng tarqalgan ayrim kichik maydonlarda bo'lsa ham muhofaza etiladigan hududlarni tashkil qilish

3 Milliy va mintaqa florasida tarqalgan kamyob va endem turlar bilan bir qatorda potensial tahdid ostida bo'lgan Scutellaria turkum turlarining "Urug'lik banklari"ni tashkil etish

4 Alohida ahamiyatga ega bo'lgan hududlarni tashkil etish

5 In-situ & ex-situ sharoitida muhofaza qilish

6 Tabiatda yo'qolib ketish xavfi ostida turgan yoki jiddiy xavf ostida bo'lgan turlarning populyasiyalarini qidirib topishga qaratilgan monitoring tadqiqotlar o'tkazish

7 Tabiatni muhofaza qilish va ilmiy tadqiqot dasturlarini ishlab chiqishda mintaqadagi mutaxassislarning yaqin xamkorligini rivojlantirish

8 Farg'ona vodiysining shimoliy va janubiy hududlarida o'rmon xo'jaliklarini tashkil etish

9 Tabiiy landshaftlari kam bo'lgan Farg'ona vodiysi tabiatini muhofaza qilishga qaratilgan mintaqaviy miqiyosda qo'shni davlatlar o'rtasida xalqaro hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish

So'nggi yillarda Respublikamizda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan bog'liq qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida bir qator qonunlar qabul qilindi. Xususan, "O'rmon fondi yerlarida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan bog'liq qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" (O'zR Vazirlar Mahkamasining qarori. 93-son, 04.03.2022.) gi qaror bo'yicha "Orolqum", "Pop", "Omonqo'ton", "Yuqori To'palang", "Bobotog'" milliy tabiat bog'lari, "O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tizimida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" (O'zR PQ-131, 16.02.2022) gi qaror bo'yicha "Markaziy Qizilqum" milliy tabiat bog'i va "Oqtog'-Tomdi" davlat qo'riqxonasi, "Qoraqalpog'iston Respublikasida "Borsakelmas" davlat buyurtma qo'riqxonasini tashkil qilish to'g'risida" (O'zR Vazirlar Mahkamasining qarori. 530-son, 27.09.2022) gi qaror bo'yicha "Borsakelmas" davlat buyurtma qo'riqxonasini tashkil etildi. Ma'lumotlarga ko'ra, bugungi kunda mamlakatimizda 7 ta qo'riqxona (ularning umumiy maydoni 186,335 ga), 1 ta majmua (landshaft) buyurtma qo'riqxonasi (maydoni 628 300 ga), 2 ta biosfera rezervati (umumiy maydoni 111 670 ga), 4 ta milliy tabiat bog'lari (umumiy maydoni 555 154,5 ga), 1 ta "Do'rmon" milliy bog'i (32,4 ga), 11 ta tabiat yodgorligi (umumiy maydoni 3 803,1 ga), 12 ta buyurtma qo'riqxona (umumiy maydoni 572,404 ga), 1 ta Buxoro ixtisoslashtirilgan "Jayron" pitomnigi (umumiy maydoni 16 522 ga), o'rmon xo'jaliklari va o'rmon ov xo'jaliklari (umumiy maydoni 11,5 mln. ga) mavjud. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risidagi (O'zR Qonuni 710-II-son. 03.12.2004) qonunning 5-moddasiga ko'ra, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar belgilangan maqsadi va rejimiga qarab quyidagi toifalarga bo'linadi: davlat qo'riqxonalari; majmua (landshaft) buyurtma qo'riqxonalari; tabiat bog'lari; davlat tabiat yodgorliklari; ayrim tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko'paytirish va tiklash uchun mo'ljallangan hududlar; muhofaza etiladigan landshaftlar; ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo'ljallangan hududlar. O'zbekistonda o'simlik va hayvon turlarini muhofaza qilish va saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etadigan qo'riqxonalar va milliy tabiat bog'lari florasida ham turkum turlari keng tarqalgan.

Turkumning kamyob turlarni ex-situ sharoitida saqlab qolish uchun 2020-yil amalga oshirilgan dala tadqiqotlari davomida 4 turning 20 ga yaqin namunalari olib kelinib ekildi (1-rasm).

Endem turlar tabiatni muhofaza qilishning yuqori ustuvorligiga ega, chunki ular geografik jihatdan cheklangan va cheklangan hududlarga xosdir. Ko'pincha ekologik jihatdan kamdan-kam uchraydigan har qanday noqulay o'zgarish ularning tezda yo'q bo'lib ketishiga olib kelishi mumkin. Global bioxilma-xillikning yo'q bo'lib ketish inqirozi natijasida o'simliklarning yo'q bo'lib ketishini hisobga olgan holda ularni saqlab qolish va ko'paytirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ogohlantirishlarni biologik xilma-xillik kam ma'lum bo'lgan hududlarda ko'proq o'rganish va mumkin bo'lgan yo'q bo'lib ketish va qayta kashf qilish o'rtasidagi ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va vaqtinchalik munosabatlarni tushunishimizni chuqurlashtirish orqali yengillashtirish mumkin.

1-rasm. Scutellaria turkumi kamyob turlarni ex-situ sharoitida saqlab qolish

REFERENCES

1. Зокиров К.З., Худойберганов Р. Каперс и перспективи его исползования. Т., Изд-во—Фан II, 1972. 120 с.

2. Xolmatova X.X., Xabibov Z.X. O'zbekistonning shifobaxsh o'simliklari. T., 1976.

3. Raximova T., Vaisova G., Matkarimova A. Osobennosti ontogeneza Capparis spinoza L. v usloviyax botanicheskogo sada goroda Tashkenta. O'zbekistonda manzarali gullar xilma-xilligi: Muammolar va yutuqlar. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Namangan, 2019. 77-82 b.

4. Xoliqova N.B. Yovvoyi kovul (Capparis spinoza L.) o'simligining o'ziga xos xusuiyatlari. O'zbekistonda manzarali gullar xilma xilligi: Muammolar va yutuqlar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.