Научная статья на тему 'FARG`ONA VILOYATIDA AJRALISH JARAYONINI GEOGRAFIK TAHLILI'

FARG`ONA VILOYATIDA AJRALISH JARAYONINI GEOGRAFIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Oila / to‘la oila / tugalmas oila / nikoh / ajralish / demografik tarkib / urbanizatsiya / qishloq / shahar.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Yuldasheva D.H.

Ushbu maqolada yosh oilalarda ajralish va ularning geografik tahlili borasida, avvalo Respublikamizning Farg‘ona viloyatining shaharlar kesimidaajralish va uning ko‘rsatkichlari to‘g‘risida fikr va mulohazalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FARG`ONA VILOYATIDA AJRALISH JARAYONINI GEOGRAFIK TAHLILI»

Yuldasheva D.H.

Muqimiy nomidagi Qo'qon Davlat pedagogika instituti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi o'qituvchisi

FARG ONA VILOYATIDA AJRALISH JARAYONINI GEOGRAFIK

TAHLILI

Annotasiya: Ushbu maqoladayosh oilalarda ajralish va ularning geografik tahlili borasida, avvalo Respublikamizning Farg'ona viloyatining shaharlar kesimidaajralish va uning ko'rsatkichlari to'g'risida fikr va mulohazalar keltirilgan.

Tayanch so'zlar: Oila, to'la oila, tugalmas oila, nikoh, ajralish, demografik tarkib, urbanizatsiya, qishloq, shahar.

Yuldasheva D.H.

teacher

Department of Geography and Basics of Economic Knowledge Kokand State Pedagogical Institute named after Mukimi

GEOGRAPHICAL ANALYSIS OF THE PROCESS OF SEPARATION IN

FERGANA REGION

Annotation. In this article, concerning divorces in young families and their geographical analysis, first of all, opinions and comments on divorces and their rates in the urban part of the Fergana region of our Republic are presented.

Key vords: Famiiy, complete family, incompiete family, marriage, divorce, demographic, composition, urbanization, village, city.

Mamlakatimizda ko'p yillar davomida oilalarni davlat tomonidan qo'llab-quvatlash, ularni har tomonlama jamiyatning asosiy bo'g'ini sifatida barqarorliginita'minlash jamiyatimizning ustivor yo'nalishlaridan biri sanalgan. Binobarin, xalqmuayyan oilalarda tashkil topar ekan, uning barqarorligini, oilalarning tinch-totuvligi mamlakatning rivoji va istiqbolini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Hozirda O'zbekistonda oilalar barqarorligini ta'minlash, oilalarda ajralishlar sonini kamaytirish, oilani saqlab qolish imkonini beradigon ko'plab tashkiliy-huquqiy ijtimoiy siyosiy-choralar belgilangan. O'zbekiston Respublikasining prezdenti Sh.M. Mirziyoyov ta'kidlaganidek, "Biz uchun muqaddas bo'lgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, honadonlarda tinchlik - xotirjamlik, ahillik va o'zaro hurmat muhini yaratish,-ma'rifiy ishlarini aniq mazmun bilan to'ldirishdan iborat bo'lmog'i zarur. Ayollar o'rtasida jinoyatchilik, oilalarda ajralishlar ko'paygani, yoshlarni turli diniy-

ekstirimistikoqimlar va terroristik tashkilotlar ta'siriga tushishi kabi halqimizga hos bo'lmagan achchiq va noxush masalalar bilan bog'liq. "

Oila tarkibiga hamda rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillaridan biri-nikohning bekor etilishi ya'ni ajralishdir. Ma'lumki oilada er-xotinning ajralish nikohning bekor etilishi birinchi navbatda oilaning demografik tarkibiga ta'sir ko'rsatadi.([1]) Oila to'la oiladan, tugalmas oilaga aylanadi. Oilada farzandlar tug'ilishi ma'lum darajada kamayadi. Bu esa, o'z navbatida oilaning davom etiruvchi avlod yaratilishiga, oilaning demografik rivojlanishiga ya'ni aholi takror barpo bo'lishiga ta'sir etadi Ajralishjarayoning o'ziga xos xususiyatlari mavjud bo'lib, bu xususiyatlaridan biri uning qishloq va shahar aholisida keskin farq qilishidir. Ko'pgina statistik ma'lumotlarda yosh oilalar o'rtasida ajralishlar sonining o'sib borish dinamikasini ko'rsatadi va bu holat ayniqsa, yirik shaharlarda yuqori ekanligi hech birimizga sir emas.([2])

Shahar aholisida oilalarning buzilish holatlari qishloq aholisiga qaraganda 4-5 barobar yuqori bo'lib, bunday farq respublikaningbarcha viloyatlarida kuzatilgan. Biz buni Respublikamizning Farg'ona viloyatining misolida ko'rib chiqamiz.

Nikohdan ajralishlar soni (yillarda; birlikda)

1-jadval

(2G19-2G2G yy.)

№ Hududlar 2019 2020 2021

Farg'ona viloyati 3192 2842 4285

1 Farg'ona shahri 459 394 618

2 Qo'qon shahri 352 331 447

3 Quvasoy shahri 104 80 119

4 Marg'ilon shahri 203 156 317

Manba: Farg^onastatistikama'lumotlari.

Yuqorida jadval ma'lumotlari Farg'ona viloyatining shaharlarida ajralish ko'rsatkichlarini yildan yilga bir-biridan farq qiladi. Ohirgi uch yillikda eng ko'p ajralish ko'rsatkichi 2021 yilda Farg'ona shahriga to'g'ri kelgan bo'lsa, eng pasti, 2020 yil Quvasoy shahriga to'g'ri kelgan

Mutaxasislarning aytishicha, oiladagi shaxslararo munosabatlarning yomonlashuvi xususan, ajrimlar uchun asosiy sabab er-xotin ortasidagi maishiy kelishmovchiliklar, qaynona, qaynota yoki uchinchi shaxs, umuman boshqalarning oila ishiga aralashuvi, farzandsizlik, ichkilikbozlik va moddiy yetishmovchiliklar, turmush ortogining ishsizligi va iqtisodiy muammolar sabab bolmoqda. Oilaviy ajralishlar salbiy ta'sir korsatadigan uch asosiy holatni tahlil qilsak: Jamiyat uchun - noto liq oilalar soni kopayadi, oilalararo yoki qarindoshlararo adovat yuzaga keladi, bir jinsning ikkinchi jinsga nisbatan nafrati paydo bo ladi,; Erkak uchun - yolg izlik hissining ortishi, giyohvandlik va ichkilikbozlikka berilish, turli kasalliklar; Ayol uchun - yolgizlikni his qilishning ortishi, qayta oila qurish imkoniyatining cheklanganligi, nevrozlar, stresslar, turli kasalliklar, oz joniga qad qilish va boshqalar. Bizning fikrimizcha, muammo

qanchalik murakkab bo'lmasin, albatta, uning yechimi bo'ladi. Jamiyatimiz hayotidagi erta ajrim va noto'liq oilalarning sonini kamaytirishning samarali yechimlari sifatida quyidagillarni keltirishimiz mumkin:

1. Texnika-telefon, ijtimoiy tarmoqlar-Telegram, Instagram, Facebook ashunga o'xshash inson tafakkuri mahsuli bo'lgan narsalarning hayotimizning asosiy qismiga aylanib qolmasligiga yo'lga qo'ymaslik lozim. Oilaga uchun sarflanishi kerak bo'lgan vaqtning ijtimoiy tarmoqlar uchun sarflanishini oldini olish kerak.

2.Yosh oilalarga qaynona, qaynota va boshqa uchin uchinchi shaxslarning o'z boshimchalik bilan aralashuvini bartaraf etish.Ya'ni O'zbekiton Respublikasi 3-moddasida keltirilgan "oilaviy munosabatlarga aralashishga yo4 qo'yümasligi" bandining amalda keng miqyosda qo'llanishi. 3.Yangi barpo etilayotgan oilalarda ikki taraf ham bir-birining yetti pushtini surishtirib, sovchiliki orqali bir- biriga mos keladigan yoshlarni taqdirini bog'lash 4.Garchi ayni paytda FHDYO organlari qoshida oila dorilfununlari tashkil etilib, nikohlanuvchi yoshlar bir oylik o' quv kurslarida qatnashayotgan bo' lsa ham ajrimlar sonini kamaygani yo' q. Shu o'rinda aytish joizki, 18-20 yil oilada singdirilmagan ko'nikmalar bir oyda davomida tushuntirilishining imkoni yo' q. Shuning uchun har bir farzandni ota-onalari yoshlik davrlaridan katta hayotga tarbiyalab, zarur ko'nikmalarni berib borsa, namunali oila bo'lib ularga o'rnak bo lsa vaziyat ancha ijobiy tarafga o'zgaradi.([3])

Xulosa qilib aytganda, hamma gap baribir yoshlarning oila haqidagi tasavvuri va uning atrofidagi masalalarga borib taqaladi. Kalavaning uchinida davlat tashkilotlarining yoki ota-onalarning qo'liga tutqazib qo'yish emas, chigallikni hamjihatlikda yechishga urunish, turli yo'llar bilan bo'sa-da, er-xotin o'rtasidagi ajralishlar sonini kamaytirish, oilalarning bir butunligi va barqarorligini saqlab qolish borasidagi mexanizmlarni kuchaytirish, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarni kuchaytirish nafaqat, zamon talabi, ayni vaqtdasiz-u bizninga asosiy vazifamizdir.

Shahar aholisida ajralish ko'rsatkichini oshiradigon omillardan biri, bu urbanizatsiya va mehnatga layoqatli aholining harakatchanligining oshishi va aholi tarkibida boshqa millatlarning yuqoriligi xam o'z ta'sirini ko'rsatadi.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Узбекистан Республикаси Президентининг 7 февраль 2017 йилдаги "2017-2021йилларда Узбекистан Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йуналишлари буйича Хдракатлар стратегиясини тасди^лаш тyFрисидаги" туFрисидаги ПФ-4947-сон Фармони

Akramova F.A., Abdullayeva R.M Sharq mutafakkirlarining oila hususidagi qarashlari. Toshkent: Shams, 2002.

2.Bo'rieva M.R. Demografiya asoslari. Toshkent 2000.

3. Holmatova M, Murodova N, Yoshlar oilaviy xayot busag'asida. Toshkent 2000.

4. Ахрлишунослик ва тараккиётни тушунган хрлда кумаклашиш. Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Адолишунослик буйича жамFармаси (UNFPA). Интернет-сайт: www.unfpa.uz.

5. file :///C:/Users/ ASUS/Downloads/Yo 'ta0301.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.