Научная статья на тему 'OILAVIY AJRIMLAR, ULARNING SABABLARI, AJRIMLARNING OLDINI OLISHNING PSIXOLOGIK MEXANIMZLARI'

OILAVIY AJRIMLAR, ULARNING SABABLARI, AJRIMLARNING OLDINI OLISHNING PSIXOLOGIK MEXANIMZLARI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
2272
109
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
psixolog / noto’liq oilalar / ajrimlar / stress / farzandsizlik / moddiy yetishmovchilik / oila / tarbiya / psychologist / single-parent families / divorces / stress / childlessness / financial hardship / family / upbringing

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — M. T. Isaqova, M.R. Abdukarimova

Ushbu maqolada oiladagi ajrimlarning sabablari, oqibatlari, oiladagi bolalarning ruhiyati va tarbiyasiga ta’siri, ajralishlarnign oldini olish choratadbirlari bo’yicha fikr va mulohazalar keltiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FAMILY DIVORCE, THEIR CAUSES, PSYCHOLOGICAL MECHANISMS FOR THE PREVENTION OF DIVORCE

This article discusses the causes and consequences of divorce in the family, its impact on the psyche and upbringing of children in the family, and opinions on measures to prevent divorce.

Текст научной работы на тему «OILAVIY AJRIMLAR, ULARNING SABABLARI, AJRIMLARNING OLDINI OLISHNING PSIXOLOGIK MEXANIMZLARI»

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 3

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

OILAVIY AJRIMLAR, ULARNING SABABLARI, AJRIMLARNING OLDINI OLISHNING PSIXOLOGIK MEXANIMZLARI M. T. Isaqova

Farg'ona davlat universiteti psixologiya fanlari nomzodi, dotsent M.R. Abdukarimova

Farg'ona davlat universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6749510

Annotatsiya. Ushbu maqolada oiladagi ajrimlarning sabablari, oqibatlari, oiladagi bolalarning ruhiyati va tarbiyasiga ta'siri, ajralishlarnign oldini olish choratadbirlari bo'yicha fikr va mulohazalar keltiriladi.

Kalit so'zlar: psixolog, noto'liq oilalar, ajrimlar, stress, farzandsizlik, moddiy yetishmovchilik, oila, tarbiya СЕМЕЙНЫЕ РАЗВОДЫ, ИХ ПРИЧИНЫ, ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ МЕХАНИЗМЫ

ПРЕДОТВРАЩЕНИЯ РАЗВОДОВ

Аннотация. В данной статье рассматриваются причины и последствия развода в семье, его влияние на психику и воспитание детей в семье, а также представления о том, как предотвратить развод.

Ключевые слова: психолог, неполные семьи, разводы, стресс, бездетность, материальные лишения, семья, воспитание.

FAMILY DIVORCE, THEIR CAUSES, PSYCHOLOGICAL MECHANISMS FOR THE

PREVENTION OF DIVORCE

Abstract. This article discusses the causes and consequences of divorce in the family, its impact on the psyche and upbringing of children in the family, and opinions on measures to prevent divorce.

Keywords: psychologist, single-parent families, divorces, stress, childlessness, financial hardship, family, upbringing

KIRISH

Avvalambor har bir oilaning o'ziga xos va mos muammolari mavjud bo'lib, bu muammolarni oiladagi shirin tashvishlar deb ataymiz. Mana shu shirin tashvishlarni g'am-g'ussali tashvishlarga aylantirishimiz biz va shu xonadon a'zolarning o'ziga bog'liq bo'lgan muammolaridir.

Orzu-istaklarimiz shunchalik ko'pki, ba'zida tilaklarimizning biz istaganday bo'la olmasligi bizning ichki хoxishlarimizga tasir etishi bilan tashqi hatti harakatimizda namoyon bo'laveradi. Ayniqsa, biz nimadir xoxlayotgan yoki nimasidandir umidvor bo'layotgan shaxsdan natija ololmasak tashqi stimullarimizni namoyon etaveramiz vaholanki, biz bilmaymizki, har bir shaxsning o'z qarashi va dunyosi bor uni boricha qabul qilishimiz vaziyatni yumshatishi mumkin.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Ajralish hozirgi zamon insoniylik jamiyatining eng muhim ijtimoiy muammolaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun chet elda ham, O'zbekistonda ham ajralish muammosini o'rganishga keng ilmiy jamoatchilik e'tibori qaratib kelinmoqda. Bu muammoni turli soha mutaxassislari: yuristlar, sotsiologlar, psixologlar, iqtisodchilar va boshqa fan sohalari mutaxassislari o'rganmoqdalar. Ularning e'tibori bu hodisa sabablari, omillari, motivlarini o'rganish, ularni

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 3

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

bartaraf etish, ajralishlarning salbiy asoratlarini kamaytirish masalalariga qaratilgan. Chunki oilalarning buzilishi tufayli nafaqat shu ajralishgan er-xotin va ularning farzandlari, balki jamiyat ham ko'p zarar ko'radi. Ajralishlar ko'plab noxush hodisalar: noto'liq oilalar sonining ortishi , bolalar va o'smirlar o'rtasida qonunbuzarlikning ko'payishi, pedagogik nazoratsiz qolgan bolalar soning ortishi, yolg'izlik, sobiq er-xotinlar va qarindoshlar orasidagi munosabatlarning yomonlashuvi kabilarning yuzaga kelishiga sabab bo'ladi.

Bu o'rinda haqli ravishda agar ajralishlar shu qadar salbiy oqibatlarni yuzaga keltiradigan bo'lsa, uni rasmiy ravishda ta'qiqlab qo'ysa bo'lmaydimi? — degan savol yuzaga kelishi mumkin. Albatta mumkin, masalan, dunyoning ayrim davlatlarida, jumladan,

TADQIQOT NATIJALARI

Italiya, Niderlandiyada yaqin-yaqin zamonlargacha ajralish huquqiy jihatdan nihoyatda murakkab jarayon edi. Biroq bu usul ham oila mustahkamligini ta'minlashda kutilgan natijalarni bermaydi. Balki ajralishni ta'qiqlash, ajralish erkinligini bermaslik, o'z navbatida nikoh yoshining o'sishini, oila qurmaslik, nikohgacha va nikohdan tashqaridagi jinsiy aloqa, psixologik nosog'lom oilalar miqdorining ortishi nikoh-oila munosabatlari zamirida yuzaga keladigan jinoyatlar, qotillik, xiyonat kabilarning ortishiga olib keladi. Albatta bularning ham shaxs, inson ruhiyati, oilada bola tarbiyasi, qolaversa jamiyat uchun zarari oldingilardan kam emas. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda ajralish erkinligi deyarli barcha davlatlar nikoh-oila qonunchiligida qayd etilgan. Bu o'rinda muhimi ajralishni ta'qiqlash va unga rasmiy ravishda halaqit qilish emas, balki ajralishlarning oldini olish, unga olib keladigan sabablar va omillarni bartaraf etishdir.

MUHOKAMA

Shunday qilib ajralish fojiami yoki fojiadan qutulishmi? Ayrimlar agar oilada farzandlar bo'lmasa bu fojiadan qutulishdir, er-xotinlarning o'zaro munosabatlari maqsadga muvofiq ravishda shakllanmayotgan bo'lsa, ularda o'zaro tushunish, o'zaro hurmat, bir-birlariga nisbatan emotsional yaqinlik, mehr-oqibat bo'lmasa, oila o'z funksiyalarini bajarmayotgan bo'lsa, bunday juftlar ajralib ketgani ma'qul deb hisoblaydilar. Ajralishlarning o'ziga xos ijtimoiy-psixologik va etnopsixologik xususiyatlari mavjuddir. Bu xususiyatlar oilalarning buzilishiga olib keladigan sabablar, ularning amalga oshish jarayoni, oqibatlari, ajralishgacha va undan keyingi davrlardagi er-xotinlarning ahvoli kabilarda ifodalanadi. Shunday xususiyatlardan biri ajralish niyatini bildirib rasmiy tashkilotlarga murojaat qiluvchi ajralish tashabbuskori kim ekanligida namoyon bo'ladi. Sharq oilalarida, ayniqsa o'zbek (qishloqlarda) oilalarida ajralish tashabbuskori ko'proq erkaklar bo'ladilar va aksincha, Yevropa xalqlari oilalarida, yosh oilalarda va urbanizatsiyalashuv darajasi yuqori bo'lgan shahar oilalarida ajralish tashabbuskori ko'proq ayollar bo'ladi. Ajralish muammosi zamonaviy oiladagi munosabatlar turining o'zgarishi bilan chambarchas bog'liq: yangi oilaviy modellar bu munosabatlarni buzishning o'ziga xos shakllarini keltirib chiqaradi. Agar an'anaviy nikohda ajrashish er -xotinning hayotini qayta tashkil etishni talab qiladigan huquqiy, iqtisodiy va psixologik nuqtai nazardan munosabatlarning uzilishi deb tushunilsa, oilaviy munosabatlarning zamonaviy shakllari shuni ko'rsatadiki, ular tugaganidan keyin psixologik jihatlar ajralishning oqibatlari nafaqat saqlanib qolmaydi, balki birinchi rejaga o'tadi. Taniqli rus sotsiologi N.M.Rimashevskayaning fikricha, ajralish muammosi va oilaning taqdiri jamiyat hayotidagi burilish nuqtasida o'ta jiddiy ahamiyat kasb etmoqda. So'nggi yillarda mamlakatimizda bir vaqtning o'zida nikohlarning kamayishi bilan ajralishlar soni oshib bormoqda va qonuniy bo'lmagan tug'ilishlar to'liq bo'lmagan oilalar

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 3

sonining ko'payishiga olib kelmoqda. Demograflarning hisob - kitoblariga ko'ra, erkaklar va ayollarning qariyb yarmi umr bo'yi nikohni buzishadi: o'rtacha har besh ro'yxatdan o'tgan nikohdan ikkitasi buziladi. Ajralishlarning 30% dan ko'prog'i 5 yildan kam bo'lgan yosh oilalarda sodir bo'ladi. Ko'p tadqiqot natijalarining ko'rsatishicha va rivoyatlarda ifodalanishicha ilmiy jihatdan o'z tasdig'ini topganligi asosida o'z otasiga mehr va hurmati yetarli ravishda shakllanmagan qiz kelajakda oila qurganda turmush o'rtog'iga ham hurmatini yetarli ravishda ifodalay olmaydi. Tadqiqot natijalariga ko'ra ajralish oiladagi otasiz o'sayotgan o'g'il bolaning o'qishiga va tarbiyasiga salbiy ta'sir etishi kuchli bo'lar ekan. Shu bilan birga ajralish kelin-kuyovlarning, ota-onalarining ruhiyatiga, salomatligiga, qudalar orasidagi munosabatiga, qarindoshlar va jamoa orasidagi obro'si va oila byudjetiga salbiy ta'sir qiladi. O'ziga xos xususiyatlaridan biri kuyov tomonga nisbatan ko'pgina mezonlar bo'yicha kelin tomon, ya'ni kelinning ota-onalari ruhan ko'proq jabrlanar ekan.

XULOSA

Ma'lumki, o'zbek oilalarida ajralishlar miqdori boshqa millatlar, masalan rus oilalarinikiga qaraganda ikki marta kam. Lekin har bir ajralishgan oilaga to'g'ri keladigan «tirik yetim» bolalar soni o'zbek oilalarida 2-2,5 martaga ko'p. Shu bilan birga, «ajralish madaniyati»ning quyi saviyada ekanligi va o'ziga xos milliy xususiyatlari bilan ifodalanishi o'zbek oilalarida ko'proq salbiy oqibatlarga olib keladi. Shunga ko'ra ajralishlarning salbiy asoratlari o'zbek oilalarida boshqa millatlar oilalaridagiga nisbatan kuchliroq ifodalanadi.

Adabiyotlar ro'yxati

1. Oilani o'rganish psixodiagnostika metodikalari. Tuzuvchilar: N.A.Sog'inov, F.G'.Habibullaev. -T.,: 1996. -38 b.

2. Shoumarov Sh.B., Shoumarov G'.B. Muhabbat va oilaviy hayot. -T.:, —Ibn Sino, 1996. -96 b.

3. Kovalev S.V. Psixologiya sovremennoy semi. -M.:, 1988.

4. Sulaymonov J.B., Karimov N. Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599

5. Голод СИ. Современная семья: Плюрализм моделей // Социологические исследования. - 1996. - № 3, 4

6. www.kitob.uz

7. www.ziyonet.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.