Xakimov R.K. o 'qituvchi
Namangan muhandislik qurilish instituti
FARG'ONA HALQA YO'LIDA I.KARIMOV VA KOSONSOY
KO'CHALARI BILAN KESISHGAN CHORRAHALARDAGI TIRBANDLIKNI OLDINI OLISH
Annotatsiya: maqolada shahar ichi transport oqimining harakatchanligi, zichligi va chorrahalardagi tirbandliklar to'g'risida ma'lumotlar tahlili va o'tkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Bunda Farg'ona halqa yo'lida I.Karimov va Kosonsoy ko 'chalari bilan kesishgan chorrahalardagi tirbandlikni oldini olish bo 'yicha natijalar va xulosalar qilingan.
Kalit so'zlar: chorraha, transport vositasi, tirbandlik, transport oqimi, zichligi
Khakimov R.K. teacher
Namangan Engineering Construction Institute
PREVENTION OF TRAFFIC AT THE INTERSECTION WITH I.KARIMOV AND KOSONSOY STREETS ON FERGONA RING ROAD
Abstract. The article provides an analysis of data on traffic, density and congestion at intersections, as well as the results of research. The results and conclusions on the prevention of traffic jams at the intersection of I.Karimov and Kosonsoy streets on the Fergana ring road were made.
Keywords: intersection, vehicle, congestion, traffic flow, density.
Hozirgi kundagi shaharlarda yuzaga kelayotgan katta muammolardan biri transport tirbandliklaridir. Aholi sonining jadallik bilan ortib borishi avtomobil transportiga bo'lgan talabni ham oshib borishiga olib keldi. Shahar infrastrukturasining mukammal rajalashtirilganligi, shahar yo'l-qurilish loyihasini yaxshi tashkil etilganligi transport oqimimg maqbul bo'lishini ta'minlaydi. Bizga ma'lumki transport oqimi bu vaqt birligi ichida ko'chaning ko'ndalang qismidan o'tayotgan avtomobillar soniga aytiladi [1,2,3,4]. Transport oqimini maqbullashtirish shahardagi yo'lovchi va avtomobillar harakati xavfsizligini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi.
Shahar ichi marshrutlarining boshqa yo'nalishlardan keskin farq qiladigan belgilaridan biri - bu yo'lovchilar oqimining kunning soatlari va yo'nalish uzunligi bo'yicha notekis taqsimlanishi koeffitsiyentining kattaligidir. «Tig'iz» soatlarda yo'nalishdagi mavjud avtobuslar sonining zarur bo'lgan miqdoridan kamligi, avtobuslar sig'imidan foydalanish koeffitsiyentining birdan ortib ketishi
sababli, avtobusga chiqish va tushishda hamda unda harakatlanishda juda ko'p noqulayliklar tug'diradi. Ba'zi yo'lovchilar boshqa transportlardan foydalanishga majbur bo'ladilar [1,2,4,5,6,7,8].
Ushbu masalaning yechimini topish uchun yo'lning o'tkazuvchanligi maqbul bo'lishi talab etiladi. Vaqt birligi ichida yo'lning ma'lum kesimidan o'tkazishi mumkin bo'lgan avtomobillar soniga yo'lning o'tkazuvchanligi deyiladi. U avt/soatda yoki avt/sutkada aniqlanadi.
Metod va usullar. Tadqiqotlar kuzatish, tahlil qilish usuli bilan o'tkazildi. To'raqo'rg'on tumani markazidan o'tgan Farg'ona halqa yo'li hamda O'zbekiston ko'chalari bilan kesishgan chorrahalarda tirbandliklarni bartaraf qilish maqsadida kuzatuv o'tkazilib o'rganildi (1-rasm). Tadqiqotning dastlabki bosqichida transport oqimini ko'chaning ikki tomonidagi holat haftaning uch kuni uchun o'rganildi. Olingan natijalar tahlil qilinib tavsiyalar ishlab chiqildi. O'rganish va kuzatuvlar asosan kunning eng tig'iz va transport oqimi ko'p deb hisoblangan vaqtlar uchun amalga oshirildi. Bunda yo'lning qarama-qarshi tomonlari alohida kuzatildi va hisobga olindi bunda rasmda belgilangan joylarni alohida qo'shimcha ikki qatorli yo'laklar qoshilishi va harakatdagi yo'nali9shli taxsilar uchun bektalar yo'lning qatnov qismidan olib tashlansin O'zbekiston kochasiga kirish uchun alohida qo'shimcha karman yo'lak ochilishi O'zbekiston kochasiga burilib ketuvchi avtomomobillarni svetaforda toqtab qolishini oldini oladi natijada yo'l tezroq bo'shaydi O'zbekiston kochasidan chiquvchi avtomobillarni esa shaxar petak boshlanish joyigacha xam xuddi shundan chizmadagi kabi karman yo'lak ochish lozim va yo'nalishli taksilarni "ZILOL" market va SPC o'quv markazi ro'parasidagi bosh turgan joyga odam chiqarib tushiradigan yo'lakga o'tkazilishi hozirgi muammolarni qisman bartaraf qiladi [9,10,11].
1-rasm. To'raqo'rg'on markazidagi chorrahalar kesishmasi
Nazariy tadqiqotlar. Harakat tezligi va harakatni tashkil etish yo'lning o'tkazuvchanligiga ko'p jihatdan bog'liq. Avtomobil harakatlanadigan yo'lining maksimal nazariy o'tkazuvchanligi quyidagi empirik ifoda orqali aniqlanadi [1,6]
p _ 1200V
Li , avt/soat = 1200*40/9=5333,(3)(1) bunda V - polosada harakatlanayotgan avtomobilning tezligi, km/soat;
Ld - avtomobilning dinamik gabariti, m.
Yo'lning transport o'tkazuvchanligi imkoniyatini hisoblash qatnov qismining imkoniyatlaridan to'liq foydalangan holda, qo'shni bo'lakka o'tish mumkin bo'lmagan shartga asoslanib bajariladi. Bunday sharoitda dinamik gabarit Ld ning qiymatini quyidagi formula yordamida aniqlanadi [1,9].
Ld = la + lt + St + lx = 5+1+2+1=9 m(2) bu yerda: la - avtomobilning statik uzunligi (5 metrga teng deb olinadi); lt - haydovchining reaksiya vaqtida o'tadigan masofasi, lt = 1 [4]; St -avtomobilning tormoz yo'li, (St = l"t - l t; l t - oldindagi avtomobilning tormoz yo'li, l"t - orqadagi avtomobilning tormoz yo'li); lx - xavfsizlik masofasi (2 metrga teng deb olinadi); d - xavfsizlik oralig'i.
Haydovchining reaksiya vaqtida o'tadigan masofasi Farg'ona halqa yo'lida I.Karimov va Kosonsoy ko'chalari bilan kesishgan chorrahalarda tirband bo'lganligi bois lt = 1,5 metrga teng deb olindi. Avtomobillar o'rtasidagi oraliq, haydovchi ishining tig'izligi va uning reaksiya vaqti o'zaro bog'liq. Avtomobillar oralig'i qanchalik kichik bo'lsa haydovchi ishining tig'izligi shunchalik yuqori bo'ladi [12,13,14].
Yo'lning o'tkazuvchanligi asosiy hisobiy ko'rsatkich bo'lib, u yo'lning holatiga va harakatni tashkil etishning darajasiga bog'liq. Yo'lning yuklanganlik darajasini quyidagicha baholash mumkin
Z=N/P; =3727/3809,5=0,98(3) bunda P - yo'lning o'tkazuvchanligi, avt/soat; N - harakat miqdori, avt/soat.
Harakat miqdorining qiymatini yo'lning qatnov qismi chetida turib aniqlangan tadqiqot natijalarining kunlik o'rtacha qiymatidan foydalanamiz. Olingan natijalar 1-jadvalda keltirilgan. (3) ifodadagi N ning qiymatini yo'lning o'rganilgan qatnov qismidagi oqim eng tig'iz va zich payt uchun olindi.
1-jadval. To'raqo'rg'on markazidagi chorrahalar kesishmasida avtomobil
oqimining miqdori (avt/soat)
Vaqt Hafta kunlari^\^ 8.00-9.00 12.00-13.00 15.30-16.30 17.30-18.30 Kunlik o'rtacha
Dushanba 2350 2647 1919 1864 2195
Seshanba 2464 2864 2198 2247 2443
Chorshanba 2827 3727 2600 3278 3108
Payshanba 2557 3215 2457 2895 2781
* izoh - tadqiqot-kuzatuv ishlari 2021 yilning may iyyun oyi oralig'ida olingan
□ Kunning eng tigiz va zich holatlari shu vaqt oralig'ida hatto 40 minutlab qolibxam ketadi
Farg'ona halqa yo'li To'raqo'rg'on markazidan o'tgan yo'lning yuklanganlik darajasini Z=0,98 ekanligi aniqlandi.
Yo'lning yuklanganligi darajasini baholash quyidagi me'yorlarga nisbataban belgilanadi: Agarda Z<0,2 transport oqimi erkin, Z=0,2-0,45 transport oqimi qisman bog'langan oqim, Z=0,45-0,7 bog'langan oqim, Z=0,7-1,0 to'yingan oqim yoki zich oqim deyiladi [13,14,15].
Soha olimlarining ko'p yillik ilmiy-tadqiqotlar natijasiga ko'ra, yo'lning yuklanganlik darajasining optimal qiymati shahar tashqarisidagi yo'llar uchun 0,45-0,55 ekanligi aniqlangan. Har xil yo'l sharoitlarida harakatni tashkil etishda yuklanganlik darajasi ko'rsatkichlariga asosan ish yuritiladi.
Natijalar. Haftaning boshlanishida to'rt kun va har kuni uch mahalgi kuzatuvlar soat 8.00-9.00 gacha bo'lgan vaqt oralig'ida harakatdagi avtomobillar soni aniqlandi (1-jadval). O'rganish natijalariga ko'ra, dushanba kuni ertalabki soat 8:30-09:00 gacha bo'lgan vaqt oralig'ida 2350 tagacha avtomobil, soat 12:00-13:00 oralig'ida 2647 ta, 15:30-18:30 gacha bo'lgan vaqtlarda esa 3783 tagacha avtomobil qatnovi kuzatildi. Qolgan holatlarda ham transport oqimi kunning eng tig'iz deb hisoblangan vaqtlari uchun o'rganildi. Bunda qarama-qarshi yo'nalishdagi va barcha avtomobillar turini yengil avtomobil deb hisobga olindi.
Jadvaldan ko'rinib turibdiki, seshanba kuni soat 8.00-9.00 gacha bo'lgan vaqt oralig'ida avtomobillar soni 2464 tani tahskil etdi. 12.00-13.00 gacha bo'lgan vaqt davomida esa 2864 ta avtomobilni, kechki 17.30-18.30 gacha bo'lgan vaqt oralig'ida esa 2198 ta avtomobil harakatlandi.
Muhokama. O'tkazilgan tadqiqotlarning tahlil qilish shuni ko'rsatdiki, bitta yo'lakning maksimal o'tkazuvchanligi soatiga 20-40 km tezlikda 11001600 avtomobil/soatni tashkil qiladi. Harakat tezligining oshishi bilan yo'lning o'tkazuvchanligi sekin kamayadi [16,17,18,19].
Hisoblashda maksimal o'tkazuvchanligi Pmax ning quyidagi qiymatlaridan foydalanish tavsiya etiladi:
- ikki qatorli yo'llarda - 2000 ta avt / soat (har ikki yo'nalishda);
- uch qatorli yo'llarda - 4000 ta avt / soat (har ikki yo'nalishda);
- To'rt qatorli va undan ko'p yo'llarda - 1250 avt/soat eng chetki o'ng qator uchun, 1800 avt/soat eng chetki chap qator uchun, 1600 avt/soat o'rta qator uchun (bitta bo'lakda).
Keltirilgan qiymatlar maksimal o'tkazuvchanlik ko'rsatilgan yo'llar uchun o'rtacha hisoblanadi. Ba'zi hollarda, ikkita harakatlanish bo'lagi bo'lgan yo'llarda soatiga 2800 ta avtomobil tezligi qayd etilgan. Yo'lning maksimal yuk tashuvchanligini pasayishining asosiy sababi qulay shart-sharoitlarga ega yo'l bo'lagi uzunligining yetarli emasligidir [1].
Olingan natijalar (1-jadval) asosida hosil qilingan grafik (2-rasm) tahlilidan ma'lum bo'ldiki, Farg'ona halqa yo'lidagi I.Karimov hamda Kosonsoy ko'chalari bilan kesishgan chorrahalarda transport harakati oqimining yo'lning o'tkazuvchanligiga bo'liqligi o'zgaruvchan ekan. Bunda haftaning dushanba
kunidan payshanba kunigacha bo'lgan vaqtda transport oqimining oshganligini, birinchi va ikkinchi kunlarning boshlanishidan kechga qadar avval oshib so'ng esa kamayishi kuzatildi. Uchinchi va to'rtinchi kunlarda esa oqim kechga qadar notekis o'zgarganligini ko'rish mumkin. Buni ertalabki harakatni va ortga qaytishda Farg'ona halqa yo'lini Toshkent-Namangan yo'nalishida joylashganligi hamda shaharlararo va tumanlararo bog'lovchi yo'l ekanligi bois ertalabki paytda Namangan shahridan chiqib ushbu yo'ldan o'tishiga to'g'ri kelishi bilan izohlash mumkin. Bundan tashqari Namangan sharida joylashgan korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning aksariyati ushbu yo'nalishda harakatlanadi.
3800
/ " \ ' \
3300 ✓ ✓
2800 * S ** -Ax N \ \ ✓ ' >
\ ^ - "■N N N. N ^ y N -- s s
2300 X S
V ^A..__ v — — A
1800 — — <■
1 1 1 i
8.00-9.00 12.00-13.00 15.30-16.30 17.30-18.30
— Dushanba — A— Seshariba —•— Chorshanba —♦— Payshaba
2-rasm. To'raqo'rg'on markazidagi chorrahalar kesishmasi
Demak, hafta boshida ertalabki tranport oqimining jadalligi keskin oshib kechga tomon kamaydi. Keyingi kunlarda aksincha, oqim kechga tomon oshdi.
Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqadiki, ushbu yo'ldagi tranport qatnovi maqbulligini ta'minlash uchun yo'lning qatnov qismini kengaytirish lozim. Lekin bu chorraha oldodagi ko'prikni qaytadan kengaytirib qurishni talab etadi. Boshqa usulda esa Farg'ona halqa yo'lini ko'prik ustidan ko'tarma yo'l qurish orqali o'tkazish mahalliy transport oqimi bilan aralashtirmay shahar yoki shaharlararo yo'ldagi oqimning tirbandligini kamaytiradi. Bu bilan yo'lning transport-piyoda xavfsizligini ham ta'minlash imkoni yaratiladi.
Farg'ona halqa yo'lida To'raqo'rg'on-Namangan, To'raqo'rg'on-Yesin, To'raqo'rg'on-Chust yo'nalishlarida harakatlanuvchi marshrutlar qatnovi mavjudligini hisobga olinsa transport oqimining tirbandligini oldini olish maqsadida yuqorida tavsiya etilgan yo'l konstruksiyasilarini loyihalash va qurish mahalliy avtomobillarning asosiy yo'nalishdagi avtomobillarga halal bermasligi, asosiy yo'lga chiquvchi avtomobillar esa Oqtosh-To'raqo'rg'on yo'nalishi bilan asosiy yo'lga o'tib olishlariga imkon yaratiladi.
Farg'ona halqa yo'lidagi I.Karimov hamda Kosonsoy ko'chalari bilan kesishgan chorrahalarda transport harakati oqimi haftaning dushanba kunidan payshanba kunigacha bo'lgan vaqtda oshdi, birinchi va ikkinchi kunlarning boshlanishidan kechga qadar avval oshib so'ng esa kamayishi kuzatildi. Uchinchi va to'rtinchi kunlarda esa oqim kechga qadar notekis oshishi ma'lum bo'ldi. Hafta boshida bir kundagi ertalabki tranport oqimining jadalligi keskin oshib kechga tomon kamaydi. Keyingi kunlarda aksincha, oqim kechga tomon oshishi kuzatildi.
Farg'ona halqa yo'lidagi tranport qatnovi maqbulligini ta'minlash uchun yo'lning qatnov qismini kengaytirish yoki Farg'ona halqa yo'lini ko'prik ustidan ko'tarma yo'l qurish orqali o'tkazish mahalliy transport oqimi bilan aralashtirmay shahar yoki shaharlararo yo'ldagi oqimning tirbandligini kamaytiradi. Bu yo'lning transport-piyoda xavfsizligini ham ta'minlash imkoniyatini yaratadi.
Adabiyotlar:
1. Сильянов В.В., Домке Э.Р. «Транспортно-эксплуатационные качества автомобильных дорог и городских улиц». - Москва, 2008. - 112 ст.
2. Tokhtaboyev M.A., Mekhmonaliyev I., Mamasoliyev Kh.O. Establishment of intercity transportation system. ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ. -Кемерово, 2021. 13(3), - С. 770-773.
3. To'xtaboеv, M.A., Mеhmonaliеv, I.I., Baxriddinov Q.B. Shaharlararo yuk tashish tizimini rivojlantirishning tendensiyalari. Халкаро микёсдаги илмий-амалий конференция материаллари туплами: Машинасозликда инновациялар, энергиятежамкор технологиялар ва ресурслардан фойдаланиш самарадорлигини ошириш (НамМ^И, 28-29 май). - Наманган, 1-кисм, 2021. - C. 121-124.
4. Normirzayev A.R., Azimjanov S.O., Yusupjonov M.O. Establishment of intercity passenger transportation system //Экономика и социум. - 2021. - №. 5-1. - С. 362-364.
5. Normirzayev A.R., Egamberdiyev B.S., Mekhmonaliyev I. Development of transportation system control system using geoformation technologies //Экономика и социум. - 2021. - №. 4-1. - С. 245-247.
6. Азизов К. Х. Хдракат хавфсизлигини ташкил этиш асослари. - Тошкент: Фан, 2009. - 239 б.
7. Лобанов Е. М. Транспортная планировка городов. - Москва: Транспорт, 1990. - 240 с.
8. Normirzaev A. et al. Light-emitting diode sources of lightning as a source of lowering costs of service and energy consumption of traffic lights, high level of traffic movement safety //Journal of Mechanical and Civil Engineering. India. -2016. - Т. 29.
9. Федотов Г.А., Поспелов П.И. Изыскания и проектирование автомобильных дорог. В 2 кн. Кн. 1. - Москва: Высш, шк., 2009. - 646 с.
10. Vladimir Gorodokin, Vadim Mavrin, Zlata Almetova, Elena Shepeleva (2020). Method to ensure crossing capacity when limiting the cycle time and
roadway width. Transportation Research Procedia, 50, pp. 167-173. Doi: 10.1016/j.trpro.2020.10.021
11. Q.X.Azizov. «Yo'llarda xavfsiz harakatlanish asoslari». T.: TAYI. 2005 y.
12. Разоков, А. Я., Абдуганиев, Ш. О., Нишонов, Ф. Э. У., Екуббеков, Ш. Т. У., Махмудов, А. А. У., & Ахмедов, М. М. (2021). Датчик уровня топлива. Универсум: технические науки, 12(93), 80-82.
13. Солиев, Х., Тухтабаев, М., Тургунов, З., & Иномжонов, Н. (2022). Организация скоростных пассажирских маршрутов. Естественнонаучный журнал «Точная наука, (129), 9-11.
14. Shahrukhbek, Y., Khoshimboevich, T. Z., & Abdulatif, A. Y. (2022). ENERGY SAVING FACTORS OF FUEL RESOURCES USED IN VEHICLES, AS WELL AS THEIR IMPACT ON THE ENVIRONMENT. Conferencea, 3739.
15. Shoxrux, Y., Yusufkhon, A., Doston, H., Jakhongir, S., & Alisher, O. (2022). METHOD OF EXPERIMENTAL RESEARCH INTRODUCTION OF A MULTI-LEVEL ESU DIAGNOSTIC SYSTEM SELF-PROPELLED NARROW-GAUGE POWER STATION. Universum: технические науки, (6-7 (99)), 44-49.
16. O'G'LI, Y. S. T. (2023). SHAXAR YO'L TARIF PAKETLARINI ISHLAB CHIQISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI. Scienceweb academic papers collection.
17. Азимов, И., Шохрух, Ё., Урмонжонов, М., Одилжонов, Ш., & Абдурасулов, М. (2023). РАЗРАБОТКА ДИФФЕРЕНЦИАЛЬНЫХ ТАРИФОВ НА ГОРОДСКОЙ ОБЩЕСТВЕННЫЙ ТРАНСПОРТ. Universum: технические науки, (2-3 (107)), 28-34.
18. Ёкуббеков Ш., & Азимов И. (2023). Шахдр жамоат транспорта учун дифференциал тарифларни ишлаб чикиш. Механика и технология, 2 (11)